×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MEZATON tomchilar 5ml 25mg/ml

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Ukraina
Faol modda:
Фенилэфрин
Ishlab chiqaruvchi:
- ГНЦЛС ОЗ, ООО
ATX kodi:
- C01CA06
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 1 ta dorixonasida topildi

ico 60 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
48 000 s`om dan
RESTATOR tabletkalari 10mg N30 Vegafarm LLP, Великобритания произведено: Replek Farm Ltd, Skopje Makedoniya
OFTALMODEK ko'z tomchilari 5ml 0,2mg/ml ГНЦЛС ОЗ, ООО Ukraina
9 000 s`om dan
TALLITON tabletkalari 6,25mg N28 Egis Pharma PLC Vengriya
51 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
MEZATON tomchilar 5ml 25mg/ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MEZATON

MESATONE

Preparatning savdo nomi: Mezaton

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): fenilefrin gidroxloridi

Dori shakli: ko‘z tomchilari

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 100% moddaga qayta hisoblanganda 25 mg fenilefrin gidroxloridi;

yordamchi moddalar: dekametoksin, makrogol (polietilenglikol 400), dinatriy edetati (trilon B), tozalangan suv.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki sarg‘ish tusli suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: alfa-adrenomimetik.

ATX kodi: S01F V01.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi.

Preparat postsinaptik alfa-adrenoreseptorlarga yaqqol rag‘batlantiruvchi ta‘sirga ega, ayni paytda yurakning beta-adrenoreseptorlariga ta‘siri deyarli namoyon bo‘lmaydi. Preparat noradrenalinning ta‘siriga o‘xshash vazokonstriktor ta‘sir namoyon etadi, ammo bunda uning yurakka xronotrop va introp ta‘siri deyarli yo‘q. Preparatning vazopressor samarasi noradrenalinga nisbatan kamroq namoyon bo‘ladi, lekin ancha uzoqroq davom etadi. Odatdagi dozalarda qo‘llanganda markaziy nerv tizimi (MNT) ga sezilarli rag‘batlantiruvchi ta‘sir namoyon etmaydi. Ko‘zga tomizilganda fenilefrin qorachiq dilatatorini qisqartiradi, shu yo‘l bilan uni kengayishini chaqiradi va kon‘nktivaning arteriolalari silliq mushaklarini qisqartiradi. Siliar mushakka ta‘siri yo‘q, shuning uchun midriaz sikloplegiyasiz yuz beradi.

Farmakokinetikasi.

Fenilefrin ko‘zning to‘qimalariga oson o‘tadi, ko‘z qorachig‘ini kengayishi bir marta tomizilgandan so‘ng 10-60 minut davomida ro‘y beradi. Midriaz 4-6 soat davomida saqlanib qoladi. Ko‘z qorachig‘ining dilatatorini sezilarli qisqarishi oqibatida instillyasiyadan keyin 30-45 minutdan so‘ng ko‘zning old kamerasi suyuqligida kamalak pardaning pigment qavatining pigment zarrachalari namoyon bo‘lishi mumkin. Bu holatni old uveit ko‘rinishlari yoki old kamera suyuqligida qonning shaklli eelementlarini borligi bilan differensiasiya qilish kerak.

Qo‘llanilishi

  • Iridosiklit, old uveit (orqa sinexiyalarni hosil bo‘lishi va bor bo‘lgan sinexiyalarni uzilishini oldini olish, hamda kamalak pardani ekssudasiyasini kamaytirish maqsadida).
  • Oftalmoskopiya vaqtida va ko‘zning orqa qismining holatini aniqlash uchun zarur bo‘lgan boshqa diagnostik muolajalarda qorachiqni diagnostik kengaytirish.
  • Old kameraning burchagi tor bo‘lgan va yopiq burchakli glaukomaga shubha qilingan pasientlarda provaksion test sinamasini o‘tkazish.
  • Ko‘z soqqasining in‘eksiya turini differensial diagnostikasi.
  • Ko‘z tubida lazer aralashuvlarini o‘tkazishda va vitreo-retinal jarrohlikda ko‘z qorachig‘ini kengaytirish.
  • “Qizil ko‘z” sindromi (ko‘z giperemiyasini va ko‘z paradalrini ta‘sirlanishini kamaytirish).
  • Maktab yoshidagi bolalarda akkomodasiya spazmini kompleks davolash.
  • Astenopiyani davolash va profilaktikasida qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Oftalmoskopiyani o‘tkazishda 2,5% li eritmani bir martalik instillyasiyasi qo‘llaniladi. Odatda, midriazga erishish uchun preparatning 2,5% li eritmasini 1 tomchisini kon‘yunktiva bo‘shlig‘iga yuborish yetarlidir. Maksimal midriazga 15-30 minutdan keyin erishiladi va yetarli darajada 1-3 soat davomida yetarli darajada saqlanib turadi. Midriazni uzoq muddat davomida tutib turish zarurati tug‘ilgan hollarda 1 soatdan so‘ng takroran instillyasiya qilish mumkin.

Diagnostik muolajalarni o‘tkazish uchun 2,5% li eritmani bir martalik instillyasiyasi quyidagilarda qo‘llaniladi:

  • ko‘zining old kamerasining burchagi tor profilga ega bo‘lgan va yopiq burchakli glaukomaga shubha bo‘lgan pasientlarda provakasion test sinamasi sifatida. Agar eritmani tomizishdan oldin va qorachiq kengayganidan keyin ko‘z ichki bosimi ko‘rsatkichlari orasidagi farq 3 dan 5 mm. sim. ust. ni tashkil etsa, provakasion test sinamasi musbat hisoblanadi;
  • ko‘z soqqasini in‘eksiya turini differensial diagnostikasi uchun: agar instillyasiyadan keyin 5 minutdan so‘ng ko‘z soqqasining qon tomirlarini torayishi aniqlansa, in‘eksiya yuza deb tasniflanadi; ko‘zni qizarishi saqlanib qolgan hollarda pasientni iridosiklit yoki sklerit borligi yuzasidan sinchiklab tekshirish lozim, chunki ko‘z to‘qimalarining ancha chuqur qavatlarida qon tomirlarini kengayganidan dalolat beradi;
  • iridosiklitda, old uveitda ko‘z orqa devorida sinexiyalarni davolash va rivojlanishini oldini olish uchun; ko‘zning old kamerasiga ekssudasiyani kamaytirish uchun ishlatiladi. Bu maqsadda preparatning 1 tochisini kasallangan ko‘zning kon‘yunktiva bo‘shlig‘iga sutkada 2-3 marta instillyasiya qilinadi.

Maktab yoshidagi bolalarda akkomodasiya spazmini va astenopiyani kompleks davolash.

Yaqindan ko‘rishning yengil darajasida preparatning 2,5% li eritmasini 1 tomchidan, ko‘zni yuqori zo‘riqishi bo‘lgan kunlari uyqudan oldin buyuriladi;

Yaqindan ko‘rishning o‘rtacha darajasida 2,5% li eritmani 1 tomchidan xaftada 3 marta uyqudan oldin buyuriladi, emmetropiya holatlarida (miopiya yo‘qligida) – har kuni, ko‘zni zo‘riqishidan qat‘iy nazar buyuriladi.

Uzoqni yaxshi ko‘radigan, spazm yuz berishiga tendensiya kuzatiladigan pasientlarda preparatning 2,5% li eritmasini 1% li siklopentolatning 1 tomchisi bilan majmuada ko‘zni og‘ir zo‘riqishi bo‘lgan davrda uyqudan oldin, odatdagi vaqtlarda esa, xaftada 3 marta qo‘llash kerak.

Keksa yoshdagi pasientlarda qo‘llanishi. Keksa yoshdagi pasientlar uchun dozaga tuzatish kiritishga zarurat yo‘q. Takroriy instillyasiyalar kamroq namoyon bo‘lgan midriazni chaqirishi mumkin. Instillyasiyalarni o‘tkazishda sanitar-gigienik qoidalarga amal qilish, qo‘llarni sovun bilan yuvish, tomchilatgichning uchiga barmoq bilan tegib ketmaslik lozim.

Bolalar.

Pediatriya amaliyotida diagnostik muolajalarni o‘tkazish uchun (oftalmoskopiya, retinografiya) preparatni bolalarga hayotining birinchi kunidan boshlab qo‘llash mumkin. Chala tug‘ilgan chaqaloqlarga “havf-foyda” nisbati shifokor tomonidan baholangandan so‘ng ehtiyotkorlik bilan: har bir ko‘zga ko‘pi bilan 1 tomchi tomizish mumkin.

Nojo‘ya reaksiyalari

Ko‘rish a‘zolari tomonidan: ayrim hollarda achishish (qo‘llashni boshida), reaktiv giperemiya, ko‘rishni xiralashishi, ta‘sirlanish, allergik reaksiyalar, diskomfort hissi, ko‘z yoshini oqishi, o‘tkir burchakli yoki yopiq burchakli glaukomasi bo‘lgan pasientlarda ko‘z ichki bosimini oshishi, reaktiv mioz (keyingi qo‘llangandan so‘ng ertasiga; bunda takroriy instillyasiyalar ayni vaqtdagi midriazga nisbatan kamroq ifodalangan midriaz kuzatilishi mumkin; samarasi asosan keksa yoshdagi pasientlarda namoyon bo‘ladi).

Yurak-tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, yurak aritmiyalari, shu jumladan, qorinchalar aritmiyasi, arterial gipertenziya, reflektor bradikardiya, koronar arteriyalarni okklyuziyasi, o‘pka arteriyasini emboliyasi.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, qo‘zg‘aluvchanlik, bosh aylanishi, tremor, parasteziya, uyqusizlik.

Boshqalar: yuz terisini oqarishi, reaktiv giperemiya, holsizlik, hansirash, dispeptik ko‘rinishlar bo‘lishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik.
  • Tor burchakli yoki yopiq burchakli glaukoma.
  • Yurak-qon tomir izimi tomonidan ancha sezilarli buzilishlar (yurak kasalliklari, arterial gipertenziya, anevrizma, taxikardiya), ayniqsa keksa yoshdagi pasientlar uchun.
  • Insulinga qaram qandli diabet.
  • Tireotoksikoz.
  • Gipotireoz.
  • Monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llash va MAO ingibitorlari bilan davolash to‘xtatilganidan keyin 2-xafta davomida.
  • Ko‘z soqqasining butunligini buzilishi bo‘lgan bemorlarda yoki ko‘z yoshini ajralishi funksiyasi buzilganida jarrohlik aralashuvi vaqtida qorachiqni qo‘shimcha kengaytirish.
  • Trisiklik antidepressantlar, antigipertenziv preparatlar bilan (shu jumladan beta-blokatorlar bilan) bir vaqtda qo‘llash.
  • Glyukozo-6-fosfatdegidrogenazani tug‘ma tanqisligi.
  • Jigar porfiriyasi.
  • Tana vazni kam bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Fenilefrinning midriatik samarasi atropinni mahalliy qo‘llaganda kuchayadi, boshqa miotik vositalarni saqlovchi ko‘zga qo‘llanadigan preparatlar mahalliy qo‘llanganida esa, susayadi. Preparat miotik vositalarning ko‘z ichki bosimini kamaytirish xususiyatini susaytirishi mumkin.

Fenilefrinning midriatik samarasi atropinni mahalliy qo‘llaganda kuchayadi.

Antigipertenziv dori vositalarini (shu jumladan beta-adrenoblokatorlar) mahalliy qo‘llanadigan fenilefrin bilan bir vaqtda ishlatish mumkin emas, chunki ko‘pgina antigipertenziv dori vositalarining o‘lim yakunlanuvchi teskari ta‘siri yuz berishi mumkin, arterial gipertenziya bo‘lishi mumkin.

MAO ingibitorlari. Fenilefrinni monoaminooksidaza ingibitorlari qo‘llanganda bir vaqtda va MAO ingibitorlari bilan davolash tugaganidan keyin 2 xafta davomida qo‘llash mumkin emas. MAO ingibitorlarini qo‘llash to‘xtatilganidan keyin 21 kun davomida, ular bilan birga preparatni bir vaqtda qo‘llashni ehtiyotkorlik bilan amalga oshirish kerak, chunki bunday hollarda tizimli adrenergik samaralar rivojlanishi mumkin.

Trisiklik antidepressantlarni fenilefrin bilan bir vaqtda ishlatish mumkin emas.

Adrenergik agentlarning vazopressor ta‘siri trisiklik antidepressantlar tomonidan (yurak aritmiyasini, shu jumladan ularni qo‘llash to‘xtatilganidan keyin bir necha kun mobaynida yuz berish xavfi mavjud), propronalol, rezerpin, guanetidin, metildopa va m-xloinoblokatorlar tomonidan potensiyalanishi mumkin.

Ingalyasion narkoz. Preparat ingalyasion narkozda yurak-qon tomir tizimi faoliyatini susayishini potensiyalashi mumkin.

Yurak glikozidlari yoki xinidin. Aritmiyalarni yuz berish xavfi oshadi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Qorachiqni kengayish samarasi 1-3 soat davom etishi mumkinligi tufayli, pasientlarda yorug‘likka qaray olmaslik yuz berishi mumkin, shuning uchun ko‘rish to‘liq tiklangunicha ko‘zni yorug‘ quyosh nuridan himoya qilish, shu jumladan quyoshdan himoya qiluvchi ko‘zoynaklardan foydalanish lozim. Ko‘zni (ya‘ni ko‘rishni) zo‘riqishini (o‘qish, teleko‘rsatuvlarni ko‘rish) midriazning qoldiq holatlari yo‘qolguniga qadar istisno qilish lozim.

Keksa yoshdagi pasientlar. Reaktiv mioz yuz berishi mumkin. Reaktiv mioz keksa yoshdagi pasientlarda fenilefrin eritmasi qo‘llanganidan so‘ng bir kundan keyin kuzatilgan, preparatni takror tomizilishi qorachiqni kengayishini kamayishiga olib kelgan. Bosh miya qon tomirlari aterosklerozi, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bo‘lgan, surunkali bronxial astmasi, arterial gipertenziyasi yoki insulin bilan nazorat qilinadigan diabeti bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Kon‘yunktival giperemiyada va shox pardaning epiteliysini shikastlanishlarida preparatni so‘rilishi oshishi va noxush tizimli samaralar kuchayishi mumkin.

Preparatni qorachiqni kengayishiga yaqqol kuchli ta‘siri tufayli, keksa yoshdagi pasientlarda fenilefrin eritmasi ko‘zga instillyasiya qilinganidan keyin 30-45 minut davomida ko‘z ichki suyuqligida suzib yurgan pigment dog‘larni vaqtinchalik paydo bo‘lishi kuzatilishi mumkin.

Ko‘zning old kamerasi burchagini, glaukomani zo‘rayishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida preparatni qo‘llashdan oldin baholash lozim.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi.

O‘rganilmagan. Agar ona uchun bashorat qilingan foyda, homila yoki bola uchun xavfdan ustun bo‘lsa, qo‘llash mumkin. Preparat bilan davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.

Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir etish xususiyati

Avtomobilni  boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlashni boshlashdan oldin, ko‘rish o‘tkirligi to‘liq tiklangunicha kutib turish kerak.

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Hatto mahalliy qo‘llanganida ham fenilefrinning tizimli ta‘siri namoyon bo‘lishi mumkin. Arterial bosimni ahamiyatli darajada oshishi, reflektor bradikardiya ko‘proq kuzatiladi.

Davolash: alfa-adrenoblokatorlarni qo‘llash mumkin. Reflektor bradikardiyada atropin (bolalarga – tana vazniga 0,01-0,02 mg/kg dozada) qo‘llash kerak.

Chiqarilish shakli

5 ml dan flakonda, 1 flakondan qopqoq-tomchilatgichi bilan komplektda o‘ramda.

 

 

 

Saqlash sharoiti

Original o‘ramida, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Flakon ochilganidan keyin eritmani saqlash muddati 14 sutka.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MEZATON tomchilar 5ml 25mg/ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MEZATON tomchilar 5ml 25mg/ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MEZATON tomchilar 5ml 25mg/ml dori vositasi ГНЦЛС ОЗ, ООО tomonidan Ukraina mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MEZATON tomchilar 5ml 25mg/ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MEZATON tomchilar 5ml 25mg/ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
BEBIFRIN tomchilari 10 ml 0,125 %
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Фенилэфрин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гротекс,ООО
IRIFRIN ko'z tomchilari 5ml 2,5%
Narh: 69 800 so'mdan Batafsil
FENEFRIN ko'z tomchilari 10ml 100mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Slovakiya Respublikasi
  • Faol modda: Фенилэфрин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unimed Pharma spol. s.r.o.
Ishlab chiqaruvchining dorilari
DEKSAMETAZON tabletkalari 0,5mg N10
Narh: 15 700 so'mdan Batafsil
KETOTIFEN tabletkalari 1mg N30
Narh: 3 900 so'mdan Batafsil
MUKALTIN tabletkalari 50mg N30
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
XLOROFILLIPT eritma 100ml 10mg/ml
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
AURIDEKSAN quloq uchun tomchilar 5ml 0,5mg/ml
Narh: 7 000 so'mdan Batafsil
TIOTRIAZOLIN ko'z tomchilari 5ml 10mg/ml
OFTALMODEK ko'z tomchilari 5ml 0,2mg/ml
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
XLOROFILLIPT sprey 15ml N1
Narh: 10 000 so'mdan Batafsil
ETAMZILAT inyeksiya uchun eritma 2ml 12,5mg/ml N10
Narh: 8 200 so'mdan Batafsil
KORGLIKON inyeksiya uchun eritma 1ml 0,6mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: ГНЦЛС ОЗ, ООО
Narh: 219 000 so'mdan Batafsil
ATROPINA SULFAT ko'z tomchilari 5ml 10mg/ml
Narh: 9 750 so'mdan Batafsil
VINPOSETIN konsentrat 2ml 5mg/ml N5
DIAZOLIN DLYA DETEY granuli 9g
KOFEIN BENZOAT NATRIYA 200mg/ml N10
AMITRIPTILIN tabletkalari 25mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: ГНЦЛС ОЗ, ООО
SINNARIZIN OZ tabletkalari 25mg N50
Narh: 3 500 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
MEZATON 0,01/ML inyeksiya uchun eritma 1ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Фенилэфрин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Здоровье фарм. компания, ООО
MEZATON 0,01/ML inyeksiya uchun eritma 1ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Фенилэфрин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Дальхимфарм, ОАО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9