Portalimizni rivojlantirish maqsadida biz cookiesdan foydalanamiz. Saytdan foydalanishni davom etishingiz, ulardan foydalanishimizga rozilligingizni anglatadi. Batafsil
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Diklofenak natriy siklooksigenaza ingibitori bo'lib uni ta'siri boshqa nosteroidli yalllig'lanishga qarshi vositalarga qaraganda ancha ustunroqdir. Preparat hamda leykotsitlarda erkin araxidonatni xujayra ichki kontsentratsiyasini kamaytiradi. Bu xususiyati balki yog' kislotalarini ajralishini yoki ularni qamrab olinishini o'zgartirish xususiyatiga bog'liqdir.
Asosiy nojo'ya ta'sirlari oshqozon ichak simptomlari, peptik oshqozon yarasi va oshqozon ichakdagi qon ketishlardan iboratdir. Boshqa nojo'ya ta'sirlari - qorin sohasidagi og'riqlar va sanchiqlar, bosh og'rishi, suyuqlikni tutilishi, diareya, ko'ngil aynishi, ovqat hazm bo'lmasligi, bosh aylanishi, teridagi toshmalar va vaqtinchalik epigastriy sohasidagi og'riqlardir.
Preparatga yuqori sezuvchan bo'lgan bemorlarga qo'llash mumkin emas. Diklofenak natriy aspirin va boshqa nosteroidli yallig'lanishga qarshi vositalar astma, toshmalar (urtikariyalar) va boshqa allergik turdagi reaktsiyalar chaqiradigan bemorlarga bu ireitni qo'llash tavsiya etilmaydi, chunki bunday bemorlarda og'ir va ba'zi hollarda, o'limga olib keluvchi anafilaktik reaktsiyalar qayd etilgan. Bundan tashqari preparatni faol peptik yarasi bo'lgan bemorlarga va oshqozon ichakdan qon ketishida qo'llash mumkin emas.
Ogohlantirishlar:
Preparat qo'llanganda ba'zida anafilaktsiyali allergik reaktsiyalar kuzatiladi. Suyuqlik tugilishi va shishlar bo'lishi hollari qayd etilganligi tufayli yurak xastaligi va gipertoniyasi bo'lgan bemorlarda preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Buyrak faoliyati buzilgan bemorlarni buyrak papillyar nekroz va buyrak yetishmovchiligi tufayli buyrakdagi qon aylanishini kamayib ketishi mumkinligini e'tiborga olib doim nazoratda ushlab turish lozim. Porfiriya kasalligi bo'lgan bemorlarda preparatni qo'llash mumkin emas. Diklofenakni homiladorlik, emiziklik davrda va bolalarga qo'llanilganda havfsizligi qayd etilmagan.
Aspirin diklofenakni bog'lanadigan joylaridan siqib chiqaradi va uni plazmadagi kontsentratsiyasini va eng yuqori darajaligini pasaytiradi.
Antikoagulyantlar:
Diklofenakni varfarin bilan birga qo'llanilganda bemorlarni qat'iy nazorat ostida olish kerak.
Digoksin, metotreksat, siklosporinlar:
Diklofenak digoksin va metotreksat miqdorini ko'paytirishi mumkin, buyrak prostaglandinlariga ta'siri natijasida diklofenak siklosporinlarni nefrotoksikligini kuchaytirishi mumkin.
Litiy:
Diklofenak litiyni klirensini kamaytiradi va uning plazmadagi miqdorini ko'paytiradi. Shu tufayli litiyli zaharlanish rivojlanishi mumkin.
Diuretiklar:
Diklofenak diuretiklar ta'sirini ingibirlashi mumkin.
Diklofenak tabletkalari 1 kunda 50, 75-150 mg dan 2-3 martaga bo'lib qabul qilinadi.
In'ektsiya uchun mo'ljallangan diklofenak natriyni 75 mg dan mushak orasiga 1 -2 marta chuqur dumbaga ko'pi bilan 2-3 kun yuborish mumkin.
Dozasi o'gkir oshirib yuborilsa oshqozonni qusish yoki yuvish yo'li bilan bo'shatish lozim. Majburiy diurez ham foydali bo'lishi mumkin. Bulardan tashqari diklofenak natriyni absorbtsiyalash uchun faollangan ko'mir qo'llaniladi.
Oshqozon ichak ta'sirlari: bemorlarga xoniqarli terapevtik natijalarga yetishish uchun ma'lum parxez tavsiya qilish kerak.
Nosteroidli yallig'lanishga qarshi vositalar bilan davolanganda oshqozon ichakdagi yaralar, qon ketishlar va yaralarni teshilib qorin bo'shlig'iga ochilib ketishi havfi:
Oshqozon ichak yaralari, qon ketishi va yaralarni teshilib qorin bo'shlig'iga ochilib ketishi shaklidagi asoratlari shifokorlar kasallarga oshqozon ichak asoratlaridagi simptomlarni ko'rinishlari haqida va ularni qanday bartaraf qilish kerakligi haqida ma'lumotlar berishligi kerak.
Fermentlarni darajasi ko'tarilishi va gepatit reaktsiyalar paydo bo'lishi mumkin, shu jumladan sariq kasalligi va juda tez rivojlanib o'limga olib keladigan gepatit. Shifokorlar bemorlarni gepatotoksiklik belgilari
(masalan, ko'ngil aynashi, charchash, qichishish, grippsimon simptomlar) bo'lishi
mumkinligi haqida ogohlantirishlari zarur.