×
×
  • Gidroxlorotiazid mikronizirovanniy

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Gidroxlorotiazid mikronizirovanniy

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Faol modda:
Гидрохлоротиазид
ATX kodi:
- C03AA03
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
48 000 s`om dan
BERLIPRIL 5 tabletkalari 5mg N30 Berlin Chemie AG (Menarini Group) Germaniya
21 000 s`om dan
ASKORUTIN tabletkalari N50 Алтайвитамины, ЗАО Rossiya
6 400 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Gidroxlorotiazid mikronizirovanniy qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

GIDROXLOROTIAZID

HYDROCHLOROTHIAZIDE

 

Preparatning savdo nomi: Gidroxlorotiazid

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): gidroxlotiazid (hydrochlorothiazide).

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 25 mg gidroxlortiazid;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, mikrokristall sellyuloza, natriy karboksimetilkraxmal (A tip), kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati.

Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq rangli, dumaloq shaklli, ikki tomonlama yassi, qirralari kesilgan va xochsimon o‘yiqchali tabletkalar.

Tabletkani teng dozalarga bo‘lish mumkin.

Farmakoterapevtik guruhi: diuretik vosita.

ATX kodi: S03AA03.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Gidroxlortiazid birlamchi elektrolitlarni chiqarilishini kuchaytiruvchi va ikkilamchi ravishda osmotik bog‘langan suvni chiqarish yo‘li orqali siydikning xajmini oshiruvchi benzotiadiazin hosilasi bo‘lib hisoblanadi.

Gidroxlortiazid buyrakning distal kanalchalarida natriyni reabsorbsiyasini va shu orqali uni chiqarilishini kuchaytiradi. Xloridlarni chiqarilishi natriyni chiqarilishiga taxminan mos keladi.

Gidroxlortiazid shuningdek, asosan buyrakning distal kanalchalarida va to‘plovchi naychalarda kaliy sekresiyasi bilan bog‘liq kaliyni chiqarilishini kuchaytiradi (natriy va kaliy ionlarini almashinuvini kuchayishi).

Gidroxlortiazidning yuqori dozalari keyinchalik siydikni ishqoriyligini oshirish bilan karboangidrazani susaytirish oqibatida bikarbonatlarni chiqarilishini oshiradi.

Asidoz yoki alkaloz gidroxlortiazidning saluretik yoki diuretik samarasiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Avvaliga kalavalar filtrasiyasi tezligini biroz pasayishi kuzatiladi.

Gidroxlortiazid bilan uzoq vaqt davolaganda kalsiyni siydik bilan chiqarilishi kamayadi, buning natijasida giperkalsiemiya rivojlanishi mumkin.

Arterial gipertenziyasi bo‘lgan pasientlarda gidroxlortiazid gipotenziv ta‘sir ko‘rsatadi.

Surunkali buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam va (yoki) qon zardobida kreatinin darajasi 1,8 mg/100 ml dan yuqori) bo‘lgan pasientlarda gidroxlortiazid deyarli samarasiz.

Buyrakka va ADG-bog‘liq qandsiz diabeti bo‘lgan pasientlarda gidroxlortiazid antidiuretik ta‘sir ko‘rsatadi.

Diuretik ta‘sir davomiyligi preparatning dozasiga bog‘liq va taxminan 10-12 soatni tashkil etadi; gipotenziv samara davomiyligi 24 soatga yetadi.

 

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilingandan keyin gidroxlortiazidning taxminan 80% me‘da-ichak yo‘llaridan so‘riladi. Tizimli biokiraolishligi – taxminan 70% ni tashkil qiladi. Plazmadagi maksimal darajasiga odatda 2-5 soatdan keyin erishiladi.

Diuretik samara odatda 1-2 soat davomida rivojlanadi.

Qon plazmasidagi oqsillar bilan bog‘lanishi – 64% ni tashkil qiladi. Nisbiy taqsimlanish xajmi – taxminan 0,5-1,1 l/kg ni tashkil qiladi.

Sog‘lom shaxslarda gidroxlortiazidning 95% dan ko‘prog‘i buyraklar orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi. Buyrak funksiyasi normal bo‘lganida yarim chiqarilish davri taxminan 6-8 soatni tashkil qiladi. U buyrak funksiyasi buzilganida oshadi va buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichi bo‘lgan pasientlarda taxminan 20 soatni tashkil qiladi.

QO‘LLANILISHI

  • Arterial gipertenziya
  • Yurak, jigar va buyrak kasalliklaridagi shishlar
  • AAF ingibitorlariga qo‘shimcha sifatida surunkali yurak yetishmovchiligini ad‘yuvant simptomatik davolashda qo‘llanadi.

Izoh

Ayniqsa og‘ir yurak yetishmovchiligida digitalis preparatlarini qo‘llash imkonini ko‘rib chiqish kerak.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga qabul qilish uchun buyuriladi. Tabletkalar nonushta vaqtida, chaynamasdan, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilinadi.

Zarurati bo‘lganida tabletkani ikki marta qabul qilishga bo‘lish mumkin.

Dozalari

Doza individual ravishda, eng avvalo davolash natijalariga qarab tanlanadi. Preparat quyidagi dozalarda qo‘llanadi.

Arterial gipertenziya

Boshlang‘ich doza: 12,5-25 mg sutkada bir marta.

Samarani bir maromda ushlab turuvchi doza: 12,5 mg sutkada bir marta.

Yurak, jigar va buyrak kasalliklaridagi shishlar

Boshlang‘ich doza: sutkada 25-50 mg.

Samarani bir maromda ushlab turuvchi doza: sutkada 25-50 (-100) mg.

AAF ingibitorlariga qo‘shimcha sifatida surunkali yurak yetishmovchiligini ad‘yuvant simptomatik davolash: sutkada 25-37,5 mg.

Gidroxlortiazidni AAF ingibitori, angiotenzin reseptorlari blokatorlari (ARB) yoki reninning bevosita ingibitori (RBI) bilan mamjuada qo‘llanilganda natriy yetishmovchiligi va (yoki) degidratasiyani bartaraf etish kerak. Aks holda davolashni sinchkov tibbiy nazorat ostida boshlash kerak.

Preparatni qo‘llash davomiyligi

Cheklanmagan. U kasallik xarakteri va og‘irlik darajasiga qarab belgilanadi. Uzoq vaqt davolagandan keyin gidroxlortiazidni asta-sekin bekor qilish kerak.

Pasientlarning alohida guruhlari

Jigar yoki buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda gidroxlortiazidning dozasini tegishli ravishda pasaytirish kerak.

Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlar

Buyrak funksiyasini yengil va o‘rtacha darajada buzilishi bo‘lgan pasientlarda boshlang‘ich dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Buyrak funksiyasini og‘ir darajada buzilishi (kalavalar filtrasiyasi tezligi (KFT)<30 ml/min) bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. KFT < 30 ml/min bo‘lgan pasientlarda gidroxlortiazid va boshqa tiazid diuretiklar diuretik samarani yo‘qotishi mumkin. Shunday bo‘lsada, bu toifadagi pasientlarda tiazid diuretiklar halqali diuretiklar bilan majmuada ehtiyotkorlik bilan qo‘llanilganda maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin. Gidroxlortiazidni anuriyali pasientlarda qo‘llash mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar”ga qarang).

Jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlar

Jigar funksiyasini yengil va o‘rtacha darajada buzilishi bo‘lgan pasientlarda boshlang‘ich dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Boshqa diuretiklar kabi tiazidlar jigar sirrozi chaqirgan assitni davolash uchun qo‘llanilganda elektrolit buzilishlar, jigar ensefalopatiyasi va gepato-renal sindromga olib kelishi mumkin. Jigar funksiyasini og‘ir darajada buzilishi bo‘lgan pasientlarda gidroxlortiazidni alohida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Og‘ir yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar

Og‘ir dekompensasiyalangan yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda gidroxlortiazidni so‘rilishi ahamiyatli darajada pasayishi mumkin.

Bolalar va o‘smirlar

Preparatning xavfsizligi va samaradorligi haqidagi ma‘lumotlar yetarli bo‘lmaganligi tufayli, bolalar va o‘smirlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Qabul qilishni o‘tkazib yuborish

O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun dozani ikki barobar oshirmang.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya samaralar yuzaga kelish tez-tezligiga qarab taqdim etilgan, ular quyidagicha aniqlanadi: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 va <1/10), tez-tez emas (≥1/1000 va <1/100), kam hollarda (≥1/10000 va <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000), tez-tezligi noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi).

Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: trombositopeniya (ayrim hollarda purpura bilan kechuvchi).

Juda kam hollarda: leykopeniya, agranulositoz, suyak ko‘migi funksiyasini susayishi va gemolitik anemiya.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Juda kam hollarda: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari – respirator distress-sindrom, shu jumladan pnevmonit va o‘pka shishi.

Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar

Juda tez-tez: gipokaliemiya va zardobda lipidlar darajasini, ayniqsa yuqori dozalar qo‘llanilganda oshishi.

Tez-tez: giponatriemiya, gipomagniemiya va giperurikemiya.

Kam hollarda: giperkalsiemiya, giperglikemiya, glyukozuriya va qandli diabetda metabolik ko‘rsatkichlarni yomonlashishi.

Juda kam hollarda: gipoxloremik alkaloz.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquni buzilishi, depressiya va paresteziya.

Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: ko‘rishni buzilishi, ayniqsa davolashni birinchi xaftasi davomida.

Yurak tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: yurak aritmiyalari.

Qon tomirlar tomonidan buzilishlar

Tez-tez: ortostatik gipotenziya, u alkogol, anestetiklar yoki sedativ preparatlar ta‘siri ostida kuchayishi mumkin.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez: ishtahani pasayishi, ko‘ngil aynishi va yengil darajadagi qusish.

Kam hollarda: me‘da-ichak diskomforti, qabziyat va diareya.

Juda kam hollarda: pankreatit.

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: jigar ichki xolestazi, sariqlik.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar

Tez-tez: eshakemi va teri toshmasining boshqa turlari.

Kam hollarda: fotosezuvchanlik.

Juda kam hollarda: nekrozlanuvchi vaskulit va toksik epidermal nekroliz, teri qizil yugurigi, yuguriksimon reaksiyalar, teri qizil yugurigini qayta faollashishi.

Jinsiy a‘zolar va sut bezlari tomonidan buzilishlar

Tez-tez: erektil disfunksiya.

Preparat savdoga chiqarilgandan keyin aniqlangan nojo‘ya samaralar

Tez-tezligi noma‘lum: o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, buyrak kasalliklari, aplastik anemiya, ko‘p shaklli eritema, isitma, mushak tirishishlari, asteniya, o‘tkir yopiq burchakli glaukoma.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Gidroxlortiazidga, boshqa tiazidlarga, sulfanilamidlarga yoki preparatning har qanday yordamchi moddasiga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
  • buyrak funksiyasini og‘ir darajada buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan va (yoki) qondagi kreatinin darajasi 1,8 mg/100 ml dan yuqori);
  • anuriya;
  • o‘tkir glomerulonefrit;
  • jigar komasi va koma oldi holati;
  • davolashga rezistent gipokaliemiya yoki giperkalsiemiya;
  • davolashga rezistent giponatriemiya;
  • gipovolemiya;
  • simptomatik giperurikemiya (podagra);
  • homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Boshqa diuretiklar, gipotenziv preparatlar, guanedin, metildopa, kalsiy kanallari blokatorlari, AAF ingibitorlari, ARB, RBI, beta-blokatorlar, nitratlar, barbituratlar, fenotiazinlar, trisiklik antidepressantlar, vazodilatatorlar yoki alkogol ta‘sirida gidroxlortiazidning gipotenziv samarasi kuchayishi mumkin.

Gidroxlortiazidni AAF ingibitorlari (masalan kaptopril, enalapril) bilan majmuaviy davolashning boshida arterial bosimni haddan tashqari pasayishi va buyrak funksiyasini yomonlashish xavfi mavjud. Shuning uchun AAF ingibitori bilan davolashni boshlashdan 2-3 sutka oldin davolashning boshida arterial gipotenziya rivojlanishi ehtimolini pasaytirish uchun diuretik preparatni bekor qilish kerak.

Salisilatlar va boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYAQP, masalan indometasin) gidroxlortiazidning gipotenziv va diuretik samaralarini pasaytirishi mumkin. Salisilatning yuqori dozalari bilan davolaganda ularning markaziy nerv tizimiga toksik ta‘siri kuchayishi mumkin. Agar gidroxlortiazid bilan davolash fonida gipovolemiya rivojlansa, NYAQP yondosh qo‘llash o‘tkir og‘ir buyrak yetishmovchiligi rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Tiazidlarni (shu jumladan gidroxlortiazidni) allopurinol bilan bir vaqtda qo‘llaganda allopurinolga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari tez-tezligi oshishi mumkin.

Tiazidlarni (shu jumladan gidroxlortiazidni) amantadin bilan bir vaqtda qo‘llaganda amantadinning nojo‘ya samaralarini rivojlanish xavfi oshishi mumkin.

Gidroxlortiazidni beta-blokatorlar bilan birga qo‘llaganda giperglikemiya rivojlanishi xavfi oshadi.

Gidroxlortiazid bilan birga qo‘llaganda insulin yoki peroral gipoglikemik vositalar, siydik kislotasining darajasini pasaytirish uchun dori vositalari, shuningdek noradrenalin va adrenalinning samaradorligi pasayishi mumkin. Insulin yoki peroral gipoglikemik vositalarning dozasiga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin.

Yurak glikozidlari bilan birga qo‘llanilganda, gidroxlortiazid tomonidan chaqirilgan gipokaliemiya va (yoki) gipomagniemiya holatida miokardning yurak glikozidlariga sezuvchanligini oshishi va muvofiq ravishda ularning samaradorligi va nojo‘ya samaralari oshishini unutmaslik kerak.

Gidroxlortiazidni kaliyuretik diuretiklar (masalan furosemid), glyukokortikoidlar, AKTG, karbenoksolon, penisillin G, salisilatlar, amfoterisin V, aritmiyaga qarshi preparatlar yoki surgi vositalari bilan birga qo‘llanilganda kaliyni organizmdan chiqarilishini kuchayishiga olib kelishi mumkin.

Natriyuretik preparatlarni antidepressantlar, antipsixotik yoki tutqanoqqa qarshi preparatlar bilan birga qo‘llash natriyni organizmdan chiqarilishini kuchayishiga olib kelishi mumkin. Bu preparatlarni uzoq vaqt qo‘llaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Tiazid diuretiklar va sitostatiklarni (masalan siklofosfamid, ftorurasil, metotreksat) birga qo‘llash sitostatik preparatlarning buyrak ekskresiyasini pasayishiga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda suyak ko‘migiga toskik ta‘sirini (xususan granulositopeniyani rivojlanishi) kuchayishini kutish mumkin.

Antixolinergik preparatlar (masalan atropin, biperiden) tiazid diuretiklarning biokiraolishligini oshirishi mumkin. Ehtimol, bu me‘da-ichak yo‘llarining motorikasini va me‘dani bo‘shalish tezligini susayishi bilan bog‘liqdir. Aksincha, sizaprid kabi me‘da-ichak yo‘llarining motorikasini rag‘batlantiruvchi preparatlar tiazid diuretiklarning biokiraolishligini kamaytirishi mumkin.

Diuretiklar qon plazmasida litiyning darajasini oshirishi mumkin. Gidroxlortiazidni litiy bilan birga qo‘llaganda organizmdan litiyni chiqarilishini kamayishi oqibatida uning kardio- va neyrotoksik ta‘siri kuchayishi tufayli, qonda litiyning darajasini nazorat qilish kerak. Litiy induksiya qilgan poliuriyasi bo‘lgan pasientlarda diuretiklar paradoksal antidiuretik samara chaqirishi mumkin.

Gidroxlortiazid kuraresimon miorelaksantlarning ta‘sirini kuchaytirishi yoki uzaytirishi mumkin. Kuraresimon miorelaksantlarni qo‘llashdan oldin gidroxlortiazidni bekor qilish mumkin bo‘lmagan holatlarda anesteziolog, pasient ushbu preparatni qabul qilayotganligi haqida xabardor qilinishi kerak.

Xolestiramin yoki kolestipol bilan birga qo‘llanilganda gidroxlortiazidni so‘rilishi pasayadi. Gidroxlortiazid va rezinatni alohida qabul qilish yo‘li orqali, aynan agar gidroxlortiazidni rezinatni qabul qilishdan kamida 4 soat oldin yoki qabul qilingandan 4-6 soatdan keyin qabul qilish yo‘li orqali o‘zaro ta‘sir ehtimolini kamaytirish mumkin.

D vitaminini yondosh qo‘llanishi kalsiyni siydik bilan chiqarilishini pasaytirishi va zardobdagi kalsiyning darajasini yanada yaqqolroq oshirishi mumkin.

Kalsiy tuzlari bilan birga qo‘llaganda buyrak kanalchalarida kalsiyni reabsorbsiyasini kuchayishi oqibatida giperkalsiemiya yuzaga kelishi mumkin.

Siklosporinni yondosh qo‘llash giperurikemiya va podagrasimon asoratlar xavfini oshirishi mumkin.

Tiazidlar diazoksidning giperglikemik samaralarini kuchaytirishi mumkin.

Metildopani gidroxlortiazid bilan birga qo‘llagandan keyin gidroxlortiazidga antitelolar shakllanishi oqibatida yuzaga keluvchi gemolizning tez-tez bo‘lmagan holatlari kuzatilgan. Gidroxlortiazid noradrenalin kabi adrenergik aminlarning ta‘siriga javob reaksiyasining yaqqolligini pasaytirishi mumkin. Shunday bo‘lsada, ushbu klinik samara bu preparatlarni bekor qilishni talab etmaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Diuretiklarni uzoq vaqt ortiqcha miqdorda qo‘llanilganda keyinchalik shish bilan kechuvchi Bartterning soxta-sindromi rivojlanishi mumkin. Shishlar keyinchalik ikkilamchi giperaldosteronizm bilan kechuvchi renin darajasini oshishi natijasi bo‘lib hisoblanadi.

Elektrolitlar

Tiazid diuretiklar gipokaliemiyani chaqirishi yoki og‘irlashtirishi mumkin. Tuzlarni chiqarilishi va buyrak funksiyasini prerenal (kardiogen) buzilishlari bilan kechuvchi nefropatiya kabi kaliyni yo‘qotilishini kuchayishi bilan kechuvchi kasalliklari bo‘lgan pasientlarda tiazid diuretiklar ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Tiazid preparatlar bilan davolashni boshlashdan oldin gipokaliemiyani va yondosh yuz berishi mumkin bo‘lgan gipomagniemiyani muvofiqlashtirish kerak. Zardobdagi kaliy va magniy darajasini muntazam nazorat qilish kerak. Tiazid diuretiklarni qabul qilayotgan barcha pasientlarda kuzatilishi mumkin bo‘lgan elektrolit buzilishlarni, ayniqsa kaliy darajasini buzilishlarini nazorat qilish kerak.

Gidroxlortiazid tomonidan chaqirilgan kaliyni chiqarilishi dozaga bog‘liq bo‘lib hisoblanadi. Uzoq vaqt davolaganda qon zardobidagi kaliyning darajasi davolashni boshlashdan oldin va 3-4 xafta o‘tgandan keyin tekshiriladi. So‘ngra uni kaliy muvozanatini izdan chiqaruvchi (masalan qusish, diareya, buyrak funksiyasini o‘zgarishi) boshqa omillar bo‘lmagan sharoitlarda muntazam intervallarda tekshiriladi.

Angishvonagul preparatlarini qabul qilayotgan pasientlarda, yurak ishemik kasalligi simptomlari bo‘lgan pasientlarda (shuningdek AAF ingibitorlarini ham qabul qilayotgan holatlardan tashqari), beta-blokatorlarning yuqori dozalarini qabul qilayotgan pasientlarda, shuningdek qon zardobida kaliyning darajasi 3,0 mmol/l dan kam bo‘lgan barcha holatlarda titrlanadigan dozalarda ichga qabul qilish uchun kaliy tuzlarini (masalan KCl) qo‘shimcha qo‘llash imkonini ko‘rib chiqish kerak. Ichga qabul qilish uchun kaliy tuzlarini o‘zlashtiraolmaslik holatlarida gidroxlortiazidni zarurati bo‘lganida kaliyni tejovchi diuretiklar bilan majmuada qo‘llash mumkin.

Har qanday holatda kaliy tuzlari bilan majmuada davolaganda kaliy darajasini tutib turish yoki normallashtirishga e‘tibor berish kerak. Gipokaliemiya simptomlari (masalan mushak kuchsizligi, parez yoki EKG da o‘zgarishlar) paydo bo‘lganida gidroxlortiazid bekor qilinadi.

AAF ingibitorlari, ARB yoki RBI qabul qilayotgan pasientlarda gidroxlortiazidni kaliy tuzlari yoki kaliy tejovchi diuretiklar bilan yondosh qo‘llashdan saqlanish kerak.

Tiazid diuretiklar giponatriemiyani chaqirishi yoki og‘irlashtirishi mumkin. Natriyning yaqqol tanqisligi bo‘lgan va (yoki) gipovelemiya aniqlangan pasientlarda, masalan diuretiklarni yuqori dozada qabul qilayotgan pasientlarda, kam hollarda gidroxlortiazid  bilan davolashning boshida simptomatik gipotenziya rivojlanishi mumkin. Ayrim hollarda nevrologik simptomlar (ko‘ngil aynishi, avj olib boruvchi dezorientasiya va apatiya) bilan kechuvchi giponatriemiya kuzatilgan. Tiazid diuretiklarni faqat natriyning mavjad tanqisligi va (yoki) gipovolemiya muvofiqlashtirilgandan keyingina qo‘llash mumkin. Aks holda davolashni shifokorning sinchkov kuzatuvi ostida boshlashga yo‘l qo‘yiladi. Qon zardobida natriyning darajasini muntazam nazorat qilish tavsiya etiladi.

Qon zardobida elektrolitlarni nazorat qilish birinchi navbatda keksa pasientlarda, jigar sirrozida assiti bo‘lgan pasientlarda va nefrotik sindromda shishlari bo‘lgan pasientlarda ko‘rsatilgan. Nefrotik sindromi bo‘lgan pasientlarda gidroxlortiazidni faqat sinchkov kuzatuv ostida va faqat gipovolemiya yoki og‘ir gipoalbuminemiya belgilarisiz kaliyning normal darajasida qo‘llash mumkin.

Gidroxlortiazid siydik kislotasining klirensini pasayishiga va keyinchalik zardobda siydik kislotasini oshishiga olib kelib, giperurikemiyani chaqirishi yoki podagraga moyilligi bo‘lgan pasientlarda podagrani zo‘rayishiga va rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Metabolik samaralar

Gidroxlortiazid glyukozaga tolerantlikni buzilishi va xolesterin va trigliseridlarning plazmadagi darajasini oshishiga olib kelishi mumkin.

Tiazidlar kalsiyni buyrak orqali chiqarilishini pasaytiradi va hatto kalsiy metabolizmini buzilishlari bo‘lmaganida ham uning zardobdagi darajasini biroz oshishini chaqirishi mumkin. Shuning uchun giperkalsiemiyasi bo‘lgan pasientlarda gidroxlortiazid ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Tiazid preparatni bekor qilishga rezistent yoki ≥12 mg/dl darajaga yetuvchi yaqqol giperkalsiemiya, tiazid preparatni qo‘llashga bog‘liq bo‘lmagan boshqa giperkalsiemik jarayonning belgisi bo‘lishi mumkin.

Tiazid preparatlari bilan uzoq vaqt davolash fonida kam sonli pasientlarda giperkalsiemiya va gipofosfatemiya bilan kechuvchi qalqonsimon oldi bezida patologik o‘zgarishlar kuzatilgan. Giperkalsiemiya rivojlanganda pasientni keyingi tekshiruvlari ko‘rsatilgan.

Gidroxlortiazid bilan davolash vaqtida pasientlar suyuqlikni yetarli miqdorda iste‘mol qilinishiga rioya qilishlari va kaliyni ko‘p miqdorda yo‘qotilishini kuchayishini nazarda tutib, uni ko‘p miqdorda saqlovchi ovqat (masalan bananlar, sabzavotlar, yong‘oqlar) iste‘mol qilishlari kerak.

Buyrak yoki jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlar: “Qo‘llash usuli va dozalari” ga qarang. Surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda tiazid diuretiklar azotemiyani chaqirishi mumkin.

O‘tkir miopiya va yopiq burchakli glaukoma

Gidroxlortiazid o‘tkir o‘tuvchan miopiya va o‘tkir yopiq burchakli glaukomaga olib keluvchi idiosinkrazik reaksiyalarni chaqirishi mumkin bo‘lgan sulfanilamid bo‘lib hisoblanadi. Bu reaksiyalarning simptomlariga ko‘rish o‘tkirligini to‘satdan buzilishi yoki ko‘zlarda og‘riq kirali va odatda preparat bilan davolash boshlanganidan keyin bir necha soat yoki xafta o‘tgach yuzaga keladi. Yopiq burchakli glaukoma davolanmaganida ko‘rishni qaytmas yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin.

Birlamchi davolash gidroxlortiazidni darhol bekor qilishdan iborat. Ko‘z ichki bosimi nazoratlanmaganida shoshilinch medikamentoz yoki jarroxlik aralashuvi ehtimolini ko‘rib chiqish kerak. Sulfanilamidlar yoki penisillinlarga allergiyani mavjudligi yopiq burchakli glaukomani rivojlanishining xavf omili bo‘lishi mumkin.

Quyidagi holatlarda pasientlarni alohida sinchkovlik bilan kuzatish talab etiladi:

  • arterial gipotenziya;
  • bosh miyada qon aylanishini buzilishi;
  • yurak ishemik kasalligi.

Homiladorlik

Homiladorlikni rejalashtirgan pasientlarni homiladorlik vaqtida xavfsizlik profili isbotlangan boshqa gipotenziv preparat bilan davolashga o‘tkazish kerak. Homiladorlik yuzaga kelganda gidroxlortiazid bilan davolashni darhol bekor qilinadi va zarurati bo‘lganida boshqa preparat bilan davolash boshlanadi.

Bolalar va o‘smirlar

Gidroxlortiazidni bolalar va o‘smirlarda qo‘llash xavfsizligi yuzasidan yetarli ma‘lumotlar yo‘qligi tufayli, bunday pasientlarda qo‘llash mumkin emas.

Boshqa ma‘lumot

Qon plazmasida reninning faolligini oshiruvchi preparatlar (masalan diuretiklar) AAF ingibitorlari, ARB yoki RBI ning gipotenziv samarasini alohida darajada kuchaytiradi. Ayniqsa natriyni yaqqol yetishmovchiligi bo‘lgan va (yoki) gipovelemiyali pasientlarda AAF ingibitorlarini (yoki BRA va RBI) gidroxlortiazid bilan birga qo‘llaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Tiazidlar latent qizil yugurikning qayta faollashishini chaqirishi mumkin.

Allergiyasi va bronxial astmasi bo‘lgan pasientarda gidroxlortiazidga o‘ta yuqori sezuvchanlik rivojlanish ehtimoli yuqori.

Gidroxlortiazid doping-nazoratda musbat natija chaqirishi mumkin. Doping maqsadida preparatni noto‘g‘ri ishlatish sog‘liqqa zarar yetkazishi mumkin.

Preparat laktoza saqlaydi, shuning uchun uni kam uchraydigan naslik laktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi sindromi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik va emizish davri

Homiladorlik vaqtida qo‘llash mumkin emas.

Gidroxlortiazid yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyligida qo‘llash fetoplasentar qon aylanishini izdan chiqarishi va homila va yangi tug‘ilgan chaqaloqda sariqlik, elektrolit muvozanatini buzilishi va trombositopeniyani chaqirishi mumkin.

Plazma xajmini kamayishi va yo‘ldosh gipoperfuziyasi xavfi va homiladorlar shishi, homiladorlar gipertenziyasi yoki preeklampsiyani kechishiga sezilarli ijobiy ta‘sirni yo‘qligi tufayli, bu kasalliklarni davolash uchun qo‘llash mumkin emas.

Emizish davrida preparatni qo‘llash mumkin emas, chunki u laktasiyani susaytirishi va ko‘krak sutiga kirishi mumkin.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Turli individual reaksiyalar transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash, shuningdek diqqatni yuqori jamlashni talab etuvchi xavfli ishlarni bajarish qobiliyatini izdan chiqarishi mumkin. Bu ayniqsa davolashning dastlabki, dozani oshirish yoki preparatni almashtirish davri, shuningdek alkogolni yondosh qabul qilishga taalluqlidir.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

O‘tkir va surunkali dozani oshirib yuborilishining klinik manzarasi suyuqlikni va elektrolitlarni yo‘qotish yaqqolligi darajasiga bog‘liq.

Suyuqlik va natriy yaqqol yo‘qotilganda dozani oshirib yuborilishi chanqoqlik, xolsizlik, bosh aylanishi, mushakdagi og‘riqlar va mushak spazmlari (masalan boldir mushaklari spazmi), bosh og‘rig‘i, taxikardiya, gipotenziya va ortostatik boshqarishni buzilishlari bilan kechishi mumkin, degidratasiya va gipovolemiya oqibatida esa gemokonsentrasiya, tirishishlar, uyquchanlik, letargik holat, ongni chalkashishi, qon tomir yetishmovchiligi va o‘tkir buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin. Yurak aritmiyalari bilan kechuvchi elektrolit buzilishlari kuzatilishi mumkin.

Dozani oshirib yuborilishi keyinchalik toliqish, mushak kuchsizligi, paresteziyalar, parezlar, apatiya, qorinni dam bo‘lishi,  qabziyat yoki yurak aritmiyalari bilan gipokaliemiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Og‘ir darajadagi kaliy yetishmovchiligi paralitik ichak tutilishi yoki hushdan ketishga hatto gipokaliemik komagacha olib kelishi mumkin.

Dozani oshirib yuborilishining har qanday belgilari paydo bo‘lganda preparat darhol bekor qilinadi.

Doza oshirib yuborilishining barcha holatlarida umumiy tutib turuvchi davolashni o‘tkazish kerak.

Gipovolemiyada: suyuqlik xajmini to‘ldirish kerak.

Elektrolit buzilishlarda: elektrolit muvozanatini muvofiqlashtirish kerak (masalan gipokaliemiyada kaliy o‘rnini to‘ldirish) kerak.

Qon tomir yetishmovchiligida: tanani shokka qarshi holatiga keltirish, zarurati bo‘lganida shokka qarshi davolash.

Chiqarilish shakli

PP/alyuminiy blister. 100 (4x25) tabletkadan o‘ramda.

 

 

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Gidroxlorotiazid mikronizirovanniy dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Gidroxlorotiazid mikronizirovanniy dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Gidroxlorotiazid mikronizirovanniy dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
GIPOTIAZID 0,1 tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Гидрохлоротиазид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Хиноин Завод Фармац. и Хим.продуктов, ЗАО
GIPOTIAZID 0,025 tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Гидрохлоротиазид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Хиноин Завод Фармац. и Хим.продуктов, ЗАО
Другие формы препарата
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9