×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

DOKSSEF poroshok 50ml 40mg/5ml

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
цефподоксим
Ishlab chiqaruvchi:
- Cоncept Pharmaceuticals Limited, Индия произведено: Lupin Limited
ATX kodi:
- J01DD13
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

ORLOKS tabletkalari 500mg N10 Avantika Medex Pvt. Ltd. Hindiston
LEVOFLOKSASIN eritma 100ml 0,5% Reka-Med Farm, СП ООО O'zbekiston
6 570 s`om dan
AUGMENTIN tabletkalari 375mg N20 GlaxoSmithKline Export Limited, Великобритания произведено: SmithKline Beecham Limited Buyuk Britaniya
DOKSILAN tabletkalari 100mg N10 Валеант, ООО, Россия произведено: G.L. Pharma GmbH Avstriya
41 400 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
DOKSSEF poroshok 50ml 40mg/5ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

DOKSSEF

DOXCEF

(Sefpodoksim proksetil AQSH F. suspenziya/ichga qabul qilish uchun tabletkalar)

 

Preparatning savdo nomi: Dokssef

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): sefpodoksim proksetil

Dori shakli: ichga qabul qilish uchun tabletkalar; suspenziya.

Tarkibi:

Dokssef 100 va Dokssef 200

Bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 100 mg yoki 200 mg sefpodoksimga ekvivalent bo‘lgan sefpodoksim proksetili AQSH F.;

yordamchi moddalar: kalsiy karmallozi, laktoza monogidrati, gidroksipropilsellyuloza, natriy laurilsulfati, magniy stearati, oq opadray 03A28718#, tozalangan suv.

Dokssef 50 va Dokssef 100

Har 5 ml tayyorlangan suspenziya quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 50 mg yoki 100 mg sefpodoksimga ekvivalent bo‘lgan sefpodoksim proksetili AQSH F.

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, natriy karboksimetilsellyuloza, kremniy, kolloid suvsiz kraxmal, gidroksipropilsellyuloza, natriy benzoati, suvsiz limon kislotasi, aspartam, quruq sun‘iy banan tamli to‘ldiruvchi, temir (II) oksidi bo‘yovchisi, saxaroza.

Farmakoterapevtik guruhi: antibiotik (sefalosporinlar guruhi).

ATX kodi: J01DA33

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Dokssef – bu sefpodoksim proksetil bo‘lib, u sefpodoksimning faol metabolitining old preparati hisoblanadi. Sefpodoksim – bu sefalosporinlar guruhining uchinchi avlodiga mansub keng ta‘sir doirali yarim sintetik antibiotikdir.

Sefpodoksim mikroorganizmlarning xujayra devori sintezini susaytirib, keng bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi. In vitro sharoitdagi tekshiruvlar grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarning sefpodoksimga sezgirligini ko‘rsatgan. Sefpodoksim penisillinga chidamli beta-laktamaza enzimini ishlab chiqaradigan mikroorganizmlar borligida barqarordir.

Antimikrob ta‘sir doirasi: sefpodoksimga chidamli grammusbat organizmlar: Staphylococcus aureus, Staphylococcus pyogenes, Staphylococcus pneumonia, metisillinga chidamli stafilokokklardan tashqari, grammanfiy aeroblar: Escherichia coli, Haemophilus influenzae, Klebsiella pneumoniae, Moraxella catarrhalis, Neisseria gonorrhoeae, Proteus mirabilis.

Grammusbat organizmlar, shu jumladan Streptococcus agalactiae, Streptococcus Species (C, F, G gurux) va grammusbat aeroblar, shu jumladan Enterobacteriae, H.parainfluenzae, K. oxytocease, P.vulgaris, Providencia rettgeri ga qarshi minimal ingibirlovchi konsentrasiyasi 2 mg/l ni tashkil qiladi. Shunday bo‘lsa ham, bu organizmlarni davolashda xavfsizligi va samaradorligini o‘rganish kerak. Sefpodoksim Enterococcus, Pseudomonas va Enterobacter larning ko‘pchilik shtammlariga qarshi samaradordir.

 

Farmakokinetikasi

Sefpodoksim davolash sohasida (100-400 mg) to‘g‘ri chiziqli farmakokinetikani namoyon qiladi. Ichga qabul qilinganidan so‘ng preparatning taxminan 50% tizimli so‘riladi. Ovqat qabul qilish 200 mg preparat qabul qilinganidan so‘ng AUC, och qoringa qabul qilgandagiga qaraganda 21-33% ga yuqori bo‘lgan. In vitro sharoitda sefpodoksim minimal metabolizmni namoyon qilgan. Sefpodoksimning protein bilan bog‘lanish hajmi zardobda 22-33% va plazmada 21-29% ni tashkil qiladi. Plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyasi (Smax) 200 mg bir martalik dozani qabul qilinganidan 2-3 soatdan keyin 2,1-3 mg/l ni tashkil qiladi. Keksa va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda Smax
4 mg/l ni tashkil qiladi. Sefpodoksim organizmda, shu jumladan teri qoplamlari, bodomsimon bezlar va o‘pkalarda yaxshi taqsimlanadi. Jigar sirrozi bo‘lgan pasientlarda so‘rilishi pasayadi, chiqarilishi esa o‘zgarmaydi. O‘rtacha va og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligida preparatning chiqarilishini pasayishi kuzatiladi. Sefpodoksim asosan siydik bilan chiqariladi. Siydik bilan chiqarilish davrini uzayishi preparatning dozasiga bog‘liq. Buyrak yetishmovchiligining (kreatinin klirensi <50 ml/min) o‘rtacha va og‘ir darajasida sefpodoksimni chiqarilishi pasaygan. Agar keksa pasientlarda buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lmasa, ularda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Qo‘llanilishi

Sezgir mikroorganizmlar chaqirgan quyidagi infeksiyalarda qo‘llanadi:

  • quyi nafas yo‘llarining infeksiyalari – pnevmoniya, surunkali bronxitni zo‘rayishi;
  • jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar: o‘tkir asoratlanmagan uretral yoki sevrikal gonoreya, ayollardagi o‘tkir asoratlanmagan ano-rektal infeksiyalar;
  • teri va uning tuzilmalarining infeksiyalari: teri va teri tuzilmalarining asoratlanmagan infeksiyalari;
  • yuqori nafas yo‘llarining infeksiyalari: o‘tkir otitlar, faringitlar va/yoki tonzillitlar;
  • siydik yo‘llarining infeksiyalari: siydik yo‘llarining asoratlanmagan infeksiyalari (sistitlar).

 

Qo‘llash usuli va dozalar

Tabletkalar va oral suspenziyasi ovqat payitida qabul qilinadi.

Kattalar va o‘smirlar (12 yosh va undan katta)

Infeksiya turi Umumiy sutkalik doza Qabul qilishlar tez-tezligi Davolash davomiyligi
Faringitlar va/yoki tonzillitlar 200 mg 100 mg har 12 soatda 5-10 kun
O‘tkir pnevmoniya 400 mg 200 mg har 12 soatda 14 kun
Surunkali bronxit-ni zo‘rayishi 400 mg 200 mg har 12 soatda 10 kun
Asoratlanmagan gonoreya (erkaklar va ayollar) va rektal gonokokkli infek-siyalar (ayollar) 200 mg Bir martalik doza  
Teri va teri tuzilmalari 800 mg 400 mg har 12 soatda 7-14 kun
O‘tkir maksilyar sinusitlar 400 mg 200 mg har 12 soatda 10 kun
Siydik yo‘llarining asoratlanmagan infeksiyalari 200 mg 100 mg har 12 soatda 7 kun

6 oydan katta va 12 yoshgacha bolalarga tana vazniga 8-10 mg/kg ikkita alohida dozalarda qabul qilish buyuriladi.

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda (kreatinin klirensi <30 ml/min) preparatni qabul qilish oralig‘i 24 soatgacha oshirilishi kerak. Gemodializda bo‘lgan pasientlarda preparatni qabul qilish tez-tezligi gemodializdan so‘ng haftada 3 martani tashkil qilishi kerak.

Buyrak yetishmovchiligida, homiladorlikda, beta-laktam va penisillinlarga sezuvchanlikda homiladorlik ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Nojo‘ya ta‘sirlarmi

Markaziy nerv tizimi tomonidan va sezgi a‘zolari tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tirishishlar, quloqlarda shovqin, paresteziyalar;

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: diareya, ko‘ngil aynishi, qusish, qorindagi og‘riq, soxta membranoz kolit;

Allergik va immunopatologik reaksiyalar: toshma, qichishish, isitma yoki qaltirash, anafilaksiya, bronxospazm, zardob kasalligi, allergik pnevmonit, eshakemi, ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik eridermal nekroliz, angionevrotik shish, purpura;

Laboratoriya ko‘rsatkichlari tomonidan: trombositoz, gemoglobinni pasayishi, trombopeniya, leykopeniya, eozinofiliya, agranulositozning va gemolitik anemiyaning yakka hollari, neytropeniya, ayniqsa uzoq vaqt qo‘llanganda, qon plazmasida mochevina va kreatinin darajasini ahamiyatsiz oshishi, transaminazalar, ishqoriy fosfatazaning faolligini va/yoki bilirubin ko‘rsatkichlarini o‘tkinchi oshishi.

Boshqalar: kandidoz, vaginit, ko‘p terlash, yuzga qon quyilishi.

Mahalliy reaksiyalar: og‘riq, infiltrat, in‘eksiya joyida sezuvchanlik, v/i yuborilgandan keyin tromboflebit.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Sefpodoksim yoki sefalosporin qatori antibiotiklariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Aminoglikozidlarni ko‘pchilik grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan o‘zaro samarasini kuchaytiradi. Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar va boshqa trombositlar agregasiyasini ingibitori qon ketishini ehtimolini oshiradi, halqali diuretiklar va nefrotoksik preparatlar buyrak faoliyatini buzilishini rivojlanish xavfini oshiradi. Probenisid bilan o‘zaro ta‘sir qilmaydi. Mikroblarga qarshi vositalar bilan farmasevtik nomutanosib.

Maxsus ko‘rsatmalar

Homiladorlikda va emizish davrida, buyrak yetishmovchiligida qo‘llanganida alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri: ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saklansin va yaroqlilik muddati o‘tgandan keyin ishlatilmasin.

Chiqarilish shakli

Dokssef 100/200: 10 tabletka o‘ramda.

Dokssef 50/100: 50 mg 75 ml li flakonda, bir flakon o‘lchov qopqoqchasi va dozalovchi plastik shpris va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida;

100 mg flakonda, bir flakon o‘lchov qopqoqchasi va dozalovchi plastik shpris va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida;

Saqlash sharoiti

Tabletkalar:

+25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda.

Quruq kukun:

Zich yopilgan konteynerda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Tayyorlangan suspenziya:

Sovutgichda +2+8ºS haroratda, ko‘pi bilan 14 kun davomida.

Yaroqlilik muddati

Dokssef 100: 36 oy.

Dokssef 200: 24 oy.

Dokssef 50: flakon 75 ml: 24 oy.

Dokssef 100: flakon 150 ml: 24 oy.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

DOKSSEF poroshok 50ml 40mg/5ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
DOKSSEF poroshok 50ml 40mg/5ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
DOKSSEF poroshok 50ml 40mg/5ml dori vositasi Cоncept Pharmaceuticals Limited, Индия произведено: Lupin Limited tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
DOKSSEF poroshok 50ml 40mg/5ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
DOKSSEF poroshok 50ml 40mg/5ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
SEFPOTEK tabletkalari 200mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: цефподоксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Ilac Sanayii ve Ticaret A.S.
SEFPOTEK tabletkalari 200mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: цефподоксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Ilac Sanayii ve Ticaret A.S.
SEFPODO tabletkalari 200mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: цефподоксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S., Турция произведено: PharmaVision Sanayi ve Ticaret A.S.
SEFPODO tabletkalari 200mg N15
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: цефподоксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S., Турция произведено: PharmaVision Sanayi ve Ticaret A.S.
SEFPOD tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: цефподоксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
Narh: 54 000 so'mdan Batafsil
SEFPOD tabletkalari 100mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: цефподоксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
DOKSSEF poroshok 100ml 40mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: цефподоксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Cоncept Pharmaceuticals Limited, Индия произведено: Lupin Limited
AUROPODOKS poroshok 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: цефподоксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Aurobindo Pharm Ltd.
AUROPODOKS 200 tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: цефподоксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Aurobindo Pharm Ltd.
SEFDOKSIM tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: цефподоксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Gufik Avitsenna, СП ООО
SEFDOKSIM tabletkalari 100mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: цефподоксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Gufik Avitsenna, СП ООО
TAMBAK 200 tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: цефподоксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Cadila Pharmaceuticals Limited
SEFPOTEK tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: цефподоксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Ilac Sanayii ve Ticaret A.S.
TAMBAK 50 poroshok 36g 50mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: цефподоксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Cadila Pharmaceuticals Limited
AUROPODOKS 100 tabletkalari 100mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: цефподоксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Aurobindo Pharm Ltd.
SEFPODO tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: цефподоксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S., Турция произведено: PharmaVision Sanayi ve Ticaret A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
SEFPOD tabletkalari 100mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: цефподоксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
Narh: 38 000 so'mdan Batafsil
SEFPOD poroshok 15g 50mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: цефподоксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
Narh: 34 400 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
GATISPAN 400 tabletkalari 400mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Cоncept Pharmaceuticals Limited, Индия произведено: Lupin Limited
DOKSSEF poroshok 100ml 40mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: цефподоксим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Cоncept Pharmaceuticals Limited, Индия произведено: Lupin Limited
SEFAKSON poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Seftriakson ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Cоncept Pharmaceuticals Limited, Индия произведено: Lupin Limited
TIZIM poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Seftazidim ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Cоncept Pharmaceuticals Limited, Индия произведено: Lupin Limited
RIFABUTIN kapsulalar 150mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: rifabutin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Cоncept Pharmaceuticals Limited, Индия произведено: Lupin Limited
RIBAVIN kapsulalar 200mg N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ribavirin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Cоncept Pharmaceuticals Limited, Индия произведено: Lupin Limited
MOKSISPAN 400 tabletkalari 400mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Cоncept Pharmaceuticals Limited, Индия произведено: Lupin Limited
MOKSISPAN 400 tabletkalari 400mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Cоncept Pharmaceuticals Limited, Индия произведено: Lupin Limited
GATISPAN 400 tabletkalari 400mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Cоncept Pharmaceuticals Limited, Индия произведено: Lupin Limited
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9