45 000 s`om dan
Dorixonalardan izlashSaqlash shartlari | При температуре не выше 25 °C. Хранить в недоступном для детей месте. |
Продажа | Retseptsiz. |
1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:
Faol modda:
Benzalkoniy xloridining 50% suvli eritmasi 37,8 mg,
bu 18,9 mg benzalkoniy xloridiga mos keladi
Yordamchi moddalar:
dimetikon 1000 1042,2 mg
kolloid kremniy dioksidi 90,0 mg
giproloza 105,0 mg
Makrogol-7-glitserilkokoati 150,0 mg
makrogol 400 75,0 mg
Qobiqning tarkibi:
jelatin 385,25 mg
glitserol 189,75 mg
Chiqarilish shakli
Qin kapsulalari 18,9 mg.
6 kapsuladan PVX/alyumin blisterda.
1 yoki 2 blister qo’llash bo’yicha yo’riqnomasi bilan birga karton qutida.
Farmateks preparatini qo’llash homiladorlikni paydo bo’lish xavfini kamaytiradi, lekin butunlay bartaraf etmaydi.
Qinning normal mikroflorasiga (shu jumladan, Doderlyayn tayoqchasiga) ta’sir qilmaydi.
Farmateks xayz davri, libido va ayollar fertil davriga ta’sir ko’rsatmaydi.
In vitro Neisseria gonorrhoeae, Chlamydia spp., Trichomonas vaginalis., Herpes simplex 2 turi, Staphylococcus aureus nisbatan faol. Mycoplasma spp. ga ta’sir ko’rsatmaydi va Gardnella vaginalis, Candida albicans, Haemophilus ducreyi va Treponema pallidum ga kuchsiz ta’sir qiladi.
Ular paydo bo’lgan hollarda Farmateksni qo’llash to’xtatilsin.
Agar yo’riqnomada ko’rsatilgan nojo’ya samaralar og’irlashsa, yoki Siz yo’riqnomada ko’rsatilmagan har qanday boshqa nojo’ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.
Jinsiy aloqadan 2 soat oldin va keyin jinsiy a’zolarni tozalash uchun sovundan foydalanish ta’qiqlanadi, chunki sovun Farmateksning ta’sir qiluvchi moddasini parchalaydi.
Jinsiy aloqadan keyin tashqi jinsiy a’zolarni faqat toza suv bilan tozalash mumkin. Jinsiy aloqadan 2 soatdan keyin qinni tozalash mumkin.
Qinga yuborilgan Farmateksning kontratseptiv ta’sirini pasayishi xavfi sababli, vanna qabul qilish, dengizda, basseynda va suv xavzalarida cho’milish mumkin emas.
Qin kasalliklarini davolashda qin dori vositalari bilan davolash to’xtamagunigacha Farmateksni qo’llashni vaqtincha to’xtatish kerak.
Bu kontratsepsiya usuli jinsiy aloqa yo’li bilan o’tadigan yoki Odam immun tanqisligi virusi sabab bo’lgan infeksiyalardan himoya qilmaydi. Ushbu kasallliklardan faqat to’siqli kontratseptiv usuli –prezervativ mavjud.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga preparatning salbiy ta’siri to’g’risida ma’lumotlar yo’q.
-peroral kontratseptivlar va bachadon ichki kontratsepsiyasini qo’llash mumkin bo’lmaganda;
— tug’ruqdan keyingi davrda, laktatsiya davrida, homiladorlikni to’xtatishda,
— menopauzada;
-muntazam bo’lmagan jinsiy aloqalarda;
-qin diafragmasi yoki bachadon ichi spirali qo’llanganida qo’shimcha mahalliy kontratsepsiya sifatida qo’llaniladi, ayniqsa, YAQNDV (Yallig’lanishga qarshi nosteroid dori vositalari) kabi preparatlarini uzoq muddat qo`llanilishida.
-doimiy qo’llaniladigan peroral kontratseptivlarni qabul qilishni o’tkazib yuborish yoki kechikishda qo’shimcha usul sifatida.
Bu holatda xayz davrigacha bo’lgan kun davomida ikki turdagi kontratsepsiyani qo’llash tavsiya etiladi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati o’tgach qo’llanilmasin.
Kapsula ichidagisi – oqdan sarg’ish tusli oq rangligacha bo’lgan emulsiya.
Kapsula ichidagisi biroz qavatlarga ajralishi mumkin.
Chalqancha yotgan holda, kapsulani jinsiy aloqadan 10 minut oldin qinga chuqur yuboriladi. Ta’sir davomiyligi – 4 soat. Har bir takroriy jinsiy aloqadan oldin albatta yangi kapsulani yuborish kerak.
Onaning sutiga kirib borishi juda kam miqdorda ma’lum salbiy ta’sirlar ko’rsatmasdan amalga oshirilishi mumkin. Preparatni laktatsiya davrida qo’llash mumkin.