×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GINOKAPS kapsulalar 100mg/100mg N10

Kategoriya:
- Ginekologik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Belarusiya
Faol modda:
Метронидазол, Миконазол
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- УП МИНСКИНТЕРКАПС
Vakil:
- "MARI PHARM" OOO
ATX kodi:
- G01AF20
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan
Toshkentning 14 ta dorixonasida topildi

ico 55 900 s`om dan

Dorixonalardan izlash
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: 100 mg metronidazol, 100 mg mikonazol nitrati.
yordamchi moddalar: - tozalangan letsitin (Solek V-10, soyali suyuq), asalari mumi, tozalangan suv, kungaboqar moyi.
jelatin kapsula qobig'ining tarkibi: jelatin, glitserin, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, tozalangan suv, titan dioksidi, sariq “quyosh shafag'i” Ye-110 bo'yovchisi.
Ginokaps dori vositasining farmakologik faolligi uning komponentlari - metronidazol va mikonazol nitratining ta'siri bilan bog'liq. Preparat zamburug'larga qarshi, protozoylarga qarshi va antibakterial ta'sir ko'rsatadi.
Metronidazol - mikroblarga qarshi va protozoylarga qarshi vosita, 5-nitroimidazol hosilasi. Ta'sir mexanizmi metronidazolning 5-nitroguruhini mikroorganizmlar va sodda hayvonlarning hujayrasi ichidagi anaerob transport proteinlarini bilan biokimyoviy tiklanishi bilan bog'liq.
Metronidazolning tiklangan 5-nitroguruhi mikroorganizm hujayrasining DNK bilan, ularni nuklein kislotasi sintezini ingibitsiya qilib, o'zaro ta'sirlashadi, bu bakteriyani nobud bo'lishiga olib keladi. Trichomonas vaginalis, Gardrenella vaginalis, Giardia intestinalis, Entamoeba histolitica, Lamblia spp., hamda obligat anaeroblar Bacteroides spp, (Bacteroides fragilis Bacteroides distasonis Bacteroides ovatus Bacteroides thetaiotaomicron, Bacteroides vulgatus), Fusobacterium spp., Velionella spp., Prevotella (Prevotella bivia, Prevotella buccae, Prevotella disiens) va ayrim grammusbat mikroorganizmlarga (Eubacter spp. Clostridium spp., Pertococcus spp., Peptostreptococcus spp., Mobiluncus spp) nisbatan faol. Metronidazolga aerob mikroorganizmlar sezuvchan emas.
Mikonazol - hujayra membranasining ergosteroli sintezini ingibitsiya qiluvchi zamburug'larga qarshi vosita. Dermatofitlar, achitqi va ayrim boshqa zamburug'larga nisbatan faol. Grammusbat mikroorganizmlarga nisbatan mikroblarga qarshi faollik namoyon qiladi. Qichishishni bartaraf qiladi, u odatda zamburug' infektsiyasi bilan kechadi. Qin ichiga qo'llanganida asosan Candida albicans ga nisbatan faol.
So'rilishi
Qin ichiga yuborilganidan keyin metronidazol tizimli qon aylanishiga so'riladi. “Ginokaps” kapsulasini qin ichiga qo'llanilganda metronidazolning biokiraolishligi yuborilgan dozaning 20% ni tashkil qiladi.
Bu yuborish usulida mikonazol nitratining tizimli so'rilishi juda past (taxminan dozaning 1,4%).
Metabolizmi va chiqarilishi
Metronidazol jigarda gidroksilizatsiya, oksidlanish va glyukuronizatsiya yo'li bilan metabolizmga uchraydi. Asosiy metabolitining (2-oksimetronidazol) faolligi – dastlabki birikma faolligining 30% ni tashkil qiladi.
Metronidazolning T1/2 6-11 soatni tashkil qiladi. Tizimli ta'sirga ega preparatning 60-80% dozasi buyraklar orqali chiqariladi (bu miqdorning 20% o'zgarmagan ko'rinishda). Metronidazolning metaboliti 2-oksimetronidazol metronidazolning metabolizmi oqibatida hosil bo'luvchi suvda eruvchan pigment mavjudligi tufayli siydikni qizil-jigarrangga bo'yaydi. Tizimli ta'sir etuvchi preparat dozasining 6-15% ichak orqali chiqariladi.
Ko'krak sutiga va ko'pchilik to'qimalarga kiradi, GET va yo'ldosh orqali o'tadi.
Mikonazol jigarda faol bo'lmagan metabolitlarini hosil qilib metabolizmga uchraydi. Mikonazol gistogematik to'siqlardan yomon o'tadi, orqa miya suyuqligiga deyarli o'tmaydi.
Preparat qo'llanilgandan 8 soatdan keyin mikonazolning 90% qinda mavjud bo'ladi. O'zgarmagan mikonazol plazmada ham, siydikda ham aniqlanmaydi.
Маҳаллий: кам ҳолларда – қин шиллиқ қаватини таъсирланиши ва юқори сезувчанлик реакциялари.
Тизимли самаралар ривожланиши мумкин.
МИЙ томонидан: кўнгил айниши, қусиш, иштаҳани йўқолиши, қориннинг пастки соҳасида санчиқсимон оғриқлар, диарея, тилни караш билан қопланиши, оғизда аччиқ, металл таъми.
Қон яратиш тизими томонидан: қайтувчан нейтропения (лейкопения).
МНТ томонидан: периферик невропатия (қўл-оёқда увишиш ҳисси), кам ҳолларда ва узоқ вақт қўллаганда бош оғриғи, тиришишлар, уйқучанлик, бош айланиши, координацияни бузилиши, атаксия, онгни чалкашиши кузатилган.
Аллергик реакциялар: тери тошмаси, эшакеми, тери қичишиши, кўп шаклли экссудатив эритема, нисбатан кам ҳолларда ангионевротик шиш ва анафилактик реакциялар кузатилган.
Препаратнинг жигарга таъсири: жигар ферментлари фаоллигини ошиши, холестаз, сариқлик ҳақида кам ҳолларда хабар берилган.
Бошқалар: тана ҳароратини ошиши, сийдикни тўқлашиши (метронидазолнинг метаболити чақиради, клиник аҳамиятга эга эмас).
Ножўя самаралар пайдо бўлганда Гинокапс билан даволашни тўхтатиш керак.
Preparat bilan davolash vaqtida va davolagandan keyin kamida bir oy davomida alkogolni iste'mol qilish taqiqlanadi (disulьfiramsimon reaktsiya: spastik xarakterdagi abdominal og'riq, ko'ngil aynishi, qusish, bosh og'rig'i, yuzga to'satdan qon quyilishlari) va jinsiy aloqadan saqlanish tavsiya etiladi.
Trixomoniazni davolaganda jinsiy sherikni metronidazolning ichga qabul qilish uchun tabletkalari bilan davolashni bir vaqtda o'tkazish maqsadga muvofiq.
Qin kapsulalarini metronidazolning peroral shakllari bilan majmuada buyurish maqsadga muvofiq.
Preparatni ichga qabul qilish uchun metronidazol bilan birga qo'llanilgan hollarda, ayniqsa takroran davolash kurslarida periferik qon manzarasini nazorat qilish kerak (leykopeniya xavfi).
Ehtiyotkorlik bilan: homiladorlik (II va III uch oyliklar), anamnezidagi leykopeniya.
Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi
Preparatni homiladorlikning birinchi uch oyligida qo'llash mumkin emas.
Metronidazol gemato-yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi.
Kalamushlarda tadqiqotlar o'tkazilgan, ularda besh martalik doza kalamushlarga yuborilganda preparatni katta kalamushlarning fertilligiga ham, homilaga ham salbiy ta'siri aniqlanmaganligini ko'rsatdi. Homilador sichqonlarga odamlarni davolash uchun buyuriladigan oddiy doza intraperitoneal yuborilganda fetotoksiklikni oshishi kuzatilgan, lekin xuddi shunday doza peroral yuborilganda og'ishlar kuzatilmagan.
Shunga qaramasdan homilador ayollarda tadqiqotlar o'tkazilmagan.
Homiladorlikning birinchi uch oyligida metronidazolni yuborilganda meta-tahlil o'tkazilgan va homilaga salbiy ta'sirni tezlashishi aniqlanmaganligi haqida xulosa qilingan.
Shunga qaramasdan, metronidazolni homiladorlik vaqtida faqat preparatni qo'llashning kutilayotgan afzalliklari va salbiy tomonlarini sinchkovlik bilan baholagandan keyingina buyurish mumkin.
Emizish:
Peroral metronidazol plazmadagi kontsentratsiyadagi kabi kontsentratsiyada ko'krak sutida aniqlanadi. U sutga achchiq ta'm berishi mumkin. Preparatni bolaga salbiy ta'siridan saqlanish uchun ona uchun davolash kursini o'tkazish zaruratiga qarab, davolash vaqtida va davolash kursi tugaganidan keyin yana 1-2 sutka davomida emizishni yoki preparatni qo'llashni to'xtatish kerak.
Preparatni keksa patsiyentlarda qo'llanishi
Metronidazolning farmakokinetikasini yoshga doir o'zgarishlari tufayli, keksa yoshdagi patsiyentlarda qo'llash ehtiyotkorlikni talab etadi.
Avtomobilni haydash, texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgach ishlatilmasin.
Ginokaps qinning trixomonadalar va/yoki kandidalar chaqirgan kasalliklarini mahalliy davolash uchun qo'llanadi:
- bakterial vaginoz
- trixomoniaz
- kandidozli vaginit.
- jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi;
- harakat koordinatsiyasini buzilishi;
- MNT organik shikastlanishlari (shu jumladan tutqanoq);
- homiladorlikning I uch oyligi, laktatsiya davri;
- nitroimidazol hosilalarini o'zlashtiraolmaslik;
- preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.
Preparat peroral antikoagulyant preparatlarning ta'sirini kuchaytirishi mumkin. Protrombin vaqti uzayishi mumkin, shuning uchun peroral antikoagulyantlarning dozasiga tuzatish kiritish kerak.
Fermentlar induktorlari (masalan fenitoin, fenobarbital) metronidazolni chiqarilishini tezlashtirishi mumkin, bu fenitoinning klirensini oshishi bilan bir vaqtda metronidazolning plazmadagi darajasini pasayishiga olib keladi.
Alkogolni bir vaqtda iste'mol qilish disulьfiramga o'xshash (qorinda sanchiqsimon og'riqlar, ko'ngil aynishi, qusish, bosh og'irig'i, terini qizarishi) reaktsiyalar chaqiradi.
Disulьfiram bilan bir vaqtda qo'llash mumkin emas (additiv ta'sir, psixotik holat, ongni chalkashishini chaqirishi mumkin).
Metronidazol bilan davolash kursi vaqtida qonda litiyning darajasi oshishi mumkin, shuning uchun Ginokapsni qo'llashni boshlashdan oldin litiyning dozasini kamaytirish yoki davolash vaqtida uni qo'llashni to'xtatish kerak.
Siklosporinni metronidazol bilan bir vaqtda yuborish plazmada siklosporinning darajasini oshishiga olib kelishi mumkin, bu laborator nazoratni (qon plazmasida siklosporinning darajasini aniqlashni) talab etadi.
Metronidazol 5-ftoruratsilning klirensini kamaytiradi, shu sababli uning toksikligi oshadi.
Preparat laborator tekshiruvlarda ALT, AST, laktatdegidrogenaza, glyukoz-geksokinaza faolligi va triglitseridlar darajasini aniqlashda xalaqit berishi mumkin.
Oxiri uchli, tuxumsimon shaklli, chokli, bukiluvchan, tiniq bo'lmagan , och-jigarrang rangli yumshoq jelatin kapsulalar.
Kapsula ichidagisi - och-sariqdan to to'q-sariqqacha bo'lgan rangdagi, oq rangli kiritmali va achimagan hidli moysimon suyuqlik. Saqlanganida aralashma qavatlanishi mumkin.
Гинокапс қин ичига қўлланади ва қинга чуқур киритилади.
Трихомониазда 1 капсуладан суткада 1 марта кечқурун, уйқудан олдин 10 кун давомида метронидазолни ичга қабул қилиш билан бирга буюрилади.
Бактериал вагинозда 1 қин капсуласидан суткада 1-2 марта 10 кун давомида буюрилади, зарурати бўлганида метронидазолни ичга қабул билан бирга буюрилади.
Кандидоз вульвовагинитда 1 қин капсуласи қинга чуқур қилиб кунига 1 марта 10 кун давомида юборилади.
Faqat qin ichiga qo'llanadi. Yuqori dozada to'satdan ichga qabul qilinganda me'dani yuvish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi simptomlari (ko'ngil aynishi, qusish, ataksiya) paydo bo'lganda faqat simptomatik davolash (me'dani yuvish, faollashtirilgan ko'mirni yuborish, gemodializni o'tkazish) amalga oshiriladi, chunki metronidazolning spetsifik antidoti yo'q. Metronidazol va uning metabolitlari gemodializ yordamida yaxshi chiqariladi.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GINOKAPS kapsulalar 100mg/100mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GINOKAPS kapsulalar 100mg/100mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
GINOKAPS kapsulalar 100mg/100mg N10 dori vositasi УП МИНСКИНТЕРКАПС tomonidan Belarusiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
GINOKAPS kapsulalar 100mg/100mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GINOKAPS kapsulalar 100mg/100mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
KLIOTRAN tabletkalari 100mg/100mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Метронидазол, Миконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Agio Pharmaceutical Limited
GINOKAPS FORTE kapsulalar 100mg+500mg N15
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Метронидазол, Миконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: УП МИНСКИНТЕРКАПС
  • Vakil: "MARI PHARM" OOO
NEO PENOTRAN FORTE suppozitorii N7
LIMENDA suppozitorii 750mg/200mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Метронидазол, Миконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
METROMIKON NEO suppozitorii N14
Narh: 58 200 so'mdan Batafsil
LIMENDA suppozitorii 750mg/200mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Метронидазол, Миконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 65 100 so'mdan Batafsil
METROMIKON suppozitorii N10
Narh: 42 000 so'mdan Batafsil
KLION D 100 tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Метронидазол, Миконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гедеон Рихтер, ОАО
  • Vakil: Gedeon Richter
Narh: 44 800 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ELDNIL EKSPRESS kapsulalar 200mg N10
ELDNIL EKSPRESS kapsulalar 200mg N20
Narh: 33 900 so'mdan Batafsil
CHERNIKA S LYUTEINOM kapsulalar N20
Narh: 17 500 so'mdan Batafsil
OMEGA 3 MIK kapsulalar 450mg N50
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
MAGVIT kapsulalar N30
Narh: 27 000 so'mdan Batafsil
GINOKAPS FORTE kapsulalar 100mg+500mg N15
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Метронидазол, Миконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: УП МИНСКИНТЕРКАПС
  • Vakil: "MARI PHARM" OOO
ALLERKAPS kapsulalar 5mg N20
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9