×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Flaffi kids siropi 120ml N1

Kategoriya:
- Dori vositalari
Faol modda:
витамин B12, витамин B6, витамин C, Омега-3, витамин А, Витамин Е
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- ООО"Group Asia Pharm"
Vakil:
- Asia Pharm Consulting
Noaniqliq haqida habar berish
Biologik aktiv qo'shimcha (BAQ). Ushbu mahsulot dori vositasi emas.
Toshkentning 14 ta dorixonasida topildi

ico 105 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 109 900 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

Akvalor baby tomchilar 15ml Нижфарм-Stada CIS Rossiya Federatsiyasi
40 000 s`om dan
SURFIKOL sirop 120ml Qarshi Industries (Pvt) Ltd Pokiston
26 000 s`om dan
ALFAVIT V SEZON PROSTUD DLYA DETEY tabletkalari 0,82g N60 ООО ВНЕШТОРГ ФАРМА, Россия Rossiya
28 600 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
120 ml sirop.

1 flakon qo'llanishga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.

Maxsulotda bola organizmiga zarur bo'lgan, to'yinmagan yog'li kislotalar va vitaminlar mavjud.

Omega-3 –to'yinmagan yog'li kislotalar guruhi bo'lib, organizmda ishlab chiqarilmaydi, ular tashqaridan etarli miqdorda ta'minlanishi kerak va etarli bo'lmasa turli xil biokimyoviy va fiziologik buzilishlar yuzaga kelishi mumkin.

Bosh miya va nerv tizimlarini normal ishlashi uchun zarur bo'lgan eykozapentanik va dokozageksaenik kislotalarining optimal miqdorini o'z ichiga oladi, bu intensiv o'sish va bilim olish bilan bog'liq stress davrida muxim. Omega – 3 kislotalari vizual analizatorning rivojlanishi va ishlashida muhim rol o'ynaydi.

Xotira va o'qish qobiliyatini yaxshilanishiga yordam beradi va intelektual stresSning kuchayishi, toliqish, depressiyaga tushmaslikni oldini oladi.

Barqarorlashtirilgan kislorod- xavfsiz, toksik bo'lmagan kislorod elektrolitlarini barqaror kontsentrati, organizmga singishi uchun biologik molekulyar shaklda. Barqarorlashtirilgan kislorod xujayralarning kislorodga bo'lgan tanqisligini yo'qotadi, gipoksiya simptomini engillashtiradi, organizmni energiya bilan ta'minlaydi, fiziologik jarayonni , modda almashinuvini yaxshilaydi.

Vitamin E – yog'da eruvchi vitamin, gem va oqsillar sintezida qatnashadi, xujayralar Proliferasiyasida va xujayralar metabolizmida asosiy jarayonlarda ishtirok etadi.

To'qimalarni kislorodga to'yinishini yaxshilaydi. Tomirlar tonusi va o'tkazuvchanliga ta'sir ko'rsatadi. Yangi kapillyarlar paydo bo'lishini tezlashtiradi. Vitamin E T – xujayrasi va gumoral immunitetni kuchayishini rag'batlantiradi. Normal reproduktiv jarayon uchun muxim: urug'lanish, homilani rivojlanishi, jinsiy a'zolarni shakllanishi va funktsiyasi. Uning tanqisligida gipotoniya va mushaklar, miokarD distrofiyasi, kapilyarlarni o'tkazuvchanligi va sinuvchanligi, fotoreseptorlar degenerasiyasi, ko'rish qobiliyatini buzilishlari kelib chiqadi. Erkaklarda jinsiy a'zolar funktsiyasini pasayishi, ayollarda xayz tsiklini buzilishi va bola tashlashga moyillik rivojlanadi. Vitamin E etishmasligi yangi tug'ilgan chaqaloqlarda gemolitik sariqlikni rivojlantiradi.

Vitamin S – nospesefik bo'lmagan immunitet reaktsiyasini oshirishda yordam beradi, erkin radikal birikmalarning to'qimalarga kiruvchi ta'sirini kamaytiradi, qon tomir devorining holatini yaxshilaydi, uglevod va mineral almashinuvini muvozanatga keltiradi.

Vitamin D3 – kaltsiy va fosfor almashinuvini boshqaradi. Ichakda kaltsiyning so'rilishi va buyrak kanalchalarida fosforning reabsorbtsiyalarini (so'rilish) kuchaytiradi.

Bolalarda skelet suyagi va tishlarni shakllantirishda, va ularni tuzilishini saqlashda yordam beradi. Paraqalqonsimon bezlarinig funktsiyasini normal ishlashi uchun zarur. Limfokinlar va ATF ning sintezi jarayonida ishtirok etadi.

Vitamin V12 – arterial qon bosimni bir maromda tutib turadi, nerv to'qimalarining tuzilishini tiklaydi, reproduktiv funktsiyani yaxshilaydi, ishtaxani yaxshilayDi. Xar xil aminokislatalar sintezida ishtirok etadi, jigar funktsiyasiga, nerv sistemasiga yaxshi ta'sir ko'rsatadi, qon ivishi, uglevodlar va lipidlar almashinuvi jarayonlarini faollashtiradi. Vitamin V12 jigarda to'planadi. Vitamin V12 etishmovchiligi xavfli anemiyani chaqiradi va nerv tizimida degenerativ o'zgarishlarga olib keladi.

Vitamin V6 aqliy va jismoniy mexnatga layoqatni oshiradi, qonda glyukoza darajasini boshqaradi, qalqonsimon bez, buyrak ustki bezi va jinsiy a'zolar bezi, miya to'qimasidagi modda almashinuvini yaxshilaydi, nerv tizimini mustaxkamlaydi, antidepressant xisoblanadi. Markaziy va periferik nerv tizimi kasalliklariga yaxshi ta'sir ko'rsatadi. PiridoKsin etishmovchiligi anemiya, dermatit va tirishishni chaqiradi.

Vitamin A – glyukoproteinlar sintezi jarayonida muhim bo'lib, barer to'qimalar tarkibiga kiradi. Nafas, siydik ajratish va ovqat hazm qilish tizimlarining shilliq qavati, shu jumladan ko'z qobig'ining shilliq qavati funktsiyasini maromida tutib turadi. Vizual analizatorning ishlashi uchun zarur bo'lgan A vitamini, kompьyuterda ishlaydigan, ko'p o'qiydigan yoki ko'rish a'zosining bosimi bo'lgan boshqa ishlarni bajaradigan odamlarga tavsiya etish mumkin.

FAOL komponentlar:

Omega – 3- 100 mg

Vitamin S (askorbin kislotasi) -20 mg

Vitamin E (tokoferol atsetat) -3 mg

Barqarorlashtirilgan kislorod (O2) – 1,7 mg

Vitamin V6 (piridoksin)- 0,3 mg

Vitamin A (retinol) -160 mkg

Vitamin D3(xolekaltsiferol) - 2,5 mkg

Vitamin V12 (tsianokobaLamin) -0,7 mkg

Yordamchi moddalar: saxaroza, limon kislota monogidrati, sukraloza, to'q sariq bo'yovchi, xushbo'y ta'm beruvchi modda.

Preparatning tarkibiy komponentlariga individual sezuvchanlikni oshishi mumkin bo'lgan reaktsiyalar.
Biologik faol qo'shimcha sifatida asosiy davolash fonida quyidagi xolatlarda:

-organizmni kislorod bilan ta'minlash;

- ishtaxani yaxshilash;

- immunitetni ko'tarish;

- aqliy va jismoniy qobiliyatni oshirishda;

- raxitni oldini olishda va kompleks davolashda;

- vitaminlar tanqisligini oldini olishda va tiklashda.

Komponentlarga yuqori sezuvchanlik.

 

Ogoxlantirish

Homilador ayollarda va laktasiya davrida qo'llash bo'yicha etarli ma'lumotlar yo'qligi tufayli qo'llashdan avval albatta shifokor bilan maslaxatlashing.

Tavsiya qilingan sutkalik dozani oshirmang.

Cho'kma mavjudligi tabiiy ingredientlardan foydalanishning natijasidir va mahsulot sifatiga ta'sir qilmaydi.

Biologik faol qo'shimcha. Dori vositasi emas!

Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda, 25o С dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.

Ichga qabul qilinadi.

Bolalarga: 1 dan 3 yoshgacha 2,5 ml dan kuniga 2 mahal;

3 dan 7 yoshgacha 5 ml dan kuniga 2 mahal;

7 dan 14 yoshgacha 10 ml dan kuniga 2 mahal;

Kattalarga: 1 osh qoshiqdan kuniga 2 mahal.

Qo'llashdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashing.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Flaffi kids siropi 120ml N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Flaffi kids siropi 120ml N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Flaffi kids siropi 120ml N1 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9