46 000 s`om dan
Dorixonalardan izlash49 000 s`om dan
Bron qilishТаркиби:
1 г гель қуйидагиларни сақлайди:
фаол модда: 12,5 мг декскетопрофен (декскетопрофен трометамол шаклида);
ёрдамчи моддалар: карбомер гомополимер, 96% ли этанол, лаванда мойи, ментол, натрий гидроксиди, тозаланган сув.
Сертофен гель маҳаллий қўлланганида қон плазмасида декскетопрофен максимал концентрациясига 4 соатдан кейин эришилади. Препарат 24 соатдан кейин организмдан бутунлай чиқарилади.
Декскетопрофеннинг 12,5% ли гели қўлланганидан кейин синовиал суюқликда препаратнинг терапевтик даражаси 2,5% ли кетопрофен гели қўлланганидан кейин кузатиладиган даражага эквивалент ёки юқорилиги аниқланган.
Тери ва тери ости тўқималари томонидан: кам ҳолларда – дерматит (терини қизариши, қичишиши, шиш); учраш тезлиги номаълум – фотосенсибилизация.
Иммун тизими томонидан: жуда кам ҳолларда – ўта юқори сезувчанлик реакциялари (эшакеми, бронхоспазм) бўлиши мумкин.
Препарат суртилгандан кейин тошма пайдо бўлганида даволашни зудлик билан тўхтатиш керак.
Қуёш нурларидан ҳимоя қилувчи кремлар, фенофибрат ва кимёвий тузилишида бензофенон сақлаган бошқа препаратлар параллел равишда қўлланганида кесишган реакциялар ривожланиши мумкин.
Жигар ва буйрак фаолиятини бузилишларида Сертофен гель эҳтиёткорлик билан буюрилади.
Ҳомиладорлик ва лактация даврида қўлланиши
Ҳомиладорлик ва лактация даврида декскетопрофеннинг ҳавфсизлиги аниқланмаган. Ҳомиладорлик ва лактация даврида Сертофен гелини қўллаш тавсия этилмайди.
Педиатрияда қўлланиши
Маълумотлар йўқлиги сабабли, 6 ёшгача бўлган болаларга препаратни қўллаш тавсия этилмайди.
Автотранспортни ҳайдаш ва механизмларни бошқариш қобилиятига таъсири
Сертофен автомобилни бошқариш ва психомотор реакциялар тезлигини талаб этувчи ишларни бажариш қобилиятига таъсир қилмайди.
Препарат болалар ололмайдиган жойда сақлансин ва яроқлилик муддати тугаганидан сўнг ишлатилмасин.
• таянч-ҳаракат аппаратининг ўткир ва сурункали яллиғланиш, яллиғланиш-дегенератив ва метаболик касалликларида (шу жумладан, ревматоид артрит, спондилоартрит, артроз, остеохондроз);
• юмшоқ тўқималарнинг ревматик касалликларида (тендовагинит, бурсит ва бошқалар);
• юмшоқ тўқималар ва бўғимларнинг посттравматик яллиғланишларида (пайларни чўзилиши, ҳаддан ташқари зўриқиши, лат ейишлар, суякларни чиқишлари ва бошқалар оқибатида) қўлланади.
• анамнезида шундай таъсир механизмига эга бўлган воситалар (ацетилсалицил кислотаси ва бошқа НЯҚП) ни қўллаш билан боғлиқ бўлган, астма ҳуружлари, бронхоспазм, ўткир ринит, уртикариялар ёки ангионевротик шиш кузатилган бўлса;
• тери қопламларининг бутунлигини бузилишида қўллаш мумкин эмас.
Яроқлилик муддати
3 йил.
Катталар ва 6 ёшдан ошган болаларга Сертофен гели суткада 2-3 марта қўлланади. Суткалик дозаси 7,5 г дан ошмаслиги керак, бу тахминан 14 см гель тасмасига тўғри келади. Гель шикастланмаган терига қўйилади ва бутунлай сўрилиб кетгунича суртилади. Препаратни окклюзион боғловларнинг остига қўйишга рухсат этилмайди.
Сертофен гель суртилганидан сўнг қўлларни ювиш керак.
Шифокорнинг маслаҳатисиз препаратни 7 кундан ортиқ қўллаш мумкин эмас.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
SERTOFEN
SERTOFEN
Preparatning savdo nomi: Sertofen
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): deksketoprofen
Dori shakli: gel
Tarkibi:
1 g gel quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 12,5 mg deksketoprofen (deksketoprofen trometamol shaklida);
yordamchi moddalar: karbomer gomopolimer, 96% li etanol, lavanda moyi, mentol, natriy gidroksidi, tozalangan suv.
Ta‘rifi: lavanda, yalpiz va spirt hidli, kulrang-oq rangli, tiniq bo‘lmagan bir xil gel.
Farmakoterapevtik guruhi: Sirtga qo‘llash uchun nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar. Propion kislotasining hosilalari.
ATX kodi: M01AE17
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamikasi
Sertofen – nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita (NYAQV) bo‘lib, propion kislotasining hosilasidir. Og‘riq qoldiruvchi, yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Ta‘sir mexanizmi yallig‘lanish, og‘riq va isitmani patogenezida muhim rol o‘ynaydigan prostaglandinlarning biosintezini kamayishi va siklooksigenaza-1 va siklooksigenaza-2 larning faolligini susayishi bilan bog‘liq.
Farmakokinetikasi
Gel shaklida mahalliy qo‘llanganida preparat sekin so‘riladi va organizmda deyarli to‘planmaydi. Biokiraolishligi 5% ni tashkil etadi, bu preparatni mahalliy ta‘sir qilishi va tizimli samaralarini yo‘qligi bilan ifodalanadi.
Sertofen gel mahalliy qo‘llanganida qon plazmasida deksketoprofen maksimal konsentrasiyasiga 4 soatdan keyin erishiladi. Preparat 24 soatdan keyin organizmdan butunlay chiqariladi.
Deksketoprofenning 12,5% li geli qo‘llanganidan keyin sinovial suyuqlikda preparatning terapevtik darajasi 2,5% li ketoprofen geli qo‘llanganidan keyin kuzatiladigan darajaga ekvivalent yoki yuqoriligi aniqlangan.
Qo‘llanilishi
Quyidagi kasalliklar va holatlarda yengil va o‘rtacha jadallikdagi og‘riq sindromini davolash uchun qo‘llanadi:
Qo‘llash usuli va dozalari
Sertofen gel sirtga qo‘llanadi. Qo‘llanadigan preparatning miqdori yallig‘lanish jarayoni va og‘riq sindromining yaqqolligiga bog‘liq.
Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarga Sertofen geli sutkada 2-3 marta qo‘llanadi. Sutkalik dozasi 7,5 g dan oshmasligi kerak, bu taxminan 14 sm gel tasmasiga to‘g‘ri keladi. Gel shikastlanmagan teriga qo‘yiladi va butunlay so‘rilib ketgunicha surtiladi. Preparatni okklyuzion bog‘lovlarning ostiga qo‘yishga ruxsat etilmaydi.
Sertofen gel surtilganidan so‘ng qo‘llarni yuvish kerak.
Shifokorning maslahatisiz preparatni 7 kundan ortiq qo‘llash mumkin emas.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Nojo‘ya samaralarning uchrash tezligini quyida keltirilgan ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlangan: kam hollarda (≥1/10000, ammo <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000), uchrash tezligi noma‘lum (mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar bo‘yicha rivojlanish tezligini aniqlash imkoni bo‘lmagan.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: kam hollarda – dermatit (terini qizarishi, qichishishi, shish); uchrash tezligi noma‘lum – fotosensibilizasiya.
Immun tizimi tomonidan: juda kam hollarda – o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (eshakemi, bronxospazm) bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Sertofen gelini so‘rilishi juda past bo‘lganligi sababli, boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta‘sir qilishini baholash qiyin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Sertofen gelni faqat shikastlanmagan teriga surtish lozim, ochiq jarohatlarga tushishidan saqlanish kerak. Preparatni terining yirik sohalariga uzoq vaqt davomida qo‘llashdan saqlanish kerak. Preparatni ko‘z va shilliq qavatlarga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Davolanish vaqtida va keyingi ikki hafta davomida bevosita quyosh nurlarining ta‘siridan yoki solyariyga borishdan saqlanish kerak.
Preparat surtilgandan keyin toshma paydo bo‘lganida davolashni zudlik bilan to‘xtatish kerak.
Quyosh nurlaridan himoya qiluvchi kremlar, fenofibrat va kimyoviy tuzilishida benzofenon saqlagan boshqa preparatlar parallel ravishda qo‘llanganida kesishgan reaksiyalar rivojlanishi mumkin.
Jigar va buyrak faoliyatini buzilishlarida Sertofen gel ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va laktasiya davrida deksketoprofenning havfsizligi aniqlanmagan. Homiladorlik va laktasiya davrida Sertofen gelini qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Pediatriyada qo‘llanishi
Ma‘lumotlar yo‘qligi sababli, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Sertofen avtomobilni boshqarish va psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilish ehtimoli kam, chunki sirtga qo‘llanganida deksketoprofenning tizimli so‘rilishi juda past bo‘ladi.
Chiqarilish shakli
60 g gel alyumin tubada. 1 alyumin tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha beriladi.