62 000 s`om dan
Dorixonalardan izlash68 000 s`om dan
Bron qilishQO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
GRAMMIDIN® NEO
GRAMMIDIN NEO
Preparatning savdo nomi: GRAMMIDIN® neo
Xalqaro patentlanmagan yoki guruhlash nomi:
Gramisidin S+setilpiridiniy xloridi
Dori shakli: So‘rish uchun tabletkalar
Tarkibi:
1 tabletka saqlaydi:
faol moddalar:
gramisidin S digidroxloridi – 3,20 mg (gramisidin S ga hisoblanganda – 3,00 mg)
setilpiridin xlorid monogidrati – 1,05 mg (setilpiridiniy xloridiga hisoblanganda – 1,00 mg)
yordamchi moddalar:
kolloid kremniy dioksidi – 5,00 mg, talk – 60,00 mg, asesulfam kaliy – 15,00 mg, yalpiz hushbo‘yi – 25,00 mg, sorbitol – 1065,75 mg, magniy stearati – 25,00 mg.
Ta‘rifi: oq rangli, dumaloq, ikkiyoqlama qabariq, bir tomonida GR yozuvi tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: antibiotik+antiseptik vosita
ATX kodi: [R02A]
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Tomoq va og‘iz bo‘shlig‘ining infeksion-yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun mo‘ljallangan majmuaviy preparat. Preparatning tarkibi mikroblarga qarshi vosita gramisidin S, va antiseptik vosita – setilpiridiniy xlorididan iborat.
Gramisidin S ning ta‘sir mexanizmi mikrob hujayrasining sitoplazmatik membranasini preparatga nisbatan yuqori o‘tkazuvchanligi bilan bog‘liq, bu mikrob xujjatlarini uning chidamliligini buzadi va hujayrani xalok bo‘lishini chaqiradi.
Gramisidin S og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning infeksion kasalliklarini qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan yaqqol mikroblarga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi.
Setilpiridiniy xloridi antiseptik vositalar turkumiga kiradi. Og‘iz bo‘shlig‘ida infeksion kasalliklarini qo‘zg‘atuvchilarining o‘sishi va ko‘payishini bostiradi.
Preparat yallig‘lanishni kamaytiradi, mikroblarga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi, tomoqdagi yoqimsiz hisni kamaytiradi yutinishni yengillashtiradi, organizmga so‘rilganda gipersalivasiyani chaqiradi, og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqni mikroorganizmlardan mexanik tozalanishiga yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Preparat mahalliy ta‘sirga ega va deyarli me‘da-ichak yo‘llaridan so‘rilmaydi, bu amalda tizimli samaralarini butunlay yo‘qligini belgilaydi.
Qo‘llanishi
Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning infeksion-yallig‘lanish kasalliklari: angina, faringit, tonzillit, paradontoz, gingivit, stomatit.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ovqatdan keyin chaynamasdan og‘izda shimish yo‘li bilan qo‘llanadi. Preparatni bevosita qo‘llagandan keyin 1-2 soat davomida ovqat va ichimliklarni qabul qilishdan saqlanish lozim.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun dozalari: 1 tabletkadan kuniga 3-4 marta.
4 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun dozalari: 1 tabletkadan kuniga 1-2 marta.
Preparat 7 kun davomida qabul qilinganida terapevtik samara bo‘lmasa shifokorga murojaat qilish tavsiya qilinadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Alohida hollarda preparatning komponentlariga allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
– preparatning tarkibiga kiruvchi komponentlarga yuqori sezuvchanlik;
– 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
– homiladorlik (I uch oylik);
Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘siri
Grammidin® neo boshqa mahalliy va tizimli ta‘sirga ega mikroblarga qarshi vositalarning samaralarini kuchaytiradi.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi
Preparatni homiladorlikning I uch oyligida qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Preparatni qabul qilish vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Chiqarilish shakli
So‘rish uchun tabletkalar.
9 tabletkadan polivinilxlorid yoki polivinilxlorid/polivinilidenxlorid plyonka va chop etilgan loklangan alyumin folgali kontur uyali o‘ramda.
9 tabletkadan 2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25º S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.