QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
DIPROSALIK®
DIPROSALIC®
Preparatning savdo nomi: Diprosalik®
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): betametazon va salisil kislotasi.
Chiqarilish shakli: surtma
Tarkibi:
1 g surtma quyidagilarni saqlaydi:
ta‘sir etuvchi modda: 0,5 mg betametazon (dipropionat shaklida) va 30 mg salisil kislotasi;
yordamchi moddalar: suyuq parafin, oq yumshoq vazelin.
Ta‘rifi: deyarli oq rangli, yot qo‘shimchalarsiz, bir xil, yumshoq konsistensiyali surtma.
Farmakoterapevtik guruhi: glyukokortikosteroid.
ATX kodi: D07XC01.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Betametazon dipropionati
Dipropionat shaklidagi betametazon yallig‘lanishga qarshi, qichishishga qarshi va qon tomirlarni toraytiruvchi ta‘sirga ega bo‘lgan kuchli ta‘sir qiluvchi (ta‘sir qilish sinfi III) kortikosteroid hisoblanadi.
Shunday bo‘lsada, kortikosteroidlar bilan mahalliy davolash kazual hisoblanmaydi; kasallikni qaytalanishi davolash to‘xtatilganda xam bo‘lishi mumkin.
Salisil kislotasi
Salisil kislotasi o‘zining keratolitik xususiyatlari tufayli, quyida joylashgan qavatlarga betametazon dipropionatini o‘tishini ta‘minlaydi va uni so‘rilishini kuchaytiradi.
Farmakokinetikasi
Diprosalik® preparatining farmakokinetikasi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.
Kortikosteroid mahalliy qo‘llanganida so‘rilishi va teri orqali so‘rilish ko‘rsatkichi tana sohasi, terining holati, dori shakli, pasientning yoshi va qo‘llash usuliga bog‘liq bo‘ladi.
Normal sharoitlarda mahalliy qo‘llanganda betamezonning juda ozgina qismi tizimli qon oqimiga tushadi. Shuni ta‘kidlash kerakki, dori vositasidagi salisil kislotasi kortikosteroidni teri orqali so‘rilishini kuchaytiradi.
Salisil kislotasining teri orqali so‘rilish ko‘rsatkichi terining holatiga bog‘liq bo‘ladi. Teri orqali so‘rilishi, boshqalar qatori, psoriatik eritrodermiya yoki terining yallig‘lanishli va eroziv o‘zgarishlari bilan kechuvchi dermatozlarda kuchayadi.
Salisil kislotasining metabolizmi jigarda kechadi. Normal sharoitlarda yarim chiqarilish davri 2 soatdan 3 soatgachani tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
Kortikosteroidlar bilan davolashga sezuvchan quruq va giperkeratik dermatozlar: psoriaz, surunkali atopik dermatit, neyrodermit (surunkali oddiy temiratki), yassi temiratki, ekzema (shu jumladan tangasimon ekzema, qo‘l ekzemasi, ekzematoz dermatit), disgidroz (“vodyanka”), boshning sochli qismini seboreyali dermatiti, oddiy ixtioz va boshqa ixtiozli holatlarning yallig‘lanish simptomlarini kamaytirish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va bolalarga surtma yupqa qavat qilib, kuniga 2 marta – ertalab va kechqurun terining shikastlangan joylarini to‘liq qoplagan holda qo‘yiladi. Ayrim bemorlarda, preparatni kamroq qo‘llanganida ham qoniqarli samaraga erishish mumkin. Davolash davomiyligi kasallikning og‘irligi va kechishi bilan belgilanadi.
Sutkalik maksimal dozani simptomlarni nazorat qilish mumkin bo‘ladigan darajadagi eng past dozagacha asta-sekin pasaytirish kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Quyida keltirilgan mahalliy nojo‘ya ta‘sirlar mahalliy qo‘llaniladigan kortikosteroidlar uchun xos hisoblanadi, shuning uchun ham ular Diprosalik® dori vositasidan foydalanilganda yuz berishi mumkin.
Noxush samaralarni yuz berish tez-tezligini ko‘rsatib bo‘lmaydi, chunki ushbu holatlar faqat dori vositasi bozorga chiqarilgandan keyingina qayd qilingan.
Davolashning boshida
Immun tizimi: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari.
Teri: terini ta‘sirlanishi, achishish, teri qichishishi, terini qurishi.
Uzoqroq vaqt qo‘llanishi
Teri: teri atrofiyasi, teleangiektaziyalar, terida gemorragiyalar, striyalar, akne, rozaseaga o‘xshash (perioral) dermatit.
Keng sohalarda qo‘llanganda va/yoki okklyuzion bog‘lovlar ostiga uzoqroq muddat qo‘llanganda
Infeksiyalar: infeksiyalar
Endokrin tizim: endogen kortikosteroidlar sintezini susaytirilishi, shishlar bilan kechuvchi Isenko–Kushing sindromi.
Moddalar almashinuvi: qandli diabet (avval yashirish bo‘lgan shakllarini namoyon bo‘lishi).
Teri: striyalar.
Skelet-mushak- tizimi: osteoporoz, o‘sishni sekinlashishi (bolalarda).
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi reaksiyalar: shishlar.
Sanab o‘tilgan nojo‘ya reaksiyalar, shuningdek qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan reaksiyalar paydo bo‘lganda shifokorga murojaat qilish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
– Preparatning biron-bir komponentiga yuqori sezuvchanlik.
– Terining bakteriyali, virusli (gerpes, suvchechak, temiratki) yoki zamburug‘li infeksiyalari; tuberkulyoz, sifilis, terining postvaksinal reaksiyalari.
– Oddiy husnbuzarlar, akne, rozasea.
Preparatni jaroharlar, yaralar va shilliq qavatga tegishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Diprosalik® ning ko‘zga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik va okklyuzion bog‘lov ostiga qo‘llamaslik kerak.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Salisil kislotasi boshqa mahalliy qo‘llaniluvchi dori vositalarining o‘tish qobiliyatlarini kuchaytirishi mumkin. Shuning uchun terining ishlov berilgan sohalariga bir vaqtda boshqa dori vositalari yoki pardoz vositalarini surtmaslik kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Agar preparatni qo‘llash vaqtida terini ta‘sirlanishi yoki yuqori sezuvchanlik paydo bo‘lsa, davolashni to‘xtatish kerak. Infeksiya qo‘shilgan hollarda muvofiq davolashni buyurish kerak.
Tizimli kortikosteroidlar uchun xos bo‘lgan nojo‘ya samaralar, shu jumladan buyrak usti bezi po‘stlog‘ining faoliyatini susayishi, kortikosteroidlar haddan tashqari va davomli qo‘llanganida, ayniqsa pediatriya amaliyotida kuzatilishi mumkin.
Mahalliy kortikosteroidlar va salisil kislotasini tizimli so‘rilishi terining katta sohalarini davolashda, shuningdek okklyuzion bog‘lovlar qo‘llanganida oshadi.
Salisil kislotasini ochiq jarohatlarga yoki shikastlangan teriga qo‘yishdan saqlanish kerak. Bu ehtiyotkorlik choralariga, shuningdek davomli qo‘llashda, ayniqsa bolalarni davolashda amal qilish kerak.
Terini ta‘sirlanishi paydo bo‘lgan hollarda, shu jumladan uni haddan tashqari quruqligida, preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Uzluksiz qo‘llash muddati iloji boricha 2-3 haftadan oshmasligi kerak.
Juda kuchli, kuchli va o‘rtacha ta‘sir qiluvchi kortikosteroidlarni yuz va jinsiy a‘zolar sohalariga juda ehtiyotkorlik bilan va 1 haftadan ortiq bo‘lmagan muddat davomida qo‘llash kerak.
Ko‘z atroflariga asosan faqat kuchsiz ta‘sir qiluvchi kortikosteroidlar (glaukomani rivojlanish xavfi tufayli) qo‘llaniladi.
Kortikosteroidlar preparatning ingredientlariga nisbatan teri reaksiyalarini yashirishlari mumkin.
Pasientga preparatni faqat terining joriy xastaligini davolash uchun qo‘llashi va preparatni boshqa shaxslarga bermaslik to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish lozim.
Pediatriyada qo‘llanishi. Bolalarda katta pasientlarga qaraganda, mahalliy kortikosteroidlarning ta‘siri ostida gipotalamo-gipofizar-adrenal tizimini susayish belgilari va tashqi kortikosteroid samaralarni paydo bo‘lishi ko‘proq kuzatiladi. Bu bolalarda teri yuzasi maydonining tana vazniga nisbati qiymatini kattaligi tufayli, preparatni ko‘proq so‘rilishi bilan bog‘liq. Topik (mahalliy) kortikosteroidlar bilan davolanayotgan bolalarda gipotalamo-gipofizar-adrenal tizimini susayishi, Kushing sindromi, o‘sishni bir tekis kechikishi, tana vaznini oshishini kechikishi, bosh miya ichki bosimini oshishi kuzatilishi mumkin. Bolalarda adrenal supressiyaning ko‘rinishlari: qon plazmasida kortizolni past darajasi va AKTG-stimulyasiyaga javobning yo‘qligi kuzatiladi. Bosh miya ichki bosimini oshishi tepachani bo‘rtishi, bosh og‘rig‘i, ko‘ruv nervlarining disklarini bilateral shishi bilan namoyon bo‘ladi.
Homiladorlik va laktasiya. Mahalliy glyukokortikosteroidlarni homiladorlarda qo‘llash xavfsizligi isbotlanmagan, shuning uchun homiladorlik davrida bu guruh preparatlarni, faqat ayol uchun potensial foyda, homila uchun potensial xavfdan yuqori bo‘lgan holdagina buyurish mumkin. Homiladorlik davrida bu guruh preparatlarini katta dozalarda va uzoq vaqt qo‘llash mumkin emas.
Kortikosteroidlarni mahalliy qo‘llash tizimli so‘rilish yo‘li bilan ularni ko‘krak sutida paydo bo‘lishiga olib kelishini mumkinligi aniqlanmagan. Emizishni to‘xtatish yoki preparatni qo‘llashni to‘xtatish haqidagi qaror, ona uchun preparatni qo‘llash zaruratini hisobga olgan holda qabul qilinadi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: mahalliy kortikosteroidlarni haddan ziyod va davomli qo‘llash gipofizar-adrenal tizimining faoliyatini susayishiga olib kelishi mumkin, bu buyrak usti bezlarining ikkilamchi yetishmovchiligini rivojlanishi va giperkortisizm simptomlarini, shu jumladan Kushing kasalligini paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Salisil kislotasini saqlovchi mahalliy preparatlarni haddan tashqari va davomli qo‘llash salisilizm simptomlarini paydo bo‘lishini chaqirishi mumkin.
Davolash: Tegishli simptomatik davolashni o‘tkazish kerak. Giperkortisizmning o‘tkir simptomlari odatda qaytuvchandir. Zarurati bo‘lganida elektrolit disbalansini muvofiqlashtirish ko‘rsatilgan. Surunkali toksik ta‘siri bo‘lgan hollarda kortikosteroidni asta-sekin bekor qilish tavsiya qilinadi.
Salisilizmni davolash simptomatik. Organizmdan salisilatlarni tezroq chiqarish uchun tegishli choralar ko‘riladi. Siydikni ishqoriylashtirish va diurezni kuchaytirish uchun natriy gidrokarbonati peroral qo‘llanadi.
Chiqarilish shakli
30 g tubada karton qutida.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Vrach reseptisiz