×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ZUMM 25 inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/2ml N5

Kategoriya:
- Yallig'lanishga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Turkiya
Faol modda:
Декскетопрофен
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
- GM Pharmaceuticals Ltd, ООО, Грузия произведено: Rompharm Ilaс San. Ve Tic. Ltd. Sti.
Vakil:
- GMP
ATX kodi:
- M01AE17
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 22 ta dorixonasida topildi

ico 62 100 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

BOLNOL RELAKS gel 30g N1 Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Lincoln Pharmaceuticals Ltd. Hindiston
19 000 s`om dan
NIMID FORTE tabletkalari 100mg/2mg N100 Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
176 800 s`om dan
AKSEN FORT tabletkalari 550mg N10 Ali Raif Ilac San. A.S. Turkiya
17 000 s`om dan
KLODIFEN inyeksiya uchun eritma 3ml 75mg/3ml N5 World Medicine Limited, Великобритания произведено: E.I.P.I.Co. Misr
49 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Bir Zumm-25 paketchasi quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 25 mg deksketoprofenga ekvivalent 36,9 mg deksketoprofen trometamolini saqlaydi;

yordamchi moddalar: ammoniy glitsirrizat, neogesperidin digidroxalkon, limon aramatizatori, sukroza, sariq rangli (Quinoline yellow) boʻyovchisi.
Deksketoprofen trometamoli – propion kislotasining trometamin tuzini (S)-(+)-2-(3-benzoilfenil) dan iborat. Bu nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalar va revmatizmga qarshi vositalar guruhiga mansub boʻlib, ogʻriqni qoldiruvchi, yalligʻlanishga qarshi, isitmani tushiruvchi dori preparati boʻlib hisoblanadi.

Nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalarning taʼsiri siklooksigenazani susaytirish hisobiga prostaglandinlar sintezini kamaytirishga asoslanadi. Xususan, NYAQV araxidon kislotasining prostaglandinlar, prostatsiklin va tromboksanlar hosil boʻladigan siklik endoperoksidlarga aylanishini ingibitsiya qiladi.
Deksketoprofen trometamoli peroral qoʻllanganidan keyin Smax oʻrtacha 30 minut (15-60 min) oʻtgach erishiladi. Bir vaqtda ovqatni qabul qilish preparatning soʻrilishini sekinlashtiradi. Deksketoprofen trometamol uchun qon plazmasi oqsillari bilan yuqori darajada bogʻlanishi (99%) xarakterli. Yarim taqsimlanish xajmi taxminan 0,35 soatga teng. Deksketoprofenni asosiy chiqarilish yoʻli uni glyukuron kislotasi bilan konyugatsiyasi va keyinchalik buyrak orqali chiqarilishi xisoblanadi. Deksketoprofen trometamolning T1/2 1,65 soatni tashkil qiladi. Keksa yoshdan shaxslarda T1/2 ning, taxminan 48% gacha uzayishi va preparatning umumiy klirensini pasayishi kuzatiladi.
Barcha dori vositalari kabi, Zumm-25 preparatida ham nojoʻya taʼsirlar mavjud, biroq ular har bir insonda uchramasligi mumkin.

Kuzatilishi mumkin boʻlgan nojoʻya taʼsirlar ularning kelib chiqishiga qarab quyidagi tarzda keltirilgan.

Tez-tez

100 patsiyentdan 1-10 tasida

Baʼzi hollarda

1000 patsiyentdan 1-10 tasida

Kam hollarda

10000 patsiyentdan 1-10 tasida

Juda kam hollarda

10000 patsiyentdan 1 ta dan kam


Tez-tez paydo boʻladigan nojoʻya taʼsirlar:

Koʻngil aynishi va/yoki qusish, meʼdada ogʻriq, diareya, ovqat hazm qilishda muammolar (dispepsiya).

Baʼzi hollarda paydo boʻladigan nojoʻya taʼsirlar:

Bosh aylanish hissi (vertigo), bosh aylanishi, uyquchanlik, uyquning buzilishi, jizzakilik, bosh ogʻrigʻi, yurak urishini his qilish, qon oqib kelish hissi, meʼda tomonidan buzilishlar, qabziyat, ogʻizni qurishi, meteorizm, teri toshmasi, ogʻriq, qizib ketish hissi va etni uvishishi, umumiy holatni yomonlashishi (holsizlik).

Kam hollarda paydo boʻladigan nojoʻya taʼsirlar:

Peptik yara, teshilgan yara yoki qonli qusish yoki qora rangli axlat koʻrinishida namoyon boʻlishi mumkin boʻlgan qon ketishi, xushdan ketish, arterial bosimni oshishi, nafas olish tez-tezligini pasayishi, suyuqlikni organizimda tutilishi va periferik shishlar (masalan kaftlarni shishi), ishtahani yoʻqolishi (anoreksiya), yot jisim hissi, qichimali toshma, akne, koʻp terlash, belda ogʻriq, tez-tez siyish, xayz siklini buzilishi, prostata bezi tomonidan buzilishlar, qon tahlili oʻtkazilganda jigar koʻrsatkichlarini ogʻishi, buyrak funksiyasini buzilishi (oʻtkir buyrak yetishmovchiligi).

Juda kam hollarda paydo boʻladigan nojoʻya taʼsirlar:

Anafilaktik reaksiyalar (yuqori sezuvchanlik reaksiyalari hatto shokkacha), teri, ogʻiz, koʻz va jinsiy ahzolarning shilliq qavatlarida bitmaydigan yaralar (Stivens-Djonson va Layell sindromi), yuz yoki lablar va tomoqni shishi (angionevrotik shish), nafas yoʻllarini torayishi natijasidagi nafas olishini qiyinlashishi (bronxospazm), xansirash, yurakni tez-tez urishi, arterial bosimini pasayishi, meʼda osti bezini yalligʻlanishi, jigar hujayralarini shikastlanishi (gepatit), koʻrishni xiralashishi, quloqlarda shovqin, terini yuqori sezuvchanligi, yorugʻlikka sezgirlik, qichishish, buyrak tomonidan buzilishlari. Leykotsitlar miqdorini pasayishi (neytropeniya), qonda trombotsitlar miqdorini pasayishi (trombotsitopeniya).

Agar davolanishning boshida meʼda-ichak yoʻllari tomonidan nojoʻya taʼsirlar paydo boʻlsa (masalan qorinda ogʻriq, jigʻildon qaynashi yoki qon ketishi), agar Sizda avval yalligʻlanishga qarshi vositalarni uzoq muddat qabul qilganda ushbu simptomlar kuzatilgan boʻlsa va asosan Siz keksa yoshli boʻlsangiz nojoʻya taʼsirlar paydo boʻlsa darhol shifokorga xabar bering.

Teri toshmasi, shilliq qavatning boshqa har qanday shikastlanishlari (masalan ogʻiz boʻshligʻida) yoki allergiya belgilari paydo boʻlsa preparatni qabul qilishni darhol toʻxtatish lozim.

Nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalarni qoʻllash davrida mavjud boʻlgan maʼlumotlar boʻyicha suyuqlikni organizmda tutilishi oqibatida shishlar paydo boʻlishi (ayniqsa oyoqlarda), arterial bosimni oshishi va yurak yetishmovchiligi kuzatilishi mumkin.   

Zumm-25 preparatiga oʻxshash vositalar, yurak xurujlarini (miokard infarkti) yoki insultning xavfini bir necha marta oshirishi mumkin.

Biriktiruvchi toʻqima tomonidan oʻzgarishlar bilan kechadigan tizimli qizil yugurik yoki immun tizimining buzilishlari bilan kasallangan patsiyentlarda, yalligʻlanishga qarshi vositalarni qoʻllash fonida, kam hollarda isitma, bosh ogʻrigʻi va boʻyinni taranglik hissi kuzatilishi mumkin.  

Har qanday nojoʻya taʼsirlar paydo boʻlsa, bu haqda davolovchi shifokor yoki farmatsevtga xabar bering. Bu preparatni ushbu tibbiyotda qoʻllanilishiga doir yoʻriqnomasida keltirilmagan har qanday nojoʻya taʼsirlarga ham taaluqli.

Zumm-25 preparatni alohida ehtiyotkorlik bilan qabul qilish tavsiya etiladi:- agar Siz allergiya bilan kasallangan boʻlsangiz yoki allergiya boʻlsangiz;

agar Siz buyrak, jigar, yurak kasalliklari bilan (arterial gipertoniya va/yoki yurak yetishmovchiligi), organizmda suyuqlikni tutilishi bilan aziyat cheksangiz yoki aziyat chekayotgan boʻlsangiz;
agar Siz siydik xaydovchi vositalarni qabul qilayotgan boʻlsangiz, Sizda suvsizlanish va suyuqlikni yoʻqolishi natijasida qon xajmini kamayishi boʻlsa (masalan, siydik chiqarishini oshishi, diareya yoki qusish);
agar Sizda yurak kasalliklari boʻlsa, insult boʻlgangiz yoki ushbu kasalliklar boʻyicha xavf guruhiga kirsangiz (masalan, arterial bosim yuqori boʻlsa, qandli diabetda, xolesterinni miqdori yuqori boʻlishi va chekish). Bunday hollarda davolanish boʻyicha shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashish lozim. Zumm-25 preparatiga oʻxshash vositalar yurak xurujlarining (miokard infarkti) yoki insult xavfini bir necha marta oshirish qobiliyatiga ega. Har qanday asoratlarning xavfi dozani oshirish va davolashning davomiyligini oshiradi. Tavsiya etilgan dozadan va davolash davomiyligidan oshirmang;
agar Siz keksa yoshli boʻlsangiz. Bunday holatda darhol shifokorga murojaat qilish lozim;
fertillikni buzilishi bilan aziyat kechuvchi ayol boʻlsangiz (Zumm-25 preparatini qoʻllash fonida fertillik pasayishi mumkin, shuning uchun uni homiladorlikni rejalashtirishda va muvofiq tekshiruvlarni oʻtkazishda qoʻllash tavsiya etilmaydi);
agar Sizda qon yaralishini va qon xujayralarini shakllanishini buzilishi mavjud boʻlsa;
agar Sizda tizimli qizil yugurik yoki biriktiruvchi toʻqimaning aralash kasaliklari mavjud boʻlsa (biriktiruvchi toʻqimaning oʻzgarishlari bilan kechadigan immun tizimining buzilishlari);
agar Siz ichakning yalligʻlanish tabiatli surunkali kasalliklari bilan kasallangan boʻlsangiz (nospetsifik yarali kolit, Kron kasalligi);
agar Siz meʼda yoki ichakning boshqa kasalliklari bilan aziyat cheksangiz yoki aziyat chekayotgan boʻlsangiz;
agar Siz chin chechak bilan ogʻrigan boʻlsangiz, chunki NYAQV larni oshishi infeksiyani kuchaytirishi mumkin;
agar Siz yara kasalligini yoki qon ketishining rivojlanish xavfini oshiruvchi boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan boʻlsangiz, masalan peroral steroid preparatlar, ayrim antidepressantlar (serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari turi), trombotsitlar agregatsiyasiga toʻsqinlik qiluvchi vositalar, (aspirin), yoki antikoagulyantlar (varfarin). Bunday holatda Zumm-25 preparatini qoʻllashni boshlashdan avval, meʼdaga himoya taʼsirni koʻrsatuvchi qoʻshimcha dori vositasini (masalan, mizoprostol yoki meʼda shirasini ishlab chiqarishini bostiruvchi vositalar) buyurishi mumkin boʻlgan shifokor bilan maslahatlashing.
Zumm-25 preparatini ovqat va sharbatlar bilan birga qabul qilish

Oʻtkir ogʻriqlarda preparatning taʼsiri tezroq boshlanishi uchun preparatni och qoringa, yaʼni ovqatdan kamida 15 minut oldin qabul qilish lozim.

Bolalar va oʻsmirlar

Zumm-25 preparatini 18 yoshdan kichik bolalarga qoʻllash mumkin emas.

Homiladorlik va emizish davrida qoʻllanilishi

Zumm-25 preparatini homiladorlikning uchinchi uch oyligida va emizish davrida qoʻllash mumkin emas.

Har qanday dori vositalarni qabul qilishdan avval shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing:

agar Siz homilador boʻlsangiz yoki ehtimol homiladorlikni rejalashtirayotgan boʻlsangiz:
Zumm-25 preparati Sizga mumkin emas;

emizish davrida Zumm-25 preparatini qabul qilish mumkin emas. Shifokor bilan maslahatlashing.
Avtotransportni xaydash va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga taʼsiri

Zumm-25 preparatini qabul qilish fonida bosh aylanishi va uyquchanlik kabi nojoʻya taʼsirlarning rivojlanishi tufayli, u transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat koʻrsatish qobiliyatiga taʼsir koʻrsatadi.

Bosh aylanishi yoki uyquchanlik paydo boʻlganida, ushbu simptomlar bartaraf boʻlguniga qadar transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat koʻrsatish mumkin emas. Shifokor bilan maslahatlashing.
Zumm-25 yengil darajadan to oʻrta daraja jadallikdagi ogʻriqlarda, masalan mushak yoki boʻgʻimlarning oʻtkir ogʻriqlarida, ogʻriqli hayz koʻrishlarda (algomenoreya), tish ogʻriqlarini qisqa muddatli simptomatik davolashda qoʻllaniladi.
dyekskyetoprofyen trometamoli yoki preparatning boshqa komponentlariga allergiya (yuqori sezuvchanlik);
atsetilsalitsil kislotasi (aspirin) yoki boshqa nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalarga allergiya;
aspirin yoki boshqa nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalarni qabul qilgandan soʻng Siz astma xurujlari, oʻtkir allergik rinit (qisqa vaqt mobaynida burun shilliq qavatini yalligʻlanishi), burun poliplari (allergiya natijasidagi burunni shishi), eshakemi (teri toshmasi), angionevrotik shish (yuz, koʻzlar, lablar yoki tilni shishi yoki nafas olishni buzilishi) yoki koʻkrak qafasidagi xirillashlar;
agar kyetoprofyen (nosteroid yalligʻlanishga qarshi vosita) yoki fibratlarni (qonda yogʻlarning konsentratsiyasini kamaytirish uchun qoʻllaniladigan preparatlar) qoʻllash vaqtida fotoallergik yoki fototoksik reaksiyalar kuzatilgan boʻlsa (terini qizarishini maxsus shakli va/yoki quyosh nuri taʼsirida pufaklarni paydo boʻlishi);
agar Siz yarali kasallik, meʼda yoki ichakdan qon ketishi yoki ovqatni hazm qilishning surunkali muammolari (masalan, hazm boʻlmaslik (dispepsiya), jigʻildon qaynashi) bilan kasallangan boʻlsangiz yoki ilgari ushbu kasallik bilan ogʻrigan boʻlsangiz;
nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalarni (NYAQV) ogʻriqni qoldiruvchi vosita maqsadida qoʻllashda Sizda meʼda yoki ichakdan qon ketishi rivojlangan boʻlsa;
agar Siz ichakning yalligʻlanish tabiatiga ega surunkali kasallik (Kron kasalligi yoki nospetsifik yarali kolit) bilan aziyat cheksangiz;
agar Sizda yaqqol yurak yetishmovchiligi, buyrak funksiyasining oʻrta yoki ogʻir darajadagi buzilishlari boʻlsa;
agar Sizda koʻp qon ketishi yoki qonni ivishi tizimi tomonidan buzilishlar boʻlsa;
agar Siz qusish, diareya yoki organizmga suyuqlikni kam tushishi oqibatidagi kuchli suvsizlanishni sezsangiz;
homiladorlikning uchinchi uch oyligi yoki emizish davri;
18 yoshgacha boʻlgan bolalarda qoʻllash mumkin emas.
Hozirgi vaqtda yoki ilgari boshqa dori preparatlarini, shu jumladan retseptsiz beriladigan dori preparatlarini qabul qilganligingiz xaqida davolovchi shifokor yoki farmatsevtga xabar berish lozim. Bir biri bilan aralashtirish mumkin boʻlmagan dori vositalari mavjud, yana birgalikda qoʻllanganda dozaga tuzatish kiritish lozim boʻlgan vositalar ham mavjud.

Agar Siz Zumm-25 preparati bilan quyida keltirilgan dori vositalaridan birortasini qabul qilayotgan boʻlsangiz, bu haqida albatta davolovchi shifokor, stomatolog yoki farmatsevtga xabar bering.

Zumm-25 preparati bilan quyidagi dori vositalarini aralashtirish tavsiya etilmaydi:

atsetilsalitsil kislotasi (aspirin), kortikosteroidlar va boshqa nosteroid yalligʻlanishga qarshi dori vositalari;
varfarin, geparin va qonni ivishiga toʻsqinlik qiluvchi boshqa vositalar;
kayfiyatni ayrim buzilishlarida qoʻllaniladigan litiy;
revmatoid artrit va oʻsmada qoʻllaniladigan metotreksat;
tutqanoqda qoʻllaniladigan gidantoinlar va fenitoin;
bakterial infeksiyalarni davolash uchun qoʻllaniladigan sulfametoksazol.
Zumm-25 preparati bilan quyidagi dori vositalarini ehtiyotkorlik bilan qoʻllash tavsiya etiladi:

AAF ingibitorlari, siydik xaydovchi vositalar, beta-blokatorlar va yuqori arterial bosimda va yurak kasalliklarida qoʻllaniladigan angiotenzin II retseptorlarining antagonistlari;
venalar kasalliklari bilan bogʻliq boʻlgan surunkali yaralarda qoʻllaniladigan pentoksifillin va okspentifillin;
virusli infeksiyalarni davolash uchun qoʻllaniladigan zidovudin;
bakterial infeksiyalarni davolash uchun antibiotiklar-aminoglikozidlar;
qandli diabetda qoʻllaniladigan xlorpropamid va glibenklamid.
Quyidagi dori vositalari bilan birgalikda qoʻllanishi yaxshi asoslangan boʻlishi lozim:

bakterial infeksiyalarda qoʻllaniladigan xinolon qatori antibiotiklari (masalan, siprofloksatsin, levofloksatsin);
immun tizimining kasalliklarini davolash uchun va aʼzolarni koʻchirib oʻtkazilishida qoʻllaniladigan siklosporin yoki takrolimus;
streptokinaza va boshqa trombolitik yoki fibrinolitik vositalar, yaʼni qon quyqalarini parchalash uchun qoʻllanadigan vositalar;
podagrada qoʻllaniladigan probenetsid;
surunkali yurak yetishmovchiligida qoʻllaniladigan digoksin;
abortni chaqiruvchi vosita (homiladorlikni toʻxtatish uchun) sifatida qoʻllaniladigan mifepriston;
serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari turi antidepressantlari;
trombotsitlar agregatsiyasini va qon quyqalarini hosil boʻlishini kamaytirish uchun qoʻllaniladigan antiagregantlar.
Agar Sizda Zumm-25 preparatini boshqa dori vositalari bilan birgalikda qabul qilish toʻgʻrisida savollar paydo boʻlsa shifokor yoki farmatsevtga murojaat qiling.
Zumm-25 preparatini doimo davolovchi shifokorning tavsiyalariga muvofiq qabul qiling. Agar Siz nimagadir ishonch hosil qilmasangiz shifokorga murojaat qiling.

Zumm-25 ning Siz uchun zarur boʻlgan dozasi ogʻriqning yaqqolligi va davomiyligiga bogʻliq. Paketchalarni kuniga necha marta qabul qilish va qancha muddatga qabul qilish kerakligi haqida shifokoringiz maslahat beradi.

Odatda har 8 soatda 1 paketchadan (25 mg) qabul qilish tavsiya etiladi, biroq sutkada 3 paketchadan oshirish (75 mg) mumkin emas.

Agar patsiyent keksa yoshli boʻlsa yoki buyrak va jigar kasalliklari bilan aziyat cheksa, davolanishni umumiy sutkalik doza 2 paketchadan (50 mg) oshirmaslik lozim.

Keksa yoshdan shaxslarda Zumm-25 preparatini yaxshi oʻzlashtirsa boshlangʻich dozani keyinchalik oddiy patsiyentlarga tavsiya etilgan dozagacha oshirish mumkin (75 mg deksketoprofen).

Agar Siz kuchli ogʻriqlarni sezsangiz va bu ogʻriqni tez bartaraf etishni hohlasangiz preparatni ertalab och qoringa (iloji boricha ovqatdan 15 minut oldin) qabul qiling, chunki bu holatda u tez soʻriladi.

Preparatni toʻgʻri qabul qilish boʻyicha yoʻriqnoma

Paket ichidagisini bir stakan suvda eriting, yaxshi erishi uchun yaxshilab aralashtiring.
Preparat dozasi oshirib yuborilganda zudlik bilan shifokor, farmatsevt yoki yaqindagi kasalxona qabulxonasiga murojaat qilish kerak. Oʻzingiz bilan ushbu preparatni oʻramini yoki shu tibbiyotda qoʻllanilishiga doir yoʻriqnomasini olishni esingizdan chiqarmang. Oʻtkazib yuborilgan dozani oʻrnini bosish uchun ikki barobar dozani qabul qilmang. Keyingi dozani buyurilgan vaqtda qabul qiling.

Agar sizda preparatni qoʻllash boʻyicha savollar paydo boʻlsa shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qiling.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ZUMM 25 inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/2ml N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ZUMM 25 inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/2ml N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ZUMM 25 inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/2ml N5 dori vositasi GM Pharmaceuticals Ltd, ООО, Грузия произведено: Rompharm Ilaс San. Ve Tic. Ltd. Sti. tomonidan Turkiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ZUMM 25 inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/2ml N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ZUMM 25 inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/2ml N5 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
ALDEGIN gel 60g 1,25%
Narh: 59 900 so'mdan Batafsil
KETORAYT inyeksiya uchun eritma 2ml 25mg/ml N5
ALDEGIN inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/2ml N6
SERTOFEN gel 60g 1,25%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 46 000 so'mdan Batafsil
SERTOFEN tabletkalari 25mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
ROTALFEN inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/2ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm İlaçları Limited Şirketi, Турция произведено: Rompharm İlaç San. Ve Tic. Ltd. Şti.
  • Vakil: Rotapharm
DEKSAROM inyeksiya uchun eritma 2ml 25mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: S.C. Rompharm Company S.R.L.
DEKSALGIN tabletkalari 25mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено: Laboratorios Menarini SA
DEKSALGIN tabletkalari 25mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено: Laboratorios Menarini SA
DEKSALGIN SASHET granuli 25mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено: Laboratorios Menarini SA
DEKSALGIN SASHET granuli 25mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено: Laboratorios Menarini SA
DEKSALGIN IN‘EKT inyeksiya uchun eritma 2ml 25mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург Производитель: A.Menarini Manufacturing Logistics and Services S.r.l.
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
ROTALFEN inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/2ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm İlaçları Limited Şirketi, Турция произведено: Rompharm İlaç San. Ve Tic. Ltd. Şti.
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 60 161 so'mdan Batafsil
SERTOFEN inyeksiya uchun eritma 50mg/2ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: PharmaVision Sanayi ve Ticaret A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 72 500 so'mdan Batafsil
DEKSAROM inyeksiya uchun eritma 2ml 25mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: S.C. Rompharm Company S.R.L.
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
DEKSIREN inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/2ml N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ilko Ilac San. ve Tic. A.S., Турция произведено: Mefar Ilac Sanayii A.S.
KEYVER tabletkalari 25mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 43 000 so'mdan Batafsil
KEYVER eritma 2ml 50mg/2ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
DEKSALGIN SASHET granuli 25mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено: Laboratorios Menarini SA
Narh: 115 000 so'mdan Batafsil
DEKSALGIN tabletkalari 25mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено: Laboratorios Menarini SA
FLAMADEKS inyeksiya uchun eritma 2ml 25mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Декскетопрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ФармФирма "Сотекс",ЗАО
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
ZUMM 25 granuli 25mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9