Yaroqlilik muddati (oy) | 24 |
Dezloratadin allergik reaktsiyalarni kechishini yengillashtiradi va rivojlanishini oldini oladi, qichishishga qarshi va ekssudatsiyaga qarshi ta'sirga ega, kapillyarlarning o'tkazuvchanligini kamaytiradi, to'qimalarda shishini, silliq mushaklar spazmini rivojlanishini oldini oladi.
Semiz hujayralardan gistamin ajralishini bostiradi. Ko'p sonli tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, antigistamin faolligidan tashqari, Dezolert allergik yallig'lanishning rivojlanishiga asos bo'lgan turli reaktsiyalar kaskadini bostirishi aniqlandi, aynan:
• Yallig'lanish tsitokinlarni, shuningdek IL-4, IL-6, IL-8 va IL-13 ajratish;
• RANTES kabi yallig'lanishga qarshi xemokinlarni ajratish;
• faollashtirilgan polimorfonuklear neytrofillar tomonidan superoksid anionini ishlab chiqarish;
• eozinofillarning yopishishi va xemotaksisi;
• R-selektin kabi adgeziya molekulalarining ekspressiyasi;
• IgE bog'liq gistamin, prostaglandin D2 va leykotrien C4 ning ajralishi;
• hayvonlarni o'rganishdagi o'tkir allergik bronxospazm.
Preparat markaziy nerv tizimiga ta'sir ko'rsatmaydi, uyquchanlik chaqirmaydi (dezloratadinni tavsiya etilgan 5 mg dozada qo'llash platsebo guruhi bilan solishtirilganga qaraganda uyquchanlikni kelib chiqish tez-tezligini ortishi bilan kechmaydi) va psixomotor reaktsiyalar tezligiga ta'sir qilmaydi. Kliniko – farmakologik tadqiqotlarda dezloratadinni tavsiya etilgan terapevtik dozalarda qo'llashda EKG da QT intervalining uzayishi aniqlanmadi.
Dezalert preparatni ta'siri ichga qabul qilgandan keyin 30 minut davomida boshlanadi va 24 soat davomida davom etadi.
Taqsimlanishi. Qon plazmasida maksimal kontsentratsiyasiga (Smax) o'rtacha 3 soatdan keyin erishiladi. Gematoentsefalik to'siqdan (GET) o'tmaydi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi 83-87%. yarim chiqarilish davri o'rtacha 27 soatni tashkil qiladi. Kattalarda va o'smirlarda kuniga bir marta 5 mg dan 20 mg gacha dozasida 14 kun davomida qo'llanilganda preparatning klinik jihatdan ahamiyatli to'planishi belgilari aniqlanmagan. 7,5 mg dozada kuniga bir marta qabul qilganda ovqatlanish yoki greypfurt sharbatini bir vaqtda ichish dezloratadinni taqsimlanishiga ta'sir qilmaydi.
Metabolizmi. Dezalert CYP3A4 yoki CYP2D6 izofermentlari ingibitorlari va R-glikoprotein substrati va ingibitori hisoblanmaydi. 3-ON-dezloratadin glyukuronidi xosil qilib gidroksil guruhi qo'shilish yo'li bilan jigarda intensiv ravishda metabolizmga uchraydi.
Сhiqarilishi. Qabul qilingan dozaning faqat oz miqdori buyraklar orqali (2% dan kam) va ichaklar orqali (7% dan kam) o'zgarmagan ko'rinishda chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 20-30 soatni (o'rtacha -27 soat) tashkil qiladi.
• 2 yoshdan 11 yoshgacha bo'lagn bolalarda dezloratadin siropini qo'llashda nojo'ya ta'sirlar tez-tezligi platseboda qo'llangandagi kabi bo'ldi.
• 6 yoshdan 11 yoshgacha bo'lgan bolalarda o'tkazilgan klinik tadqiqotlar natijalarida tavsiya etilgan dozalarda (2,5 mg/kun) preparatni qabul qilganda nojo'ya ta'sirlar aniqlanmadi.
• 12-17 yoshdagi patsientlarda klinik tadqiqotlar natijalariga ko'ra eng ko'p uchragan nojo'ya ta'sirlar – tez-tezligi platseboni (6,9 %) qabul qilganga qaraganda yuqori bo'lmagan bosh og'rig'i (5,9%).
• Kattalar va o'smirlarda (12 yosh va undan katta bolalar) klinik tadqiqotlar natijalariga ko'ra nojo'ya ta'sirlar platseboda guruhida qo'llangan bilan solishtirilganda 3% patsientlarda aniqlandi, ulardan tez charchab qolish (12%), og'iz qurushi (0,8%), bosh og'rig'i (0,6%).
Nojo'ya ta'sirlar haqidagi ma'lumotlar klinik tadqiqotlar natijalari va postregistratsion davrda kuzatishlarga ko'ra taqdim etilgan.
Butun jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (BJSST) ma'lumotiga ko'ra nojo'ya ta'sirlar ularning kelib chiqish tez-tezligiga ko'ra mos ravishda quyidagicha tasniflangan: juda tez-tez(≥ 1/10), tez-tez( ≥ 1/100 dan < 1/10 gacha), tez-tez emas (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha ), kam hollarda (≥ 1/10000 dan < 1/1000 gacha), juda kam hollarda (< 1/10000), tez-tezligi noma'lum - mavjud ma'lumotlarga ko'ra paydo bo'lish tez-tezligini aniqlash ehtimoli keltirilmagan.
Ruxiyatni buzilishi: juda kam hollarda – gallyutsinatsiyalar, tez-tezligi noma'lum - anomal hatti – xarakat, agressiya.
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og'rig'i; tez-tez (2 yoshgacha bo'lgan bolalar) – uyqusizlik; juda kam hollarda – bosh aylanishi, uyquchanlik, uyqusizlik, psixomotor qo'zg'alish, tirishish.
Jigar va o't yo'llari tomonidan: juda kam hollarda – jigar fermentlari faolligini ortishi, bilirubin kontsentratsiyasining oshishi, gepatit; tez-tezligi noma'lum - sariqlik.
Hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – og'iz qurishi, tez-tez (2 yoshgacha bo'lgan bolalar) – diareya; juda kam hollarda – qorin og'rig'i, ko'ngil aynishi, qusish, dispepsiya, diareya.
Yurak – qon tomir tizimi tomonidan: kam hollarda – taxikardiya, yurak urishi; tez-tezligi noma'lum - QT intervalining uzayishi.
Tayanch harakat apparati tomonidan: juda kam hollarda – mialgiya.
Teri va teri osti to'qimasi tomonidan: tez-tezligi noma'lum- fotosensibilizatsiya.
Umumiy buzilishlar: tez-tez – tez charchab qolishi, tez-tez (2 yoshgacha bo'lgan bolalar) – isitma; juda kam hollarda – anafilaksiya, angionevrotik shish, xansirash, qichishish, toshma, shuningdek, eshakemi; tez-tezligi noma'lum – asteniya.
Postregistratsion davri
Bolalar: tez-tezligi noma'lum – QT intervalining uzayishi, aritmiya, bradikardiya.
Dezalert preparatini anamnezida tirishish bo'lgan, ayniqsa bolalarda qo'llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Tirishishni rivojlanish holati bo'lganda preparatni qo'llashni to'xtatish kerak.
Dezalert preparatini infektsion etiologiyali rinitlarda samaradorligi bo'yicha tekshiruvlari o'tkazilmagan.
Laborator tekshiruvlar natijalariga ta'siri
Dezalert preparatini qo'llash teri sinovlaridan taxminan 48 soat oldin to'xtatilishi kerak, chunki antigistamin preparatlar qo'zg'atuvchilarga ijobiy dermatologik reaktsiyalarning namoyon bo'lishini oldini olishi yoki kamaytirishi mumkin.
Alohida guruh patsientlarda qo'llanishi
Buyrak funktsiyasi buzilganda qo'llanishi
Buyrak funktsiyasining buzilishi
Dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. Og'ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda preparatni qo'llash shifokor nazorati ostida amalga oshirish kerak.
Jigar funktsiyasining buzilishi
Dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Pediyatriyada qo'llanishi
6 oygacha bo'lgan bolalarga siropni qo'llash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan, shuning uchun ushbu yosh toifasidagi patsientlarda qo'llash tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo'llanishi
Homilador ayollarda preparatning xavfsizligi aniqlanmagan, shuning uchun homiladorlik davrida Dezalert preparatdan qo'llash tavsiya etilmaydi.
Dezloratadin ona sutiga o'tadi, shuning uchun emizadigan ayollarga preparatni qo'llash tavsiya etilmaydi.
Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ushbu bosh aylanishi va uyquchanlik kabi nojo'ya ta'sirlar rivojlanishining potentsial ehtimolini hisobga olish kerak. Keltirilgan nojo'ya reaktsiyalar paydo bo'lganda, ko'rsatilgan faoliyat turlarini amalga oshirishdan qochish kerak.
- Eshakemi (teri qichishishi, toshmalarni kamaytirish yoki bartaraf etish) da qo'llaniladi.
• Homiladorlik va emizish davri.
• 6 oygacha bo'lgan bolalar yoshi.
• Irsiy o'tadigan kasalliklar: fruktozani o'zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktoza so'rilishini buzilishi yoki organizmda saxaraza-izomal'taza yetishmovchiligida (tarkibda sorbitol va saxaroza bo'lganligi bilan bog'liq) qo'llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan:
• Og'ir buyrak yetishmovchiligi
• Anamnezida tirishish bo'lgan patsientlar.
Dezloratadin almashinuvi uchun mas'ul bo'lgan ferment o'rnatilmaganligi tufayli boshqa dorilar bilan o'zaro ta'sirni butunlay inkor qilib bo'lmaydi.
Yaroqlilik muddati
2 yil. O'ramda ko'rsatilgan yaroqlilik muddati o'tgandan keyin qo'llanilmasin.
Bolalar:
- 6 oydan 11 oygacha yoshdagi bolalar: sutkada 1 marta 2 ml siropdan (1 mg dezloratadin);
- 1 yoshdan 5 yoshgacha bo'lgan bolalarga sutkada 1 marta 2.5 ml siropdan (1.25 mg dezloratadin);
- 6 yoshdan 11 yoshgacha bo'lgan bolalarga: 5 ml siropdan (2.5 mg dezloratadin) sutkada 1 marta buyuriladi.
6 oygacha bo'lgan bolalar uchun Dezalert siropining samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar: 10 ml siropdan (5 mg dezloratadin) sutkada 1 marta buyuriladi.
Davolash davomiyligi kasallikning kechish og'irligiga bog'liq.
• Mavsumiy allergik rinitda (vaqti-vaqti bilan avj oluvchi) (simptomlar davomiyligi haftada kamida 4 kun yoki bir yilda kamida 4 hafta mavjud bo'lganda) kasallik kechishini baholash kerak. Simptomlar yo'qolganda Dezalert preparatini qabul qilishni to'xtatish kerak, simptomlar qayta namoyon bo'lganda preparat qabulini qayta boshlash kerak.
• Yil davomidagi allergik rinitda (davomiy) (simptomlar haftasiga 4 kundan ortiq davom etganda yoki yilda 4 haftadan ortiq bo'lsa), Dezalert preparatini allergen bilan aloqaning butun davri davomida qabul qilish kerak.
Davolash. Preparatning katta miqdorda tasodifiy qabul qilishda darhol shifokorga murojaat qilish kerak. Me'dani yuvish, faollashtirilgan ko'mir qabul qilish tavsiya etiladi; zarur bo'lsa - simptomatik davolash.
Dezalert gemodializ orqali chiqarilmaydi. Peritoneal dializning samaradorligi aniqlanmagan.