27 000 s`om dan
Dorixonalardan izlash33 000 s`om dan + yetkazish
Buyurtma berish28 000 s`om dan
Bron qilishQO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
GELISAL
GELISAL
Preparatning savdo nomi: Gelisal
Ta‘sir etuvchi modda (MNN): pechak barglarining ekstrakti
Dori shakli: sirop.
Tarkibi:
5 ml sirop quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: oddiy pechak barglarining quruq ekstrakti (Hederae helicis folii extractum siccum 4–8:1)– 27,78 mg;
yordamchi moddalar: propilenglikol, kaliy sorbati, kristallanmaydigan suyuq sorbitol (Ye420), limon kislotasi monogidrati, ksantin kamedi, arpabodiyon aromatizatori, makrogol gliserol gidroksistearati, tozalangan suv.
Ta‘rifi: Sariq-jigarrang rangli, arpabodiyon o‘tli xidli quyuq suyuqlik. Xiralashishi va cho‘kma hosil qilishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruhi: balg‘am ko‘chiruvchi vositalar.
ATX kodi: R05CA12
Farmakologik xususiyatlari
Gelisal preparati – o‘simliklardan olinadigan dori vositasi bo‘lib, faol modda – pechak barglarining ekstraktini saqlaydi. Balg‘am ko‘chiruvchi, mukolitik va bronxlarning silliq mushaklariga kuchsiz spazmolitik ta‘sir ko‘rsatadi. Balg‘amning qovushqoqligini kamaytirib, uning ko‘chishi (evakuasiyasi) ni tezlashtirishga yordam beradi. Bu nafasni yaxshilanishiga, yo‘talni kamayishi va yo‘qolishiga yordam beradi.
Ta‘sir mexanizmi oxirigacha ma‘lum emas.
Qo‘llanilishi
O‘simliklardan olinadigan dori preparati bo‘lib, balg‘amli (nam) yo‘tal balg‘am ko‘chiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalash
Ichga, ovqatdan keyin buyuriladi.
Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar — 1,25 ml (1/4 shpris) sirop (bu 6,945 mg oddiy pechak barglarining quruq ekstraktiga to‘g‘ri keladi) sutkada 1 marta buyuriladi.
1–4 yoshli bolalar — 2,5 ml (1/2 shpris) sirop (bu 13,89 mg oddiy pechak barglarining quruq ekstraktiga to‘g‘ri keladi) sutkada 2 marta buyuriladi;
4–12 yoshli bolalar — 2,5 ml (1/2 shpris) sirop (bu 13,89 mg oddiy pechak barglarining quruq ekstraktiga to‘g‘ri keladi) sutkada 2-3 marta buyuriladi;
12 yoshdan oshgan bolalar, kattalar — 5 ml (to‘liq shpris) sirop (bu 27,78 mg oddiy pechak barglarining quruq – ekstraktiga to‘g‘ri keladi) sutkada 2-3 marta buyuriladi;
Yuborish yo‘li
Ichga qabul qilinadi.
Shpris shaklidagi dozatordan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma
Qo‘llash davomiyligi
Agar dori vositasini qo‘llashni boshlagandan keyin yo‘tal bir xaftadan ortiq saqlanib tursa, shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashish zarur.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan reaksiyalar (ko‘ngil aynishi, qusish, diareya) haqida xabar berilgan. Tez-tezligi noma‘lum
Allergik reaksiyalar (eshakemi, teri toshmalari, yuzda qizil dog‘lar, nafas olishni qiyinlashishi) haqida ma‘lumotlar mavjud. Tez-tezligi noma‘lum
Barcha nojo‘ya (g‘ayri oddiy) samaralar, shu jumladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan samaralarni paydo bo‘lishi to‘g‘risida davolovchi shifokorga xabar berish lozim.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Ta‘sir etuvchi moddaga yoki Araliaceae oilasiga mansub o‘simliklariga, shuningdek har qanday yordamchi moddalarga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Xabar berilmagan.
Biroq, kodein yoki dekstrometorfan kabi opiatlarni saqlovchi, yo‘talga qarshi vositalarni shifokor bilan oldindan maslahatlashmasdan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ikki yoshgacha bo‘lgan bollarda Gelisal preparati bilan davolashni shifokor bilan maslahatlashgandan so‘ng boshlash lozim.
4 yoshgacha bo‘lgan bolalarda uzoq muddatli yoki qayta takrorlanuvchi yo‘talda preparat bilan davolashni boshlashdan avval shifokor bilan maslahatlashish lozim.
Xansirash, isitma va yiringli yo‘talda shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashish zarur.
Kodein yoki dekstrometorfan kabi opiatlarni saqlovchi, yo‘talga qarshi vositalarni shifokor bilan oldindan maslahatlashmasdan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Gastrit va me‘daning yara kasalligi bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar uchun ma‘lumot
Sirop qand saqlamasligi tufayli uni diabeti bo‘lgan pasientlar qabul qilishlari mumkin.
Preparat sorbit saqlaydi.
5 ml preparatda 4,2 g kristallanmaydigan suyuq sorbitol (Ye420) saqlanadi, bu 2,94 g sorbitga muvofiq keladi.
Fruktozani nasliy o‘zlashtiraolmaydtgan pasientlar preparatni qabul qilmasliklari lozim.
Homiladorlik yoki laktasiya davri. Preparatni homilador ayollarda va emizikli ayollarda qo‘llashning xavfsizligi bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Shuningdek preparatni homilaga ta‘siri bo‘yicha ham ma‘lumotlar yo‘q.
Preparatni faqat ona uchun foyda, homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llash mumkin.
Transport vositalarini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri. Ta‘sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari
Doza oshirib yuborilganda ko‘ngil aynishi, qusish, diareya va xavotirlik hissini chaqirishi mumkin.
1,8 g o‘simlik hom ashyosiga to‘g‘ri keladigan, oddiy pechak barglarining ekstrakti tasodifan qabul qilgan 4 yoshli bolada agressiv holat va diareya kutatilganligi xaqida xabar berilgan.
Davolash
Doza oshirib yuborilgan holatlarida simptomatik davolashni o‘tkazish bilan pasientni holatini nazorat qilish zarur.
Chiqarilish shakli
100 ml dan preparat kafolat xalqasi bo‘lgan buraladigan polietilen qopqoqli va bolalarni flakonni ochishiga to‘sqinlik qiluvchi xavfsizlik moslamasi bo‘lgan, adaptorli jigarrang polietilen flakonlarda. Flakonga etiketka yopishtiriladi. Har bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va peroral yuborish uchun dozator-shpris bilan birga karton qutilarga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Flakon birinchi marta ochilganidan keyin preparatni 6 oy davomida ishlatish mumkin.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.