QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
DOKSSEF
DOXCEF
(Sefpodoksim proksetil AQSH F. suspenziya/ichga qabul qilish uchun tabletkalar)
Preparatning savdo nomi: Dokssef
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): sefpodoksim proksetil
Dori shakli: ichga qabul qilish uchun tabletkalar; suspenziya.
Tarkibi:
Dokssef 100 va Dokssef 200
Bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 100 mg yoki 200 mg sefpodoksimga ekvivalent bo‘lgan sefpodoksim proksetili AQSH F.;
yordamchi moddalar: kalsiy karmallozi, laktoza monogidrati, gidroksipropilsellyuloza, natriy laurilsulfati, magniy stearati, oq opadray 03A28718#, tozalangan suv.
Dokssef 50 va Dokssef 100
Har 5 ml tayyorlangan suspenziya quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 50 mg yoki 100 mg sefpodoksimga ekvivalent bo‘lgan sefpodoksim proksetili AQSH F.
yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, natriy karboksimetilsellyuloza, kremniy, kolloid suvsiz kraxmal, gidroksipropilsellyuloza, natriy benzoati, suvsiz limon kislotasi, aspartam, quruq sun‘iy banan tamli to‘ldiruvchi, temir (II) oksidi bo‘yovchisi, saxaroza.
Farmakoterapevtik guruhi: antibiotik (sefalosporinlar guruhi).
ATX kodi: J01DA33
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Dokssef – bu sefpodoksim proksetil bo‘lib, u sefpodoksimning faol metabolitining old preparati hisoblanadi. Sefpodoksim – bu sefalosporinlar guruhining uchinchi avlodiga mansub keng ta‘sir doirali yarim sintetik antibiotikdir.
Sefpodoksim mikroorganizmlarning xujayra devori sintezini susaytirib, keng bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi. In vitro sharoitdagi tekshiruvlar grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarning sefpodoksimga sezgirligini ko‘rsatgan. Sefpodoksim penisillinga chidamli beta-laktamaza enzimini ishlab chiqaradigan mikroorganizmlar borligida barqarordir.
Antimikrob ta‘sir doirasi: sefpodoksimga chidamli grammusbat organizmlar: Staphylococcus aureus, Staphylococcus pyogenes, Staphylococcus pneumonia, metisillinga chidamli stafilokokklardan tashqari, grammanfiy aeroblar: Escherichia coli, Haemophilus influenzae, Klebsiella pneumoniae, Moraxella catarrhalis, Neisseria gonorrhoeae, Proteus mirabilis.
Grammusbat organizmlar, shu jumladan Streptococcus agalactiae, Streptococcus Species (C, F, G gurux) va grammusbat aeroblar, shu jumladan Enterobacteriae, H.parainfluenzae, K. oxytocease, P.vulgaris, Providencia rettgeri ga qarshi minimal ingibirlovchi konsentrasiyasi 2 mg/l ni tashkil qiladi. Shunday bo‘lsa ham, bu organizmlarni davolashda xavfsizligi va samaradorligini o‘rganish kerak. Sefpodoksim Enterococcus, Pseudomonas va Enterobacter larning ko‘pchilik shtammlariga qarshi samaradordir.
Farmakokinetikasi
Sefpodoksim davolash sohasida (100-400 mg) to‘g‘ri chiziqli farmakokinetikani namoyon qiladi. Ichga qabul qilinganidan so‘ng preparatning taxminan 50% tizimli so‘riladi. Ovqat qabul qilish 200 mg preparat qabul qilinganidan so‘ng AUC, och qoringa qabul qilgandagiga qaraganda 21-33% ga yuqori bo‘lgan. In vitro sharoitda sefpodoksim minimal metabolizmni namoyon qilgan. Sefpodoksimning protein bilan bog‘lanish hajmi zardobda 22-33% va plazmada 21-29% ni tashkil qiladi. Plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyasi (Smax) 200 mg bir martalik dozani qabul qilinganidan 2-3 soatdan keyin 2,1-3 mg/l ni tashkil qiladi. Keksa va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda Smax
4 mg/l ni tashkil qiladi. Sefpodoksim organizmda, shu jumladan teri qoplamlari, bodomsimon bezlar va o‘pkalarda yaxshi taqsimlanadi. Jigar sirrozi bo‘lgan pasientlarda so‘rilishi pasayadi, chiqarilishi esa o‘zgarmaydi. O‘rtacha va og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligida preparatning chiqarilishini pasayishi kuzatiladi. Sefpodoksim asosan siydik bilan chiqariladi. Siydik bilan chiqarilish davrini uzayishi preparatning dozasiga bog‘liq. Buyrak yetishmovchiligining (kreatinin klirensi <50 ml/min) o‘rtacha va og‘ir darajasida sefpodoksimni chiqarilishi pasaygan. Agar keksa pasientlarda buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lmasa, ularda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Qo‘llanilishi
Sezgir mikroorganizmlar chaqirgan quyidagi infeksiyalarda qo‘llanadi:
Qo‘llash usuli va dozalar
Tabletkalar va oral suspenziyasi ovqat payitida qabul qilinadi.
Kattalar va o‘smirlar (12 yosh va undan katta)
Infeksiya turi | Umumiy sutkalik doza | Qabul qilishlar tez-tezligi | Davolash davomiyligi |
Faringitlar va/yoki tonzillitlar | 200 mg | 100 mg har 12 soatda | 5-10 kun |
O‘tkir pnevmoniya | 400 mg | 200 mg har 12 soatda | 14 kun |
Surunkali bronxit-ni zo‘rayishi | 400 mg | 200 mg har 12 soatda | 10 kun |
Asoratlanmagan gonoreya (erkaklar va ayollar) va rektal gonokokkli infek-siyalar (ayollar) | 200 mg | Bir martalik doza | |
Teri va teri tuzilmalari | 800 mg | 400 mg har 12 soatda | 7-14 kun |
O‘tkir maksilyar sinusitlar | 400 mg | 200 mg har 12 soatda | 10 kun |
Siydik yo‘llarining asoratlanmagan infeksiyalari | 200 mg | 100 mg har 12 soatda | 7 kun |
6 oydan katta va 12 yoshgacha bolalarga tana vazniga 8-10 mg/kg ikkita alohida dozalarda qabul qilish buyuriladi.
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda (kreatinin klirensi <30 ml/min) preparatni qabul qilish oralig‘i 24 soatgacha oshirilishi kerak. Gemodializda bo‘lgan pasientlarda preparatni qabul qilish tez-tezligi gemodializdan so‘ng haftada 3 martani tashkil qilishi kerak.
Buyrak yetishmovchiligida, homiladorlikda, beta-laktam va penisillinlarga sezuvchanlikda homiladorlik ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Nojo‘ya ta‘sirlarmi
Markaziy nerv tizimi tomonidan va sezgi a‘zolari tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tirishishlar, quloqlarda shovqin, paresteziyalar;
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: diareya, ko‘ngil aynishi, qusish, qorindagi og‘riq, soxta membranoz kolit;
Allergik va immunopatologik reaksiyalar: toshma, qichishish, isitma yoki qaltirash, anafilaksiya, bronxospazm, zardob kasalligi, allergik pnevmonit, eshakemi, ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik eridermal nekroliz, angionevrotik shish, purpura;
Laboratoriya ko‘rsatkichlari tomonidan: trombositoz, gemoglobinni pasayishi, trombopeniya, leykopeniya, eozinofiliya, agranulositozning va gemolitik anemiyaning yakka hollari, neytropeniya, ayniqsa uzoq vaqt qo‘llanganda, qon plazmasida mochevina va kreatinin darajasini ahamiyatsiz oshishi, transaminazalar, ishqoriy fosfatazaning faolligini va/yoki bilirubin ko‘rsatkichlarini o‘tkinchi oshishi.
Boshqalar: kandidoz, vaginit, ko‘p terlash, yuzga qon quyilishi.
Mahalliy reaksiyalar: og‘riq, infiltrat, in‘eksiya joyida sezuvchanlik, v/i yuborilgandan keyin tromboflebit.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Sefpodoksim yoki sefalosporin qatori antibiotiklariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Aminoglikozidlarni ko‘pchilik grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan o‘zaro samarasini kuchaytiradi. Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar va boshqa trombositlar agregasiyasini ingibitori qon ketishini ehtimolini oshiradi, halqali diuretiklar va nefrotoksik preparatlar buyrak faoliyatini buzilishini rivojlanish xavfini oshiradi. Probenisid bilan o‘zaro ta‘sir qilmaydi. Mikroblarga qarshi vositalar bilan farmasevtik nomutanosib.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlikda va emizish davrida, buyrak yetishmovchiligida qo‘llanganida alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri: ta‘sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saklansin va yaroqlilik muddati o‘tgandan keyin ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
Dokssef 100/200: 10 tabletka o‘ramda.
Dokssef 50/100: 50 mg 75 ml li flakonda, bir flakon o‘lchov qopqoqchasi va dozalovchi plastik shpris va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida;
100 mg flakonda, bir flakon o‘lchov qopqoqchasi va dozalovchi plastik shpris va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida;
Saqlash sharoiti
Tabletkalar:
+25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda.
Quruq kukun:
Zich yopilgan konteynerda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Tayyorlangan suspenziya:
Sovutgichda +2+8ºS haroratda, ko‘pi bilan 14 kun davomida.
Yaroqlilik muddati
Dokssef 100: 36 oy.
Dokssef 200: 24 oy.
Dokssef 50: flakon 75 ml: 24 oy.
Dokssef 100: flakon 150 ml: 24 oy.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.