Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
GLYUKOZA
GLYUCOSAE
Preparatning savdo nomi: Glyukoza
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): dekstroza (glyukoza).
Dori shakli: 40% in‘eksiya uchun eritma.
Tarkibi:
faol modda: glyukoza – 4 g;
yordamchi moddalar: natriy xloridi, in‘eksiya uchun suv 10 ml gacha.
Ta‘rifi: rangsiz yeki bir oz sarg‘ish .tiniq. shira tamda .xidsiz suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruxi: Uglevod oziqlantirish vositalari.
ATX kodi: B05BA03
Farmakologik xususiyatlari
Dezintoksikasion vosita. Preparatning 20% va 40% eritmalari to‘qimalar uchun gipertonikdir. Ular vena ichiga yuborilganida qonning osmotik bosimini oshiradi, to‘qimalardan suyukliq qonga oqishi va modda almashinuvi kuchaytiradi, yurak mushalarining qisqarish faoliyati kuchayadi, ыon tomirlar kengayadi, diurez ko‘payadi.
Qo‘llanilishi
Gipoglikemiya, infeksion kasalliklar, jigar kasalliklari (gepatit, jigar distrofiyasi va atrofiyasi), yurak funksiyasini dekompensasiyasi, o‘pka shishi, toksikoinfeksiyalar, turli intoksikasiyalar (narkotiklar, sinil kislotasi va uning tuzlari, is gazi, anilin, arsin, fosgen va boshqa moddalar bilan zaxarlanish), gemorragik diatezlarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozasi
Vena ichiga tomchilab yuboriladi, 20% li eritma maksimal minutiga 40 tomchigacha, maksimal sutkalik dozasi kattalar uchun 300 ml, 40% li eritma maksimal minutiga 30 tomchigacha, kattalar uchun maksimal dozasi 250 ml ni tashkil qiladi. Shuningdek vena ichiga asta-sekin 40% li eritma 20 ml dozada 4-5 ml 5% askorbin kislotasini eritmasi bilan birga sutkasiga 1-2 marta yuboriladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ion muvozanati buzilishi mumkin. Kam xollarda maxalliy qo‘zg‘alish, tromboflebit.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Giperglikemiya, qandli diabetda qo‘llash mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Osmolyarlikni oshirish uchun preparat natriy xloridini izotonik eritmasi bilan birga qo‘llanilishi mumkin. Preparat to‘liq va tez o‘zlashtirilishi uchun, teri ostiga 4-5 TB insulin yuborilishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
In‘eksiya uchun 40% li eritma ampulalarda 10 mldan. 5 ampuladan polivinilxlorid plyonkadan kontur uyali o‘ramga joylanadi. Ikkita kontur o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.