×
×
  • DIALIN suspenziya 100ml N1

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

DIALIN suspenziya 100ml N1

Kategoriya:
- Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Turkiya
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S., Турция произведено: Zentiva Saglik Urunleri Sanayi ve Ticaret A.S.
ATX kodi:
- A07
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

ALFA NORMIKS tabletkalari 200mg N36 Альфасигма С.п.А. Italiya
MAGVIT kapsulalar N30 УП МИНСКИНТЕРКАПС Belarusiya
27 000 s`om dan
116 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
DIALIN suspenziya 100ml N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

DIALIN

DIALIN

Preparatning savdo nomi: Dialin

Dori shakli: ichga qabul qilish uchun suspenziya.

Tarkibi:

5 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: nifuroksazid – 200 mg, pektin – 60 mg, simetikon – 25 mg, attapulgit – 100 mg;

yordamchi moddalar: karbomer, saxaroza, kristallanmaydigan sorbitol eritmasi, natriy metilparagidroksibenzoati, natriy propilparagidroksibenzoati, polisorbat 80, butilgidroksianizol, 96% li etanol, gliserin, natriy saxarini, «Ananas» aromatizatori, limon kislota monogidrati, tozalangan suv.

Ta‘rifi: shirin ta‘mli, ananas hidli sariq rangli suspenziya.

Farmakoterapevtik guruhi: diareyaga qarshi preparatlar; ichakning infeksion-yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun qo‘llanadigan vositalar.

ATX kodi: A07

Farmakologik xususiyatlari

Dialin – diareyaga qarshi, yallig‘lanishga qarshi majmuaviy preparat bo‘lib, ta‘siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlari bilan ifodalanadi.

Nifuroksazid – me‘da-ichak yo‘llarining (MIY) infeksiyasini davolash uchun qo‘llanadigan antibakterial vosita bo‘lib, 5-nitrofuran hosilasidir. Mikrob hujayralarida degidrogenazning faolligini susaytiradi va oqsil sintezini izdan chiqaradi. Mikroorganizmlar tomonidan ishlab chiqariladigan toksinlarni kamaytiradi. Grammusbat mikroorganizmlar: Staphylococcus spp.; grammanfiy mikroorganizmlar: Escherichia coli, Citrobacter spp., Enterobacter spp., Klebsiella spp., Salmonella spp., Shigella spp., Proteus spp, Yersinia spp. larga nisbatan faol. Grammanfiy mikroorganizmlar: Pseudomonas spp., Providencia alcalifaciens, hamda Proteus inconstans turining A kichik guruhi shtammlariga nisbatan faol emas.

Ichakka tushganidan so‘ng, pektin rN muhitini nordonroq tomonga siljitib, zararli bakteriyalarga nisbatan bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi va ichak mikroflorasini normallashtiradi. Pektin shuningdek me‘daning shilliq qavatini moddalarning zararli ta‘siridan himoya qiladi.

Simetikon ovqat hazm bo‘lish jarayonini normallashtiradi va meteorizmni kamaytiradi.

Attapulgit – diareyaga qarshi vosita, MIY dagi toksinlar, ba‘zi bakteriyalar va gazlarni so‘rib oladi. Intoksikasiyani kamaytiradi va ichak florasini normallashtiradi. Ichak spazmini bartaraf qiladi, shakllangan axlatni hosil bo‘lishiga olib keladi va ich kelishlar sonini kamaytiradi. Burushtiruvchi samarasi tufayli ichakning ta‘sirlangan shilliq qavatini tinchlantiradi. Ichakning silliq mushaklari spazmini kamaytiradi.

Farmakokinetikasi

Dialin preparatining ta‘siri uning tarkibidagi komponentlarni umumiy xususiyatlari bilan ifodalanadi, shuning uchun kinetik kuzatishlarni o‘tkazish imkoni yo‘q.

Qo‘llanilishi

Turli genezli (infeksion, neyrogen va boshq.) diareyani va u bilan bog‘liq bo‘lgan simptomlarni davolash uchun qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga qabul qilish uchun suspenziya. Iste‘mol qilishdan oldin suspenziyani chayqatish kerak!

3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar: tavsiya etilgan dozasi – suspenziya 5 ml dan kuniga 3 marta har 8 soatda qabul qilinadi.

Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarga 5 ml dan sutkada 4 marta har 6 soatda qabul qilish tavsiya etiladi.

Suspenziyani dozalash uchun 5 ml, 10 ml va 15 ml ga bo‘lingan o‘lchov stakanchasi ishlatiladi.

Davolash kursining davomiyligi 7 kundan oshmasligi kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Odatda Dialin preparati yaxshi o‘zlashtiriladi.

Preparatni bekor qilishni talab etmaydigan allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga va 5-nitrofuran hosilalariga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparatning adsorbsiya qiluvchi hususiyatlari yaqqol ifodalanganligi tufayli, boshqa dori vositalarini bir vaqtda qabul qilishdan saqlanish kerak.

Tarkibida nifuroksazid saqlovchi dori vositalari bilan davolanish fonida alkogol va spirt saqlovchi preparatlarni qabul qilish organizmni preparatga bo‘lgan sezuvchanligini oshiradi va diareyani zo‘rayishi, qusish, qorinda og‘riq, terini qizarishi, yuz va tananing yuqori qismini qizib ketish hissi, quloqlarni shang‘illashi, nafas faoliyatini qiyinlashishi, taxikardiya, qo‘rquv hissi bilan namoyon bo‘luvchi disulfiramsimon reaksiyani qo‘zg‘atishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Sepsis bilan kechuvchi diareyada, Dialin preparatini yagona dori vositasi sifatida qo‘llash mumkin emas, chunki u ichakda so‘rilmaydi va uning ta‘siri me‘da-ichak yo‘llari bilan cheklangan bo‘ladi.

Degidratasiya simptomlari bo‘lganida pasientning klinik holati va yo‘qotilgan suyuqlik hajmini hisobga olgan holda tuzli eritmalarni yuborish kerak.

Tarkibida nifuroksazid saqlovchi preparatlar bilan davolash vaqtida spirt saqlovchi dori vositalarni bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik va laktasiya davrida preparatni faqat shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llash mumkin.

Pediatriyada qo‘llanishi

3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llash bo‘yicha klinik ma‘lumotlar yo‘q. Dialin preparatini bu yoshdagi bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Dialin avtomobilni haydash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilish hollari yuzasidan xabar berilmagan.

Dozasi oshirib yuborilganida organizmni degidratasiya qilish mumkin.

Davolash: pasientning klinik holati va yo‘qotilgan suyuqlik hajmini hisobga olib tuzli eritmalar yuboriladi.

Chiqarilish shakli

Ichga qabul qilish uchun suspenziya 100 ml dan buraladigan himoya qopqoqli sariq rangli flakonda.

1 flakon o‘lchov stakanchasi va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda 25°S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Flakon ochilganidan so‘ng preparat 28 kun davomida ishlatilsin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

DIALIN suspenziya 100ml N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
DIALIN suspenziya 100ml N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
DIALIN suspenziya 100ml N1 dori vositasi World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S., Турция произведено: Zentiva Saglik Urunleri Sanayi ve Ticaret A.S. tomonidan Turkiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
DIALIN suspenziya 100ml N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
DIALIN suspenziya 100ml N1 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
ESLOTIN sirop 60ml 2,5mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Dezloratadin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S., Турция произведено: Zentiva Saglik Urunleri Sanayi ve Ticaret A.S.
  • Vakil:
Narh: 35 400 so'mdan Batafsil
MUSKOMED krem 30g 0,25%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: tiokolxikozid ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S., Турция произведено: Zentiva Saglik Urunleri Sanayi ve Ticaret A.S.
Narh: 54 000 so'mdan Batafsil
ESLOTIN sirop 150ml 2,5mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Dezloratadin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S., Турция произведено: Zentiva Saglik Urunleri Sanayi ve Ticaret A.S.
  • Vakil:
DERILAYF krem 0,5g 0,05%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Klobetazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S., Турция произведено: Zentiva Saglik Urunleri Sanayi ve Ticaret A.S.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9