QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
IZOPASK
IZOPASK
Preparatning savdo nomi: Izopask
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): natriy para-aminosalisilati. izoniazid
Dori shakli: ichakda eruvchan plenka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi:
faol moddalar: natriy para-aminosalisilati – 1145 mg; izoniazid – 33,3 mg;
yordamchi moddalar: mikrokristallik sellyuloza, magniy stearati, o‘rta molekulyarpolivinil-pirrolidon, aerosil, etilsellyuloza, primogel, metakrilkislotasining sopolimerlari, oksipropilmetilsellyuloza, dietilftalat, trietilsitrat, talk, titan dioksidi, polietilenglikol 6000, sariq shafaq laki.
Ta‘rifi: oval shaklli to‘q sariq rangli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruxi: tuberkulyozga qarshi majmuaviy vosita.
ATXkodi: J04AC51
Farmakologik xususiyatlari
Natriy para-aminosalisilati Mycobacterium tuberculosis ga nisbatan bakteriostatik ta‘sir ko‘rsatadi. Ta‘sir mexanizmi folat kislotasi sintezini susaytirish va mikobakteriya devorining komponentga bo‘lgan mikobaktin hosil bo‘lishini bostirish bilan bog‘liq, bu Mycobacterium tuberculosis tomonidan temirni qamrab olinishini kamayishiga olib keladi.
Natriy para-aminosalisilati faol ko‘payish xolatida bo‘lgan mikobakteriyalarga ta‘sir qiladi va tinchlik bosqichida bo‘lgan mikobakteriyalarga deyarli ta‘sir qilmaydi. Hujayra ichida joylashgan qo‘zg‘atuvchiga sust ta‘sir qiladi. Natriy para-aminosalisilati faqat Mycobacterium tuberculosis ga nisbatan faoldir. Tuberkulyoz bo‘lmagan boshqa mikobakteriyalarga ta‘sir qilmaydi. Natriy para-aminosalisilati streptomisin va izoniazidga bakterial chidamlilikni rivojlanish ehtimolini kamaytiradi. Izoniazid bakterisid ta‘sir qiladi, mikobakteriyalarning hujayra devorlarini muhim komponenti hisoblangan mikol kislotalar sintezini susaytiradi. Ayniqsa tez ko‘payadigan mikroorganizmlarga (shu jumladan, hujayralar ichida joylashgan) nisbatan faoldir.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganida preparat yaxshi so‘riladi. Bir martalik dozasi qabul qilinganida faol komponentlarining maksimal konsentrasiyasi 1-2 soatdan keyin kuzatiladi. Butun organizm bo‘ylab yaxshi taqsimlanadi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Katta bo‘lmagan miqdori ichak orqali chiqariladi. Natriy para-aminosalisilati qonda izoniazidning konsentrasiyasini oshiradi.
Qo‘llanilishi
Ko‘pchilik dori vositalariga chidamli bo‘lgan tuberkulyoz (turli shaklli va lokalizasiyali), o‘pkalarni tez avj olib boruvchi tarqalgan tuberkulyozi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, ovqatdan so‘ng, suv bilan (150 ml) qabul qilinadi. Izopaskning dozasini hisoblash bemorning tana vazniga karab PASK bo‘yicha olib boriladi. Tana vazni 30 kg bo‘lganda 4 tabletka, 40 kg – 6 tabletka, 50 kg – 8 tabletka, 60 kg – 10 tabletka buyuriladi. 10 tadan ortiq tabletka buyurilmasin.
Izopask kuniga 2 marta qabul qilinadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ishtahani pasayishi, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm, qorinda og‘riq, diareya yoki qabziyat, gepatomegaliya, “jigar” transaminazalari faolligini oshishi, giperbilirubinemiya, proteinuriya, gematuriya, kristalluriya. Kam xollarda – trombositopeniya, leykopeniya (hatto agranulositozgacha), dorilar oqibatidagi gepatit, V12-tanqisligi megaloblastanemiyasi. Allergik reaksiyalar – isitma, dermatit (eshakemi, purpura, enantema), eozonofiliya, artralgiya, bronxospazm. Yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida – gipotireoz, buqoq, miksedema.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, tutqanoq, poliomielit (shu jumladan, anamnezida), buyrak yetishmovchiligi, jigar yetishmovchiligi, gepatit, jigar sirrozi, ichki a‘zolar amiloidozi, me‘da va 12 barmoqli ichak yara kasalligi, enterokolit (zo‘rayishi), miksedema (kompensasiyalanmagan), dekompensasiyalangan surunkali yurak yetishmovchiligi (shu jumladan, yurak nuqsoni fonida), tromboflebit, gipokoagulyasiya, homiladorlik, laktasiya, psoriaz.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Potensial jixatdan neyro-, gepato- va nefrotoksik dori vositalari bilan birga nojo‘ya ta‘sirini kuchayish xavfi borligi tufayli ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Kumarin va indandion, benzodiazepinlar, teofillinning ta‘sirini kuchaytiradi. Glyukokortikosteroidlar jigardagi metabolizmini tezlashtiradi va qondagi faol konsentrasiyasini pasaytiradi. Izopaskni rifampisin va rifambutin bilan buyurish tavsiya etilmaydi, chunki PASK bu preparatlarning so‘rilishiga monelik qiladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Faolroq tuberkulyozga qarshi dori vositalari bilan birga qo‘llaniladi. Davolash vaqtida “jigar” transaminazalari faolligini nazorat qilish tavsiya etiladi. Tuberkulyoz intoksikasiiyasi yoki spesifik shikastlanish fonida buyraklar faoliyatini pasayishi preparatni buyurishga qarshi ko‘rsatma hisoblanmaydi. Toksik gepatitni belgilari paydo bo‘lganida, proteinuriya va gematuriya rivojlanganida preparatni vaqtinchalik bekor qilish tavsiya etiladi. Davolanish davrida pishloq (asosan, shveysar yoki cheshir turi) va baliq (asosan, tunes sardina) mahsulotlarini izoniazid bilan bir vaqtda qo‘llanilishi, mono va diaminoksidaza aktivligini pasayishi va baliq, pishloq maxsulotlari tarkibida saqlanuvchi tiramin va gistamin metabolizmini buzilishi natijasida reaksiya (teri giperemiyasi, qichishish, isib yoki sovib ketish hissi, yurak urib ketishi, ko‘p terlash, titrash, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi) yuzaga keltirishi mumkinligi sababli, ularni bir vaqtda iste‘mol qilinishidan saqlanish lozim.
Homiladorlik va emizikli davrda qo‘llanilishi
Homiladorlik davrida agar ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun potensial havfdan yuqori bo‘lsa, preparatni qo‘llash mumkin. Emizikli davrda preparatni qo‘llash zarur bo‘lsa, ko‘krak bilan boqishni to‘xtatish kerak.
Bolalarda qo‘llanilishi
18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llanilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
33,3 mg+1145 mg li ichakda eruvchan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 8 donadan kontur uyali o‘ramda.10 ta kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept buyicha.