×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GRAMMIDIN NEO S ANESTETIKOM tabletkalari N18

Kategoriya:
- Tomoq kasalliklari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Оксибупрокаин, Грамицидин C, Цетилпиридиния хлорид
Qadoqda soni:
- 18
Ishlab chiqaruvchi:
- Валента Фарм, ПАО
ATX kodi:
- R02AB30
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 11 ta dorixonasida topildi

ico 58 500 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

TONZILGON N draje N50 Bionorica SE Germaniya
68 000 s`om dan
DORITRISIN tabletkalari N10 Медице Арцнаймиттель Пюттер ГмбХ &Ко.КГ Germaniya
60 000 s`om dan
ADJISEPT pastilkalar so vkusom banana N24 Agio Pharmaceutical Limited Hindiston
19 000 s`om dan
LIZAK tabletkalari so vkusom shokolada N10 Фармак, ПАО Ukraina
15 300 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
GRAMMIDIN NEO S ANESTETIKOM tabletkalari N18 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

GRAMMIDIN® NEO

GRAMMIDIN NEO

 

Preparatning savdo nomi: GRAMMIDIN® neo

Xalqaro patentlanmagan yoki guruhlash nomi:

Gramisidin S+setilpiridiniy xloridi

Dori shakli: So‘rish uchun tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka saqlaydi:

faol moddalar:

gramisidin S digidroxloridi – 3,20 mg (gramisidin S ga hisoblanganda – 3,00 mg)

setilpiridin xlorid monogidrati – 1,05 mg (setilpiridiniy xloridiga hisoblanganda – 1,00 mg)

yordamchi moddalar:

kolloid kremniy dioksidi  – 5,00 mg, talk – 60,00 mg, asesulfam kaliy – 15,00 mg, yalpiz hushbo‘yi – 25,00 mg, sorbitol – 1065,75 mg, magniy stearati – 25,00 mg.

Ta‘rifi: oq rangli, dumaloq, ikkiyoqlama qabariq, bir tomonida GR yozuvi tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: antibiotik+antiseptik vosita

ATX kodi: [R02A]

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Tomoq va og‘iz bo‘shlig‘ining infeksion-yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun mo‘ljallangan majmuaviy preparat. Preparatning tarkibi mikroblarga qarshi vosita gramisidin S, va antiseptik vosita – setilpiridiniy xlorididan iborat.

Gramisidin S ning ta‘sir mexanizmi mikrob hujayrasining sitoplazmatik membranasini preparatga nisbatan yuqori o‘tkazuvchanligi bilan bog‘liq, bu mikrob xujjatlarini uning chidamliligini buzadi va hujayrani xalok bo‘lishini chaqiradi.

Gramisidin S og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning infeksion kasalliklarini qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan yaqqol mikroblarga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi.

Setilpiridiniy xloridi antiseptik vositalar turkumiga kiradi. Og‘iz bo‘shlig‘ida infeksion kasalliklarini qo‘zg‘atuvchilarining o‘sishi va ko‘payishini bostiradi.

Preparat yallig‘lanishni kamaytiradi, mikroblarga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi, tomoqdagi yoqimsiz hisni kamaytiradi yutinishni yengillashtiradi, organizmga so‘rilganda gipersalivasiyani chaqiradi, og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqni mikroorganizmlardan mexanik tozalanishiga yordam beradi.

Farmakokinetikasi

Preparat mahalliy ta‘sirga ega va deyarli me‘da-ichak yo‘llaridan so‘rilmaydi, bu amalda tizimli samaralarini butunlay yo‘qligini belgilaydi.

Qo‘llanishi

Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning infeksion-yallig‘lanish kasalliklari: angina, faringit, tonzillit, paradontoz, gingivit, stomatit.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ovqatdan keyin chaynamasdan og‘izda shimish yo‘li bilan qo‘llanadi. Preparatni bevosita qo‘llagandan keyin 1-2 soat davomida ovqat va ichimliklarni qabul qilishdan saqlanish lozim.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun dozalari: 1 tabletkadan kuniga 3-4 marta.

4 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun dozalari: 1 tabletkadan kuniga 1-2 marta.

Preparat 7 kun davomida qabul qilinganida terapevtik samara bo‘lmasa shifokorga murojaat qilish tavsiya qilinadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Alohida hollarda preparatning komponentlariga allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

– preparatning tarkibiga kiruvchi komponentlarga yuqori sezuvchanlik;

– 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar;

– homiladorlik (I uch oylik);

 

Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘siri

Grammidin® neo boshqa mahalliy va tizimli ta‘sirga ega mikroblarga qarshi vositalarning samaralarini kuchaytiradi.

 

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Preparatni homiladorlikning I uch oyligida qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Preparatni qabul qilish vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.

 

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Chiqarilish shakli

So‘rish uchun tabletkalar.

9 tabletkadan polivinilxlorid yoki polivinilxlorid/polivinilidenxlorid plyonka va chop etilgan loklangan alyumin folgali kontur uyali o‘ramda.

9 tabletkadan 2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

25º S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GRAMMIDIN NEO S ANESTETIKOM tabletkalari N18 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GRAMMIDIN NEO S ANESTETIKOM tabletkalari N18 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
GRAMMIDIN NEO S ANESTETIKOM tabletkalari N18 dori vositasi Валента Фарм, ПАО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
GRAMMIDIN NEO S ANESTETIKOM tabletkalari N18 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GRAMMIDIN NEO S ANESTETIKOM tabletkalari N18 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
INGAVIRIN kapsulalar 90mg N7
Narh: 89 900 so'mdan Batafsil
TRIMEDAT FORTE tabletkalari 300mg N20
Narh: 90 000 so'mdan Batafsil
FENAZEPAM 0,0005 tabletkalari N50
FENAZEPAM 0,0025 tabletkalari N50
FENAZEPAM 0,001 tabletkalari N50
Другие формы препарата
GRAMMIDIN sprey 0,06mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gollandiya / Rossiya
  • Faol modda: Грамицидин C, Цетилпиридиния хлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фамар Нидерланды Б.В./ Валента Фарм, ПАО
GRAMMIDIN S ANESTETIKOM sprey 112 doz
GRAMMIDIN DETSKIY sprey 0,03mg+0,1mg 112 doz
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gollandiya / Rossiya
  • Faol modda: Грамицидин C, Цетилпиридиния хлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фамар Нидерланды Б.В./ Валента Фарм, ПАО
GRAMMIDIN S ANESTETIKOM sprey 0,06 mg/0,15 mg/0,1 mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Niderlandlar
  • Ishlab chiqaruvchi: Валента Фарм АО., Россия произведено: Делфарм Бладель Б.В.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9