×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

DIFLAZON kapsulalar 50mg N7

Kategoriya:
- Zamburug'ga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Sloveniya
Faol modda:
Флуконазол
Qadoqda soni:
- 7
Ishlab chiqaruvchi:
- КРКА д.д.
ATX kodi:
- J02AC01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

FLUKONAZOL kapsulalar 150mg N2 ОЗОН ФАРМ, ООО Rossiya
13 000 s`om dan
22 600 s`om dan
FLUKONAZ infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml Ист-Фарм OOО Rossiya Federatsiyasi
FLUKONAZOL tabletkalari 150mg N1 O´zkimyofarm, АО им. С.К. Исламбекова O'zbekiston
4 900 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
DIFLAZON kapsulalar 50mg N7 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

DIFLAZON®  

DIFLAZON®

 

Preparatning savdo nomi: Diflazon® (Diflazon®)

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): flukonazol (fluconazole)

Dori shakli: kapsulalar

Tarkibi:

Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 50 mg, 150 mg flukonazol;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, natriy laurilsulfati, magniy stearati.

Kapsula qobig‘i: titan dioksidi Ye-171, patentlangan ko‘k bo‘yovchisi Ye-131, jelatin EP E-122.

Ta‘rifi:

50 mg li kapsulalar: Kapsula ichidagisi – oq yoki deyarli oq rangli kukun. Kapsula ichidagisi – oq yoki deyarli oq rangli kukun. Kapsulaning korpusi – oq rangli  va qopqoqchasi och-moviy rangli

150 mg li kapsulalar: Kapsula ichidagisi – oq yoki deyarli oq rangli kukun. Kapsulaning korpusi  va qopqoqchasi och-moviy rangli

Farmakoterapevtik guruhi: Tizimli qo‘llash uchun zamburug‘larga qarshi vositalar. Triazol hosilalari. Flukonazol.

ATX kodi: J02AC01.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Flukonazol – triazollar sinfiga mansub zamburug‘larga qarshi preparat – yuza va tizimli zamburug‘li infeksiyalarni davolash uchun qo‘llanadi. Preparat zamburug‘ xujayralarida ergosterol sintezini kuchli selektiv ingibitori hisoblanadi. Flukonazol fungiostatik ta‘sir qiladi, Candida spp. (C.albicans, C.tropicalis) Cryptococcus neoformans, Microsporum spp, Trichophyton spp. kabi qator shartli-patogen va patogen zamburug‘larga nisbatan faollikni namoyon qiladi. Shuningdek flukonazolni endemik mikozlar modellarida, shu jumladan Blastomices dermatitidis, Coccidioides immitis va  Histoplasma capsulatum tomonidan chaqirilgan infeksiyalarda ham, faolligi ko‘rsatilgan.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Ichga qabul qilinganidan keyin flukonazol yaxshi so‘riladi, uning biokiraolishligi 90% dan ko‘proqni tashkil qiladi. 150 mg preparat ichga, och qoringa qabul qilinganidan keyin maksimal konsentrasiyasi, vena ichiga 2,5-3,5 mg/l dozada yuborilganda erishilgan plazmadagi preparatning darajasini 90% ni tashkil qiladi. Bir vaqtda ovqat qabul qilish ichga qabul qilingan preparatni so‘rilishiga ta‘sir qilmaydi. Plazmasidagi konsentrasiyaga cho‘qqi darajasiga och qoringa qabul qilinganidan keyin 0,5-1,5 soat o‘tgach erishiladi, flukonazolning yarim chiqarilish davri taxminan 30 soatni tashkil qiladi. Qon plazmasidagi konsentrasiyasi qabul qilingan dozaga to‘g‘ri proporsionaldir. 90% darajadagi muvozanat konsentrasiyasiga preparat bilan davolashning 4-5 kunlari erishiladi (sutkada 1 marta qabul qilinganida). Ikki barobar sutkalik dozaga to‘g‘ri keluvchi zarb doza yuborilganida (sutkada 1 marta), ikkinchi kuni muvozanat konsentrasiyasini 90% li darajasiga erishish imkonini beradi.

 

Taqsimlanishi

Flukonazol organizmning barcha to‘qimalari va suyuqliklariga, shu jumladan orqa miya suyuqligiga yaxshi o‘tadi. Flukonazolning so‘lak va balg‘amdagi konsentrasiyasi uning qon plazmasidagi miqdori bilan bir xil. Zamburug‘li meningiti bo‘lgan bemorlarda flukonazolning CSF (orqa miya suyuqligi – likvor) dagi darajasi, uning qon plazmasidagi darajasining taxminan 80% ni tashkil qiladi. Shox qavatda, epidermisda, derma va ekzokrin ter bezlarida yuqori, qon zardobdagidan yuqori konsentrasiyalarga erishiladi.

Metabolizmi

Flukonazolning 5% dan kamrog‘i jigarda birlamchi metabolizmga uchraydi. Uning metabolitlarini aylanib yurishi yuzasidan dalillar mavjud emas.

Chiqarilishi

Flukonazolni asosiy chiqarilish yo‘li, uni buyrak orqali ekskresiyasi xisoblanadi, yuborilgan dozaning taxminan 80% siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Flukonazolning klirensi kreatinin klirensiga proporsionaldir.

 

Qo‘llanilishi

  • Kriptokokkli infeksiyalar, shu jumladan kriptokokkli meningit va ushbu infeksiyaning boshqa lokalizisiyalari (masalan, o‘pka, teri), immun javobi ham normal ham susaygan bemorlarda (masalan, OITS bo‘lgan, a‘zolari ko‘chirib o‘tkazilgan bemorlarda); preparat OITS bo‘lgan bemorlarda kriptokokkli infeksiyalarni oldini olish uchun ishlatilishi mumkin.
  • Tizimli kandidozlar, shu jumladan kandidemiya, disseminasiyalangan kandidoz va invaziv kandidoz infeksiyalarning boshqa shakllari (masalan, qorin pardasi, endokard, ko‘zlar, nafas va siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalari). Kandidozli infeksiyalarni davolashni xavfli o‘smalari bo‘lgan bemorlarda, jadal davolash bo‘limlaridagi bemorlarda, sitotoksik yoki immunosupressiv davolash olayotgan pasientlarda, shuningdek kandidozni rivojlanishiga moyil bo‘lgan boshqa omillar bo‘lganida o‘tkazish mumkin.
  • Shilliq qavatlar kandidozi, shu jumladan OITS bo‘lgan pasientlar: og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq (shu jumladan tish protezlarini taqish bilan bog‘liq bo‘lgan og‘iz bo‘shlig‘ining atrofik kandidozi), qizilo‘ngach kandidozi, noinvaziv bronxo‘pka kandidozi, kandiduriya, teri kandidozi.
  • Genital kandidozlar: vaginal kandidozlar (o‘tkir va qaytalanuvchi), kandidozli balanit, vaginal kandidozlarni qaytalanishini (yiliga 3 va undan ko‘proq epizodlar) oldini olish.
  • Sitotoksik kimyoterapiya va nur bilan davolash oqibatida bunday infeksiyalarga moyilligi bo‘lgan xavfli o‘smalari bo‘lgan bemorlarda zamburug‘li infeksiyalarni oldini olish.
  • Teri mikozlari, shu jumladan oyoq kaftlari, silliq teri, chov sohasi mikozlarini; kepaksimon temiratki; onixomikoz; teri kandidoz infeksiyalarini davolash uchun qo‘llaniladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar

Kriptokokkli meningitda va boshqa sohalardagi kriptokokkli infeksiyalarda birinchi kuni odatda 400 mg flukonazol buyuriladi, so‘ngra esa davolash sutkada 1 marta 200 mg dan 400 mg gacha bo‘lgan dozada davom ettiriladi. Kriptokokkli infeksiyalarda davolash davomiyligi mikologik tekshirish bilan tasdiqlangan klinik samaradorlikka bog‘liq; odatda, kriptokokkli meningitda davolash 6 haftadan 8 haftagacha davom etadi.

OITS li bemorlarda kriptokokkli meningitni qaytalanishini oldini olish uchun, to‘liq birlamchi davolash kursi olinganidan keyin pasientga uzoq vaqt davomida flukonazol 200 mg dozada sutkada 1 marta buyuriladi.

Kandidemiya, disseminasiyalangan kandidozlar va boshqa invaziv kandidoz infeksiyalarda doza odatda birinchi sutkada 400 mg ni tashkil qiladi, so‘ngra esa – 200 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi. Klinik samaradorlik yetarli bo‘lmagan hollarda preparatning dozasi sutkada 400 mg gacha oshirilishi mumkin. Davolash davomiyligi klinik samaradorlikka bog‘liq.

Orofaringeal kandidozda tavsiya qilingan doza 5-100 mg sutkada 1 martani tashkil qiladi; davolash davomiyligi – 7 kundan 14 kungacha davom etadi. Immuniteti yaqqol pasaygan pasientlarda zarurati bo‘lganida davolash ko‘proq vaqt davom etishi mumkin.

Tish protezlarini ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan og‘iz bo‘shlig‘ining atrofik kandidozida flukonazaol odatda 50 mg dan sutkada 1 marta 14 kun davomida protezlarga ishlov berish uchun antiseptik vositalar bilan birga buyuriladi.

Shilliq qavatlarning boshqa kandidoz infeksiyalarida (genital kandidozdan tashqari), masalan, ezofagitda, noinvaziv bronx-o‘pka infeksiyalarda, kandiduriyada, teri va shilliq qavatlarning kandidozi va boshqalarda tavsiya etilgan doza sutkada 50-100 mg, davolash davomiyligi 14 kundan 30 kungacha. OITS bo‘lgan bemorlarda orofaringeal kandidozni oldini olish uchun 150 mg doza haftada 1 marta buyurilishi mumkin.

Vaginal kandidozda flukonazol 150 mg ni tashkil qiluvchi bir martalik doza ko‘rinishida peroral qo‘llanadi. Vaginal kandidozlarni qaytalanishini oldini olish uchun preparat 150 mg dozada 1 oyda 1 marta qo‘llanishi mumkin. Davolash davomiyligi shaxsiy ravishda tanlanadi va 4 oydan 12 oygacha, o‘zgarib turishi mumkin. Ayrim pasientlarda ko‘proq qo‘llash talab qilinishi mumkin.

Candida tomonidan chaqirilgan balanitda, flukonazol bir marta 150 mg dozada peroral buyuriladi. Kandidozlarni oldini olish uchun tavsiya etiladigan doza, zamburug‘li infeksiya rivojlanishi xavfi darajasiga qarab, 50-400 mg sutkada 1 martani tashkil qiladi. Tizimli infeksiya xavfi yuqori bo‘lganida, masalan, boshlang‘ich ko‘rinishlari bilan yoki vaqti-vaqti bilan avj oluvchi neyropatiyasi bo‘lgan bemorlarda, tavsiya etiladigan doza sutkada 1 marta 400 mg ni tashkil qiladi. Flukonazolni qo‘llashni neyropatiyaning kutilayotgan ko‘rinishlaridan bir necha kun oldin boshlash kerak, neytrofil leykositlar soni 1000/mm3 dan ko‘proq qiymatga oshganidan keyin esa, davolash yana kamida 7 kun davom ettiriladi.

Teri infeksiyalarida, shu jumladan oyoq panjalari, silliq teri, chov sohasi dermatomikozida, shuningdek kandidozli infeksiyalarda tavsiya etiladigan doza haftada 1 marta 150 mg yoki sutkada 1 marta 50 mg ni tashkil qiladi. Davolash davomiyligi odatda 2-4 haftani tashkil qiladi, lekin, oyoq panjalarining dermatomikozida davomliroq davolash (6 haftagacha) talab qilinishi mumkin.

Kepaksimon temiratkida preparatning tavsiya etiladigan dozasi ikki hafta davomida haftada 1 marta 300 mg ni tashkil qiladi; ayrim bemorlarga haftada 300 mg ni tashkil qiluvchi uchinchi doza talab qilinishi mumkin, shu vaqtning o‘zida qator hollarda preparatni 300-400 mg dozada bir marta qabul qilish yetarli bo‘lishi mumkin; davolashning muqobil sxemasi sutkada 1 marta 50 mg dozani 2-4 hafta davomida qabul qilishdan iboratdir.

Onixomikozda tavsiya etiladigan doza haftada 1 marta 150 mg ni tashkil qiladi. Davolashni infeksiyalangan tirnoq almashgunicha (infeksiyalanmagan tirnoq o‘sib chiqqunicha) davom ettirish kerak. Qo‘l barmoqlaridagi tirnoqlarni tiklanishi uchun odatda 3 oydan 6 oygacha, oyoq barmoqlarida – 6 oydan 12 oygacha vaqt talab etiladi.

Bolalar

Bolalarda, kattalardagi xuddi shunday infeksiyalarda bo‘lgani kabi, davolash davomiyligi klinik va mikologik javobga bog‘liq. Bolalardagi doza kattalar uchun sutkalik dozadan oshmasligi kerak. Flukonazol sutkada 1 marta qabul qilinadi.

Shilliq qavatlarning kandidozida flukonazolning tavsiya etiladigan dozasi sutkada
3 mg/kg ni tashkil qiladi. Muvozanat konsentrasiyasiga tezroq erishish maqsadida birinchi kuni 6 mg/kg zarbdor doza buyurilishi mumkin.

Tizimli kandidozlar yoki kriptokokkli infeksiyalarni davolashda kasallikning og‘irligiga qarab, sutkada 6 – 12 mg/kg doza tavsiya etiladi.

Infeksiyani rivojlanish xavfi sitotoksik yoki nur bilan davolash natijasida rivojlanayotgan neytropeniya bilan bog‘liq bo‘lgan immuniteti pasaygan bolalarda zamburug‘li infeksiyalarni oldini olish uchun, har kungi doza induksiyalangan neytropeniyaning jadalligi va davomiyligiga qarab, 1 kg tana vazniga 3 mg dan 12 mg gacha flukonazolni tashkil qiladi.

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan bolalarda preparatning sutkalik dozasini buyrak yetishmovchiligining yaqqollik darajasiga qarab (kattalardagi kabi proporsional bog‘liqlikda) kamaytirish kerak.

Keksa yoshdagi pasientlar

Keksa yoshdagi pasientlarda buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lmaganida, preparatni dozalashning odatdagi tartibiga rioya qilish kerak. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan (kreatinin klirensi minutiga 50 ml kam) bemorlarda quyida ko‘rsatilganidek preparatning dozasiga tuzatish kiritish kerak.

Buyrak disfunksiyasi bo‘lgan pasientlarda qo‘llanishi

Flukonazol asosan siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Preparat bir marta yuborilganida dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarga preparat takror yuborilganida, dastlab 50-400 mg ni tashkil qiluvchi zarb dozani yuborish kerak. Agar kreatinin klirensi (Scl) minutiga
50 ml dan ortiqni
tashkil qilsa, preparatning odatdagi dozasi qo‘llanadi (tavsiya etilgan dozaning 100%). Agar Scl minutiga 11 ml dan 50 ml atrofida bo‘lsa – tavsiya etilgandan dozaning 50% ni tashkil qiluvchi doza qo‘llanadi. Davomli gemodializda bo‘lgan bemorlarda, har bir gemodializ seansidan keyin preparatning bir dozasidan qabul qilish kerak.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Limfatik tizimi va qon yaratish tizimi tomonidan buzilishlar

  • gematogrammada o‘zgarishlar (leykopeniya, shu jumladan neytropeniya va agranulositoz, trombositopeniya)

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

  • anafilaksiya, shu jumladan angionevrotik shish

Metabolik va ovqatlanishni buzilishlari

  • gipertrigliseridemiya, giperxolesterinemiya, gipokaliemiya.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

  • bosh og‘rig‘i, tirishishlar, bosh aylanishi

MIY yo‘llari tomonidan buzilishlar

  • ko‘ngil aynishi, diareya, meteorizm, qusish, qorinda og‘riq

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar

  • QT intervalini uzayishi, “torsade de pointes” turidagi aritmiya

Gepatobiliar buzilishlar.

  • jigar fermentlari (alaninaminotransferaza, aspartataminotransferaza, ishqoriy fosfataza) faolligini oshishi, jigar faoliyatini buzilishi (giperbilirubinemiya)

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar

  • teri toshmasi, eksfoleativ dermatit (Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi)

Boshqalar

  • ta‘mni buzilishi

Og‘ir nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lganida davolash to‘xtatilishi kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatga yoki tuzilishi jihatidan azol birikmalarga yaqin birikmalarga o‘ta yuqori sezuvchanlik.

Flukonazol jigar sitoxrom R450 tizimi faolligini ingibisiya qiladi, shu bilan ayrim dori preparatlarining (terfenadin, astemizol va sizaprid) metabolizmini sekinlashtiradi, bu QT intervalini uzayishiga  va yurak ritmini og‘ir buzilishlariga olib kelishi mumkin.

Xomiladorlik, emizish davri, bolalarda (emizikli) (6 oylikkacha bolalarda) qo‘llash mumkin emas. 6 oylikdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga Diflazon®ning vena ichiga yuboriladigan shakli tavsiya etiladi.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Vaginal kandidozni davolash uchun flukonazolning bir martalik dozasini peroral qo‘llaganda noxush dorilarning o‘zaro ta‘siri haqida klinik ishonchli ma‘lumotlar olinmagan. Noxush dorilarning o‘zaro ta‘siri flukonazolning ko‘p martalik va katta dozalari va quyida sanab o‘tilgan faol substansiyalar birga qo‘llanganida namoyon bo‘lishi mumkin.

  • Flukonazol va varfarin bir vaqtda qo‘llanganda protrombin vaqti oshadi (o‘rtacha 12% ga), shuning uchun bu ko‘rsatkichni nazorat qilish kerak
  • Flukonazol sulfonilmochevina hosilalari (xlorpropanid, glibenklamid, glipizid, tolbutamid) – peroral gipoglikemik preparatlarning biologik yarim parchalanish davrini oshiradi. Ko‘rsatilgan preparatlarni birga qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi, lekin gipoglikemiyani rivojlanishi mumkinligini ko‘zda tutish kerak.
  • Flukonazol zardobda fenitoinning konsentrasiyasini oshiradi – bu ko‘rsatkichni nazorat qilish va zarurati bo‘lganida dozaga tuzatish kiritish kerak.
  • Flukonazol va rifampisinni birga qo‘llash, flukonazolning metabolizmini tezlashishi oqibatida, flukonazolning AUC ni va yarim parchalanish davrini muvofiq 25% va 20% ga kamayishiga olib keladi. Ko‘rsatilgan preparatlarni bir vaqtda qabul qilayotgan bemorlarda, flukonazolning dozasini adekvat oshirish kerak.
  • Buyrak ko‘chirib o‘tkazilgan bemorlarda flukonazol (sutkada 200 mg) zardobdagi siklosporinning konsentrasiyasini oshirishi mumkin, shuning uchun bu ko‘rsatkichni nazorat qilish kerak.
  • Flukonazol qon zardobida teofillinning konsentrasiyasini oshiradi; teofillinning katta dozalarini qabul qilayotgan pasientlar yoki teofillinli intoksikasiya rivojlanishini extimoli yuqori bo‘lgan pasientlar shifokor kuzatuvi ostida bo‘lishlari kerak, toksiklik belgilari paydo bo‘lganida davolash o‘zgartirilishi kerak.
  • Flukonazol va sizaprid bir vaqtda qo‘llanganda QT intervalini uzayishi va/yoki yurak ritmini jiddiy buzilishlari kuzatilishi mumkin.
  • QT intervalini uzayishi bilan bog‘liq bo‘lgan jiddiy aritmiyalar paydo bo‘lishi mumkinligi tufayli, zamburug‘larga qarshi vositalar – azol hosilalarini – terfenadin bilan birga qabul qilayotgan pasientlarda o‘zaro ta‘sirni o‘rganish bo‘yicha tekshirishlar o‘zkazilgan. Flukonazol sutkada 200 mg dozada qabul qilinganida QT intervalini uzayishi aniqlanmagan, lekin flukonazolni 400 mg va 800 mg sutkalik dozalarda qo‘llab o‘tkazilgan tekshirishlar, preparat 400 mg va kattaroq sutkalik dozada qon plazmasida terfenadinning konsentrasiyasini ahamiyatli oshirishini ko‘rsatgan. Terfenadin va flukonazolni sutkada 400 mg va ko‘proq dozada birga qabul qilish mumkin emas. Terfenadin va flukonazolni sutkada 400 mg va kamroq dozada bir vaqtda qabul qilayotgan pasientlar kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak.
  • Flukonazol rifabutinning zardobdagi konsentrasiyasini oshirishi mumkin. Bu preparatlar bir vaqtda qo‘llanganida uveit xollari ta‘riflangan. Bir vaqtda flukonazol va rifabutin qabul qilayotgan pasientlarning holatini sinchiklab kuzatish kerak.
  • Flukonazol va zidovudinni birga qo‘llash, qon zardobida oxirgisining konsentrasiyasini oshishiga olib kelishi mumkin. Bemorlar shifokorning kuzatuvi ostida bo‘lishlari kerak, chunki zidovudinning miqdorini oshishi noxush keyingi ta‘sirlarga olib kelishi mumkin.
  • Gidroxlortiazid va flukonazolni birga qo‘llash, qon zardobida flukonazolning konsentrasiyasini oshirishi mumkinligini ko‘zda tutish kerak.
  • Flukonazol va fluvastatinni bir vaqtda qo‘llash, qon plazmasida oxirgisining konsentrasiyasini oshishiga olib kelishi mumkin.
  • Flukonazol va takrolimusni peroral bir vaqtda qo‘llash, uning metabolizmini CYP3A4 tomonidan ingibisiya qilinishi oqibatida, oxirgisining zardobdagi konsentrasiyasini besh marta oshishiga olib kelishi mumkin. Ko‘rsatilgan samara nefrotoksiklik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Lekin takrolimus vena ichiga qo‘llanganida ahamiyatli farmakokinetik o‘zgarishlar kuzatilmagan. Takrolimus va flukonazolni qabul qilayotgan pasientlar kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak.
  • Qisqa ta‘sirli benzodiazepinlarni (midazolam) qabul qilish fonida flukonazol midazolamning konsentrasiyasini axamiyatli oshishiga va psixomotor samaralarga olib kelishi mumkin. Bunday samara ko‘proq darajada flukonazol vena ichiga buyurilganiga qaraganda, u peroral qabul qilinganida nomoyon bo‘ladi. Bu prepratlar birga qabul qilingan holda pasientlarni muvofiq kuzatish va, ehtimol, benzodiazepinlarning dozasini pasaytirish kerak bo‘lishi mumkin.
  • Astemizolni qabul qilayotgan pasientlarni flukonazol qabul qilishlari, oxirgisining klirensini pasayishiga va, oqibati sifatida qon plazmasida uning konsentrasiyasini oshishiga olib kelishi mumkin. Bu samara QT intervalini uzayishi va “torsade de pointes” taxikardiya xurujlarini kam hollari bilan birga kechishi mumkin. Flukonazol va astemizolni birga qo‘llash mumkin emas.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Kam hollarda, asosan jiddiy yondosh kasalliklari bo‘lgan bemorlarda flukonazolni qo‘llash, jigarning toksik o‘zgarishlari bilan bog‘liq bo‘lgan. Flukonazolni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan gepatotoksik samaralar yuz bergan hollarda, preparatning sutkalik dozasi, davolash davomiyligi, bemorning jinsi va yoshi bilan aniq bog‘liqlik aniqlanmagan. Flukonazolning gepatotoksik ta‘siri, odatda, davolash to‘xtatilganidan keyin qaytuvchi bo‘ladi. Flukonazol bilan davolash vaqtida jigar fermentlari faolligini muntazam nazorat qilish va pasientning xolatini kuzatish kerak. Davolash bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan jigar kasalliklarining klinik belgilari yoki simptomlari paydo bo‘lganida, flukonazolni qabul qilish to‘xtatilishi kerak.

OITS bo‘lgan bemorlar ko‘pchilik preparatlar qo‘llanganida og‘ir teri reaksiyalari rivojlanishiga moyilroq bo‘ladilar. Yuza zamburug‘li infeksiyasi bo‘lgan bemorlarda, aniq flukonazol bilan bog‘liq deb xisoblangan toshma rivojlangan hollarda, preparatni bekor qilish kerak. Invaziv/tizimli zamburug‘li infeksiyalari bo‘lgan bemorlarda toshma paydo bo‘lganida, ularni sinchiklab kuzatish va bullez o‘zgarishlar yoki ko‘p shaklli eritema paydo bo‘lganida flukonazolni bekor qilish kerak.

Buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan bemorlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Majmuaviy davolashda kreatinin klirensiga qarab flukonazolning dozasiga tuzatish kiritilgan bo‘lishi kerak.

6 oylikkacha bo‘lgan bolalarda flukonazolni qo‘llashni cheklangan tajribasi bor; davolash kerakligi haqidagi qarorni shifokor mustaqil qabul qilishi kerak.

Ayrim azollarni, shu jumladan flukonazolni, qo‘llashni elektrokardiogrammada QT intervalini uzayishi bilan bog‘laydilar. Post-marketing davrdagi kuzatuvlar, pasientlarda flukonazolni qo‘llash QT intervalini uzayishi va “torsade de pointes” taxikardiya xurujlarini, yurakning organik kasalliklari, elektrolit balansini buzilishlari kabi ko‘p sonli xavf omillari va bunday buzilishlarni riqojlanishiga yordam beruvchi yo‘ldosh davolashda juda kam hollarda aniqlanishini ko‘rsatgan.

Davolash boshlangunicha zamburug‘ kulturasining namunalari olinishi va boshqa muvofiq laboratoriya tekshirishlari (serologiya, gistopatologiya) o‘tkazilishi kerak. Davolash laboratoriya tekshirishlarining natijalari ma‘lum bo‘lishidan oldin boshlanishi mumkin, lekin, bu natijalar olingan zahoti, antibakterial davolash muvofiq tarzda to‘g‘rilanishi kerak.

Ayrim ingredientlari haqida maxsus ma‘lumot.

Diflazon® laktoza saqlaydi. Galaktozani o‘zlashtiraolmaslik Lappa laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktozani kam so‘rilishini kam uchraydigan nasliy patologiyasi bo‘lgan bemorlar bu preparatni qabul qilmasliklari kerak.

Homiladorlik va laktasiya

Preparat homilador ayollarga tavsiya etilmaydi.

Uni qo‘llash, faqat hayotga xavfli infeksiyalarda, ona uchun davolashdan foyda, homila uchun xavfdan ustun bo‘lganidagina maqsadga muvofiqdir.

Flukonazol ko‘krak sutida plazmadagidek konsentrasiyalarda aniqlanadi, shuning uchun laktasiya davrida uni buyurish tavsiya etilmaydi.

Avtomobilni boshqarish va potensial xavfli mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Dori preparati qabul qilinganidan keyin bosh aylanishi va tirishishlar kuzatilishi mumkin, avtotransportni va boshqa harakatlanuvchi mexanizmlarni boshqarishda buni hisobga olish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: gallyusinasiyalar, paranoidal xulq.

Davolash: simptomatik (shu jumladan klinik zarurati bo‘lganida me‘dani yuvish).

Flukonazol asosan siydik bilan chiqariladi. 3 soat davomidagi gemodializ flukonazolning qon zardobidagi konsentrasiyasini 50% ga kamaytiradi.

Laboratoriya hayvonlarida (sichqonlar, kalamushlarda) flukonazolning juda yuqori dozalarini qabul qilish, harakat faolligi, va nafasni susayishi, ptoz, ko‘z yoshini oqishi, so‘lakni oqishi, siydikni tutib tura olmaslik, reflekslarni susayishi, sianoz, oldin ba‘zida klonik tirishishlar kuzatilgan, o‘lim bilan yakunlanish, kabi klinik samaralarga olib kelgan.

 

Chiqarilish shakli

50 mg li kapsulalar: 7 kapsuladan PVX/PVDX va alyumin folgali blisterda; 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

150 mg li kapsulalar: 1, 2 yoki 4 kapsuladan PVX/PVDX va alyumin folgali blisterda; 1 blisterdan (1 kapsuladan blister, yoki 2 kapsuladan blister, yoki 4 kapsuladan blister) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

5 yil.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

DIFLAZON kapsulalar 50mg N7 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
DIFLAZON kapsulalar 50mg N7 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
DIFLAZON kapsulalar 50mg N7 dori vositasi КРКА д.д. tomonidan Sloveniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
DIFLAZON kapsulalar 50mg N7 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
DIFLAZON kapsulalar 50mg N7 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
FUZAR tabletkalari 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Scott-Edil Pharmacia Limited
  • Vakil: Farmalife
Narh: 16 600 so'mdan Batafsil
NOFLUK infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
METAKANDID eritma 200mg/100 ml 100ml N1
Narh: 27 000 so'mdan Batafsil
FUNGAZID OFTALMO ko'z tomchilari 5ml 0,3%
FLYUDAR kapsulalar 50mg N7
Narh: 8 500 so'mdan Batafsil
FLYUDAR kapsulalar 150mg N1
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
FUNGAZID infuziya uchun eritma 100ml 0,2%
Narh: 9 900 so'mdan Batafsil
STERINAZOL kapsulalar 150mg N4
Narh: 99 700 so'mdan Batafsil
VIZANAK NEO kapsulalar 150mg N1
Narh: 24 100 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL infuziya uchun eritma 100ml 0,2%
Narh: 900 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL NIKA kapsulalar 100mg N7
FLUZAMED kapsulalar 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Limited, Великобритания произведено: E.I.P.I.Co.
  • Vakil:
Narh: 29 000 so'mdan Batafsil
FLUZAMED ko'z tomchilari 5ml 0,3%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics, Великобритания произведено: S.C. Rompharm Company S.R.L.
  • Vakil:
Narh: 50 400 so'mdan Batafsil
MIKOSIST kapsulalar 150mg N2
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гедеон Рихтер, ОАО
MIKOSIST kapsulalar 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гедеон Рихтер, ОАО
VIZANAK infuziya uchun eritma 200mg/100ml
FLUKONAZOL kapsulalar 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «АСТРАФАРМ»
Narh: 2 040 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL kapsulalar 100mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL kapsulalar 50mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL tabletkalari 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: O´zkimyofarm, АО им. С.К. Исламбекова
Narh: 4 900 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL kapsulalar 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: LAXISAM Pharmaceuticals, OOO (упаков.) Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО, Беларусь (произ.)
Narh: 2 040 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL kapsulalar 50mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: LAXISAM Pharmaceuticals, OOO (упаков.) Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО, Беларусь (произ.)
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
MIKOFLYU kapsulalar 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ATM Pharm, OOO
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
MIKOZEVS NEO kapsulalar 50mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
MIKOZEVS NEO kapsulalar 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
KANDIZEF NEO kapsulalar 50mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Zefer Pharma Ltd
VIZANAK NEO kapsulalar 50mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Izida Pharma Ltd.
FLYUKO kapsulalar 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unilink Pharma (P) LTD
FLYUKO kapsulalar 50mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unilink Pharma (P) LTD
SITONAZOL NEO eritma 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ENAP N tabletkalari 10mg/25mg N20
Narh: 29 500 so'mdan Batafsil
VAZILIP tabletkalari 20mg N28
VAZILIP tabletkalari 10mg N28
MOFLAKSA tabletkalari 400mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА д.д.
MOFLAKSA tabletkalari 400mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА д.д.
MOFLAKSA tabletkalari 400mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА д.д.
ENAP N tabletkalari 10mg/25mg N60
ENAP N tabletkalari 10mg/25mg N30
LEVAKSELA infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml N10
LEVAKSELA infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml N5
BILOBIL FORTE kapsulalar 80mg N60
BILOBIL INTENS kapsulalar 120mg N60
DIFLAZON kapsulalar 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА д.д.
LORISTA N 100 tabletkalari 100mg/12,5mg N28
Narh: 64 100 so'mdan Batafsil
LEVAKSELA infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml N1
BILOBIL FORTE kapsulalar 80mg N20
EMANERA kapsulalar 20mg N14
BILOBIL INTENS kapsulalar 120mg N20
EFLORAN tabletkalari 400mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА д.д.
RAMLEPSA tabletkalari 37,5mg/325mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА д.д.
RAMLEPSA tabletkalari 37,5mg/325mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА д.д.
RAMLEPSA tabletkalari 37,5mg/325mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА д.д.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9