×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

EKSIDOL infuziya uchun eritma 200ml

Kategoriya:
- Qon va qon aylanishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
Меглюмина натрия сукцинат
Farmakologik guruhlari:
- Suv-elektrolit balansiga ta’sir etuvchi eritmalar.
Ishlab chiqaruvchi:
- СП ООО «Samarkand England Eco-Medical»,
ATX kodi:
- В05ВВ
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

MANNIT infuziya uchun eritma 200ml 15% Radiks, ЧНПП O'zbekiston
10 100 s`om dan
AKTOVEGIN tabletkalari 200mg N50 Такеда Фармасьютикалс, ООО Rossiya
297 000 s`om dan
YANTASOL infuziya uchun eritma 200ml Remedy Group СП OOO O'zbekiston
19 200 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Chiqarilish shakli

Infuziya uchun eritma 100 ml, 200 ml, 250 ml, 400 ml va 500 ml dan polipropilenli flakonlarda, integrirlangan rezina prokladkali va ochish uchun ikki halqali payvandlangan qalpoqli polipropilen flakonlarda, flakon tagida ushlagichi bor, tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga.

Infuziya uchun eritma
1 ml eritma saqlaydi:

Faol modda: 

meglyumin natriy suksinati – 15,00 mg; 

quyidagilardan olingan: 

  Meglyumin – 8,725 mg; 

  Qahrabo kislotasi – 5,280 mg; 

  Natriy gidroksidi – 1,788 mg. Yordamchi moddalar: 

Natriy xloridi – 6,00 mg; 

Kaliy xloridi – 0,30 mg;

Magniy xloridi (suvsiz xisobida) – 0,12 mg; 

In’eksiya uchun suv – 1,0 ml gacha.


Antigipoksik va antioksidant ta’sirga ega, hujayralarda aerob jarayonlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, erkin radikallar mahsulini kamaytiradi va hujayralarning energiya potensialini tiklaydi.

Preparat Krebs sikli fermentativ jarayonlarini faollashtiradi va hamda yog‘ kislotalari va glyukozaning hujayralar tomonidan utilizatsiya qilinishiga ko‘maklashadi, kislota-ishqor muvozanatini va qonning gaz tarkibini me’yorlashtiradi. O‘rtacha diuretik ta’sirga ega.

Preparat vena ichiga yuborilganda tez o‘zlashtiriladi va organizmda to‘planib qolmaydi.
Preparatni tez qo‘llash bilan nojo‘ya samarali ta’sirlari bo‘lishi mumkin. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, nojo‘ya samarali ta’sirlar ularning rivojlanish chastotasiga ko‘ra quyidagicha tasniflanadi: 

• juda tez-tez (1/10); 

• tez-tez (1/100 dan <1/10 gacha); 

• kamdan-kam hollarda (1/1000 dan <1/100 gacha); 

• kam hollarda (1/10000 dan <1/1000 gacha); 

• juda kam hollarda (<1/10000);

chastotasi noma’lum (mavjud ma’lumotlar asosida chastotani aniqlash mumkin emas).

Immunitet tizimi tomonidan: juda kam hollarda – allergik reaksiyalar, angionevrotik shish, anafilaktik shok.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: juda kam – allergik toshmalar, eshakemi, qichishish.

Nafas olish tizimi tomonidan: juda kamdan-kam hollarda – nafas qisilishi, quruq yo‘tal.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: juda kamdan-kam hollarda – taxikardiya, yurak urishi, hansirash, yurak sohasidagi og‘riq, ko‘krak qafasida og‘riq, arterial gipotenziya/ gipertenziya, yonish hissi va tananing yuqori qismi qizarishi ko‘rinishidagi qisqa muddatli reaksiyalar.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: juda kamdan-kam hollarda – ko‘ngil aynishi, qusish, og‘izda «metall» ta’mi hissi, qorin og‘rig‘i, diareya.

Asab tizimi tomonidan: juda kamdan-kam hollarda – bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, tirishish, titroq, paresteziya, qo‘zg‘alish, bezovtalik.

In’eksiya joyidagi umumiy o‘zgarishlar va buzilishlar: juda kamdan-kam hollarda – gipertermiya, titroq, terlash, holsizlik, in’eksiya joyidagi og‘riq, shish, giperemiya, flebit.

Nojo‘ya ta’sirlarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun dozalash rejimiga va preparatni qabul qilish tezligiga rioya qilish tavsiya etiladi.

Agar salbiy reaksiyalar yuzaga kelsa, preparatni qabul qilish tezligini kamaytirish tavsiya etiladi.

Agar ko‘rsatmalarda ko‘rsatilgan nojo‘ya ta’sirlardan birortasi jadallashsa yoki ko‘rsatmalarda ko‘rsatilmagan boshqa nojo‘ya ta’sirlar kuzatilsa, bemor bu haqda shifokorga xabar berishi kerak.

Retsept bo‘yicha.

Kattalar va 1 yoshdan oshgan bolalarda turli xil etiologiyali o‘tkir endogen va ekzogen intoksikatsiyalarida antigipoksik va dezintoksikatsiya qiluvchi vosita sifatida qo‘llaniladi.
• bosh-miya jaroxatidan keyin bosh-miya shishi bilan bog‘liq kechadigan xolat;

• o‘tkir buyrak yetishmovchiligi;

• surunkali buyrak kasalliklari (5-bosqich, GFT daqiqasiga 15 ml dan kamroq);

• homiladorlik davri;

• laktatsiya davri (emizish);

• individual o‘zlashtiraolmaslikda qo‘llash mumkin emas. 

Preparatni alkaloz, buyrak yetishmovchiligida extiyotkorlik bilan qo‘llash tavsiya etiladi.

 Preparat 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llanilmaydi.
Preparat antibiotiklar, suvda eriydigan vitaminlar va glyukoza eritmasi bilan yaxshi mutanosib.

Preparatni flakonida va idishlarda, boshqa dori vositalari bilan aralashtirish tavsiya etilmaydi.

Eksidol preparatini kalsiy suksinati cho‘kmasi hosil bo‘lishi ehtimoli sababli, kalsiy preparatlari bilan bir vaqtda vena ichiga yuborish mumkin emas.
Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25 °C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatishga ruxsat etiladi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng, preparat qo‘llanilmasin.

Faqat shikastlanmagan flakonlardagi tiniq eritmalari ishlatilsin.

Tiniq rangsiz suyuqlik.
Kattalarda: vena ichiga 1-4,5 ml/daq. (daqiqasiga 90 tomchigacha) tezlikda yuboriladi. O‘rtacha sutkalik doza 10 ml/kg. Davolash kursi - 11 kungacha.

1 yoshdan katta bolalarda: vena ichiga 6-10 ml /kg/sutka miqdorida 3-4 ml/daqiqa tezlikda yuboriladi. Davolash kursi 11 kun.

Keksa bemorlarda tadqiqotlar o‘tkazilmagan:  Shu munosabat bilan preparatni qo‘llashda o‘rtacha tezlikda yuborish kerak: 20-40 tomchi/daqiqa (1-2 ml/daqiqa.).

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda tadqiqotlar o‘tkazilmagan: Shu munosabat bilan bunday bemorlarda preparatni qo‘llashda ehtiyotkorlik tavsiya etiladi.

Agar dekompensatsiyalangan alkaloz aniqlansa: qonning kislota-ishqor holati normallashguncha preparatni qo‘llash to‘xtatilishi kerak.

Eksidol preparatining dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etilmagan.
Preparat organizmdagi aerob jarayonlarni faollashishi tufayli qonda glyukoza konsentratsiyasini pasayishi, siydik ishqorlanishi reaksiyasi paydo bo‘lishi mumkin.

Qandli diabeti bo‘lgan yoki glyukozaga chidamliligi pasaygan bemorlarda qonda glyukoza konsentratsiyasini muntazam tekshirib turish kerak.

Eritma rangi o‘zgarganda yoki cho‘kma hosil bo‘lgan holatlarda preparatni qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik va laktatsiya davridagi qo‘llanilishi:

Homiladorlik va emizish davrida ushbu guruhdagilarda klinik tadqiqodlar mavjud emasligi tufayli preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Buyrak faoliyatlari buzilishida qo‘llanilishi:

Buyrak faoliyatlarini yaqqol buzilishlarida preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Bolalarda qo‘llanilishi: 

Bir yoshdan oshgan bolalarda Eksidol vena ichiga sutkada bir marta daqiqasiga 3-4 ml tezlikda 6-10 ml/kg tana vazni xisob-kitobidan tomchilatib yuboriladi.

Avtotransportni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga tasiri:

Eksidol preparati bilan davolash kursini o‘tkazish vaqtida avtotransportni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash tavsiya etilmaydi.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

EKSIDOL infuziya uchun eritma 200ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
EKSIDOL infuziya uchun eritma 200ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
EKSIDOL infuziya uchun eritma 200ml dori vositasi СП ООО «Samarkand England Eco-Medical», tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
EKSIDOL infuziya uchun eritma 200ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
EKSIDOL infuziya uchun eritma 200ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
EKSIDOL infuziya uchun eritma 250ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Меглюмина натрия сукцинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: СП ООО «Samarkand England Eco-Medical»,
EKSIDOL infuziya uchun eritma 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Меглюмина натрия сукцинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: СП ООО «Samarkand England Eco-Medical»,
REAMBERIN eritma 250ml 1,5% N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Меглюмина натрия сукцинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ПОЛИСАН НТФФ, ООО
REAMBERIN eritma 500ml 1,5% N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Меглюмина натрия сукцинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ПОЛИСАН НТФФ, ООО
REAMBERIN eritma 400ml 1,5% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Меглюмина натрия сукцинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ПОЛИСАН НТФФ, ООО
Narh: 54 100 so'mdan Batafsil
REAMBERIN eritma 200ml 1,5% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Меглюмина натрия сукцинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ПОЛИСАН НТФФ, ООО
REAMBERIN eritma 250ml 1,5% N32
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Меглюмина натрия сукцинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ПОЛИСАН НТФФ, ООО
REAMBERIN eritma 500ml 1,5% N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Меглюмина натрия сукцинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ПОЛИСАН НТФФ, ООО
Ishlab chiqaruvchining dorilari
EKSIDOL infuziya uchun eritma 250ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Меглюмина натрия сукцинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: СП ООО «Samarkand England Eco-Medical»,
EKSIDOL infuziya uchun eritma 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Меглюмина натрия сукцинат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: СП ООО «Samarkand England Eco-Medical»,
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9