65 000 s`om dan
Dorixonalardan izlash68 500 s`om dan
Bron qilish1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
Faol modda:
Miristalkoniy xloridi ……………………. 20,0 mg
YOrdamchi moddalar:
natriy gidrokarbonati …………………….110,0 mg
limon kislotasi ………………………………..96,0 mg
kolloid kremniy dioksid …………………..12,0 mg
mikrokristall sellyuloza …………………172,0 mg
magniy stearati …………………………………….5,3 mg
laktoza monogidrati ………………………….363,0 mg
makrogol 6000 ……………………………………..20,7 mg
Chiqarilish shakli
Qin tabletkalari 20,0 mg
12 tabletkadan silikagelli polietilen tiqin bilan berkitilgan polipropilen tubada. 1 tuba qo’llash bo’yicha yo’riqnomasi bilan birga karton qutida.
Farmateksni qo’llash homilador bo’lish xavfini ahamiyatli darajada kamaytiradi, ammo uni to’liq bartaraf qilmaydi.
In vitro sharoitida Neisseria gonorrhoeae, Chlamydia spp., Trichomonas vaginalis, Herpes simplex 2 tipi, Staphylococcus aureus ga nisbatan faol. Mycoplasma spp. ga ta’sir qilmaydi va Gardnerella vaginalis, Candida albicans, Haemophilus ducreyi va Treponema pallidum ga sust ta’sir qiladi.
Qinning normal mikroflorasiga (shu jumladan Doderlyayn tayoqchasiga) va hayz ko’rish sikliga ta’sir qilmaydi.
Ular paydo bo’lgan hollarda Farmateks preparatini qo’llashni to’xtatish kerak.
Agar yo’riqnomada keltirilgan nojo’ya samaralardan birontasi chuqurlashsa yoki Siz yo’riqnomada ko’rsatilmagan har qanday boshqa nojo’ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga preparatning salbiy ta’siri to’g’risida ma’lumotlar yo’q.
Qin diafragmasini yoki bachadon ichki kontratsepsiya ishlatilganida qo’shimcha mahalliy kontratsepsiya sifatida qo’llanadi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati o’tgach qo’llanilmasin
To’liq erishi uchun suv bilan xo’llangan tabletka yotgan holatda qinga chuqur qilib, jinsiy aloqadan 10 minut oldin yuboriladi. Ta’sir davomiyligi – 3 soatni tashkil etadi. Har bir qayta jinsiy aloqadan oldin albatta yangi tabletkani yuborish kerak.
Miristalkoniy xloridi kontratsepsiyasi fonida homiladorlik aniqlansa, homiladorlikni kechishiga ta’siri aniqlanmagan. Ko’krak suti bilan chiqarilmaydi, emizish davrida qo’llash mumkin.