×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ALLERKAPS kapsulalar 5mg N20

Kategoriya:
- Antiallergik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Belarusiya
Faol modda:
Цетиризин
Qadoqda soni:
- 20
Ishlab chiqaruvchi:
- УП МИНСКИНТЕРКАПС
Vakil:
- "MARI PHARM" OOO
ATX kodi:
- R06AE07
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
kapsulalar 5 mg yoki 10 mgdan
Tarkibi: bir kapsula saqlaydi:
Ta'sir etuvchi modda -5 mg yoki 10 mg setirizin digidroxloridini.
yordamchi moddalar: magniya stearat, kartoshka kraxmali, laktoza.
Kapsula qobig'ini tarkibi:
5 mg dozasi uchun: jelatin, glitserin, natriy laurilsulьfat, tozalangan suv, titan dioksidi.
10 mg dozasi uchun: jelatin, glitserin, natriy laurilsulьfat, tozalangan suv, titan dioksidi, brilliant zangori Ye-133 va xinolin sarig'i bo'yog'i Ye-104.
“Allerkaps” dori vositasiining faol moddasi - setirizin digidroxloridi bo'lib hisoblanadi.
Ta'sir mexanizmi
Setirizin-gidroksizin metaboliti –allergiyaga qarshi xususiyatga ega. U boshqa retseptorlarga sust ta'sir qiluvchi periferik N1 retseptorlarini tanlab ta'sir qiluvchi kuchli antagonisti. Shunday qilib, setirizin antixolinergik va antisertoninergik xususiyatlarga ega emas. Setirizin allergik reaktsiyalarni darhol turini ingibitsiya qiladi, gistamin uning mediatori bo'lib hisoblanadi va hujayra migratsiyasini va allergik reaktsiyalarini sekinlashgan turi mediatorlarini ajralib chiqarilishini bostiradi. Setirizin amalda gemato-entsefalik to'siqdan o'tmaydi va deyarli markaziy N1 retseptorlari bilan bog'lanmaydi.
Farmakodinamik samarasi
Gistaminga teri reaktsiyasini tekshirish setirizinni ekspozitsiyadan 1 soatdan so'ng qo'llangan 10 mg dozani qabulidan 2-12 soatdan keyin maksimal samara kuzatilganligini ko'rsatgan. Statistik ishonchli samara setirizinni qabul qilingandan 24 soat o'tgach ham aniqlangan.
N1 qarshi samaradan tashqari, setirizin shuningdek yallig'lanishga qarshi faollikka ham ega va u allergik reaktsiyalarning kechki fazasiga ta'sir qiladi. 10 mg dozada sutkada bir marta yoki ikki marta qo'llanganda setirizin limfotsitlarni va eozinofillarni migratsiyasini ingibitsiya qiladi. Sutkada 30 mg dozada qo'llanganda setirizin allergen bilan chaqirilgan bronxolalьveolar suyuqligida bronxlarni qisqarishidan keyingi eozinofillarni migratsiyasini susaytiradi. Setirizin kallikrein bilan chaqirilgan yallig'lanish reaktsiyasining kechki fazasini ingibitsiya qiladi, ICAM-1 yoki VCAM-1 kabi yallig'lanish markerlarini ekspressiyasini pasaytiradi va PAF (trombotsitlarni faollashtiruvchi omil) va R substantsiyasi kabi gistamin sekretsiyasining induktorlarini bostiradi.
Klinik samaradorligi va xavfsizligi
Setirizinni klinik samaradorligi qator tadqiqotlarda namoyish qilingan, ularning ayrimlari platsebo nazorati bilan bo'lgan ikkkibarobar ko'r tadqiqotlar bo'lgan, boshqa tadqiqotlarda setirizinni samaralarini boshqa antigistamin preparatlari bilan solishtirilgan.TSetirizinni “mavsumiy allergik rinit” ko'rsatmasi bo'yicha qo'llangandagi samaradorligini fundamental isboti 859 patsiyentlar kiritilgan uchta tadqiqot asosida olingan. “Doimiy allergik rinit” va “ surunkali idipatik eshakemi” ko'rsatmalari bo'yicha qo'llanishi umumiy qo'shilganda 682 patsiyent ishtirokidagi uchta tadqiqot va 365 patsiyent ishtirokidagi ikkita tadqiqot natijalariga asoslangan.
So'rilishi
Ichga qabul qilingandan keyin, setirizin me'da-ichak yo'llaridan tez so'riladi.
Teng muvozanatli maksimal kontsentratsiya taxminan 300ng/mlni tashkil qiladi va unga 1,0+0,5 soatda erishiladi. Teng muvozanatli holatga uchinchi kuni erishiladi. Ko'ngillilarda farmakokinetik parametlar (Smax va AUC) va taqsimlanishi unimodal xarakterga ega.
Ovqat so'rilishning to'liqligiga ta'sir qilmaydi, garchi so'rilish tezligi kamaysada. Biokiraolishlik darajasi setirizinni eritma, kapsula yoki tabletka shaklida qo'llanilgandagi bilan o'xshash.
Taqsimlanishi
Kattalarda 10 mg preparatni ichga qabul qilingandan keyin ehtimolli taqsimlanish hajmi taxminan 35 l (0,50l/kg) tashkil qiladi. Bolalarda 5mg preparatni ichga qabul qilingandan keyin ehtimolli taqsimlanish hajmi taxminan 17 l tashkil qiladi. 93+0,35 setirizin oqsillar bilan bog'lanadi. Setirizin varfarinni plazma oqsillari bilan bog'lanishiga ta'sir qilmaydi.
Setirizin oz miqdorda ona suti bilan chiqariladi.
Biotransformatsiyasi
Setirizin yaqqol tizim oldi metabolizmiga uchramaydi.
Chiqarilishi
Dozaning taxminan 60% o'zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi. Kattalarda to'liq klirens 10 mg preparat qabul qilingandan keyin 0,60 ml/min/kgga oshgan. Yarim chiqarilish davri taxminan 10 soatni tashkil qiladi.
Dozalarni takror qo'llash farmakokinetik parametrlarga ta'sir ko'rsatmaydi. Setirizinni kuniga 10mg /kg dozada 10 kun davomida takror qo'llanganda u to'planmaydi.
Preparatni bekor qilingandan keyin setirizinni zardobdagi darajasi tezda aniqlab bo'lmaydigan kichik qiymatgacha tushib ketadi. Bekor qilingandan keyin uch kundan so'ng allergik testlarni o'tkazish mumkin.
Chiziqliligi/nochiziqliligi
Setirizin 5 dan 60 mgggacha bo'lgan dozalar diapozonida chiziqli kinetikaga ega.
Maxsus guruh patsiyentlar
Keksalar
16 sinalayotgan keksa ko'ngillilarda setirizinni 10 mg dozasini ichga bir marta qabul qilingandan keyin keksa bo'lmagan yoshdagi shaxslar bilan solishtirilganda yarim chiqarilish davri 50% ga oshgan, klirensi esa 40% ga kamaygan. Keksa ko'ngillilarda setirizinni klirensini bunday pasayishi ko'proq ularda buyrak funktsiyasini yomonlashishi bilan bog'liq bo'lgan.
Bolalar va go'daklar
6 dan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda setirizinni ichga qabul qilingandan keyin dozaning 70% siydik bilan o'zgarmagan holda chiqarilgan. Bolalarda 5mg preparatni qabul qilingandan keyin to'liq klirens 0,93ml/min /kggacha oshgan.
Setirizinni yarim chiqarilish davri 6 dan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda taxminan 6 soatni va 2 dan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarda 5 soatni tashkil qilgan.
Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan patsiyentlar
Yengil buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda (KK>40 ml/min) dori vositasini farmakokinetikasi sog'lom ko'ngillilardagi bilan o'xshash bo'lgan. O'rtacha buyrak yetishmovchiligida (KK 10-40 ml/min) sog'lom ko'ngillilar (KK>40 ml/min) bilan solishtirilganda yarim chiqarilish davri uch martaga, klirensi esa 70% ga kamaygan.
Sog'lom ko'ngillilar bilan solishtirilganda gemodializdagi patsiyentlarda (KK<7 ml/min) setirizinni 10mg bir martalik dozasini qabul qilingandan keyin yarim chiqarilish davri uch martaga, klirensi esa 70% ga kamaygan. Setirizin gemodializ yordamida yomon (<10 %) chiqariladi. Buyrak funktsiyasini o'rtacha og'ir buzilishida dozaga tuzatish kiritish kerak (“Qo'llash usuli va dozalari” bo'limiga qarang).
Jigar funktsiyasini buzilishi bo'lgan paitsentlar
Surunkali jigar funktsiyasini buzilishlari bo'lgan patsiyentlarda 10 mg yoki 20 mg setirizinni ichga qabul qilingandan keyin yarim chiqarilish davri
50% ga , klirensi esa 40% ga kamaygan.
Xavfsizlik bo'yicha kliniik oldi tadqiqotlari
Xavfsizligi bo'yicha klinik oldi tadqiqotlari farmakologik xususiyatlari, takror yuborilgan dozalardagi toksiklikligi, genotoksiklik, kantserogen potentsiali va reproduktiv toksikligi yuzasidan odam uchun hech qanday maxsus xavfni aniqlamagan.
Klinik tadqiqot ma'lumotlari bo'yicha setirizin hamma tavsiya qilingan dozalarda faqat markaziy nerv tizimi tomonidan, uyquchanlik, toliqish, bosh aylanishi va bosh og'rig'i kabi minimal noxush reaktsiyalarni chaqirishi mumkin. Ayrim hollarda markaziy nerv tizimini paradoksal rag'batlantirilishi kuzatilgan.

Shunga qaramay setirizin N1 periferik retseptorlarini selektiv antagonisti hisoblanadi va nisbatan antixolinergik faollikka ega emas. Alohida holatlarda siyishni, ko'rish akkomadatsiyasi buzilishi va og'izni qurishi kuzatilgan.

Bilirubini darajasini oshishi bilan kechadigan jigar fermentlarining oshishi bilan bo'lgan jigar funktsiyasini buzilish hollari aniqlangan. Ko'pchilik hollarda bu o'zgarishlar setirizin digidroxloridni bekor qilinganda o'tib ketadi.

Klinik tadqiqotlar

Nazoratlangan ikkibarobar ko'r klinik yoki farmakokinetik tadqiqotlar setirizinni xavfsizlik bo'yicha yetarli miqdordagi ma'lumotlar asosidagi tavsiya qilingan dozalarda (tsetirizin uchun bu sutkada 10 mgni tashkil qilgan) platsebo yoki boshqa antigistamin preparatlari bilan setirizini olgan 3200 patsiyent kiritilgan.

Platsebo nazorati bilan birga to'plangan tadqiqot ma'lumotlariga asosan 10mg setirizin uchun 1% oshadigan tez-tezlikda paydo bo'ladigan quyidagi nojo'ya reaktsiyalar kuzatilgan:

Ножўя реакция (WHO-ART)

Цетиризин

10 мг (n=3260)

Плацебо

(n=3061)

Умумий бузилишлар

Толиқиш

1,63 %

0,95 %

Нерв тизими томонидан бузилишлар

Бош айланиши

Бош оғриғи

1,10 %

7,42 %

0,98 %

8,07 %

Меъда-ичак йўллари томонидан

Қоринда оғриқ

Оғизда қуриши

Кўнгил айниши

0,98 %

2,09 %

1,07 %

1,08 %

0,82 %

1,14 %

Руҳиятни бузилиши

Уйқучанлик

9,63 %

5,00 %

Нафас тизими томонидан бузилишлар

Фарингит

1,29 %

1,34 %

Statistik jihatdan uyquchanlikni yanada tez-tez rivojlanishiga qaramay platsebo bilan solishtirilganda, ko'pchilik hollarda uning yaqqolligi ahamiyatsizdan o'rtachagacha bo'lgan. Boshqa o'tkazilgan tadqiqotlardagi ob'ektiv test ma'lumotlari preparatni tavsiya qilingan dozalarda qo'llanganda sog'lom ko'ngillilarda kundalik faollik yomonlashmagan.

Bolalar va o'smirlar
Quyida klinik yoki farmakokinetik tadqiqotlarda 6 oylikdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda 1% va undan yuqori tez-tezlikda kuzatiladigan nojo'ya reaktsiyalar keltirilgan: 


Ножўя реакция (WHO-ART)

Цетиризин

10мг (n=3260)

Плацебо

(n=3061)

Меъда-ичак йўллари томонидан бузилишлар

Ич кетиши

1,0 %

0,6 %

Руҳиятни бузилиши

Уйқучанлик

1,8 %

1,4 %

Нафас тизими томонидан бузилишлар

Ринит

1,4 %

1,1 %

Умумий бузилишлар

Толиқиш

1,0 %

0,3 %

Postmarketing davri

Yuqorida keltirilgan nojo'ya reaktsiyalarlarga qo'shimcha klinik tadiqotlarda, ayrim yakka hollarda esa postmarketing davrida kuzatiladigan quyida keltirilgan nojo'ya reaktsiyalar aniqlangan. Bu kamroq uchraydigan noxush samaralarni tez-tezligini taxminiy baholash postmarketing davrida qo'llash tajribasi asosida qilingan. Noxush reaktsiyalar tez-tezligi va tizim-a'zo sinflari bo'yicha: juda tez-tez (>1/10), tez-tez (≥1/100 - <1/10), tez-tez emas (≥1/1 000 - <1/100), kam hollarda (≥1/10 000 - <1/1 000) quyida sanab o'tilgan.

Qon tizimi va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar:

Juda kam hollarda: trombotsitopeniya.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar:

Kam hollarda: yuqori sezuvchanlik.

Juda kam: anafilaktik shok.

Moddalar almashinuvi va ovqatlanish tomonidan buzilishlar:

Tez-tezligi noma'lum: yuqori ishtaha.

Ruhiyatni buzilishlari:

Tez-tez emas: qo'zg'alish.

Kam hollarda: agressiya, ongni chalkashuvi, depressiya, gallyutsinatsiyalar, uyqusizlik.

Juda kam: tik

Tez-tezligi noma'lum: suitsidal fikrlar.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas: paresteziya.

Kam hollarda: tirishishlar, harakat buzilishlari.

Juda kam:ta'mni buzilishi, sinkope, tremor, distoniya, diskineziya.

Tez-tezligi noma'lum: karaxtlanish, amneziya, xotirani pasayishi. Ko'rish a'zolari tomonidan buzilishlar:

Juda kam hollarda: ko'rish akkomadatsiyasini buzilishi, ko'rish noaniqligi, okulogir sindrom.

Tez-tezligi noma'lum: vaskulit.

Eshitish a'zolari tomonidan buzilishlar va labirint buzilishlar:

Tez-tezligi noma'lum: markaziy tur bosh aylanshish (vertigo).

Yurak tomonidan buzilishlar:

Kam hollarda: taxikardiya.

Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas: ich ketishi.

Jigar va o't-safro chiqarish yo'llari tomonidan:

Kam hollarda: jigar funktsiyasi o'zgarishlari (transaminaz, ishqoriy fosfatazani , γ - GT va bilirubinni oshishi).

Teri va teri osti qavati to'qimalari tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas: qichishish, toshma.

Kam hollarda: eshakemi.

Juda kam hollarda: angionevrotik shish, mahkamlangan eritema (bir joyda paydo bo'ladigan reaktsiya).

Buyrak va siyik - chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar:

Juda kam hollarda: dizuriya, enurez.

Tez-tezligi noma'lum: siydikni tutilishi.

Umumiy buzilishlar va yuborish joyida buzilishlar:

Tez-tez emas: asteniya, o'zini yomon his qilish.

Kam hollarda: shishlar.

Laborator va instrumental tekshirish natijalariga ta'siri:

Kam hollarda: tana vaznini oshishi.

-Terapevtik dozalarda alkogol bilan klinik ahamiyatli o'zaro ta'siri aniqlanmagan (qonda 0,5g/l darajasi uchun), shunga qaramay preparatni alkogol bilan birga qabul qilinganda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim;
-tutqanoqli bemorlarda va tirishishlarni rivojlanish xavfi bo'lgan shaxslarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash lozim;
-buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan patsiyentlar uchun preparat dozasini individual tanlash lozim (“ Qo'llash usuli va dozalari” bo'limiga qarang);
-keksa patsitsentlarda buyrak funktsiyasini buzilishlari bo'lishi mumkin, bunday holatlarda preparat dozasini tuzatish kerak;
- siydikni tutilishiga moyilligi bo'lgan patsiyentlarga (masalan, uzunchoq miyani shikastlanishi, prostata bezining giperplaziyasi bilan bo'lgan) o'ta ehtiyotkorlik bilan qo'llash lozim, chunki setirizin siydikni tutilish xavfini oshirishi mumkin;
-tsetirizin yaqqol uyquchanlikni chaqirishi mumkin, alkogol yoki nerv tizimini tormozlovchi dori vositalari bilan birga qo'llanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
“Allerkaps” preparati, kapsulalar 10mg Ye-133 va Ye-104 bo'yog'ini saqlaydi, u allergik reaktsiyalarni chaqirishi mumkin.
Avtomobilni haydash va texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Setirizin kuchli uyquchanlikni chaqirishi mumkin, shuning uchun Allerkaps transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qlishi mumkin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugagandan keyin qo'llanilmasin.
Allerkaps katatalarda va 6 va undan katta yoshdagi bolalarda:
-mavsumiy va doimiy allergik rinit va kon'yunktivit simptomlarini (mavsumiy allergik rinitni bolalarda maksimal davolash davomiyligi -4 hafta);
-surunkali idiopatik eshakemi simptomlarini davolashda qo'llanadi.
Preparatni quyidagi holatlarda : Preparatni “ Tarkibi “ qismida keltirilgan faol moddasiga, har qanday boshqa komponentlariga, gidroksizinga yoki piperazin hosilalariga yuqori sezuvchanlik; Buyrak funktsiyasisni og'ir buzilishi, agar kreatininit kliriyensi <10 ml/min bo'lsa;
Allerkaps preparati laktoza monogidratini saqlaganligi tufayli uni kam uchraydiagan nasliy galaktozaga tolerantlikni buzilishlari, laktozani tanqislik sindromi yoki glyukoza-galaktozani so'rilmaslik sindromi bo'lgan patsiyentlarga buyurish kerak emas;
Homiladorlikda;
Emizishda, chunki setirizin ko'krak sutiga kiradi;
6 yoshgacha bo'lgan bolalar yoshida;
Buyrak funktsiyasini yaqqol buzilishlarida qo'llanmaydi.
Фармакокинетика, фармакодинамика ва препаратни ўзлаштираолишлик профилига асосан бу препаратни бошқа дори воситалари билан ўзаро таъсирлашуви кузатилмайди. Ўзаро таъсирлашуви бўйича текширишларда псевдоэфедрин, теофиллин (кунига 400 мг), циметидин, кетоконазол, эритромицин ёки азитромицин билан на фармакодинамик, на фармакокинетик яққол ўзаро таъсирлар кузатилмаган. in vitro тадқиқот натижалари бўйича цетиризин варфаринни қон оқсиллари билан боғланишига таъсир қилмайди. Эритромицин, азитромицин, кетоконазол, теофиллин ёки псевдоэфедрин билан бирга қўллаш лаборатор текширувларни, ҳаётий муҳим функцияларни ва ЭКГ параметрларини аҳамиятли ўзгаришини аниқламаган.
Бир тадқиқотда теофиллин (кунига 400 мг) ва цетиризинни (кунига 20 мг) бирга қўллаш AUC 24 қийматини цетиризин (19% га) ва теофилин (11% га) ва Сmax ни цетиризин (7,7% га) ва теофилин (6,4% га) аҳамиятсиз, аммо статистик ишончли ошишини чақирган Шу билан бир вақтда теофилинни аввал олган шахсларда кейинчалик цетиризин билан мажмуавий қўлланганда цетиризинни клиренсини 16% га ва теофилинни клиренсини 10% га пасайиши кузатилган. Аммо цетиризинни аввал олган шахсларда кейинчалик теофиллинни қўшиш теофиллинни фармакокинетик параметрларини аҳамиятли ўзгаришларини чақирмаган.
Цетиризинни 10 мг бир марталик дозаси алкоголни таъсирини аҳамиятли даражада кучайишини чақирмаган (0,8%). 5 мг диазепам билан клиник аҳамиятли ўзаро таъсирлашуви кузатилган, аммо қўлланилган 16 психомотор тестлардан биридагина.
Цетиризинни суткада 10 мгдан глипизид билан бир вақтда қўллаш глюкозани даражасини клиник аҳамиятсиз пасайишини чақирган. Шунга қарамай бу препаратларни алоҳида - глипизидни эрталаб, цетиризинни кечқурун қўллаш тавсия қилинади.
Овқат қабул қилиш цетиризинни сўрилишини камайтирмайди, гарчи сўрилиш тезлиги пасайсада.
Ритонавир (600 мгдан кунига икки марта) ва цетиризинни (10 мгдан кунига бир марта) дозаларини такрор бир вақтда қўлланган тадқиқотларда ритонавирни экспозицияси тахминан 40% га ошган, цетиризинни экспозицияси эса аҳамиятсиз даражада (11%) ўзгарган.
Антигистамин препаратлари тестларни ўтказишда тери - аллергик реакцияларни тормозлайди. Шунинг учун препаратни қабул қилишни камида аллергологик тери тестини ўтказишдан 3 кун олдин тўхтатиш лозим.
silindrik shaklli, yarim sferik oxirili, oq rangli qattiq jelatin kapsulalar (5 mg dozali kapsulalar).
Silindrik shaklli, yarim sferik oxirili, qopqog'i yashil rangli va korpusi oq rangli qattiq jelatin kapsulalar (10mg dozali kapsulalar).
Kapsula ichidagi –oq yoki deyarli oq rangli kukun.
Allerkapsni ichga qo'llanadi.

Kattalar:

Tavsiya qilinadigan doza 10 mgli 1 kapsuladan kuniga bir martani tashkil qiladi, uni kechqurun qabul qilgan ma'qqul.

Bolalar va o'smirlar:

12 va undan katta yoshdagi bolalarga:

Tavsiya qilinadigan doza 10 mgli 1 kapsuladan kuniga bir martani tashkil qiladi, uni kechqurun qabul qilgan ma'qqul.

6 dan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga:

Tavsiya qilinadigan doza 5 mgli 1 kapsuladan kuniga bir martani tashkil qiladi, kechqurun qabul qilgan ma'qqul. Mavsumiy rinitda va allergik kon'yunktvitda – preparatni maksimal qabul qilish davomiyligi -4 hafta.

2 dan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarda adekvat doza tomchi shaklida tavsiya qilinadi.

2 yoshdan kichik bolalar yoshida setirizinni samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.

Maxsus guruh patsiyentlar

Keksalar:

Mavjud bo'lgan ma'lumotlar bo'yicha buyrak funktsiyasi normada bo'lganida yosh dozani kamaytirish uchun sabab bo'lib hisoblanmaydi. Keksa patsiyentlarda buyrak funktsiyasining buzilishida dozaga tuzatish kiritish zarurati paydo bo'lishi mumkin (“Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan patsiyentlar”).

Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan patsiyentlar:

Dozani buyrak funktsiyasini hisobga olgan holda individual tanlanadi. Quyida keltirilgan jadval to'g'ri dozani tanlashga yordam beradi. Bu jadvalni qo'llash uchun kreatinin klirensini (KK) ml/minda aniqlash kerak. Buning uchun zardobda kreatinin darajasinii aniqlash va KK quyidagi formula bo'yicha hisoblash kerak:

KK = [140-yosh (yillar)] x tana vazniga (kg) x 0,85 (ayollarda)

72 x kreatinin kontsentratsiyasi (mg/dl)

Buyrak funktsiyasini buzilishlari bo'lgan patsiyentlarda dozani to'g'rilash:

Гуруҳи

Креатинин клиренси

Доза ва қабуллар сони

Буйракларни нормал функцияси

≥ 80

1 капсуладан (10 мг) кунига бир марта

Буйраклар функциясини ўртача бузилиши

50-79

1 капсуладан (10 мг) кунига бир марта

Буйраклар функциясини ўртача даражали бузилиши

30-49

1 капсуладан (5 мг)

кунига бир марта

Буйраклар функциясини оғир бузилиши

10-30

1 капсуладан (5 мг)

икки кунда бир марта

Буйрак етишмовчилиги, диализ

<10

Қўлланмайди

Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan bolalarga dozani buyrak klirensini, shuningdek patsiyentni yoshi va tana vaznini hisobga olgan holda individual tanlash lozim.

Jigar funktsiyasini buzilishlari bo'lgan patsiyentlar

Faqat jigar funktsiyasini buzilishlari bo'lgan patsiyentlarga dozani tuzatishga zarurat yo'q.

Jigar va buyrak funktsiyasini buzilishlari bo'lgan patsiyentlar

Dozani tuzatish tavsiya qilinadi (“Buyrak funktsiyasini buzilishlari bo'lgan patsiyentlar”).

Qo'llash usuli

Ichga qabul uchun.

Kapsulalarni 1 stakan suyuqlikni ichgan holda, ovqatni qabuliga bog'liq bo'lmagan holda qo'llash lozim.

Bolalar va o'smirlar
-kapsulani 6 yoshdan kichik bolalarda qo'llash tavsiya qilinmaydi, chunki preparatni ushbu shakli adekvat dozalashni o'tkazish imkonini bermaydi;
-2 yoshdan kichik bolalarda setirizinni samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.
Dozani oshirib yuborilish simptomlari:
setirizin dozasini oshirib yuborilishida kuzatiladigan simptomlar odatda uning markaziy nerv tizimiga ta'siri yoki antixolinergik faollik taxmin qilingandagi samaralar bilan bog'liq.
Keyingi nojo'ya reaktsiyalar setirizinni tavsiya qilinadigan sutkalik dozadan 5 marta oshadigan dozani qabul qilingandan keyin qayd etilgan: ongni chalkashuvi, ich ketishi, bosh aylanishi, charchoqlik, o'zini yomon his qilish, midriaz, qichishish, bezovtalanish, sedatsiya, uyquchanlik, stupor, taxikardiya, tremor va siydikni tutilishi.
Davolash:tsetirizinni maxsus antidoti yo'q.
Dozani oshirib yuborilishida simptomatik va samarani bir maromda tutib turuvchi terapiya tavsiya qilinadi. Me'dani yuvishni, faqat agar preparat bu holatdan oz vaqt oldinroq qo'llangan bo'lsa, o'tkazish mumkin.
Gemodializ setirizinni chiqarish uchun samarasiz.
Homiladorlik va laktatsiya
Homiladorlik
Setirizinni homiladorlikda ekspozitsiyasi bo'yicha juda kam hollarda klinik kuzatuvlar mavjud. Hayvonlardagi eksperimental tadqiqotlar homiladorlikka, embrionni/homilani rivojlanishiga, tug'ruqqa yoki postnatal rivojlanish davriga (“Xavfsizlikni klinik oldi tadqiqotlari” ga qarang) hech qanday bevosita yoki bilvosita samaralarni aniqlamagan.
Odam uchun potentsial xavfi to'g'risida ma'lumotlar yo'q.
Homiladorlikda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo'llash lozim.
Laktatsiya
Preparatni emizikli ayollarga buyurish mumkin emas, chunki setirizin ona sutiga tushadi.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ALLERKAPS kapsulalar 5mg N20 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ALLERKAPS kapsulalar 5mg N20 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ALLERKAPS kapsulalar 5mg N20 dori vositasi УП МИНСКИНТЕРКАПС tomonidan Belarusiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ALLERKAPS kapsulalar 5mg N20 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ALLERKAPS kapsulalar 5mg N20 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
TERIKS tabletkalari 10mg N10
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
Narh: 55 000 so'mdan Batafsil
ONSET eritma dlya priema vnutr 60ml 5mg/5ml
SETRIN tomchilar dlya priema vnutr 20ml 10mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Reddy's Laboratories Ltd
SETRIN tomchilar dlya priema vnutr 10ml 10mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Reddy's Laboratories Ltd
RONEKS sirop 60ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
ZEFTIZIN sirop 50ml 5mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для ZEUS Pharma Ltd.
ROLINOZ tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 16 000 so'mdan Batafsil
ROLINOZ tomchilar dlya priema vnutr 20ml 10mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
Narh: 55 500 so'mdan Batafsil
ZIRTEK tomchilar dlya priema vnutr 10ml 10mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GlaxoSmithKline Export Limited, Великобритания произведено: Aesica Pharmaceuticals S.r.l.
Narh: 62 700 so'mdan Batafsil
SVETOKS tabletkalari 10mg N20
Narh: 38 000 so'mdan Batafsil
NOVEKS SETIRIZIN sirop 60ml 5mg/5ml N1
Narh: 21 000 so'mdan Batafsil
ZIRTEK tabletkalari 10mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GlaxoSmithKline Export Limited, Великобритания произведено: Aesica Pharmaceuticals S.r.l.
Narh: 37 800 so'mdan Batafsil
ALLERGON tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гуфик-Авиценна, СП, ООО
ALLERGIN GT tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Hebei Oriental Pharma IE Corporation
ALERKUR tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lafz, ООО (упаков.) Unicure Pvt. Ltd., Индия (произ.)
  • Vakil:
ZODAK tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Chexiya
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Zentiva k.s.
  • Vakil: Sanofi
Narh: 13 000 so'mdan Batafsil
SETRIN tabletkalari 10mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Reddy's Laboratories Limited
NOVEKS SETIRIZIN tabletkalari 10mg N10
Narh: 18 500 so'mdan Batafsil
ALER G tabletkalari 10mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GMP
Narh: 32 000 so'mdan Batafsil
PARLAZIN tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эгис Фармацевтический завод ОАО
PARLAZIN tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эгис Фармацевтический завод ОАО
PARLAZIN tomchilar dlya priema vnutr 20ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эгис Фармацевтический завод ОАО
ZODAK tomchilar 20ml 0,01/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Цетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: А.Наттерманн энд Сие ГмбХ
Narh: 55 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ELDNIL EKSPRESS kapsulalar 200mg N10
ELDNIL EKSPRESS kapsulalar 200mg N20
Narh: 32 500 so'mdan Batafsil
CHERNIKA S LYUTEINOM kapsulalar N20
Narh: 17 500 so'mdan Batafsil
OMEGA 3 MIK kapsulalar 450mg N50
Narh: 37 083 so'mdan Batafsil
MAGVIT kapsulalar N30
Narh: 27 000 so'mdan Batafsil
GINOKAPS FORTE kapsulalar 100mg+500mg N15
GINOKAPS kapsulalar 100mg/100mg N10
Narh: 58 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9