×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GELMINTOKS 0,25 tabletkalari N3

Kategoriya:
- Antiparazitik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Frantsiya
Faol modda:
Пирантел
Qadoqda soni:
- 3
Ishlab chiqaruvchi:
- Иннотера Шузи
ATX kodi:
- P02CC01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

23 500 s`om dan
GELMADOL tabletkalari 200mg N2 World Medicine, Англия произведено: E.I.P.I.Co. Misr
23 500 s`om dan
DEKARIS tabletkalari 50mg N2 Gedeon Richter PLC Vengriya
14 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
GELMINTOKS 0,25 tabletkalari N3 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

GELMINTOKS

HELMINTOX

Preparatning savdo nomi:  Gelmintoks

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): pirantel (pyrantel)

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 125 mg va 250 mg

1 tabletkaning tarkibi                                                  125 mg                        250 mg

Faol modda:

Pirantel embonati                                                            360,5 mg                     721,0 mg

(pirantelga qayta hisoblanganda)                                               (125,0 mg)                   (250,0 mg)

Yordamchi moddalar:

O‘ta jelatinlangan makkajo‘xori kraxmali                   19,95 mg                     39,9 mg

Povidon                                                                               15,75 mg                     31,5 mg

Natriy kroskaramellozasi                                               16,8 mg                       33,6 mg

Magniy stearati                                                                 7,00 mg                       14,0 mg

Plyonka qobiqning tarkibi:

SepifilmTM 002 (gipromelloza,                                      12,5 mg                       25,0 mg

mikrokristall sellyuloza,

makrogol 8 stearati, I turi)

SepispersTM AR3065 sariq (propilenglikol,             8,3 mg                         16,6 mg

titan dioksidi (Ye 171), sariq “shafaq”

bo‘yovchisi (Ye 110)

suvsiz substansiyasiga qayta hisoblanganda                  7,5 mg                         15,0 mg

Ta‘rifi: uzunchoq, sarg‘ish-to‘q sariq rangli, bir tomonida riskali plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Ko‘ndalang kesimida limon-sariq rangli yadrosi mavjud.

Farmakoterapevtik guruhi: antigelmint vosita.

ATX kodi: R02SS01

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Gelmintlarga (gijjalarga) qarshi preparat, unga sezgir bo‘lgan gelmintlarda nerv-mushak blokadasini chaqiradi va shikastlangan gijjalarni preparat ta‘sirida qo‘zg‘alishsiz va migrasiyasini rag‘batlantirmasdan, ularni ichakdan haydab chiqarilishini ta‘minlaydi. Ichak bo‘shlig‘ida preparatga sezgir bo‘lgan yetilgan va yetilmagan ikkala jinsga mansub gelmintlarga qarshi faol. Ostrisalar (Enterobius vermicularis), askaridalar (Ascaris lumbricoides), ankilostomalar (Ankylostoma duodenale va Necator americanus) chaqirgan invaziyalarda yuqori samarali.

Farmakokinetikasi

Me‘da-ichak yo‘llaridan deyarli so‘rilmaydi. Tana vazniga 12,5 mg/kg bo‘lgan bir martalik dozani qabul qilingandan keyin qon plazmasida pirantelning konsentrasiyasi 1-3 soat davomida 0,05-0,13 mkg/ml ni tashkil qiladi. Jigarda N-metil-1,3-propadiamingacha qisman metabolizmga uchraydi. Ichak orqali chiqarilishi – taxminan 90% o‘zgarmagan holda, 7% – buyraklar orqali o‘zgarmagan holda yoki metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Askaridoz, enterobioz (ostrisalarni yuqishi), ankilostomidozda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga qabul qilish uchun buyuriladi.

Tabletkalar kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalar uchun mo‘ljallangan.

Gelmintoksni sutkaning har qanday vaqtida, oldindan surgi vositalarni qabul qilmasdan qo‘llash mumkin, nahorga qabul qilish shart emas.

Ostrisalar va askaridalar:

Enterobioz va askaridozni davolash uchun preparatni bir marta tavsiya qilingan dozada buyuriladi:

Odatdagi dozalash – tana vazniga 12,5 mg/kg bir marta, ya‘ni:

6 yoshdan oshgan bolalar: 10 kg tana vazniga 125 mg li 1 tabletka, bir marta;

tana vazni 75 kg dan kam bo‘lgan kattalarga: 250 mg dan 3 tabletka, bir marta;

tana vazni 75 kg dan ortiq bo‘lgan kattalarga: 250 mg dan 4 tabletka, bir marta buyuriladi;

Qayta yuqishini oldini olish uchun, preparat qabul qilishni 3 xaftadan keyin takrorlash tavsiya qilinadi.

Ankilostomalar:

Endemik hududida, Necator americanus ni yuqishi hollarida yoki Ankylostoma duodenale ni og‘ir darajali yuqishi hollarida dozalash ikki-uch kun davomida kuniga 25 mg/kg ni (bir yoki ikki qabulga) tashkil qiladi, ya‘ni:

– bolalarga: 10 kg tana vazniga 250 mg har kuni;

tana vazni 75 kg dan kam bo‘lgan kattalarga: kuniga 1,5 g;

– tana vazni 75 kg dan ortiq bo‘lgan kattalarga: kuniga 2 g buyuriladi.

Endemiya hududidan tashqarida Ankylostoma duodenale ni yuqishi hollarida bir marta qabul qilishga 12,5 mg/kg dozada buyuriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, diareya va ishtahani yo‘qolishi (ko‘pincha bu simptomlar gijjalarni nobud bo‘lishi bilan bog‘liq) kam qayd qilinadi;

Allergik reaksiyalar: qichishish, eshakemi, ekzantema.

“Jigar” transaminazalarining faolligini biroz qisqa muddatli oshishi;

Bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, charchoqlik hissi, uyquchanlik yoki uyqusizlik, eshitishni buzilishi, gallyusinasiyalar, ongni xiralashishi, parasteziyalar, gipertermiya.

Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralarning birontasi og‘irlashsa, yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Pirantel va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik; miasteniya; jigar yetishmovchiligi; emizish davri.

6 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Levamizol, piperazinni bir vaqtda buyurish tavsiya qilinmaydi.

Plazmada teofillinning konsentrasiyasini oshiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Gelmintoksni buyurishda maxsus tayyorgarlik va parhez talab qilinmaydi. Jigar kasalliklari mavjud bo‘lgan hollarda shifokorni ogohlantirish kerak.

Har qanday boshqa gelmintlarga qarshi preparatlar kabi, Gelmintoksni buyurishdan oldin xonani sinchkovlik bilan tozalash, bolalar o‘yinchoqlarini yuvish, uyqudan oldin va uyqudan keyin dush qabul qilish va ichki kiyimlarni almashtirishni yodda tutish kerak. Davolash kunlari va preparatni qabul qilgandan keyin bir necha kun davomida choyshablarni issiq dazmol bilan dazmollash maqsadga muvofiqdir.

Qayta yuqishdan saqlanish maqsadida gigiena qoidalariga qat‘iy rioya qilish kerak: qo‘llarni yuvish, tirnoqlarni olish va tozalash, chov sohasi qichishiga yo‘l qo‘ymaslik, choyshab va ichki kiyimlarni har kuni almashtirish kerak. Bir vaqtda oilaning hamma a‘zolarini davolash tavsiya qilinadi. Kasallikni yuqishi ko‘pincha hech qanday simptomlar bilan namoyon bo‘lmasligi mumkin.

Davolash tugatilganidan keyin ahlatni gelmint tuxumlarini borligini tekshirish yuzasidan nazorat tekshirishlarini o‘tkazish kerak.

Homiladorlik va emizish

Homiladorlik vaqtida agar ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Preparatni ona sutiga kirishi haqida ma‘lumotlar yo‘q, shuning uchun emizish davrida preparatni buyurish zarurati bo‘lsa, emizishni to‘xtatish kerak.

Transport vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Preparatni transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga salbiy ta‘siri haqida ma‘lumotlar yo‘q.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Hatto dozani yaqqol oshirib yuborilishi ham jiddiy intoksikasiyani chaqirmaydi. Spesifik antidoti yo‘q. Me‘dani yuvish va shifokorga murojaat qilish tavsiya qilinadi.

 

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

250 mg dan 3 tabletkalar yoki 125 mg dan 6 tabletka PVX/alyumin folga blisterda.

Bir blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GELMINTOKS 0,25 tabletkalari N3 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GELMINTOKS 0,25 tabletkalari N3 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
GELMINTOKS 0,25 tabletkalari N3 dori vositasi Иннотера Шузи tomonidan Frantsiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
GELMINTOKS 0,25 tabletkalari N3 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GELMINTOKS 0,25 tabletkalari N3 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
PIRANTEL tabletkalari 250mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Пирантел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 55 000 so'mdan Batafsil
GELMINTOKS suspenziya dlya priema vnutr 15ml 125mg/2,5ml
Narh: 43 500 so'mdan Batafsil
GELMINTOKS suspenziya 15ml 125mg/2,5ml
Narh: 43 500 so'mdan Batafsil
GELMINTOKS 0,125 tabletkalari N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Пирантел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Иннотера Шузи
Ishlab chiqaruvchining dorilari
FARMATEKS vaginal kapsulalar 18,9mg N6
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
GELMINTOKS suspenziya dlya priema vnutr 15ml 125mg/2,5ml
Narh: 43 500 so'mdan Batafsil
GELMINTOKS 0,125 tabletkalari N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Пирантел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Иннотера Шузи
FARMATEKS suppozitorii 18,9mg N10
Narh: 90 000 so'mdan Batafsil
FARMATEKS tabletkalari 20mg N12
Narh: 68 000 so'mdan Batafsil
ATRIKAN 250 250mg
Другие формы препарата
GELMINTOKS suspenziya dlya priema vnutr 15ml 125mg/2,5ml
GELMINTOKS suspenziya 15ml 125mg/2,5ml
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9