×
×
  • GRIPPOSTOP ATM poroshok 8g N10

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GRIPPOSTOP ATM poroshok 8g N10

Kategoriya:
- Og'riq qoldiruvchi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- ATM Pharm, OOO
ATX kodi:
- N02BE51
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

24 000 s`om dan
PENTALGIN tabletkalari N24 ОАО «Фармстандарт-Лексредства» Rossiya
30 500 s`om dan
ANALGIN inyeksiya uchun eritma 2ml 50% N10 Узхимфарм, АО O'zbekiston
5 800 s`om dan
ANTIGRIPPIN DLYA DETEY tabletkalari N10 Валеант,ООО, Россия произведено: Натур Продукт Фарма Сп. З о.о. Polsha
41 200 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
GRIPPOSTOP ATM poroshok 8g N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

GRIPPOSTOP® ATM

GRIPPOSTOPUM ATM

Preparatni savdo nomi: Grippostop® ATM

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): parasetamol, askorbin kislotasi, feniramin maleati.

Dori shakli: ichish uchun eritma tayyorlash uchun kukun.

Tarkibi:

Faol moddalar: parasetamol – 500 mg, askorbin kislotasi – 200 mg, feniramin maleati – 25 mg.

Yordamchi moddalar: saxaroza yoki kum-shakar, suvsiz limon kislotasi, natriy sitrati, (limon/malina/ananas/apelsin/ertut/asal/qora qorag‘at) aromatizatori, eruvchan saxarin (natriy saxarinat).

Ta‘rifi: oq rangdan och-sariq rangligacha bo‘lgan, tarkibiga kiradigan o‘ziga xos aromatizator ta‘mli granulalangan kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: O‘RK simptomlarini bartaraf etish uchun vosita.

ATX kodi: N02BE51

Farmakologik xususiyatlari

Majmuaviy preparat.

Parasetamol – asosan markaziy nerv tizimida prostaglandinlarning sintezini tormozlanishi, va kam darajada og‘riq impulslarini hosil bo‘lishini blok-lanishi orqali og‘rik koldiruvchi va isitma tushiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Periferik ta‘sirlar, shuningdek prostaglandinlar sintezini tormozlanishi yoki sintezini susayishi yoki boshqa og‘riq reseptorlarini mexanik yoki kimyoviy rag‘batlantirishga sezgirligiga javobgar bo‘lgan boshqa substansiyalarning ta‘siri bilan bog‘lik bo‘lishi mumkin.

Askorbin kislotasi – oksidlanish-qaytarilish jaraenlarini, uglevodlar almashinuvini, qon ivishini, to‘kimalarning regenerasiyasini, steroid gormonlarning sintezini boshqarilishida ishtirok etadi, tomirlarning o‘tkazuvchanligini pasaytiradi, V1, V2, A, Ye, vitaminlar, follat kislotasi pantoten knslotasiga bo‘lgan ehtiyojini kamaytiradi. Parasetamolning o‘zlashtirilishini yaxshilaydi va uning ta‘sirini uzaytiradi (yarim chikarilish davrini (T1/2) uzayishi bilan bog‘liq). Organizmni qarshiligini oshiradi.

Feniramin maleati – allergiyaga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Effektor hujayralarning N1-reseptorlari uchun gistamin bilan raqobat qilib, ular orqali amalga oshiriladigan gistaminning ta‘sirini (to‘qimalarning shishi va kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini oshishi) bartaraf qiladi, ammo agarda ular rivojlangan bo‘lsa, uning samaralarini, yuqota olmaydi. Burunnig bitishi, tumovni va aksa urishini kushimcha kamayishini ta‘minlaydi.

Farmakokinetikasi

Parasetamol – asosan yumshoq to‘qimalarda tez va birtekis taqsimlanadi, T1/2 1,25 dan 3 soatga teng. Jigarda mikrosomal ferment tizimi orqali metabolizmga uchraydi. Og‘iz orqali qabul qilingan parasetamol dozasining taxminan 85% siydik bilan (erkin va konyugasiyalangan parasetamol kurinishida) 24 soat davomida chiqariladi.

Askorbin kislotasi – me‘da-ichak yullarida (ingichka ichakdan) yaxshi so‘riladi va to‘qimalarda taqsimlanadi, ayniksa buyrak usti bezlarida. Asosan jigarda dezoksiaskorbin va keyinchalik shovulsirka va diketogulon kislotasiga aylanib metabolizmga uchraydi. O‘zgarmagan askorbat va metabolitlari siydik, ahlat, ter, kukrak suti bilan chiqariladi.

Feniramin maleati – ichga ko‘llanilgandan keyin asta-sekin, lekin to‘lik me‘da-ichak yo‘llaridan suriladi, qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi yuqori (72%). Biotransformasiyasi jigarda, hamda buyraklarda. T1/2 – 14-25 soat, organizmdan buyraklar orqali metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi.

 

Qo‘llanilishi

O‘RK, O‘RVI (simptomatik davolash), allergik rinit, rinofaringit, og‘riq sindromы (kuchsiz va urtacha ifodalangan); artralgiya. mialgiya, nevralgiya, migren, tish va bosh og‘rig‘i, algodismenoreya, jarohatlar, kuyishlardagi og‘rik.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, kattalar va 15 yoshdan oshgan bolalarga 1 paketchadan sutkada 2-3 marta.

Paketchaning ichidagisi yetarli miqdordagi iliq suvda eritiladi. Preparatni qabullari orasidagi oraliq 4 soatdan kam bo‘lmasligi kerak. Buyrak yetishmovchiligida preparatning qabullari orasidagi oraliq kamida 8 soatni tashkil qilishi kerak. Qabul qilish davomiyligi shifokor maslahatisiz og‘riq qoldiruvchi vositasi sifatida buyurilganda 5 kundan, isitma tushiruvchi vositasi sifatida 3 kundan oshmasligi kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar (teri toshmasi, qichishish, eshakemi, angionevrotik shish), ko‘ngil aynishi, epigastral og‘riklar, anemiya, trombositopeniya, og‘izni qurishi, akkomodasiya parezi, siydikni tutilishi, uyquchanlik. Uzoq muddat katta dozalarda qullanganida gepatotoksik ta‘siri, gemolitik anemiya, aplastik anemiya, metgemoglobinemiya, pansitopeniya, me‘da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishi, me‘da-ichak yo‘laridan qon ketishlar, nefrotoksiklik (papillyar nekroz).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

Parasetamolga, askorbin kislotasiga, feniramin maleatiga yuqori sezuvchanlik. Me‘da-ichak yullarining eroziv-yarali shikastlanishlari (zo‘rayish bosqichida-gi), buyrak yetishmovchiligi, portal gipertenziya, alkogolizm, glyukoza-6-fosfat degidrogenaza tankisligi, bolalik yoshi (15 yoshgacha), homiladorlik (1 va 3 uch oyligi) va laktasiya davri.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Etanol feniramin maleatining sedativ ta‘sirini kuchaytiradi.

Antidepressantlar, parkinsonizmga karshi, antipsixotik (fenotiazin hosilalari) dori vositalari preparatning nojo‘ya samaralari rivojlanishi xavfini (siydikni tutilishi. ogzini kurishi. kabziyatlar) oshiradi.

Glyukokortikosteroidlarni birga kabul kilish glaukoma rivojlanishi xavfini oshiradi. Mikrosomal oksidlanish induktorlari (fenitoin, etanol, barbiturat-lar. rifampisin, fenilbutazon, trisiklik antidepressantlar) gidroksidlangan faol metabolitlar hosil bulishini oshiradi, bu preparatning dozasi biroz oshirib yuborilganida intoksikasiya rivojlanishi xavfini oshiradi. Mikrosomal oksidlanish ingibitorlari (simetidin) gepatotoksik ta‘siri xavfini pasaytiradi.

Parasetamol urikozurik dori vositalarini samaradorligini pasaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat bilan davolash fonida 3 kundan ortiq davom etgan gipertermiyada va 5 kundan orgik ogrik sindromida shifokor maslaxati talab kilinadi.

Preparatni qabul qilish glyukoza va siydik kislotasini plazmadagi mikdorini aniklashda laboratoriya tekshirishlarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartiradi. Davolash vaktida periferik qon manzarasini va jigarning funksional holatini nazorat kilishi kerak.

Davolash davrida etanol iste‘mol kilishdan (gepatotoksik ta‘sirni rivojlanishi mumkin), avtotransportni haydash va dikkatni yuqori jamlashni va tezkor psixomotor reaksiyalarini talab kiladigan boshka potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saklanish kerak.

Tugma giperbilirubinemiyada (Jilber, Dubina-Djonson va Rotor sindromlari), yepik burchakli glaukomada, prostata bezini giperplaziyasida ehtiyotkorlik bilan qabul qilinadi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saklansin va yaroklilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshib yuborilishi

Kattalarda zaharli ta‘siri preparat tarkibida parasetamolni 10-15 g dan ko‘p qabul qilganda bo‘lishi mumkin.

Simptomlari (parasetamol bilan bog‘liq bo‘lgan): teri qoplamalarini oqarishi, ishtahani pasayishi, ko‘ngil aynishi, qusish; gepatonekroz (zaharlanish oqibatidagi nekrozning yaqqolligi bevosita dozani oshirib yuborish darajasiga bog‘liq), «jigar» transaminazalari faolligini oshishi, protrombin vaqtini (qabul qilishdan 12-48 soatdan keyin) uzayishi, jigarning shikastlanishini keng «klinik» manzarasi 1-6 kundan keyin namoyon bo‘ladi. Kam: jigar yetishmovchiligi yashin tezligida rivojlanadi va buyrak yetishmovchiligi bilan asoratlanishi (tubulyar nekroz) mumkin.

Davolash: dozani oshirib yuborishdan keyingi birinchi 6 soatda – me‘dani yuvish, SH-guruhi donatorlarini va glutation – metionin sintezi o‘tmishdoshlarini doza oshirib yuborilganidan 8-9 soatdan va N-asetilsisteinni 12 soatdan keyin yuborish. Qo‘shimcha terapevtik tadbirlarni o‘tkazish zarurati (keyinchalik metionin, N-asetilsisteinni vena ichiga (v/v) yuborish) parasetamolning qondagi konsentarsiyasiga, hamda uni qabul qilgandan keyin o‘tgan vaqtga qarab aniqlanadi.

Chiqarilish shakli

10, 12 yoki 20 o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GRIPPOSTOP ATM poroshok 8g N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GRIPPOSTOP ATM poroshok 8g N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
GRIPPOSTOP ATM poroshok 8g N10 dori vositasi ATM Pharm, OOO tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
GRIPPOSTOP ATM poroshok 8g N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GRIPPOSTOP ATM poroshok 8g N10 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
MIKOFLYU kapsulalar 150mg N1
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
AZASIN kapsulalar 500mg N3
AMBROSTAT tabletkalari 30mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: ATM Pharm, OOO
NIFUROKSAZID ATM kapsulalar 200mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: ATM-Pharm
Narh: 20 200 so'mdan Batafsil
ASSEIN poroshok 600mg N10
ASSEIN poroshok 200mg N10
AZASIN kapsulalar 250mg N6
ASSEIN poroshok 600mg N20
ASSEIN poroshok 200mg N20
FLUOKSETIN ATM kapsulalar 20mg N20
OMEPRAZOL ATM kapsulalar 20mg N30
FLUKONAZOL ATM kapsulalar 150mg N1
NIMESULID ATM granuli 2g N30
Narh: 50 400 so'mdan Batafsil
VITAMIN S ATM poroshok 300mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: ATM Pharm, OOO
ENZIMIN tabletkalari 140mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: ATM Pharm, OOO
ENZIMIN tabletkalari 140mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: ATM Pharm, OOO
Другие формы препарата
GRIPPOSTOP ATM tabletkalari N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: ATM Pharm, OOO
GRIPPOSTOP ATM tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: ATM Pharm, OOO
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9