×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GATISPAN 400 tabletkalari 400mg N50

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Qadoqda soni:
- 50
Ishlab chiqaruvchi:
- Cоncept Pharmaceuticals Limited, Индия произведено: Lupin Limited
ATX kodi:
- J01MB
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SIPROFLOKSASIN infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml Синтез, ОАО Rossiya Federatsiyasi
9 000 s`om dan
ORNIMED tabletkalari 500mg N20 Рубикон, ООО Belarusiya
103 000 s`om dan
LEVOFLOKSASIN eritma 100ml N1 Белмедпрепараты РУП Belarusiya Respublikasi
BAKSIM poroshok 1g N1 Nabiqasim Industries (Private) Limited, Пакистан произведено: Surge Laboratories (Pvt.) Ltd Pokiston
28 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
GATISPAN 400 tabletkalari 400mg N50 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

GATISPAN

GATISPAN

 

Preparatning savdo nomi: Gatispan

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Gatifloksasin

Chiqarilish shakli: Qobiq bilan qoplangan tabletkalar. PVX/alyumin folgali blisterda 5 tadan tabletka. 1, 2, 3, 4, 5 yoki 10 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Tarkibi

Parda qobiq bilan qoplangan bir tabletka saqlaydi:

200 mg yoki 400 mg gatifloksasinga ekvivalent gemigidrat ko‘rinishidagi gatifloksasin

Ta‘rifi: Oqdan deyarli oq rangligacha bo‘lgan, tomchi shaklidagi ikki tomoni qabariq, parda qobiq bilan qoplangan, ikkala tomoni silliq tabletkalar. Sindirilgandagi rangi – deyarli oqdan to sariqsimongacha.

Farmakoterapevtik guruhi: Antibiotik (ftorxinolonlar guruxi).

 

Farmakologik xususiyatlari

Gatifloksasinning bakterisid ta‘siri dezoksiribonuklein kislotasining girazasini na topoizomeraza IV ni susaytirishi bilan bog‘liq. Gatifloksasin ko‘pchilik grammusbat, grammanfiy, atipik mikroorganizmlarga va ba‘zi anaeroblarga nisbatan yuqori faollik namoyon qiladi.

Aerob grammusbat mikroorganizmlar: Staphylococcus aureus (faqat metisillinga ta‘sirchanlari), Staphylococcus saprophyticus, Streptococcus pneumoniae (penisillin ta‘siriga chidamlilari ham), Streptococcus pyogenes. Aerob gram-maniy mikroorganizmlar; Escherichia coli, Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, Klebsiella pneumoniae, Moraxella catarrhalis, Neisseria gonorrhoeae, Proteus mirabilis, Acinetobacter lwoffii, Citrobacter koseri, Citrobactcr freundii. Enterobacter aerogenes, Enterobacter cloacae, Klebsielia oxytoca, Morganclla morganii, Proteus vulgaris, Salmonella sp., Shigella sp. Boshqa mikroorganizmlar: Chlamydia pneumoniae, Legionella pneumophila, Mycoplasma pneumoniae. Anaerob mikroorganizmlar: Bacteroides sp., Clostridium sp., Prevotella sp, Peptostreptococcus sp, Peptococcus.

Farmakokinetikasi

Gatifloksasin og‘iz orqali qabul qilinganida me‘da-ichak yo‘llarida yaxshi so‘riladi. So‘rilishi ovqat qabul qilishga bog‘liq emas. Gatifloksasinning biokiraolishi 96% ni tashkil qiladi. Og‘iz orqali qabul qilinganidan keyin odatda 1-2 soat o‘tgach qon plazmasida 4,21 mg/l maksimal konsentrasiyaga erishiladi.

Gatifloksasin ko‘pchilik to‘qimalar va suyukliklarga, alveolyar makrofagalar, o‘pka to‘qimasi, jinsiy a‘zolar, so‘lak va boshqa a‘zolarga oson o‘tadi. Gatifloksasin cheklangan metabolizmga uchraydi, dozaning 1% kamrog‘i organizmdan siydik bilan etilendiamin va metiletilendiamin metabolitlari shaklida chiqariladi. Gatifloksasin asosan o‘zgarmagan holda buyraklar orqali chikariladi. Siydikda qabul qilingan dozaning 70% ko‘prog‘i aniqlanadi. 5% organizmdan axlat bilan chiqariladi. Gatifloksasinning yarimchiqarilish davri 7 soatdan 14 soatgachani tashkil qiladi.

Qo‘llanilishi

–  surunkali bronxitning zo‘rayishi;

–  o‘tkir sinusit;

–  shifoxonadan tashkari pnevmoniya;

–  siydik chiqarish yo‘llarining asoratsiz infeksion kasalliklari;

–  siydik chikarish yo‘llarining asoratli infeksion kasalliklari;

–  pielonefrit;

–  asoratsiz uretral va servikal gonoreya;

–  asoratsiz ichakning o‘tkir yuqumli kasalliklarida.

Qo‘llash usuli va dozalari

Gatifloksasin ichga quyidagi dozalarda buyuriladi:

–  surunkali bronxitning zo‘rayishi – sutkada 400 mg, 7-9 kun;

–  o‘tkir sinusit – sutkada 400 mg. 10 kun;

–  pnevmoniya – sutkada 400 mg, 7-14 kun;

–  asoratsiz siydik chiqarish yo‘llarining yuqumli kasalliklarida – sutkada 200 mg, bir marta yoki 3 kun davomida;

–  asoratli siydik chiqarish yo‘llarining yuqumli kasalliklarida – sutkada 400 mg 7-10 kun;

–  o‘tkir pielonefrit – sutkada 400 mg 7-10 kun;

–  asoratsiz uretral, servikal yoki rektal gonoreya – sutkada 400′ mg, bir marta.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

– gatifloksasin va ftorxinolon guruhi boshqa dori preparatlariga yuqori sezuvchanlik;

–  18 yoshgacha bo‘lganlar;

–  homiladorlik, emizish davri.

Nojo‘ya ta‘siri

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, anoreksiya, diareya, meteorizm, gastrit, gingivit, me‘da-ichakdan qon ketishlar.

Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, migren, uyqusizlik va uyquning boshqa buzilishlari, ajitasiya, xavotirlanish, depressiya.

Yurak-tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, bradikardiya, arterial gipertenziya.

Suyak-mushak tizimi tomonidan: pay uzilishlari xavfining oshishi, artritlar, suyaklarda og‘riq.

Nafas a‘zolari tomonidan: bronxospazm, giperventilyasiya.

Allergik reaksiyalar: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining va tilning shishi, yuz shishi, tarqalgan shish, vezikulobullez toshma, makulo-papullez toshma..

Boshqalar: quloqlarda og‘riq, chanqoqlik, ko‘krakda og‘riq, isitmalash, vaginit, gematuriya, metrorragiya, gipoglikemiya.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Gatifloksasinni temir geptagidratsulfati, hamda rux, magniy yoki temir saqlovchi yoki tarkibida alyuminiy yoki magniy bo‘lgan antasidlar bilan birga qabul kilish mumkin emas.

Gatifloksasin digoksin bilan birga qo‘llanilganida oxirgisining qon zardobidagi konsentrasiyasi 12% gacha oshadi.

Nosteroid  yallig‘lanishga qarshi vositalar bilan birga qabul qilinganida

markaziy nerv tizimiga ta‘siri va tirishishlar paydo bo‘lishining xavfi oshadi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Buyraklar faoliyati buzilganida gatifloksasin kuyidagi dozalarda

buyuriladi:

– kreatinin klirensi  >40 ml/min boshlang‘ich doza 400 mg ni tashkil qiladi, keyingi dozasi 2-chi kundan boshlab; har kuni 400 mg tashkil qiladi.

–  kreatinin klirensi <40 ml/min, boshlang‘ich doza 400 mg ni tashkil qiladi, keyingi doza 2-chi kundan boshlab har kuni 200 mg ni tashkil qiladi;

– gemodializda boshlang‘ich doza 400 mg ni tashkil qiladi, keyingi doza 2-chi kundan boshlab har kuni 200 mg ni tashkil qiladi;

– uzluksiz peritoneal gemodializda boshlang‘ich doza 400 mg ni tashkil qiladi, keyingi doza 2-chi kundan har kuni 200 mg tashkil qiladi.

Gemodializdagi bemorlarga gatifloksasin dializdan keyin buyuriladi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozaning oshirib yuborilishi

Simptomlari: nojo‘ya ta‘sirining kuchayishi.

Davosi: simptomatik davolash.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25 S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GATISPAN 400 tabletkalari 400mg N50 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GATISPAN 400 tabletkalari 400mg N50 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
GATISPAN 400 tabletkalari 400mg N50 dori vositasi Cоncept Pharmaceuticals Limited, Индия произведено: Lupin Limited tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
GATISPAN 400 tabletkalari 400mg N50 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GATISPAN 400 tabletkalari 400mg N50 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
DOKSSEF poroshok 100ml 40mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: sefpodoksim ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Cоncept Pharmaceuticals Limited, Индия произведено: Lupin Limited
SEFAKSON poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Seftriakson ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Cоncept Pharmaceuticals Limited, Индия произведено: Lupin Limited
DOKSSEF poroshok 50ml 40mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: sefpodoksim ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Cоncept Pharmaceuticals Limited, Индия произведено: Lupin Limited
TIZIM poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Seftazidim ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Cоncept Pharmaceuticals Limited, Индия произведено: Lupin Limited
RIFABUTIN kapsulalar 150mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: rifabutin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Cоncept Pharmaceuticals Limited, Индия произведено: Lupin Limited
RIBAVIN kapsulalar 200mg N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ribavirin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Cоncept Pharmaceuticals Limited, Индия произведено: Lupin Limited
MOKSISPAN 400 tabletkalari 400mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Cоncept Pharmaceuticals Limited, Индия произведено: Lupin Limited
MOKSISPAN 400 tabletkalari 400mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Cоncept Pharmaceuticals Limited, Индия произведено: Lupin Limited
GATISPAN 400 tabletkalari 400mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Cоncept Pharmaceuticals Limited, Индия произведено: Lupin Limited
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9