×
×
  • INSUPRID tabletkalari 1mg N30

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

INSUPRID tabletkalari 1mg N30

Kategoriya:
- Qandli diabetga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Turkiya
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Insuphar Laboratories Ilacları Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
ATX kodi:
- A10BB12
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SITA MET tabletkalari 50mg/1000mg N28 CCL Pharmaceuticals (Pvt) Ltd Pokiston
148 200 s`om dan
INSUFOR tabletkalari 850mg N30 Insuphar Laboratories Ilacları Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S. Turkiya
25 000 s`om dan
AKTRAPID suspenziya 10ml 100ME/ml Ново Нордиск А/С Daniya
GLYURENORM tabletkalari 30mg N60 BOEHRINGER INGELHEIM ELLAS, A.E. Gretsiya
122 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
INSUPRID tabletkalari 1mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

INSUPRID

INSUPRID

 

Preparatning savdo nomi: Insuprid

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): glimepirid

Dori shakli: tabletkalar.

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 1 mg, 2 mg, 3 mg yoki 4 mg glimepirid.

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, laktoza monogidrati, natriy kroskarmelloza, natriy kraxmal glikolyati, povidon, magniy stearati.

Ta‘rifi: oq rangdan deyarli oq ranggacha bo‘lgan har ikkala tomonida bo‘lish uchun riskasi bo‘lgan uzunchoq tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Peroral qo‘llanadigan gipoglikemik vositalar, insulindan tashqari: sulfonilmochevina hosilalari.

ATX kodi: A10BB12

Farmakologik hususiyatlari

Farmakodinamikasi

Insuprid – peroral gipoglikemik preparat bo‘lib, III avlod sulfonilmochevina hosilasidir.

Insupridning faol moddasi glimepirid asosan me‘da osti bezining b-hujayralaridan insulinni ishlab chiqarilishini rag‘batlantirishi hisobiga qonda glyukozaning konsentrasiyasini pasaytiradi. Uning samarasi asosan me‘da osti bezining b-hujayralarini glyukoza tomonidan fiziologik jihatdan rag‘batlanishiga reaksiya ko‘rsatish hususiyatini yaxshilanishi bilan bog‘liq. Glibenklamidga nisbatan, glimepirid kichik dozalarda insulinni kamroq miqdorda ajralib chiqishini chaqiradi, bunda qonda glyukozaning konsentrasiyasini taxminan bir xil darajada pasayishiga erishiladi. Bu fakt glimepiridda ekstrapankreatik gipoglikemik samaralarni (to‘qimalarni insulinga nisbatan sezuvchanligini oshishi va insulinomimetik samarasi) borligidan dalolat beradi.

Insulin sekresiyasi. Boshqa barcha sulfonilmochevina hosilalari kabi, glimepirid b-hujayralarning membranalaridagi adenozintrifosfatga sezgir (ATFga sezgir) kaliy kanallari bilan o‘zaro ta‘sir qilishi hisobiga insulin sekresiyasini boshqaradi. Boshqa sulfonilmochevina hosilalaridan farqli ravishda, glimepirid me‘da osti bezining b-hujayralari membranalarida joylashgan, molekulyar massasi 65 kilodalton bo‘lgan oqsil bilan tanlab bog‘lanadi. Glimepiridni, o‘zi bilan bog‘lanadigan oqsil bilan o‘zaro ta‘siri ATFga sezgir kaliy kanallarini ochilishi yoki yopilishini boshqaradi.

Glimepirid kaliy kanallarini yopadi. Bu b-hujayralarning depolyarizasiyasini chaqiradi va voltajga sezgir kalsiy kanallarini ochilishiga va kalsiyni hujayra ichiga kirishiga olib keladi. Natijada hujayra ichiga kalsiyning konsentrasiyasini oshishi ekzositoz yo‘li orqali insulin sekresiyasini faollashtiradi.

Glimepirid o‘zi bilan bog‘lanadigan oqsil bilan glibenklamidga nisbatan ancha tezroq va muvofiq ravishda ko‘proq bog‘lanadi va ajraladi. Glimepiridni o‘zi bilan bog‘lanadigan oqsil bilan almashinish tezligini yuqori bo‘lishi b-hujayralarni glyukozaga nisbatan yaqqol sensibilizasiya samarasi va ularni desensibilizasiyadan hamda muddatidan oldin toliqishi bilan ifodalanadi deb taxmin qilinadi.

To‘qimalarning insulinga bo‘lgan sezuvchanligini oshish samarasi. Glimepirid periferik to‘qimalar tomonidan glyukozani yutilishiga insulinning ta‘sirini kuchaytiradi.

Insulinomimetik samarasi. Glimepirid periferik to‘qimalar tomonidan glyukozani yutilishiga va glyukozani jigardan chiqishiga insulinning ta‘siriga o‘xshash samaralarga ega. Periferik to‘qimalar tomonidan glyukozani yutilishi uni mushak hujayralari va adipositlarni ichiga tashilishi orqali amalga oshiriladi. Glimepirid bevosita mushak hujayralari va adipositlarning plazma membranalarida glyukozani tashuvchi molekulalarning miqdorini oshiradi. Hujayralar ichiga glyukozani kirishini oshishi glikozilfosfatidilinozitolga spesifik fosfolipaza S ni faollashishiga olib keladi. Buning natijasida hujayra ichidagi kalsiyning konsentrasiyasi pasayib, proteinkinaza A ning faolligini kamaytiradi, bu o‘z navbatida glyukozning metabolizmini rag‘batlanishiga olib keladi.

Glimepirid glyukoneogenezni ingibisiya qiladigan fruktoza-2,6-bisfosfatning konsentrasiyasini oshishi hisobiga jigardan glyukozani chiqishini ingibisiya qiladi.

Trombositlar agregasiyasiga va aterosklerotik blyashkalarni hosil bo‘lishiga ta‘siri

In vitro va in vivo sharoitlarida glimepirid trombositlar agregasiyasini kamaytiradi. Bu samarasi, ehtimol, trombositlar agregasiyasini muhim endogen omili bo‘lgan tromboksan A ni hosil bo‘lishi uchun javob beradigan siklooksigenazani selektiv ingibisiya bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Antiaterogen ta‘siri. Glimepirid lipidlarning miqdorini normal holatga kelishiga olib keladi, qonda malonon aldegidining darajasini pasaytiradi, bu lipidlarni peroksidli oksidlanishini ahamiyatli darajada pasayishiga olib keladi.

Oksidlanish steressning yaqqolligini pasayishi, bu qandli diabetning 2 tipi bilan xastalangan pasientlarda doimo mavjud bo‘ladi. Glimepirid endogen α-tokoferolning darajasini, katalaza, glyutationperoksidaza va superoksiddismutazaning faolligini oshiradi.

Yurak-qon tomir samaralari. Shuningdek sulfonilmochevina hosilalari ATFga sezuvchan kaliy kanallari orqali yurak qon tomir tizimiga ham ta‘sir ko‘rsatadi. Odatdagi sulfonilmochevina hosilalariga nisbatan, glimepirid yurak qon tomir tizimiga ishonarli kamroq ta‘sir ko‘rsatadi. U trombositlar agregasiyasini pasaytiradi va aterosklerotik blyashkalar hosil bo‘lishini ahamiyatli darajada kamayishiga olib keladi.

Sog‘lom ko‘ngillilarda glimepiridning minimal samarali dozasi 0,6 mg ni tashkil etadi. Glimepiridning samarasi dozaga bog‘liq tiklanadigan hisoblanadi. Jismoniy harakatlarga fiziologik reaksiya (insulin sekresiyasini pasayishi) glimepirid qabul qilinganida saqlanib turadi.

Preparat ovqatlanishdan 30 minut oldin yoki bevosita ovqatlanishdan oldin qabul qilinganligidan qat‘iy nazar, samarasida ishonarli farqlar bo‘lmaydi. Qandli diabet bilan xastalangan pasientlarda preparat bir marta qabul qilinganida 24 soat davomida yetarli metabolik nazoratga erishish mumkin. Shu bilan birga, klinik tadqiqotda buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi (KK) – minutiga 4-79 ml) bo‘lgan 16 nafar pasientning 12 nafarida ham yetarli metabolik nazoratga erishilgan.

Metformin bilan majmuaviy davolash. Glimepirid maksimal dozada qo‘llanganida yetarli metabolik nazoratga erishilmagan pasientlarga glimepirid va metformin bilan majmuaviy davolash boshlanishi mumkin. Ikkita tadqiqotda majmuaviy davolash o‘tkazilganida kuzatiladigan metabolik nazorat har bir preparat bilan alohida davolanganda kuzatiladigan metabolik nazoratga nisbatan yaxshilanishi isbotlangan.

Insulin bilan majmuaviy davolash. Glimepirid maksimal dozalarda qabul qilinganida yetarli metabolik nazoratga erishilmagan pasientlarga bir vaqtda insulin bilan davolash boshlanishi mumkin. Ikkita tadqiqotning natijalariga ko‘ra ushbu majmua qo‘llanganida faqat insulinning o‘zi qo‘llanganida erishiladigan metabolik nazoratni yaxshilanishiga erishiladi. Biroq majmuaviy davolashda insulinning yanada kichikroq dozada qo‘llash tavsiya etiladi.

 

Farmakokinetikasi

Glimepirid bir marta va ko‘p marta qabul qilinganida olingan ma‘lumotlar qiyoslanganida, farmakokinetik ko‘rsatkichlarda ishonarli farqlar aniqlanmagan, turli pasientlar o‘rtasida ularning o‘zgaruvchanligi esa juda past bo‘lgan. Preparatni ahamiyatli darajada to‘planishi kuzatilmaydi.

So‘rilishi

Glimepirid ichga qabul qilinganida uning biokiraolishligi to‘liq hisoblanadi. Ovqatlanish preparatni so‘rilishiga ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi, so‘rilish tezligini biroz sekinlashishi bundan istisno. Glimepirid 4 mg sutkalik dozada ko‘p marta qo‘llanganida qon zardobida maksimal konsentrasiyasiga 2,5 soatdan keyin erishadi va 309 ng/ml ni tashkil etadi; preparatning dozasi va maksimal konsentrasiyasi o‘rtasidagi nisbat, shuningdek dozasi va AUC (“konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydoni) o‘rtasidagi nisbatn ham to‘g‘ri proporsionaldir,

Taqsimlanishi

Glimepirid uchun juda past taqsimlanish hajmi (taxminan 8,8 l) xos bo‘lib, albuminni taqsimlanish hajmiga taxminan teng, plazma oqsillari bilan bog‘lanish darajasi yuqori (99% dan yuqori) va klirensi past (minutiga taxminan 48 ml).

Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda glimepirid ko‘krak sutiga o‘tgan. Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Gematoensefalik to‘siq orqali yomon o‘tadi.

Biotransformasiyasi va chiqarilishi

Ko‘p martalik dozalash tartibiga muvofiq qo‘llanganida qon zardobida preparatning plazmadagi konsentrasiyalarida yarim chiqarilish davri 5-8 soatni tashkil etadi. Yuqori dozalarda qabul qilinganidan so‘ng yarim chiqarilish davri uzayadi.

Glimepiridning dozasi ichga bir marta qabul qilinganida siydik bilan 58% va axlat bilan 35% chiqariladi. Siydikda o‘zgarmagan modda aniqlanmagan. Siydikda va axlatda, preparat jigar metabolizmga uchrashi natijasida hosil bo‘ladigan ikkita nofaol metabolitlari aniqlanadi, ulardan biri gidroksihosilasi, boshqasi esa – karboksi hosilasi hisoblanadi. Glimepirid ichga qabul qilinganidan so‘ng bu metabolitlarini yakuniy yarim chiqarilish davri muvofiq ravishda 3-6 soat va 5-6 soatni tashkil etadi.

Ayrim klinik holatlarda preparatning farmakokinetikasi

Turli jins va turli yoshdagi pasientlar guruhida preparatning farmakokinetik ko‘rsatkichlari bir xildir.

Buyrak faoliyatini buzilishi (KK past bo‘lgan) bo‘lgan pasientlarda glimepiridning klirensini oshishiga va qon zardobidagi o‘rtacha konsentrasiyasini pasayishiga taxmin qilinadi, bu ehtimol, preparatni oqsillar bilan bog‘lanishi pastroq bo‘lganligi tufayli, uni organizmdan yanada tezroq chiqarilishi bilan ifodalanadi. Shunday qilib, ushbu toifadagi pasientlarda glimepiridni to‘planishini qo‘shimcha havfi yo‘q.

Qo‘llanilishi

Qandli diabetning 2 tipi (monoterapiya ko‘rinishida yoki metformin hamda insulin bilan majmuaviy davolash tarkibida) parhez, jismoniy harakatlar yoki tana vaznini kamaytirish yordamida qondagi qand miqdorini adekvat nazorat qilish mumkin bo‘lmagan hollarda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Insuprid – ichga qabul qilish uchun tabletkalar.

Tabletkalarni butun holda, chaynamasdan, yetarli miqdordagi suyuqlik (taxminan ½ stakan) suyuqlik bilan qabul qilish kerak.

Glimepiridning dozasi qon va siydikdagi glyukozaning miqdorini tahlil natijalari bo‘yicha belgilanadi. Preparatni kerakli metabolik nazoratga erishish uchun yetarli bo‘lgan minimal dozada qo‘llash kerak.

Preparat bilan davolanish vaqtida qonda glyukozaning darajasini muntazam ravishda nazorat qilish kerak. Bundan tashqari, glyukozani biriktirgan gemoglobinning darajasini muntazam ravishda nazorat qilish tavsiya etiladi.

Preparatni qabul qilishni buzilishi, masalan, navbatdagi dozani qabul qilishni unutish, preparatni yuqori dozalarda qabul qilish orqali o‘tkazib yuborilgan dozani to‘ldirish mumkin emas.

Preparatni qabul qilishda xatolikka yo‘l qo‘yilganida (xususan, navbatdagi dozani qabul qilish o‘tkazib yuborilganida yoki ovqatlanish o‘tkazib yuborilganida) yoki preparatni qabul qilish imkoniyati bo‘lmagan holatlarda, shifokor bajarilishi kerak bo‘lgan harakatlar yuzasidan pasientga oldindan ma‘lumot berish kerak.

Insuprid preparatining boshlang‘ich dozasi sutkada bir marta 1 mg ni tashkil etadi. Zarurat bo‘lganida sutkalik dozasi qondagi glyukozaning darajasini muntazam ravishda nazorat qilish orqali asta-sekin (1-2 haftalik intervallar bilan) quyidagi tartibda: sutkada 1 mg-2 mg-3mg-4 mg-6 mg (- 8 mg) gacha oshirilishi mumkin.

Qandli diabetning 2 tipi bilan xastalangan yaxshi nazorat qilish mumkin bo‘lgan pasientlarda preparatning kundalik dozasi odatda 1-4 mg ni tashkil etadi. 6 mg dan ortiq kundalik doza faqat oz miqdordagi pasientlarda samarali hisoblanadi.

Preparatni qabul qilish vaqti va sonini shifokor pasientning hayot tarzini (ovqatlanish vaqti, jismoniy harakatlar miqdori) hisobga olgan holda belgilaydi. Sutkalik dozani odatda bevosita to‘liq nonushtadan oldin, yoki agar sutkalik dozasi qabul qilingan bo‘lmasa, bevosita birinchi asosiy ovqatlanishdan oldin bir marta qabul qilishga buyuriladi. Tabletka qabul qilinganidan so‘ng ovqatlanish juda muhimdir.

Metabolik nazoratni yaxshilanishi insulinga nisbatan sezuvchanlikni oshishi bilan assosiasiyalanganligi tufayli, davolanish vaqtida glimepiridga bo‘lgan talab pasayishi mumkin. Gipoglikemiyani rivojlanishidan saqlanish uchun Insuprid preparatining dozasini o‘z vaqtida kamaytirish yoki qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Glimepirid bilan davolanish odatda uzoq muddat o‘tkaziladi.

Pasientni boshqa peroral gipoglikemik dori vositasidan Insupridga o‘tkazish

Bemorni boshqa antidiabetik dori vositalaridan Insupridga o‘tkazish bo‘lishi mumkin. Oldingi gipoglikemik dori vositasining samarasini davomiyligi va jadalligini inobatga olish kerak. Ba‘zi hollarda, ayniqsa yarim chiqarilish davri davomli bo‘lgan dori vositalari (masalan, xlorpropamid) qo‘llanganida, gipoglikemiyani rivojlanish havfini oshiradigan additiv samaradan saqlanish maqsadida davolash vaqtida tanaffus talab etilishi mumkin.

Boshqa antidiabetik preparatlardan Insupridga o‘tilganida glimepiridning tavsiya etiladigan sutkalik dozasi 1 mg ni (hatto agar pasient boshqa peroral gipoglikemik preparatning maksimal dozasidan Insuprid preparatiga o‘tkazilgan bo‘lsa ham) tashkil etadi. Preparatning dozasini har qanday oshirishni yuqorida keltirilgan tavsiyalarga muvofiq ravishda glimepiridga nisbatan javob reaksiyasini hisobga olgan holda bosqichma-bosqich o‘tkazish kerak.

Pasientni insulindan insupridga o‘tkazish

Ayrim hollarda pasientlarni insulindan Insupridga o‘tkazish ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin. Bu jarayon shifokorning nazorati ostida bo‘lishi kerak.

Buyrak va jigar yetishmovchiligida qo‘llanishi

Og‘ir darajadagi buyrak va jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga preparatni qo‘llash bo‘yicha ma‘lumotlar cheklangan. Bunday holatda pasientni insulinga o‘tkazish tavsiya etiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya samaralarni rivojlanish tezligini quyida keltirilgan ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlangan: kam hollarda (≥ 1/10000 dan < 1/1000 gacha), juda kam hollarda
(< 1/10000), uchrash tez-tezligi noma‘lum.

Limfa tizimi va qon yaratish tizimi tomonidan: kam hollarda – trombositopeniya, leykopeniya, granulositopeniya, agranulositoz, eritrositopeniya, gemolitik anemiya va pansitopeniya, odatda preparatni qabul qilish to‘xtatilganida orqaga qaytadi.

Immun tizimi tomonidan: juda kam hollarda – leykositoplastik vaskulit, o‘rtacha darajada ifodalangan o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari arterial bosimni tushib ketishi, dispnoe va ba‘zida anafilaktik shok bilan kechadigan, hayot uchun havf tug‘diruvchi holatlargacha zo‘rayishi mumkin.

Moddalar almashinuvi tomonidan: gipoglikemiya.

Bu reaksiya asosan, preparat qabul qilingan zahoti rivojlanadi, havfli bo‘lishi mumkin, va ularni har doim ham osongina bartaraf qilish imkoni yo‘q. Bunday reaksiyalarni rivojlanishi, boshqa gipoglikemik davolash turlarida bo‘lgani kabi, ovqatlanish odati va preparatning dozasi kabi qator individual omillarga bog‘liq.

Ko‘rish a‘zolari tomonidan: uchrash tez-tezligi noma‘lum – ayniqsa davolanishni boshlanishida, glyukozaning konsentrasiyasini o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rishni vaqtinchalik buzilishlari kuzatilishi mumkin.

Ovqat hazm qilish a‘zolari tomonidan: juda kam hollarda – ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda siqilish, og‘irlik yoki diskomfort hissi, qorinda og‘riq, kam hollarda davolashni to‘xtatishga sabab bo‘ladi.

Allergik reaksiyalar: uchrash tezligi noma‘lum – qichishish, eshakemi, yorug‘likka sezuvchanlik reaksiyasi.

Boshqalar: juda kam hollarda – qonda natriyning konsentrasiyasini pasayishi, jigar faoliyatini buzilishi (masalan, xolestaz yoki safroni tarqalishi), gepatit va jigar yetishmovchiligi bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • glimepiridga yoki preparatning biron-bir komponentiga, boshqa sulfonilmochevina hosilalariga yoki sulfanilamid preparatlariga yuqori sezuvchanlik;
  • qandli diabetning I tipi (insulinga qaram turi);
  • diabetik ketoasidoz, diabetik prekoma va koma;
  • jigar va buyrak faoliyatini og‘ir darajadagi buzilishlari;
  • homiladorlik va laktasiya davri;
  • bolalarda (klinik qo‘llash tajribasi yo‘q) qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Metformin bilan majmuada qo‘llanishi

Glimepirid yoki metformin maksimal sutkalik dozalarda qabul qilinganida yetarli darajada nazorat qilib bo‘lmaydigan qandli diabet bilan xastalangan pasientlarni ushbu preparatlarni majmuasi bilan davolash boshlanishi mumkin. Bunda yoki glimepirid yoki metformin bilan ilgari o‘tkazilgan davolash aynan o‘sha dozalarda davom ettiriladi, metformin yoki glimepiridni qo‘shimcha qabul qilish esa kichik dozalar bilan boshlanadi, keyinchalik metabolik nazoratning kutilgan darajasiga qarab, maksimal sutkalik dozagacha titrlanadi. Majmuaviy davolashni qat‘iy tibbiy kuzatuv ostida boshlash kerak.

Insulin bilan majmuada qo‘llanishi

Glimepirid maksimal sutkalik dozada qabul qilinganida yetarli darajada nazorat qilib bo‘lmaydigan pasientlarga bir vaqtning o‘zida insulin buyurilishi mumkin. Bunday holatda bemorga buyurilgan glimepiridning oxirgi dozasi o‘zgarmasdan qoladi. Bunda insulin bilan davolash kichik dozalar bilan boshlanadi, qondagi glyukozaning nazorati ostida asta-sekin oshiriladi. Majmuaviy davolash sinchkov tibbiy kuzatuv ostida o‘tkazilishi kerak. Glikemiya uzoq muddat nazorat qilib turilganida ushbu majmuaviy davolash insulinga bo‘lgan talabni deyarli 40% gacha pasaytirishi mumkin.

Glimepirid sitoxrom R4502S9 tomonidan metabolizmga uchraydi, shu fermentning induktorlari (masalan, rifampisin) yoki ingibitorlari (masalan, flukonazol) bilan bir vaqtda qo‘llanganida inobatga olinishi kerak.

In vivo sharoitlarida dori vositalari bilan o‘zaro ta‘sirini adabiyotda chop etilgan natijalari, flukonazol CY32C9 ning eng kuchli ingibitorlaridan biri ekanligini, glimepiridning AUC taxminan 2 marta oshirishini ko‘rsatadi.

Gipoglikemik ta‘sirini kuchayishi va u bilan bog‘liq bo‘lgan gipoglikemiyani rivojlanishi glimepirid angiotenzinga aylantiruvchi fermentning ingibitorlari, allopurinol, anabolik steroidlar va erkaklarning jinsiy gormonlari, xloramfenikol, proizvodnыmi kumarin, siklo-, tro- va izofosfamidlar, fenfluramin, fibratlar, fluoksetin, simpatolitiklar (guanetidin), monoaminoksidaza ingibitorlari, mikonazol, flukonazol, pentoksifillin (yuqori dozalarda parenteral yuborilganida), fenilbutazon, azapropazon, oksifenbutazon, probenesid, xinolonlar, salisilatlar va aminosalisil kislotasi, sulfinpirazon, uzoq ta‘sir qiluvchi ayrim sulfanilamidlar, tetrasiklinlar, tritokvalin bilan bir vaqtda qo‘llanganida kuzatilishi mumkin.

Gpioglikemik ta‘sirini susayishi va qonda glyukozaning konsentrasiyasini u bilan bog‘liq bo‘lgan oshishi glimepirid asetazolamid, barbituratlar, glyukokortikosteroidlar, diazoksid, saluretiklar, tiazid diuretiklar, epinefrin va boshqa simpatomimetik vositalar, glyukagon, surgi vositalari (uzoq muddat qo‘llanganida), nikotin kislotasi (yuqori dozalarda) va nikotin kislotasining hosilalari, estrogenlar va progestogenlar, fenotiazinlar, xlorpromazin, fenitoin, rifampisin, qalqonsimon bez gormonlari, litiy tuzlari bilan bir vaqtda qo‘llanganidakuzatilishi mumkin.

N2-reseptorlarning blokatorlari , klonidin va rezerpin glimepiridning gipoglikemik ta‘sirini ham kuchaytirishi, ham susaytirishi mumkin.

Glimepiridni qabul qilish fonida kumarin hosilalarining ta‘siri kuchayishi yoki susayishi kuzatilishi mumkin.

Alkogolni bir marta yoki surunkali iste‘mol qilish glimepiridning gipoglikemik ta‘sirini ham kuchaytirishi, ham susaytirishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Agar ovqatlanish nomuntazam vaqt oralig‘ida amalga oshirilsa yoki umuman o‘tkazib yuborilsa, glimepirid bilan davolanayotgan pasientda gipoglikemiya rivojlanishi mumkin. Gipoglikemiyani kuzatilishi mumkin bo‘lgan simptomlari: bosh og‘rig‘i, kuchli ochlik hissi, ko‘ngil aynishi, qusish, toliqish hissi, uyquchanlik, uyquni buzilishi, bezovtalik, tajavuzkorlik, diqqatni jamlash va reaksiyalarni buzilishi, depressiya, ongni chalkashishi, nutq va ko‘rishni buzilishlari, afaziya, tremor, falaj, sensor buzilishlar, bosh aylanishi, ojizlik hissi, o‘zini nazorat qilishni yo‘qolishi, deliriy, serebral tirishishlar, ongni chalkashishi va xushni yo‘qolishi, shu jumladan koma holatlari, yuzaki nafas, bradikardiya bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, qayta bog‘lanishi turi bo‘yicha adrenergik ta‘sir mexanizmi natijasida sovuq yopishqoq ter ajralishi, bezovtalik, taxikardiya, arterial gipertenziya, yurakni tez urishi, stenokardiya va yurak ritmini buzilishi kabi simptomlar rivojlanishi mumkin.

Odatdagi qand miqdorini qabul qilish orqali faqat vaqtinchalik nazorat qilish mumkin bo‘lgan og‘ir darajadagi yoki davomli gipoglikemiya shoshilinch tibbiy yordam yoki hatto kasalxonaga olib borishni talab etadi.

Glimepirid bilan davolash qonda va siydikda glyukozaning konsentrasiyasini muntazam ravishda monitoring o‘tkazishni talab etadi. Bundan tashqari, glyukoza birikkan gemoglobinning darajasini aniqlash tavsiya etiladi. Shuningdek glimepirid bilan davolanish vaqtida jigar faoliyatini muntazam ravishda tekshirish va qonning shaklli elementlarini (ayniqsa, leykositlar va trombositlar) hisoblash kerak.

Stress holatlarda (masalan, baxtsiz hodisalar, shoshilinch operasiyalar, isitma bilan kechuvchi infeksiyalar) insulinga vaqtinchalik o‘tish ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin.

Sulfonilmochevina hosilalari bilan davolash glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi bo‘lgan pasientlarda gemolitik anemiyaga olib kelishi mumkin. Glimepirid sulfonilmochevina hosilalari sinfiga mansub bo‘lganligi tufayli, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi bo‘lgan pasientlarda uni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Bundan tashqari, tarkibida sulfonilmochevina hosilalarini saqlovchi muqobil dori vositalari bilan davolash variantlarini ko‘rib chiqish kerak.

Insuprid tarkibida laktoza monogidratini saqlaydi, shuning uchun laktozani naslik o‘zlashtirolmaslik, laktaza tanqisligi yoki glyukoza-laktozani so‘rilishini buzilishi bo‘lgan pasientlar uni qabul qilishi mumkin emas.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlikda Insuprid preparatini qo‘llash mumkin emas. Homiladorlik rejalashtirilganida yoki homiladorlik kuzatilganida ayolni insulin bilan davolanishga o‘tkazish kerak.

Glimepiridni ko‘krak suti bilan ajralib chiqishi aniqlangan. Laktasiya davrida ayolni insulin bilan davolashga o‘tkazish yoki emizishni to‘xtatish kerak.

Pediatriyada qo‘llanishi

8 yoshgacha bo‘lgan bolalarda glimepiridni qo‘llash yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q. 8-17 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llash samaradorligi va xavfsizligi bo‘yicha mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar glimepiridni qo‘llash uchun yetarli emas, shuning uchun qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Avtotransport va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga glimepiridning ta‘sirini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Pasientning reaksiyasi yoki diqqatni jamlash qobiliyati gipoglikemiya yoki giperglikemiya rivojlanishi natijasida pasayishi mumkin.

Avtotransportlarni boshqarish vaqtida gipoglikemiyadan saqlanish vaqtida ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish kerakligi yuzasidan pasientlarga ma‘lumot berish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Sulfonilmochevina hosilalari, shu jumladan Insuprid preparatining dozasi oshirib yuborilganida, gipoglikemiya rivojlanishi mumkin. Xushni yo‘qolishi yoki boshqa nevrologik buzilishlar bo‘lmagan o‘rtacha darajadagi gipoglikemiyaning simptomlari zudlik bilan uglevodlarni (glyukoza yoki qand bo‘lagi, shirin mevali sharbat yoki choy) qabul qilish orqali deyarli hamisha tez bartaraf qilinishi mumkin. Ayrim hollarda preparatning so‘rilishini oldini olish uchun me‘dani yuvish va faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish talab qilinishi mumkin. Shifokor pasientni havfli holatdan chiqqanligiga ishonch hosil qilmagunicha, pasient sinchkov tibbiy kuzatuv ostida bo‘lishi kerak.

Preparatning dozasi ahamiyatli darajada oshirib yuborilganida va xushni yo‘qolishi yoki boshqa jiddiy nevrologik buzilishlar kabi ko‘rinishlar shoshilinch tibbiy ko‘rsatish kerak bo‘lgan holatlar hisoblanadi va shoshilinch davolash va kasalxonaga olib borishni talab etadi. Xush yo‘qolganida glyukozaning konsentrasiyalangan 50% li eritmasini vena ichiga yuborish kerak. Shundan so‘ng glyukozaning darajasi 100 mg/dl dan yuqori qiymatga yetgunigacha, 10% li glyukoza eritmasini yuborishni davom ettirish kerak. Bunday pasientlarda glyukozaning qondagi konsentrasiyasini 24-48 soat davomida doimo nazorat qilish kerak, chunki gipoglikemiyaning ko‘rinishlari takroran rivojlanishi mumkin.

Chiqarilish shakli

15 tabletkadan blisterda. 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

INSUPRID tabletkalari 1mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
INSUPRID tabletkalari 1mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
INSUPRID tabletkalari 1mg N30 dori vositasi Insuphar Laboratories Ilacları Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S. tomonidan Turkiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
INSUPRID tabletkalari 1mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
INSUPRID tabletkalari 1mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
INSUFOR tabletkalari 850mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Metformin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Insuphar Laboratories Ilacları Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
INSUFOR tabletkalari 500mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Metformin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Insuphar Laboratories Ilacları Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 32 500 so'mdan Batafsil
INSUFOR tabletkalari 1000mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Metformin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Insuphar Laboratories Ilacları Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 36 400 so'mdan Batafsil
INSUPRID tabletkalari 2mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Glimepirid ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Insuphar Laboratories Ilacları Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 43 100 so'mdan Batafsil
INSULIPON tabletkalari 300mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Tioktovaya kislota ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Insuphar Laboratories Ilacları Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
TEZARIN tabletkalari 100mkg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Levotiroksin natriya ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Insuphar Laboratories Ilacları Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
TEZARIN tabletkalari 50mkg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Levotiroksin natriya ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Insuphar Laboratories Ilacları Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
INSUPRID tabletkalari 3mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Glimepirid ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Insuphar Laboratories Ilacları Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
PTIAGLIN tabletkalari 50mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Insuphar Laboratories Ilacları Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
PTIAGLIN tabletkalari 25mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Insuphar Laboratories Ilacları Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
PTIAGLIN tabletkalari 100mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Insuphar Laboratories Ilacları Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
INSUTON tabletkalari 30mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Insuphar Laboratories Ilacları Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
INSUTON tabletkalari 30mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Insuphar Laboratories Ilacları Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
Narh: 113 008 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9