QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
REAMBERIN®
REAMBERIN®
Preparatning savdo nomi: REAMBERIN®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): meglyumin natriy suksinati
Dori shakli: infuziya uchun eritma.
Tarkibi:
1 l eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: meglyumin natriy suksinati – 15,00 g, quyidagi tarkib bo‘yicha olingan: N-metilglyukamini (meglyumin) – 8,725 g, qahrabo kislotasi – 5,280 g.
yordamchi moddalar: natriy xloridi – 6,00 g, kaliy xloridi – 0,30 g, magniy xloridi (suvsizga hisoblaganda) – 0,12 g, natriy gidroksidi – 1,788 g, in‘eksiya uchun suv 1,0 l gacha.
Ta‘rifi: tiniq, rangsiz suyuqlik
Farmakoterapevtik guruhi: dezintoksikasiyalovchi vosita.
ATX kodi: V05VV.
Farmakologik xususiyatlari
REAMBERIN® hujayradagi aerob jarayonlarga ijobiy ta‘sir ko‘rsatib, erkin radikallar hosil bo‘lishini kamaytirib va hujayraning energetik potensialini tiklab, antigipoksik va antioksidant ta‘sir ko‘rsatadi.
Preparat Krebs siklining fermentativ jarayonlarini faollashtiradi va hujayralarning yog‘ kislotalari va glyukozani utilizasiya qilishiga yordam beradi, qonning kislota–ishqor muvozonatini va gaz tarkibini normallashtiradi. O‘rtacha diuretik ta‘sirga ega.
Preparat vena ichiga yuborilganida tez o‘zlashtiriladi va organizmda to‘planmaydi.
Qo‘llanilishi
REAMBERIN® kattalar va bolalarda 1 yoshdan boshlab, turli etiologiyali o‘tkir endogen va ekzogen intoksikasiyalarda antigipoksik va dezintoksikasiyalovchi vosita sifatida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga: vena ichiga tomchilab, minutiga 90 tomchigacha tezlikda (minutiga 1-4,5 ml) – sutkada 400-800 ml.
Preparatni yuborish tezligi va dozasi bemorning kasalligini og‘irlik darajasiga muvofiq ravishda belgilanadi.
Bolalarga: vena ichiga tomchilab, 6-10 mg/kg tana vazni hisobidan har kuni sutkada 1 marta 3-4 ml/min tezlikda yuboriladi, lekin sutkada 400 ml dan ko‘p emas.
Preparatni yuborish kursi – 11 kungacha davom etadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Preparatni tez yuborilganda quyidagilar yuz berishi mumkin:
– umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi o‘zgarishlar: gipertermiya, et uvishishi, terlash, holsizlik, yuborish joyida og‘riq, shish, giperemiya, flebit;
– immun tizimi tomonidan buzilishlar: allergik reaksiyalar, angionevrotik shish, anafilaktik shok;
– teri va teri osti kletchatkasi tomonidan o‘zgarishlar: allergik toshma, eshakemi, qichishish;
– nafas tizimi buzilishlari: xansirash, quruq yo‘tal;
– yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar: taxikardiya, yurakni urib ketishi, yurak sohasida og‘riq, ko‘krak qafasida og‘riq;
– qon-tomir buzilishlari: arterial gipotenziya/gipertenziya, tananing yuqori qismida achishish xissi va qizarish ko‘rinishdagi qisqa muddatli reaksiyalar;
– me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: ko‘ngil aynishi, qusish, og‘izda metall ta‘mi, qorinda og‘riq, diareya;
– nerv tizimi tomonidan buzilishlar: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, tirishishlar, tremor, paresteziyalar, qo‘zg‘alish, bezovtalik.
Nojo‘ya reaksiyalar yuz berganida preparatni yuborish tezligini kamaytirish tavsiya etiladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik, bosh miya shishi bilan birga kechuvchi bosh–miya jarohatidan keyingi holat, buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari, homiladorlik, laktasiya davri.
Alkalozda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Antibiotiklar, suvda eruvchi vitaminlar, glyukoza eritmalari bilan yaxshi mos keladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat organizmdagi aerob jarayonlarni faollashtirishi tufayli qondagi glyukozaning konsentrasiyasi pasayishi, qon va siydik ishqorlanishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Chiqarilish shakli
Infuziya uchun 1,5% li eritma 200 ml yoki 400 ml dan butilkalarda yoki 250 yoki 500 ml dan polimer konteynerlarda. Har bir butilka qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Polimer konteynerlar 20 yoki 32 donadan guruhlangan taralarga joylanadi (stasionarlar uchun). Yo‘riqnomalar soni guruhlangan taradagi birlamchi o‘ramlar soniga teng.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 0oS dan 25oS gacha haroratda.
Preparatni muzlashiga yo‘l qo‘yiladi.
Eritmaning rangi o‘zgarganida yoki cho‘kma paydo bo‘lganida preparatni qo‘llash mumkin emas.
Yaroqlilik muddati
5 yil shisha butilkalarda. 3 yil polimer konteynerlarda.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.