×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

RINGASET PLYUS infuziya uchun eritma 100ml

Kategoriya:
- Qon va qon aylanishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Farmakoterapevtik guruh:
- Regidratratatsiyalovchi, zardob o'rnini bosuvchi eritma
Faol modda:
Натрия ацетат, Глюкоза, Калия хлорид, кальция хлорид, Натрия хлорид
Ishlab chiqaruvchi:
ATX kodi:
- B05BB02
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 5 ta dorixonasida topildi

ico 21 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

REOPOLIGLYUKIN infuziya uchun eritma 200ml Radiks, НПП O'zbekiston
16 500 s`om dan
GORDOKS inyeksiya uchun eritma 10ml N25 Гедеон Рихтер, ОАО Vengriya
980 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

faol moddalar:

glyukoza suvsiz qayta hisoblanganda 50,0 g;

natriy xloridi 6,0 g;

kaliy xloridi 0,3 g;

kal'tsiy xloridi digidrati 0,2 g;

natriy atsetati trigidrati 3,8 g.

yordamchi moddalar: 

1 M xlorid kislotasi                                                    rN 4,4 gacha; 

in'ektsiya uchun suv                                                          1000 ml gacha.

Сhiqarilish shakli

Flakonlarda 100, 250, 500ml.dan infuziya uchun eritma.

Infuziya uchun eritma

Ringatset Plyus qon tarkibidagi asosiy ionlarning izotonik kontsentratsiyalardagi muvozanatlashtirilgan aralashmasini saklovchi, zardob o'rnini bosuvchi kombinirlangan tuzli eritmadir. Bundan tashqari, eritma 5% li glyukoza ko'rinishidagi uglevodlarni saqlaydi. Ringatset Plyus metabolik atsidozni bartaraf etadi, qonning kislota-ishqor holati va suv-elektrolit tarkibini normallashtiradi. Preparatning davolovchi samarasi tsirkulyatsiyadagi qon hajmi (TsQX) ni vaktincha oshirishi, natriy, kaliy va kal'tsiy ionlari tanqisligini to'ldirishi hamda atsetat ionlarining bikarbonat ionlariga aylantirishi bilan boglik. Ringatset Plyus diurezni kuchaytiradi, antiagregant xususiyatga ega, mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydi, dezintoksikatsion, shokka karshi ta'sir ko'rsatadi. Natriy xloridi - elektrolit, regidratatsion va dezintoksikatsion ta'sir ko'rsatadi. Turli patologik holatlarda natriy va xlor ionlari tanqisligini bartaraf etadi. Gomeostazni sakdab turishda o'ta muxim elementdir. Xlorid hujayradan tashkari bo'shliqdagi eng asosiy anion xdsoblanadi, membrana potentsialiga javob beradi, natriy metabolizmi bilan uzviy bog'liq. Organizmning kislota-ishqor muvozanatining o'zgarishlari xloridlar kontsentratsiyasini o'zgarishi bilan bog'liq. Kaliy xloridi - elektrolit, suv-elektrolit muvozanatini tiklaydi. Manfiy xrono- va batmotrop ta'sirlarni namoyon etadi, yuqori dozalarda - manfiy ino-, dromotrop va o'rta darajada diuretik ta'sir ko'rsatadi. Nerv impul'slari o'tkazilish jarayonida ishtirok etadi. Mushak distrofiyasi va miosteniyasida skelet mushaklarining qisqarish jarayonlarini yaxshilaydi. Kal'tsiy xloridi - elektrolit, kal'tsiy ionlari tanqisligini bartaraf etadi. Kal'tsiy ionlari nerv impul'slarini o'tkazish jarayonini amalga oshirish, skelet va silliq mushaklarning qisqarishi, miokard faoliyati, suyak to'qimasining shakllanishi, qon ivishi uchun zarurdir. Hujayra va qon tomir devori o'tkazuvchanligini kamaytiradi, yallig'lanish jarayonlari rivojlanishini oldini oladi, organizmning infektsiyalarga chidamliligini oshiradi va fagotsitozni sezilarli darajada kuchaytiradi. Glyukoza - yetarli dozalarda suv tanqisligini tezda bartaraf etadi, organizmdagi turli xil moddalar almashinuvi jarayonlarida ishtirok etadi, kaloriyalar manbai xisoblanadi, metabolizmga oson uchraydi, organizmdan oqsil va azot yo'qotilishini kamaytirishi mumkin, glikogenni cho'kishiga yordam beradi va ketozni kamaytiradi yoki bartaraf etadi. Organizmdagi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini kuchaytiradi, jigarning antitoksik faoliyatini yaxshilaydi, yurak mushagining qisqarish faoliyatini kuchaytiradi, yengil o'zlashtiriluvchi uglevodlar manbai bo'lganligi sababli, bir qator patologik holatlarda organizmning zahiralar hisobiga kechadigan energiya sarf etilishini qisman to'ldiradi. Glyukozaning kaloriya kiymati taxminan 16 kDj yoki 3.75 kkal/g.ga teng. Organizmni glyukoza bilan ta'minlash asab tizimi to'qimalari, eritrotsitlar va buyrak parenximasining faoliyati uchun zarur.
Ringatset Plyus vena ichiga yuborilganligi sababli barcha komponentlarining bioo'zlashtirilishi 100% ni tashkil kiladi. Preparat qonda qisqa vaqt ushlanib turadi so'ng interstitsial va hujayra ichiga o'tadi. Infuziya vaktida glyukoza birinchi navbatda qon tomir ichiga so'ng xujayra ichi bo'shlig'iga o'tadi. Natriy va xlorid asosan hujayradan tashqari bo'shlikda taqsimlanadi, kaliy esa hujayra ichida joylashadi. Kaliy hujayradan tashqari suyuqlik va hujayralararo bo'shliqda muvozanatga erishadi. Dinamik bo'lganligi sababli organizmning ehtiyojiga ko'ra doimo hujayra ichi va hujayradan tashqari bo'shliq oralig'ida ko'chib yuradi. Glyukoza – organizmda to'liq o'zlashtiriladi, buyrak orkali chikarilmaydi. Yuborish vaqtida siydik orqali atsetat ekskretsiyasi kuchayadi. Biroq uning organizm to'qimasidagi metabolizmi juda tez kechib uning juda oz miqdorigina siydikka o'tadi. O'ziga xos klinik holatlarda farmakokinetikasi Surunkali buyrak yetishmovchiligi (SBE) da preparatning buyrak orqali chiqariladigan miqdori kamayishi mumkin.
Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, eshakemi, isitma. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan.taxikardiya, AB (arterial bosim) ni oshishi. Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan: dispepsiya: ko'ngil aynishi, qusish. Moddalar almashinuvi tomonidan: suv-elektrolit balansining buzilishi: gipergidratatsiya, metabolik alkaloz, giperkaliemiya, giperkal'tsiemiya, gipernatriemiya – katta hajmda yuborilganda. Boshqalar: venalar ta'sirlanishi va in'ektsiya joyida tromboflebit. Eslatma: dozalar va yuborish tezligi bo'yicha barcha tavsiyalarga amal kilinsa, nojo'ya ta'sirlar kuzatilmaydi.
Retsept bo'yicha.
Ko'llaniladigan eritma tiniq, xona haroratida, flakon esa germetik bo'lishi zarur. Xiralashgan eritma yoki shikastlangan flakondagi eritmani yuborish mumkin emas. Klinik monitoring qon zardobidagi elektrolitlar va suv balansi nazoratini o'z ichiga olishi lozim. Gipertenziya aniqlangan holatlarda suyuqlik hajmini buyurish individual olib borilishi kerak. Preparatning ion tarkibi ayrim guruh bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llashni talab etadi. Natriy ionlarini quyidagilarda: buyrak va yurak-qon tomir yetishmovchiligi, dimlangan yurak yetishmovchiligi kuzatilgan bemorlarda, ayniksa operatsiyadan keyingi davrda, keksa yoshdagi bemorlarda, shuningdek natriy tutilishi va shishlar bilan kechuvchi klinik holatlar kuzatilgan bemorlarda; kortikosteroidlar yoki kortikotropin qabul qilayotgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash lozim. Kaliy ionlarini quyidagilarda: yurak kasalliklari, buyrak yetishmovchiligi bilan og'rigan bemorlarda hamda kaliy saqlovchi diuretiklar, AAF ingibitorlari va kaliy preparatlarini qabul qilayotgan bemorlarda - giperkaliemiya rivojlanish xavfi bo'lganligi sababli ehtiyotkorlik bilan qo'llash lozim. Yurak glikozidlari (digitalis) qabul qilayotgan shaxslarga qon preparatlari bir vaqtda buyurilganida koagulyatsiyani rivojlanish xavfi bo'lganligi tufayli EKG- nazoratini o'tkazish lozim. Eritma qon quyish uchun mo'ljallangan sistemalar orqali kon bilan birga, undan oldin yoki keyin psevdo agglyutinatsiya xavfi mavjudligi tufayli yuborilmasligi kerak. Eritma postoperatsion, postravmatik yoki glyukozaga nisbatan tolerantlik buzilgan boshqa holatlarda yuborilganida doimiy ravishda glyukoza kontsentratsiyasining monitoringi o'tkazilishi lozim. Zarurat tug'ilganida insulin buyurish tavsiya kilinadi. Yakkol gipovolemiyada kolloid eritmalar, qon va uning tarkibiy qismlari bilan birgalikda davolash tavsiya kilinadi (preparatning ta'siri davomiy emasligi tufayli). Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanilishi Ringatset Plyusni homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llash haqida ma'lumotlar mavjud emas. Homiladorlik davrida ona uchun taxmin qilinayotgan foyda, homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lgan holatlardagina qo'llash mumkin. Eklampsiyada ehtiyotkorlikka rioya kilish lozim. Yuborilayotgan suyuqlik hajmi, elektrolitlar kontsentratsiyasi va kislota-ishqor muvozanatini doimiy monitoringini o'tkazgan holda, preparat ko'rsatmalar bo'yicha ko'llanilganida asoratlar kuzatilmaydi.
• kelib chiqishi turlicha bo'lgan degidratatsiya (uzoq muddatli qusish, diareya (ich ketishi), katta darajadagi kuyishlar, sovuq qotishlar, o'tkir massiv qon ketishlar, kollaps, shok xolatlari); • suyuqlik va elektrolitlarning yo'qotilishi bilan kechuvchi yuqumli kasalliklarda infuzion terapiya sifatida; • postoperatsion, posttravmatik davrlarda infuzion terapiya o'tkazilayotganda energetik extiyojni qisman qoplash orkali organizmni suyuklik va elektrolitlar bilan ta'minlash uchun; • kelib chikishi turlicha bo'lgan intoksikatsiya (kompleks davolash tarkibida); • ogir bemorlarda metabolik atsidoz; • o'tkir tarkalgan peritonit va ichak tutilishida, ichak oqmalari bo'lgan bemorlarda (kompleks davolash tarkibida) qo'llaniladi.
• yukori sezuvchanlik; • gipergidratatsiya; • giperkaliemiya; • giperkal'tsiemiya; • gipernatriemiya; • giperxloremiya • anuriya; • ko'p miqdorda suyuqlik yuborish mumkin bo'lmagan holatlar: miya shishi, o'pka shishi, eklampsiya; • tarqalgan shishlar; • metabolik alkaloz; • dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi; • og'ir buyrak yetishmovchiligi; • 6 B/soat dozadagi insulin bilan korrektsiya qilinmaydigan giperglikemiya holatida qo'llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan: • dekompensatsiyalangan jigar yetishmovchiligi; • arterial gipertenziya.
Ringatset Plyus eritmasi kaliy preparatlari, suksametoniy, takrolimus, tsiklosporin, kaliy saqlovchi diuretiklar va AAF ingibitorlari bilan birga qo'llanilganida organizmda kaliyning ushlab qolinishi, giperkaliemiya rivojlanishi xavfi oshadi. Ringatset Plyus eritmasini nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalar, androgenlar, anabolik gormonlar, estrogenlar, kortikotropin, mineralkortikoidlar, vazodilatatorlar, ganglioblokatorlar bilan bir vaqtda qo'llanilganida organizmda natriyni ushlab qolinishi xavfi oshadi. Digitalis glikozidlari bilan birga qo'llanilganida ularning ta'siri kuchayadi, bu og'ir yurak aritmiyasi va o'limga olib kelishi mumkin. Shuningdek D vitamini bilan bir vaqtda qo'llanilganida giperkal'tsiemiyani chakirishi mumkin. Yurak glikozidlari bilan birgalikda qo'llanganida ularning toksik ta'sirining rivojlanish xavfi oshadi. Infuzion terapiya samaradorligini oshirish uchun preparatni qon zardobi infuziyasi bilan bir vaqtda qo'llash mumkin. Ringatset Plyus eritma komponentlari bilan erimaydigan cho'kma hosil qilishi mumkin bo'lgan preparatlar bilan farmatsevtik jihatdan nomutanosib (kal'tsiy ionlarini saklaydi va anorganik fosfat, bikarbonat/karbonat yoki oksalat qo'shilganda cho'kma hosil bo'lishiga olib kelishi mumkin).
Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin

Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.

 

Tinik, rangsiz yoki bir oz sarg'ish suyuqlik.
Vena ichiga (v/i) sekin, oqim bilan yoki tomchilatib yuboriladi.

Doza kasallikning og'irlik darajasi, organizmning holati, laborator tekshiruv natijalari, bemorning yoshi, vazni va buyrak funktsiyasiga bog'liq. Infuzion terapiya o'tkazilganda unga bo'lgan haqiqiy ehtiyoj elektrolit balansi va zardobdagi elektrolitlar kontsentratsiyasini monitoringiga qarab belgilanadi.

Yuborishdan avval eritmani 36-38°S gacha isitish kerak.

Kattalar. Sutkalik dozasi - 5-20 ml/kg, zarurat tug'ilganida 30-40 ml/kg gacha oshirish mumkin. Maksimal sutkalik doza: sutkada 40 ml/kg ni tashkil etadi. Daqiqasiga 60-80 tomchi tezlikda yuboriladi.

Bolalar uchun sutkalik doza 1 kg tana vazniga 5-10 ml ni tashkil qiladi, yuborish tezligi daqiqasiga 30-60 tomchi.

Eritma 3-5 kun davomida qo'llanilishi mumkin, davolash davomiyligi bemorning klinik holati va laborator tekshiruv ko'rsatkichlariga ko'ra belgilanadi.

Suyuqlik hajmining ortib ketishi va elektrolitlar dozasining oshirib yuborilishi.

Belgilari: elektrolit buzilishlari - gipergidratatsiya, giperkaliemiya,

giperkal'tsiemiya, gipernatriemiya, giperxloremiya, teri turgorini oshishi bilan kechuvchi 

alkaloz, venoz dimlanish va umumiy shishlar rivojlanib so'ng o'pka shishini rivojlanishi, nojuya reaktsiyalarni kuchayishi.

Davolash: infuziyani darhol to'xtatish, simptomatik davo o'tkazish, kon zardobi elektrolitlarini doimiy monitoringi ostida  diuretiklarni buyurish; elektrolitlar muvozanatining korrektsiyasi, zarurat tug'ilganida gemodializ.

Glyukoza dozasini oshirib yuborilishi.

Belgilari: giperglikemiya, glyukozuriya, degidratatsiya, zardobning giperosmolyarligi, giperglikemik yoki giperosmolyar koma.

Davolash: infuziyani darhol to'xtatish, regidratatsiya o'tkazish, qonda glyukoza darajasini doimiy nazorati ostida insulin buyurish; yo'qotilgan elektrolitlar o'rnini to'ldirish, kislota-ishkor muvozanatining monitoringini o'tkazish.

Ringatset Plyusni homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llash haqida ma'lumotlar mavjud emas. Homiladorlik davrida ona uchun taxmin qilinayotgan foyda, homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lgan holatlardagina qo'llash mumkin. Eklampsiyada ehtiyotkorlikka rioya kilish lozim. Yuborilayotgan suyuqlik hajmi, elektrolitlar kontsentratsiyasi va kislota-ishqor muvozanatini doimiy monitoringini o'tkazgan holda, preparat ko'rsatmalar bo'yicha ko'llanilganida asoratlar kuzatilmaydi.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

RINGASET PLYUS infuziya uchun eritma 100ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
RINGASET PLYUS infuziya uchun eritma 100ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
RINGASET PLYUS infuziya uchun eritma 100ml dori vositasi Jurabek Laboratories OT MChJ tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
RINGASET PLYUS infuziya uchun eritma 100ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
RINGASET PLYUS infuziya uchun eritma 100ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 10 400 so'mdan Batafsil
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 851 so'mdan Batafsil
Narh: 7 490 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 800 so'mdan Batafsil
Narh: 5 301 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 24 500 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
Narh: 3 800 so'mdan Batafsil
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9