×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

DEKSALGIN SASHET granuli 25mg N10

Kategoriya:
- Yallig'lanishga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Ispaniya
Faol modda:
Декскетопрофен
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено: Laboratorios Menarini SA
ATX kodi:
- M01AE17
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 5 ta dorixonasida topildi

ico 115 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

DIKLOVIT kapsulalar N30 Нижфарм-Stada CIS Avstriya
49 200 s`om dan
TENOVIKS eritma 20mg N3 NITIN LIFESCIENCES LTD. Hindiston
84 000 s`om dan
DIKLOFENAK suppozitorii 50mg N6 Фармаприм, ООО Moldova
6 100 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
DEKSALGIN SASHET granuli 25mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

ILOVA-VARAQA: PASIENT UCHUN MA‘LUMOT

Deksalgin®

25 mg, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Deksketoprofen

 

Bu dori preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin ushbu ilova-varaqani diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki unda Siz uchun muxim ma‘lumot saqlanadi

Bu preparatni doimo qat‘iy ushbu ilova-varaqada ta‘riflangan ko‘rsatmalarga muvofiq yoki davolovchi shifokor yoki dorixona xodimining ko‘rsatmalariga muvofiq qabul qilish kerak.

  • Bu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol, Sizga uni yana o‘qib chiqish talab etilishi mumkin.
  • Agar Sizga qo‘shimcha ma‘lumot yoki maslaxat kerak bo‘lsa dorixona xodimiga murojaat qiling
  • Har qanday nojo‘ya ta‘sirlari paydo bo‘lganida, bu haqida davolovchi shifokor yoki dorixona xodimiga xabar bering. Bu har qanday bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlariga – shu jumladan ushbu ilova-varaqada ta‘riflanmaganlariga ham taalluqlidir. 4-bo‘limga qarang.
  • Agar 3-4 kun o‘tgach yaxshilanish yuz bermasa, yoki kasallikning simptomlari chuqurlashsa, shifokorga murojaat qiling.

Ilova-varaqaning mazmuni:

  1. Deksalgin® preparati o‘zi nima va u nima uchun ishlatiladi.
  2. Deksalgin® preparatini qabul qilishdan oldin nimalarni bilish kerak.
  3. Deksalgin® preparati qanday qabul qilinadi.
  4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari.
  5. Deksalgin® preparatini saqlash sharoiti.
  6. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumotlar.

  1. Deksalgin® preparati o‘zi nima va u nima uchun ishlatiladi.

Deksalgin® – bu nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYAQV) guruhiga kiruvchi og‘riqni qoldiruvchi vosita.

U og‘irligi yengildan to o‘rtacha darajali jadallikdagi og‘riqlarni davolash uchun ishlatiladi, masalan, mushaklardagi og‘riqlarda, og‘riqli xayz ko‘rishlarda (dismenoreya), tish og‘rig‘i. Agar 3-4 kun o‘tgach yaxshilanish yuz bermasa, yoki kasallikning simptomlari chuqurlashsa, shifokorga murojaat qiling.

  1. Deksalgin® preparatini qabul qilishdan oldin nimalarni bilish kerak.

Deksalgin® preparatini qo‘llash mumkin emas, agar:

  • Sizda deksketoprofenga yoki ushbu preparatning xar qanday boshqa komponentlariga allergiya bo‘lsa (6-bo‘limga qarang);
  • Sizda asetilsalisil kislotasiga yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarga allergiya bo‘lsa.
  • Sizda astma bo‘lsa yoki aspirin yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni qabul qilishdan keyin Sizda astma xurujlari, o‘tkir allergik rinit (qisqa vaqt davomida burun shilliq qavatini yallig‘lanishi), burun poliplari (allergiya tufayli burunni shishi) eshakemi (teri toshmasi), angionevrotik shishi (yuz, ko‘zlar, lablar yoki tilni shishi yoki nafasni buzilishi) yoki ko‘krakda xirillashlar bo‘lsa;
  • Sizda ketoprofenni (nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat) yoki fibratlarni (qonda yog‘larning konsentrasiyasini pasaytirish uchun ishlatiluvchi preparatlar) qo‘llash vaqtida fotoallergik yoki fototoksik reaksiyalar (terining qizarishini alohida shakli va/yoki quyosh nuri ta‘sirida pufaklarni hosil bo‘lishi) bo‘lgan bo‘lsa.
  • Sizda me‘da yoki ichakda peptik yara/qon ketishi, agar Sizda ilgari me‘da yoki ichakdan qon ketishi, yara yoki perforasiya bo‘lgan bo‘lsa;
  • Sizda ovqat xazm bo‘lishining surunkali buzilishlari bo‘lsa (masalan, xazm bo‘lmaslik, jig‘ildon qaynashi);
  • Og‘riqni qoldirish maqsadida ilgari nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYAQV) qo‘llanganida, Sizda me‘da yoki ichakdan qon ketishi yoki teshilish rivojlangan bo‘lsa;
  • Sizda ichakning yallig‘lanish tabiatli surunkali kasalligi bo‘lsa (Kron kasalligi yoki nospesifik yarali kolit);
  • Sizda yaqqol yurak yetishmovchiligi, buyrak funksiyasini o‘rtacha yoki og‘ir darajali buzilishi yoki jigar funksiyasini og‘ir darajali buzilishi bo‘lsa;
  • Sizda yuqori qonash yoki qonning ivishini buzilishi bo‘lsa;
  • Siz qusish, diareya yoki organizmga suyuqlikni yetarli tushmasligi tufayli kuchli suvsizlangan (organizmni katta miqdorda suyuqlik yo‘qotishi) bo‘lsangiz.
  • Sizda homiladorlikning uchinchi uch oyligi yoki Siz bola emizayotgan bo‘lsangiz.

Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari

Deksalgin® preparatini qabul qilishdan oldin davolovchi shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing, agar:

  • Sizda allergiya bo‘lsa yoki ilgari allergiya bo‘lgan bo‘lsa;
  • Sizda organizmda suyuqlikni tutilishi bilan kechuvchi buyraklar, jigar, yurak (arterial gipertoniya va/yoki yurak yetishmovchiligi) kasalliklari bor yoki ilgari bo‘lgan bo‘lsa;
  • Siz siydik xaydovchi vositalarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, Sizda suvsizlanish va suyuqlikni axamiyatli yo‘qotilishi oqibatida qon xajmini kamayishi bo‘lsa (masalan, siydik chiqarilishini oshishi, diareya yoki qusish tufayli);
  • Sizda yurak kasalligi, Siz insult o‘tkazgansiz yoki bu kasalliklar bo‘yicha xavf guruxiga (masalan, yuqori arterial bosimda, qandli diabetda, xolesterinni yuqori darajasida va chekishda) kiraman deb hisoblasangiz. Bunday hollarda davolanish bo‘yicha shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslaxatlashish kerak; Deksalgin® preparatiga o‘xshash dori vositalari, yurak xuruji (miokard infarkti) yoki insultning xavfini biroz oshirish qobiliyatiga ega. Doza yoki davolash davomiyligi oshishi bilan xar qanday asoratlarning xavfi oshadi. Tavsiya etilgan doza va davolash davomiyligini oshirmang.
  • Siz keksa yoshli odam bo‘lsangiz. Nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lishini xavfi oshadi (4-bo‘limga qarang). Bunday xolda darxol shifokorga murojaat qiling;
  • Sizda tug‘ruq faoliyatini buzilishi bo‘lsa (Deksalgin® preparatini qo‘llash fonida bola tug‘ish faoliyatini pasayishi mumkin, shuning uchun uni homiladorlik rejalashtirilganda va muvofiq tekshirishlar o‘tkazilganda qabul qilish tavsiya etilmaydi);
  • Sizda qon hosil bo‘lishi va qon xujayralarining shakllanishi buzilgan bo‘lsa;
  • Sizda tizimli qizil yugurik yoki biriktiruvchi to‘qimaning aralash kasalliklari (biriktiruvchi to‘qimaninn o‘zgarishlari bilan birga kechuvchi immun tizimining buzilishi) bo‘lsa;
  • Siz yallig‘lanish tabiatli ichakning surunkali kasalliklarini (nospesifik yarali kolit, Kron kasalligi) o‘tkazgan bo‘lsangiz;
  • Sizda me‘da yoki ichakning boshqa kasalliklari bor yoki bo‘lgan bo‘lsa;
  • Siz suvchechak bilan kasallangansiz, ayrim hollarda NYAQV infeksiyani chuqurlashtirishi mumkin;
  • Siz yara kasalligi yoki qon ketishi rivojlanishi xavfini oshiruvchi boshqa dori vositalarini, masalan ichga qabul qilish uchun steroid preparatlarni, ayrim antidepressantlarni (serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari turi), trombositlar agregasiyasiga to‘sqinlik qiluvchi vositalar (aspirin), yoki antikoagulyantlar (varfarin) qabul qilayotgan bo‘lsangiz. Bunday xolda Deksalgin preparatini qo‘llashni boshlashdan oldin shifokor bilan maslaxatlashing, u ehtimol, me‘daga ximoyalovchi ta‘sir ko‘rsatuvchi qo‘shimcha dorilar buyurishi mumkin (masalan, mizoprostol yoki me‘da shirasi ishlab chiqarilishini bostiruvchi dorilar);
  • Sizda astma surunkali rinit, surunkali sinusit va/yoki burun poliplari bilan birga mavjud bo‘lsa va, demak, qolgan axoliga nisbatan asetilsalisil kislotasi va/yoki NYAQV ga allergiyaning yuqoriroq xavfiga duchor bo‘lasiz. Bu preparatni qabul qilish, ayniqsa asetilsalisil kislota yoki NYAQV allergiyasi bo‘lgan pasientlarda, astma va bronxospazm xurujlarini chaqirishi mumkin.

Bolalar va o‘smirlar

Deksalgin® preparatining ta‘siri bolalar va o‘smirlarda o‘rganilmagan. Shuning uchun qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan va maxsulotni bu yosh guruhida qo‘llash mumkin emas.

Boshqa dori vositalari va Deksalgin®

Agar Siz xar qanday, shu jumladan reseptsiz beriladigan dori vositalarni xozir qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz, bu xaqida davolovchi shifokor yoki dorixona xodimiga xabar bering. Birga qo‘llash mumkin bo‘lmagan, shuningdek birga qo‘llanganida dozaga tuzatish kiritish kerak bo‘ladigan dorilar mavjud.

Agar Deksalgin® preparati bilan birga Siz quyida sanab o‘tilgan dori vositalaridan birontasini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, bu xaqida albatta davolovchi shifokor yoki dorixona xodimiga xabar bering.

Quyidagi dori vositalarini Deksalgin® preparati bilan qo‘shish tavsiya etilmaydi:

  • Asetilsalisil kislotasi (aspirin), kortikosteroidlar va boshqa yallig‘lanishga qarshi vositalar;
  • Varfarin, geparin va qonning ivishiga to‘sqinlik qiluvchi boshqa vositalar;
  • Litiy, u kayfiyatning ayrim buzilishlarida ishlatiladi;
  • Metotreksat, revmatoid artrit va rakni davolash uchun ishlatiladi;
  • Gidantoin va fenitoin, tutqanoqda qo‘llanadigan;
  • Sulfametoksazol, bakterial infeksiyalarni davolash uchun qo‘llanadigan.

Quydagi dori vositalarini Deksalgin® preparati bilan birga extiyotkorlik bilan qo‘llash tavsiya etiladi:

  • Yuqori arterial bosim va yurak kasalliklarida qo‘llanadigan AAF ingibitorlari, beta-blokatorlar, siydik xaydovchi vositalar va angiotenzin II reseptorlarining antagonistlari;
  • Venalarning kasalliklari bilan bog‘liq bo‘lgan surunkali yaralarda qo‘llanadigan pentoksifillin va okspentifillin;
  • Virusli infeksiyalarni davolash uchun qo‘llanadigan zidovudin;
  • Bakterial infeksiyalarni davolash uchun qo‘llanadigan aminoglikozid-antibiotiklar;
  • Qandli diabetda qo‘llanadigan xlorpropamid va glibenklamid.

Quyidagi vositalarni birga qo‘llash yaxshi asoslangan bo‘lishi kerak:

  • Bakterial infeksiyalarda qo‘llanadigan xinolon qatori antibiotiklari (masalan, siprofloksasin, levofloksasin);
  • Immun tizimining kasalliklari va a‘zolar transplantasiyasida qo‘llanadigan siklosporin va takrolimus;
  • Streptokinaza va boshqa trombolitik yoki fibrinolitik dorilar, ya‘ni qon laxtalarini parchalash uchun qo‘llanadigan vositalar;
  • Podagrada qo‘llanadigan probenesid;
  • Surunkali yurak yetishmovchiligida qo‘llanadigan digoksin;
  • Bola tashlash (homiladorlikni to‘xtatish) chaqiradigan vosita sifatida qo‘llanadigan mifepriston;
  • Serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari turi antidepressantlar;
  • Trombositlar agregasiyasi va qon laxtalari hosil bo‘lishini kamaytirish uchun qo‘llanadigan antiagregantlar.

Agar Sizda Deksalgin® preparatini boshqa dori vositalari bilan birga qabul qilish bo‘yicha savollar paydo bo‘lsa, shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.

Deksalgin® preparatini ovqat va ichimliklar bilan qabul qilish

Tabletkalarni yetarli miqdordagi suv bilan qabul qiling. Tabletkalarni ovqatlanish vaqtida qabul qiling, chunki bu me‘da yoki ichak tomonidan nojo‘ya ta‘sirlari ehtimolini pasaytiradi. Lekin o‘tkir og‘riqlarda tabletkalarni, xech bo‘lmaganda, ovqatdan 30 minut oldin, och qoringa qabul qilish kerak, chunki bunda preparat ancha tezroq ta‘sir qila boshlaydi.

Homiladorlik, emizish va bola tug‘ish faoliyati

Deksalgin® preparatini homiladorlikning oxirgi uch oyda va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik vaqtida, shuningdek homiladorlik extimolida va uni rejalashtirishda bu preparatni qabul qilish oldidan shifokor yoki dorixona xodimiga maslaxat uchun murojaat qiling, chunki Sizga Deksalgin®ni to‘g‘ri kelmasligini ehtimoli bor. Homiladorlik yoki rejalashtirilayotgan homiladorlik xolida Deksalgin® preparatini qo‘llashdan saqlanish kerak. Homiladorlikning xar qanday bosqichida preparat bilan davolashni davolovchi shifokorning ko‘rsatmalariga qat‘iy amal qilib o‘tkazish kerak.

Deksalgin®ni homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarga yoki bepushtlikka nisbatan tekshirishlar vaqtida buyurish tavsiya etilmaydi.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘siri

Deksalgin® preparatini qo‘llash fonida bosh aylanishi va uyquchanlik rivojlanishi mumkinligi tufayli, u transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga biroz ta‘sir qilishi mumkin. Bunday ta‘sirlari paydo bo‘lganda, bu simptomlar yo‘qolib ketmagunicha, transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatishdan saqlaning.

  1. Deksalgin® PREPARATINI QANDAY QABUL QILISH KERAK

Bu preparatni doimo davolovchi shifokor yoki dorixona xodimining ko‘rsatmalariga qat‘iy amal qilib ishlatish kerak. Agar Sizda gumonlar bo‘lsa, davolovchi shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing.

Tavsiya etiladigan doza 1 tabletka (25 mg) xar 8 soatdani tashkil qiladi, lekin sutkada 3 tabletkadan (75 mg) oshmasligi kerak.

Agar 3-4 kun o‘tgach sipmtomlar chuqurlashsa yoki yaxshilanish yuz bermasa, shifokorga murojaat qiling. Davolovchi shifokor kuniga qancha tabletka va qancha vaqt qabul qilish kerakligini aytadi. Deksalgin® preparatining Sizga kerak bo‘lgan dozasi, og‘riqning turi, yaqqolligi va davomiyligiga bog‘liq.

Agar siz keksa odam bo‘lsangiz yoki sizda buyrak yoki jigar kasalliklari bo‘lsa, davolashni 2 tabletkadan (50 mg) ko‘p bo‘lmagan umumiy sutkalik dozadan boshlash kerak.

Keksa odamlarda Deksalgin®ni yaxshi o‘zlashtirilishida, boshlang‘ich dozani keyinchalik oddiy pasientlarga tavsiya etilgan (75 mg) dozagacha oshirish mumkin.

Agar Sizda kuchli og‘riqlar bo‘lsa, va bu og‘riqni tezroq yengillashtirishni xoxlasangiz, preparatni och qoringa (xech bo‘lmaganda ovqatdan 30 minut oldin) qabul qiling, chunki bunda u tezroq so‘riladi (2-bo‘lim “Deksalgin® preparatini ovqat va ichimliklar bilan qabul qilish” ga qarang).

Bolalar va o‘smirlarda qo‘llash

Bu preparatni bolalar va o‘smirlarda (18 yoshgacha) ishlatish mumkin emas.

Deksalgin® preparatining dozasi oshirib yuborilgan xolda nima qilish kerak.

Preparatning dozasi oshirib yuborilgaida darxol shifokorga, dorixona xodimiga yoki yaqindagi kasalxonaning qabul-bo‘limiga murojaat qiling. Bu preparat o‘ramini yoki bu ilova-varaqani o‘zingiz bilan olishni unutmang.

Agar Siz Deksalgin® qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz nima qilish kerak

O‘tkazib yuborilganining o‘rnini bosish uchun ikkilangan dozani qabul qilmang. Buyurilgan vaqtda navbatdagi dozani qabul qiling (3-bo‘lim “Deksalgin® preparatini qanday qo‘llash kerak” ga muvofiq).

Agar Sizda bu preparatni qo‘llash bo‘yicha savollar paydo bo‘lsa, shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.

  1. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari

Barcha dorilardagi kabi, bu preparatda ham, garchi ular xar birida rivojlanmasada, nojo‘ya ta‘sirlari bor.

Tez-tez paydo bo‘luvchi nojo‘ya ta‘sirlari (10 pasientdan 1 nafarida kuzatilishi mumkin)

Ko‘ngil aynishi va/yoki qusish, qorin og‘riqlari, ich ketishi, ovqat xazm qilish bilan muammolar (dispepsiya).

Ba‘zida paydo bo‘luvchi nojo‘ya ta‘sirlari (100 pasientdan 1 nafarida kuzatilishi mumkin)

Aylanish xissi (vertigo), bosh aylanishi, uyquchanlik, uyquning buzilishi, asabiylik, bosh og‘rig‘i, yurak urishi, qon quyilib kelishi hissi, me‘da tomonidan buzilishlar, qabziyat, og‘izning qurushi, meteorizm, teri toshmasi, charchoqlik, og‘riq, isitma va qaltirash xissi, umumiy o‘zini xis qilishni yomonlashishi (lohaslik).

Kam hollarda paydo bo‘luvchi nojo‘ya ta‘sirlari (1000 pasientdan 1 nafarida kuzatilishi mumkin)

Peptik yara, teshilgan yara yoki qon ketishi, u qonli qusish yoki qora axlat ko‘rinishida namoyon bo‘lishi mumkin, xushdan ketish, arterial bosimni oshishi, nafas tez-tezligini pasayishi, suyuqlikni tutilishi va periferik shishlar (masalan, to‘piqlarning shishi), xalqumning shishi, ishtaxani yo‘qolishi (anoreksiya), yot xissiyotlar, qichishuvchi toshma, akne, ko‘p terlash, belda og‘riq, tez-tez siyish, xayz ko‘rish siklini buzilishi, prostata bezi tomonidan buzilishlar, jigar ko‘rsatgichlarini og‘ishi (qon taxlili), jigar xujayralarini shikastlanishi (gepatit), o‘tkir buyrak yetishmovchiligi.

Juda kam hollarda paydo bo‘luvchi nojo‘ya ta‘sirlari (10000 pasientdan 1 nafarida kuzatilishi mumkin)

Anafilaktik reaksiyalar (xatto shokkacha bo‘lgan yuqori sezuvchanlik reaksiyalari), teri, og‘iz shilliq qavati, ko‘zlar va jinsiy a‘zolardagi bitmaydigan jaroxatlar (Stivens-Djonson va Layell sindromi), yuz yoki lablar va tomoqning shishi (angionevrotik shishi), nafas yo‘llarining torayishi natijasidagi nafasni qiyinlashishi (bronxospazm), xansirash, yurakni tez-tez urishi, arterial bosimni pasayishi, me‘da osti bezining yallig‘lanishi, ko‘rishni yoyilishi, quloqlarda jaranglash (tinnitus), terining yuqori sezuvchanligi, yorug‘likka sezuvchanlik, qichishish, buyrak tomonidan buzilishlar. Leykositlar miqdorini pasayishi (neytropeniya), qonda trombositlar miqdorini pasayishi (trombositopeniya).

Agar davolashni boshida Sizda me‘da-ichak yo‘llari tomonidan nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lsa (masalan, me‘dada og‘riq, jig‘ildon qaynashi yoki qon ketishi), agar Sizda ilgari yallig‘lanishga qarshi vositalarni davomli qo‘llashda shunday simptomlar bo‘lgan bo‘lsa va, ayniqsa, agar Siz keksa odam bo‘lsangiz, darxol bu xaqida shifokorga xabar bering.

Teri toshmasi, og‘iz bo‘shlig‘i yoki genitaliy shilliq qavatining xar qanday boshqa shikastlanishlari, yoki allergiyaning biron-bir belgilari aniqlanganida Deksalgin® preparatini qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar bo‘yicha, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni qo‘llash davrida organizmda suyuqlikni tutilishi va shishlarni paydo bo‘lishi (ayniqsa oyoqlarni), arterial bosimni oshishi va yurak yetishmovchiligi kuzatilishi mumkin.

Deksalgin® preparatiga o‘xshash vositalar, yurak xuruji (miokard infarkti) yoki insult xavfini biroz oshirishi mumkin.

Biriktiruvchi to‘qimaning tizimli kasalliklari (tizimli qizil yugurik yoki biriktiruvchi to‘qimaning aralash kasalliklari) bo‘lgan pasientlarda, yallig‘lanishga qarshi vositalarni qo‘llash fonida kam hollarda isitma, bosh og‘riqlari va bo‘yinni qotib qolishi xissi paydo bo‘lishi mumkin.

Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari xaqida xabar berish

Xar qanday nojo‘ya ta‘sirlari paydo bo‘lganda bu xaqida davolovchi shifokorga yoki dorixona xodimiga xabar bering. Bu xar qanday, shu jumladan ushbu ilova-varaqada ta‘riflanmagan nojo‘ya ta‘sirlarga ham taalluqlidir. Siz shuningdek nojo‘ya ta‘sirlari xaqida bevosita “Berlin-Xemi AG” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga, Toshkent sh., 100015, Afrosiyob ko‘ch., 12 (biznes-sentr) manzil bo‘yicha xabar berishingiz mumkin. Nojo‘ya ta‘sirlari xaqida xabar berib, Siz ushbu dori preparatining xavfsizligi bo‘yicha ko‘proq ma‘lumot to‘plashga yordam berishingiz mumkin.

  1. Deksalgin® PREPARATINI SAQLASH SHAROITI

Ushbu dori vositasi bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Ushbu preparatni karton quti va blisterda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatish mumkin emas. Yaroqlilik muddatining o‘tish sanasi ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.

PVX/alyumin blisterlarga joylangan Deksalgin® preparatini quruq joyda 30oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlash kerak. Yorug‘likdan saqlash maqsadida blisterlarni original o‘ramida (tashqi karton quticha) saqlash kerak.

Alyuminiy/alyuminiy blisterlarga joylangan Deksalgin® preparatini 30oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlash kerak. Yorug‘likdan saqlash maqsadida original o‘ramida saqlash kerak.

Xech qanday dori preparatlarini kanalizasiyaga yoki maishiy chiqindilar bilan tashlamang. Kerak bo‘lmagan dori preparatini qanday utilizasiya qilish bo‘yicha dorixona xodimi bilan maslaxatlashing. Bu choralar atrof-muxitni ximoya qilishga yordam beradi.

 

Yaroqlilik muddati

PVX/alyuminiy blisterlarga joylangan Deksalgin® preparatining yaroqlilik muddat 2 yilni tashkil qiladi.

Alyuminiy/alyuminiy blisterlarga joylangan Deksalgin® preparatining yaroqlilik muddati 3 yilni tashkil qiladi.

 

  1. O‘RAM ICHIDAGISI VA BOSHQA MA‘LUMOTLAR

Deksalgin® preparatining tarkibi

Ta‘sir etuvchi modda – 25 mg deksketoprofenga (XPN) muvofiq keluvchi deksketoprofen trometamoli (36,90 mg) hisoblanadi.

Boshqa komponentlar: makka jo‘xori kraxmali, mikrokristall sellyuloza, kraxmal glikolyatining natriyli tuzi, gliserin palmitostearati, gipromelloza, titan dioksidi (Ye 171), propilenglikol, makrogol 6000.

 

Deksalgin® preparatining tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi

Deksalgin® 25 mg – oq ikki tomoni qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan, ikki tomoni o‘yiqchali tabletkalar.

Tabletkalar joylangan:

Blisterlar 1: PVX/alyuminiy: o‘ram tiniq bo‘lmagan PVX/alyuminiy.

Blisterlar: alyuminiy/alyuminiy: o‘ram  PA/alyuminiy/PVX/alyuminiy.

Deksalgin® 10, 30 va 50 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalardan o‘ramlarda chiqariladi.

Sotuvda o‘ramlarning barcha o‘lchamlari bo‘lmasligi mumkin.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

DEKSALGIN SASHET granuli 25mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
DEKSALGIN SASHET granuli 25mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
DEKSALGIN SASHET granuli 25mg N10 dori vositasi Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено: Laboratorios Menarini SA tomonidan Ispaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
DEKSALGIN SASHET granuli 25mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
DEKSALGIN SASHET granuli 25mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
ALDEGIN gel 60g 1,25%
Narh: 59 900 so'mdan Batafsil
KETORAYT inyeksiya uchun eritma 2ml 25mg/ml N5
ALDEGIN inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/2ml N6
SERTOFEN gel 60g 1,25%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 46 000 so'mdan Batafsil
SERTOFEN tabletkalari 25mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
ROTALFEN inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/2ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm İlaçları Limited Şirketi, Турция произведено: Rompharm İlaç San. Ve Tic. Ltd. Şti.
  • Vakil: Rotapharm
DEKSAROM inyeksiya uchun eritma 2ml 25mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: S.C. Rompharm Company S.R.L.
DEKSALGIN tabletkalari 25mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено: Laboratorios Menarini SA
DEKSALGIN tabletkalari 25mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено: Laboratorios Menarini SA
DEKSALGIN SASHET granuli 25mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено: Laboratorios Menarini SA
DEKSALGIN SASHET granuli 25mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено: Laboratorios Menarini SA
DEKSALGIN IN‘EKT inyeksiya uchun eritma 2ml 25mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург Производитель: A.Menarini Manufacturing Logistics and Services S.r.l.
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
ROTALFEN inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/2ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm İlaçları Limited Şirketi, Турция произведено: Rompharm İlaç San. Ve Tic. Ltd. Şti.
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 84 000 so'mdan Batafsil
ZUMM 25 inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/2ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, ООО, Грузия произведено: Rompharm Ilaс San. Ve Tic. Ltd. Sti.
  • Vakil: GMP
Narh: 39 600 so'mdan Batafsil
SERTOFEN inyeksiya uchun eritma 50mg/2ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: PharmaVision Sanayi ve Ticaret A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 69 000 so'mdan Batafsil
DEKSAROM inyeksiya uchun eritma 2ml 25mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: S.C. Rompharm Company S.R.L.
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
DEKSIREN inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/2ml N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ilko Ilac San. ve Tic. A.S., Турция произведено: Mefar Ilac Sanayii A.S.
KEYVER tabletkalari 25mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 43 000 so'mdan Batafsil
KEYVER eritma 2ml 50mg/2ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
DEKSALGIN tabletkalari 25mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено: Laboratorios Menarini SA
Narh: 127 700 so'mdan Batafsil
FLAMADEKS inyeksiya uchun eritma 2ml 25mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ФармФирма "Сотекс",ЗАО
Narh: 45 200 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
DEKSALGIN tabletkalari 25mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено: Laboratorios Menarini SA
Narh: 127 700 so'mdan Batafsil
DEKSALGIN tabletkalari 25mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено: Laboratorios Menarini SA
DEKSALGIN tabletkalari 25mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено: Laboratorios Menarini SA
DEKSALGIN SASHET granuli 25mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено: Laboratorios Menarini SA
DEKSALGIN SASHET granuli 25mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено: Laboratorios Menarini SA
Другие формы препарата
DEKSALGIN IN‘EKT inyeksiya uchun eritma 2ml 25mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург Производитель: A.Menarini Manufacturing Logistics and Services S.r.l.
DEKSALGIN 0,025/ML eritma 2ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: А.Менарини Мэнюфекчеринг Лоджистикс энд Сервисиз С
DEKSALGIN 0,025/ML eritma 2ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: А.Менарини Мэнюфекчеринг Лоджистикс энд Сервисиз С
DEKSALGIN tabletkalari 25mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено: Laboratorios Menarini SA
DEKSALGIN tabletkalari 25mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено: Laboratorios Menarini SA
DEKSALGIN tabletkalari 25mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено: Laboratorios Menarini SA
DEKSALGIN 25 0,025 tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: А.Менарини Мэнюфекчеринг Лоджистикс энд Сервисиз С
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9