×
×
  • GEKSAVIT draje N50

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GEKSAVIT draje N50

Kategoriya:
- Vitaminlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Qadoqda soni:
- 50
Ishlab chiqaruvchi:
- Марбиофарм, ОАО
ATX kodi:
- A11ВA
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 2 ta dorixonasida topildi

ico 15 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

SUPRADIN KIDS VOLSHEBNIYe draje N60 Bayer Consumer Care AG Germaniya
100 000 s`om dan
45 000 s`om dan
MAGNE V6 tabletkalari 5mg N50 Sanofi Aventis France, Франция произведено: Sanofi Winthrop Industrie Frantsiya
36 000 s`om dan
MAGNE V6 FORTE tabletkalari 100mg/10mg N40 Sanofi-Aventis France, Франция произведено: Chinoin Pharmaceutical and Chemical Works Private Co. Ltd Vengriya
112 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
GEKSAVIT draje N50 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

GEKSAVIT

HEXAVITUM

 

Preparatning savdo nomi: Geksavit

Dori shakli: draje

Bir draje tarkibi:

Faol moddalar:

Retinol palmitati (A vitamini)                                  – 2,75 mg (5000 XB)

Askorbin kislotasi                                              – 70,00 mg

Nikotinamid                                                                      – 15,00 mg

Piridoksin gidroxloridi                                               – 2,00 mg

Tiamin gidroxloridi                                           – 2,00 mg

Riboflavin                                                             – 2,00 mg

Yordamchi moddalar:

Saxaroza (qand)                                                       787,979 mg

Bug‘doy uni                                                               59,073 mg

Kraxmal patokasi                                                   57,050 mg

Talk                                                                         1,380 mg

Kungaboqar moyi                                                    0,260 mg

Asalari mumi                                                          0,260 mg

“Limon”ozuqa xushbo‘yi                                         0,049 mg

Xinolin sariq bo‘yovchisi Ye104                             0,199 mg.

Ta‘rifi: sharsimon shaklli, sariq-to‘q-sariqdan to ko‘kimtir-sariq rangligacha bo‘lgan, kuchsiz o‘ziga xos hidli draje.

Farmakoterapevtik guruhi: polivitamin

ATX kodi: A11BA.

Farmakologik xususiyatlari

Majmuaviy polivitamin preparati bo‘lib, ta‘siri uning tarkibiga kiruvchi vitaminlarning xususiyatlari bilan bog‘liq. Preparat metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiradi, moddalar almashinuvini normallashtiradi.

Qo‘llanilishi

Gipovitaminozlarni oldini olish.

Organizmning infeksion va shamollash kasalliklarga qarshiligini oshirish uchun; ishi yuqori diqqatni talab qiluvchi shaxslarda ko‘rish o‘tkirligini oshirish uchun; antibiotiklar bilan uzoq muddatli davolashda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga buyuriladi. «Geksavit» drajesi gipovitaminozlarni oldini olish uchun kuniga 1 drajedan qolgan xolatlarda: kattalarga – 1 drajedan kuniga 3 marta; bolalarga: 3 yoshdan 7 yoshgacha – 1 drajedan kuniga 2 marta, 7 yoshdan oshganlarga 1 drajedan kuniga 3 marta buyuriladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparatning komponentlariga allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Saxaraza/izomaltaza tanqisligi, fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukozo-galaktoz malabsorbsiyada qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Dozani oshirib yuborilishidan saqlanish uchun boshqa polivitamin kompleklarni bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar:

Siydik sariq rangga bo‘yalishi mumkin, bu umuman zararsiz va preparatda riboflavinning borligi bilan tushuntiriladi.

Dozani oshirib yuborishdan saqlanish uchun boshqa polivitamin preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas.

Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi: Geksavit homiladorlikda faqat ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun xavfdan ustun bo‘lgandagina buyurish mumkin. Vitaminlarning sutkalik ehtiyoji normasiga muvofiq kuniga 1 drajedan oshiq qo‘llash mumkin emas.

Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati: Preparat avtotransportni boshqarish yoki aniq mexanizmlar bilan ishlash vaqtida reaksiya tezligiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning nojo‘ya ta‘sirlari simptomlarini kuchayishi, preparatni qo‘llash to‘xtatiladi.

Chiqarilish shakli

Draje. 50 drajedan polimer bankalarda.

Yaroqlilik muddati

1 yil.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan, 25oS yuqori bo‘lmagan haroratda.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GEKSAVIT draje N50 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GEKSAVIT draje N50 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
GEKSAVIT draje N50 dori vositasi Марбиофарм, ОАО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
GEKSAVIT draje N50 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GEKSAVIT draje N50 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
LIPOEVAYA KISLOTA tabletkalari 25mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Марбиофарм, ОАО
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
DIAZOLIN draje 100mg N20
Narh: 9 400 so'mdan Batafsil
DIAZOLIN draje 100mg N10
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
VALIDOL tabletkalari 60mg N10
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
ASKORUTIN tabletkalari 100mg N50
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
GRIPPOFLYU poroshok so vkusom malini 13,0g N10
GRIPPOFLYU poroshok so vkusom klyukvi 13,0g N10
REVIT draje N100
Narh: 7 300 so'mdan Batafsil
UNDEVIT draje N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Марбиофарм, ОАО
ASKORBINOVAYA KISLOTA draje 50mg N200
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Марбиофарм, ОАО
Narh: 14 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9