Ilova-varaqa: pasient uchun ma‘lumot
Enap®, tabletkalar 2,5 mg
Enap®, tabletkalar 5 mg
Enap®, tabletkalar 10 mg
Enap®, tabletkalar 20 mg
Enalapril maleati
Ushbu preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin ilova-varaqani diqqat bilan to‘liq o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma‘lumot saqlaydi.
Ilova-varaqada qanday ma‘lumotlar mavjud:
Enap® preparati angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitorlari (AAF ingibitorlari) guruhiga mansub. Ushbu dori preparati qon tomirlarni kengaytirish yo‘li orqali ta‘sir ko‘rsatadi, bu arterial bosimni pasayishiga olib keladi. Yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda Enap® preparati yurak funksiyasini yaxshilaydi.
Enap® preparati quyidagilarda qo‘llanadi:
Enap® preparatini quyidagi holatlarda qabul qilmang
Agar sanab o‘tilganlardan birontasi Sizda kuzatilsa, shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Maxsus ko‘rsatmalar
Enap® preparatini qabul qilishdan oldin shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing. Quyidagi holatlarda Enap® preparatini ehtiyotkorlik bilan qabul qilinsin:
Shifokor Sizda buyrak funksiyasi, arterial bosim va qonda elektrolitlar (masalan kaliy) darajasini muntazam tekshirishi mumkin.
Shuningdek “Enap® preparatini qabul qilmang” bo‘limidagi ma‘lumotga qarang.
Shifokoringiz (yoki stomatolog) jarroxlik muolajasini yoki anesteziya, gemodializ yordamida yoki qonni tozalashning boshqa muolajasini (aferez) yoki ari/asalari chaqishiga allergiya yuzasidan desensibilizasiya qiluvchi davolash rejalashtirgan bo‘lsa, Siz enalapril qabul qilayotganligingiz haqida shifokoringizga xabar bering.
Agar Siz homiladorman deb hisoblasangiz (yoki homilador bo‘lishingiz mumkin bo‘lsa) shifokorga xabar berishingiz kerak.
Enap® preparatini homiladorlikning erta muddatlarida qabul qilish tavsiya etilmaydi, shuningdek 3 oylikdan katta muddatdagi homiladorlikda qabul qilish mumkin emas, chunki bu bosqichda bu bolangizga jiddiy zarar yetkazishi mumkin (“Homiladorlik” bo‘limiga qarang).
Enap® preparati boshqa irqlarga nisbatan negroid irqqa mansub pasientlarda arterial bosimni pasaytirish yuzasidan kamroq samarali.
Bolalar va o‘smirlarda qo‘llanishi
Arterial bosimi yuqori bo‘lgan bolalarda Enap® preparatini qo‘llash haqidagi ma‘lumot cheklangan. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar yoki buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan bolalarni davolash uchun Enap® preparatini qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Boshqa dori preparatlari va Enap® preparati
Agar Siz boshqa preparatlarni qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishni rejalashtirgan bo‘lsangiz shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering. Bu asosan quyidagi preparatlarga taalluqli:
Enalapril va yuqorida sanab o‘tilgan kasalliklarni davolash uchun qo‘llanadigan ayrim preparatlarni bir vaqtda qo‘llash ushbu preparatlarning samarasini susaytirishi yoki ularning nojo‘ya samaralarini kuchaytirishi, enalaprilning samarasiga ta‘sir ko‘rsatishi yoki buyrak funksiyasini buzilishi xavfini oshirishi mumkin.
Shifokor Sizga har qanday preparatni buyurishidan oldin, unga enalaprilni qabul qilayotganligingiz haqida xabar bering. Shifokorga dozani o‘zgartirish va/yoki boshqa ehtiyotkorlik choralarini qo‘llash talab etilishi mumkin:
Enap® preparatini ovqat, ichimliklar va alkogol bilan birga qabul qilish
Siz preparatni ovqatdan oldin, ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin qabul qilishingiz mumkin.
Enalapril bilan davolash vaqtida alkogolni iste‘mol qilish tavsiya etilmaydi, chunki u enalaprilning arterial bosimni pasaytirishga yo‘naltirilgan samarasini kuchaytiradi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Har qanday dori preparatini qabul qilishdan oldin shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Homiladorlik
Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki emizsangiz, homiladorman deb taxmin qilsangiz yoki homiladorlikni rejalashtirgan bo‘lsangiz, ushbu dori preparatini qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing. Shifokor homiladorlikdan oldin yoki homiladorlik aniqlangan zahotiyoq Enap® preparatini qabul qilishni to‘xtatishni tavsiya etishi va Sizga boshqa preparatni buyurishi mumkin. Enap® preparatini homiladorlikning erta muddatlarida qabul qilish tavsiya etilmaydi, shuningdek 3 oylikdan katta muddatdagi homiladorlikda qabul qilish mumkin emas, chunki bu bosqichda bu bolangizga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
Emizish davri
Agar Siz emizayotgan bo‘lsangiz yoki emizishni rejalashtirgan bo‘lsangiz shifokorga xabar bering. Enap® preparati bilan davolaganda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni (tug‘ilgandan keyin birinchi bir necha xaftalik), ayniqsa chala tug‘ilgan chaqaloqlarni emizish tavsiya etilmaydi. Agar bolangiz kattaroq bo‘lsa, shifokoringiz boshqa davolash usullariga nisbatan Enap® preparatini qabul qilish foydasi va xavfi haqida so‘zlab beradi.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash
Transport vositalarini boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash vaqtida to‘satdan bosh aylanishi yoki toliqish paydo bo‘lishi mumkin.
Enap® preparati laktoza saqlaydi
Agar shifokoringiz Sizda qandning ayrim turlarini o‘zlashtiraolmaslik mavjudligi haqida xabar qilgan bo‘lsa, ushbu dori preparatini qo‘llashdan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Ushbu preparatni har doim shifokoringiz yoki farmasevt buyurganidek qo‘llash kerak. Agar Sizda gumonlar tug‘ilsa, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Yuqori arterial bosimni davolash
Yuqori arterial bosimni davolash uchun Enap® preparatining odatdagi boshlang‘ich dozasi 5 mg dan 20 mg gachani tashkil qiladi. Preparat sutkada bir marta qabul qilinadi. Normal arterial bosimdan biroz yuqori bo‘lgan pasientlarda tavsiya etilgan boshlang‘ich doza sutkada 5-10 mg ni tashkil qiladi. Odatdagi samarani bir maromda ushlab turuvchi doza sutkada bir marta 20 mg ni tashkil qiladi. Maksimal sutkalik samarani bir maromda ushlab turuvchi doza 40 mg ni tashkil qiladi.
Agar Siz Enap® preparati bilan davolashni boshlashdan oldin siydik haydovchi vositalarning (diuretiklar) yuqori dozalarini qabul qilgan bo‘lsangiz, tavsiya etilgan boshlang‘ich doza 5 mg va undan kamroqni tashkil qiladi. Imkoni boricha shifokoringiz Sizni Enap® preparati bilan davolashni boshlashdan ikki yoki uch kun oldin diuretiklarni qabul qilishni to‘xtatishingizni so‘raydi.
Yurak yetishmovchiligini davolash/yurak funksiyasini susayishini oldini olish
Odatdagi boshlang‘ich doza sutkada bir marta 2,5 mg ni tashkil qiladi. Ushbu dozani bir yoki ikki marta qabul qilinadigan 20 mg ga teng samarani bir maromda ushlab turuvchi dozagacha asta-sekin oshirish mumkin. Maksimal sutkalik doza ikki marta qabul qilinadigan 40 mg ni tashkil qiladi.
Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlar uchun dozalash
Shifokor buyrak funksiyasini buzilishi darajasiga qarab zarur dozani belgilaydi.
Gemodializda bo‘lgan pasientlar
Gemodializ o‘tkaziladigan kuni 2,5 mg Enap® preparatini qabul qilish kerak; dializ o‘tkazilmaydigan kunlari shifokor arterial bosimingiz darajasiga qarab dozaga tuzatish kiritadi.
Bolalarda qo‘llanishi
Bolalar uchun dozani shifokor belgilaydi.
Arterial bosimi yuqori bo‘lgan bolalarda Enap® preparatini qo‘llash tajribasi cheklangan. Agar bola tabletkani yuta olsa, doza bolaning tana vazni va arterial bosimiga qarab belgilanadi. Odatdagi boshlang‘ich dozalari quyidagilarni tashkil etadi:
Doza bolaning ehtiyojiga qarab o‘zgartirilishi mumkin:
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va buyrak tomonidan buzilishlari bo‘lgan bolalarni davolash uchun Enap® preparatini qo‘llash mumkin emas.
Boshlang‘ich dozani va birinchi yuqoriroq dozani qabul qilganda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Agar Siz bosh aylanishi yoki vertigo his qilsangiz, darhol shifokoringiz bilan bog‘laning.
Agar Siz Enap® preparatining samarasi haddan tashqari kuchli yoki haddan tashqari kuchsiz deb hisoblasangiz, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Agar Siz Enap® preparatini keragidan ortiq qabul qilgan bo‘lsangiz
Dozani oshirib yuborilishining eng ko‘p uchraydigan belgisi bo‘lib arterial bosimni haddan tashqari pasayishi (arterial gipotenziya) hisoblanadi. Bunday hollarda boshni pastroq qilib yotish va shifokorni chaqirish kerak.
Agar bola preparatni to‘satdan qabul qilgan bo‘lsa, shifokoringiz bilan bog‘laning.
Agar Siz Enap® preparatini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
Agar Siz Enap® preparatini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, keyingi dozani odatdagi vaqtda qabul qiling. O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun dozani ikki marta qabul qilish mumkin emas.
Agar Siz Enap® preparatini qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz
Davolash bekor qilingandan keyin vaqt o‘tishi bilan arterial bosim takroran oshishi mumkin, bu yuqori arterial bosim bilan bog‘liq bo‘lgan, ayniqsa yurak, bosh miya va buyrak tomonidan asoratlar xavfini oshirishi mumkin.
Yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarning holati gospitalizasiya talab qiladigan darajagacha yomonlashishi mumkin.
Agar Sizda ushbu preparatni qo‘llash yuzasidan qo‘shimcha savollar yuzaga kelsa, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Barcha dori preparatlari kabi ushbu preparat nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin, garchi ular barchada namoyon bo‘lmaydi.
Juda tez-tez: 10 nafar odamdan 1 nafaridan ko‘prog‘ida kuzatiladi
Tez-tez: 10 nafar odamdan 1 nafarida kuzatilishi mumkin
Tez-tez emas: 100 nafar odamdan 1 nafarida kuzatilishi mumkin
Kam hollarda: 1000 nafar odamdan 1 nafarida kuzatilishi mumkin
Juda kam hollarda: 10000 nafar odamdan 1 nafarida kuzatilishi mumkin
Noma‘lum: mavjud ma‘lumotlar asosida tez-tezligini baholab bo‘lmaydi
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach preparat qo‘llanilmasin.
Yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga to‘g‘ri keladi.
Namlikdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Dori preparatlarini kanalizasiya yoki maishiy chiqindilar bilan tashlab yuborish mumkin emas. Siz boshqa qo‘llamaydigan dori preparatlarini qanday utilizasiya qilish haqida farmasevtdan so‘rang. Ushbu choralar atrof muhitni himoya qilishga yordam beradi.
Enap® preparatini nimalarni saqlaydi
1 tabletka faol modda: enalapril maleati 2,5 mg, 5 mg, 10 mg yoki 20 mg saqlaydi.
Yordamchi moddalar:
Enap® preparati qanday ko‘rinishga ega va o‘ram ichidagisi
2,5 mg li tabletkalar – dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, qirralari kesilgan, oq rangli tabletkalar.
5 mg li tabletkalar – dumaloq shaklli, yassi, qirralari kesilgan va bir tomonida riskali, oq rangli tabletkalar.
10 mg li tabletkalar – dumaloq shaklli, yassi, bir tomonida riskali, qirralari kesilgan, qizil-jigarrang rangli tabletkalar; tabletka yuzasida va massasida oq yoki to‘q-qizil dog‘lar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
20 mg li tabletkalar – dumaloq shaklli, yassi, bir tomonida riskali, qirralari kesilgan, och-to‘q sariq rangli tabletkalar; tabletka yuzasida va massasida oq yoki jigarrang-to‘q-qizil dog‘lar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Enap® tabletkalari 2,5 mg, 5 mg, 10 mg yoki 20 mg:
10 tabletkadan OPA/Al/PVX folgali va alyumin folgali blisterga joylanadi. 2 blisterdan ilova-varaqa bilan karton qutiga joylanadi.
Berish tartibi
Shifokor resepti bilan beriladi.