×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

KLASID granuli 100ml 0,125/5ml

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Italiya
Faol modda:
Кларитромицин
Ishlab chiqaruvchi:
- ЭббВи С.р.Л., C.P
ATX kodi:
- J01FA09
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

LEVOFLOKSASIN eritma 100ml N1 Белмедпрепараты РУП Belarusiya Respublikasi
BAKSIM poroshok 1g N1 Nabiqasim Industries (Private) Limited, Пакистан произведено: Surge Laboratories (Pvt.) Ltd Pokiston
28 000 s`om dan
LEVOFLON inyeksiya uchun eritma 100ml 500mg/100ml SR Pharmaceutical Ind. Pvt. Ltd., Индия произведено: Aishwariya Healthcare Hindiston
58 000 s`om dan
TAMBAK 100 tabletkalari 100mg N10 Cadila Pharmaceuticals Limited Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
KLASID granuli 100ml 0,125/5ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

KLASID®

KLACID®

 

Preparatning savdo nomi: Klasid®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): klaritromisin

Dori shakli: suspenziya tayyorlash uchun granulalar

Tarkibi:

5 ml tayyor suspenziya quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: 125 yoki 250 mg klaritromisin;

Yordamchi moddalar: karbopol 974, povidon K90, gipromeloza ftalati, kanakunjut moyi, kremniy dioksidi, maltodekstrin, saxaroza, titan dioksidi (Ye 171), ksantin kamedi, majmuaviy meva hushbo‘yi, kaliy sorbati, suvsiz limon kislotasi.

Ta‘rifi: granulalar – engil sochiluvchan, oqdan deyarli oq ranggacha, mevali hushbo‘yli granulalar;

tayyor suspenziya – tiniq bo‘lmagan, oqdan deyarli oq rangligacha bo‘lgan, mevali hushbo‘yli suspenziya.

Farmakoterapevtik guruhi: Tizimli qo‘llash uchun mikroblarga qarshi vositalar. Makrolidlar.

ATX kodi: J01F A09.

 

Farmakologik xususiyatlari

Klaritromisin – makrolidlar guruhiga mansub yarimsintetik antibiotik. Klaritromisinning antibakterial ta‘siri, uni sezgir bakteriyalarning 50S-ribosomal subbirligi bilan bog‘lanishi va oqsillarning biosintezini susaytirishi bilan belgilanadi.

Mikrobiologiyasi

Preparat in vitro sharoitlarda aerob va anaerob grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarning keng doirasiga, shu jumladan gospital shtammlarga nisbatan yuqori samaradorlikni namoyon qiladi. Klaritromisinning minimal ingibirlovchi konsentrasiyasi (MIK) eritromisinning MIK ga nisbatan, odatda ikki marta past.

Klaritromisin in vitro sharoitlarda Legionella pneumophila va Mycoplasma pneumoniae ga qarshi yuqori samarali. Klaritromisin H. pylori ga nisbatan bakterisid ta‘sir qiladi, kloritromisinning faolligi kislotali rN ga nisbatan rN neytral bo‘lganda yuqori. In vitro va in vivo sharoitlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar antibiotiklar mikobakteriyalarning klinik ahamiyatli shtammlariga nisbatan samaradorligini ko‘rsatdi. In vitro sharoitlardagi tekshirishlar Enterobacteriaceae va Pseudomonas shtammlari, laktoza ishlab chiqarmaydigan grammanfiy bakteriyalar kabi, klaritromisinga sezgir emasligini ko‘rsatgan.

Klaritromisin in vitro sharoitda va klinik amaliyotda quyidagi mikroorganizmlarning ko‘pchilik shtammlariga nisbatan faol.

Aerob grammusbat mikroorganizmlar: Staphylococcus aureus, Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes, Listeria monocytogenes.

Aerob grammanfiy mikroorganizmlar: Haemophilis imfluezae, Haemophilis parainfluenzae, Moraxella catarrhalis, Neisseria gonorrhoeae, Legionella pneumophila.

Boshqa mikroorganizmlar: Mycoplasma pneumoniae, Chlamydia pneumoniae (TWAR).

Mikobakteriyalar: Mycobacterium leprae, Mycobacterium kansasi, Mycobacterium chelonae, Mycobacterium forluitum, Mycobacterium avium, Mycobacterium intracellulare ni o‘z ichiga oluvchi Mycobacterium avium complex (MAC).

Mikroorganizmlarning beta-laktamazalari klaritromisinning samaradorligiga ta‘sir qilmaydi.

Ko‘pchilik metisillin – va oksasillinga rezistent stafilokokk shtammlari klaritromisinga sezgir emas.

Helicobacter: H. Pylori.

In vitro sharoitlarda klaritromisin bunday mikroorganizmlarning ko‘pchilik shtammlariga nisbatan faol, ammo uni qo‘llashning klinik samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.

Aerob grammusbat mikroorganizmlar: Streptococcus agalactiae, Streptococci (C, F, G guruhlari), Viridans group streptococci.

Aerob grammanfiy mikroorganizmlar: Bordetella pertussis, Pasteurella mullocida.

Anaerob grammusbat mikroorganizmlar: Clostridium perfringens, Peptococcus niger, Propionibacterium acnes

Anaerob grammanfiy mikroorganizmlar: Bacteriodes melaninogenicus.

Spiroxetalar: Borrelia burgdorleri, Treponema pallidum.

Kampilobakteriyalar: Campylobacter jejuni.

Klaritromisin bakteriyalarning bir necha shtammlariga qarshi bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi: Haemophilis imfluezae, Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae, Moraxella (Branhamella) catarrhalis, Neisseria gonorhoeae, H. pilori, va Campylobacter spp.

Klaritromisinning odam organizmidagi asosiy metaboliti mikrobiologik faol 14-ON-klaritromisindir. Ko‘pchilik mikroorganizmlar uchun metabolitining mikrobiologik faolligi asosiy moddaga (substansiya) nisbatan unga teng yoki 1-2 marta kuchsiz, H.influenzae dan tashqari, unga nisbatan metabolitining samarasi 2 marta yuqori. In vitro va in vivo sharoitlarida asosiy substansiya va uning asosiy metaboliti H.influenzae ga qarshi, mikroorganizmning shtammiga qarab yoki additiv, yoki sinergik samara ko‘rsatadi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Dastlabki farmakokinetik ma‘lumotlar klaritromisinning tabletka shakllarini o‘rganishda olingan. Bu ma‘lumotlar preparat me‘da-ichak yo‘llarida tez so‘rilishi, 50 mg klaritromisin tabletkasining mutloq biokiraolishi esa, taxminan 50% ni tashkil etishini ko‘rsatadi. Ovqat preparatni so‘rilishi va faol metaboliti 14-ON-klaritromisinni hosil bo‘lishini biroz sekinlashtirgan, ammo preparatning biokiraolishiga ta‘sir qilmagan.

Taqsimlanishi, metabolizmi va chiqarilishi

In vitro

In vitro sharoitlarda o‘tkazilgan tadqiqot natijalari 0,45-4,5 mkg/ml konsentrasiyalarda klaritromisin odam qon plazma oqsillari bilan o‘rtacha 70% ga bog‘lanishini ko‘rsatdi.

Sog‘lom shaxslar

Klaritromisinning pediatrik suspenziyasining biokiraolishligi va farmakokinetikasi sog‘lom kattalar va bolalarda o‘rganilgan. Kattalarda bir marta qabul qilganda suspenziyaning biokiraolishligi ekvivalent yoki tabletkadan ko‘ra biroz yuqori bo‘lgan (har bir holatda doza 250 mg ni tashkil qilgan). Tabletkani qabul qilinganda bo‘lgani kabi, suspenziyani ovqat bilan birga qabul qilish so‘rilishni biroz kechikishiga olib kelgan, ammo umuman olganda klaritromisinning biokiraolishligiga ta‘sir qilmagan. Suspenziya shaklidagi klaritromisinning Cmax, AUC va T1/2 (och qoringa emas) muvofiq ravishda 0,95 mkg/ml, 6,5 mkg/ml va 3,7 soatni, 250 mg tabletka uchun esa (och qoringa)– muvofiq ravishda 1,10 mkg/ml, 6,3 mkg/ml va 3,3 soatni tashkil qilgan.

Har 12 soatda bolalar uchun suspeziyani 250 mg qabul qilgan kattalarda preparatni ko‘p marta qabul qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot vaqtida qonda klaritromisinning muvozanat konsentrasiyasiga beshinchi doza qabul qilingandan keyin erishilgan. Klaritromisinning bolalar uchun suspenziyasining beshinchi dozasidan keyin farmakokinetik ko‘rsatkichlari quyidagilarni tashkil etdi: klaritromisin uchun Cmax  1,98 mkg/ml, AUC 11,5 mkg/ml, Tmax 2,8 soatni va T1/2 3,2 soatni, 14-ON-klaritromisin uchun muvofiq ravishda 0,67, 5,33, 2,9 va 4,9 ni tashkil qilgan.

Sog‘lom odamlarda peroral (och qoringa) qabul qilingandan keyin zardobdagi maksimal konsentrasiyasiga ikki soat davomida erishilgan. 250 mg tabletkani kuniga ikki marta (har 12 soatda) qabul qilinganda zardobdagi klaritromisinning muvozanat konsentrasiyasiga 2-3 kundan keyin erishilgan va taxminan 1 mkg/ml ni tashkil qilgan. Har 12 soatda 500 mg qabul qilinganda zardobdagi muvofiq maksimal konsentrasiyasi 2-3 mkg/ml ni tashkil qilgan.

250 mg tabletkani har 12 soatda qabul qilinganda klaritromisinning yarim chiqarilish davri taxminan 3-4 soatni tashkil qiladi, ammo har 12 soatda 500 mg qabul qilinganda 5-7 soatgacha oshadi. Asosiy metaboliti (14-ON-klaritromisin) 250 mg doza qabul qilingandan keyin taxminan 0,6 mkg/ml maksimal muvozanat konsentrasiyasiga erishadi va 5-6 soat yarim chiqarilish davriga ega bo‘ladi. Har 12 soatda 500 mg doza qabul qilingandan keyin 14-ON-klaritromisinning muvozanat konsentrasiyasi biroz yuqori (1 mkg/ml gacha), uning yarim chiqarilish davri esa, taxminan 7 soatni tashkil qiladi. Har qanday dozani qo‘llaganda bu metabolitning muvozanat konsentrasiyasiga 2-3 kunda erishiladi.

Har 12 soatda 250 mg qabul qilingan dozaning taxminan 20% o‘zgarmagan klaritromisin shaklida siydik bilan chiqariladi. Har 12 soatda 500 mg doza qabul qilingan keyin dastlabki o‘zgarmagan preparatning siydik bilan chiqarilishi taxminan 30% ni tashkil qiladi. Biroq, klaritromisinning buyrak klirensi dozaning kattaligiga nisbatan bog‘liq emas va normal kalavalar filtrasiyasi tezligiga yaqinlashadi. Siydikda aniqlanadigan asosiy metaboliti – bu 14-ON-klaritromisin, u har 12 soatda yuboriladigan 250 mg yoki 500 mg dozaning qo‘shimcha 10-15% ni ta‘minlaydi.

Pasientlar

Klaritromisin va uning 14-ON metaboliti organizmning to‘qima va suyuqliklarida oson taqsimlanadi. To‘qimadagi konsentrasiyalari odatda zardobdagidan bir necha marta yuqori. Quyidagi jadvalda odam to‘qimalari va zardobidagi konsentrasiyasining misollari keltirilgan:

KONSENTRASIYASI

(har 12 soatda 250 mg dan keyin)

To‘qima turi To‘qima (mkg/g) Zardob (mkg/ml)
Bodomcha bezlari 1,6 0,8
O‘pka 8,8 1,7

Peroral antibiotikoterapiyaga muhtoj bo‘lgan bolalarda suspenziya shaklidagi chiqarilish shaklini qabul qilayotan kattalardagi kabi klaritromisin farmakokinetik profil bilan yaxshi biokiraolishlikni namoyon qilgan. Olingan ma‘lumotlar bolalarda tez va yuqori so‘rilishni namoyon qilgan va so‘rilishni biroz kechikishini e‘tiborga olmasa, preparatning biokiraolishligi va farmakokinetik profiliga ovqatni ta‘sir qilmasligi haqida taassurot qolgan. 5 kundan keyin (9-chi doza) klaritromisinning muvozanat farmakokinetik ko‘rsatkichlari quyidagicha bo‘lgan: Cmax  4,60 mkg/ml, AUC 15,7 mkg/coat/ml va Tmax 2,8 soat; 14-ON-klaritromisin uchun muvofiq ko‘rsatkichlar quyidagicha: 1,64 mkg/ml, 6,69 mkg/soat/ml va 2,7 soatga teng bo‘lgan. Klaritromisin va uning metabolitining yarim chiqarilish davri muvofiq 2,2 soat va 4,3 soatni tashkil qilgan.

Boshqa tadqiqotda o‘rta otiti bo‘lgan bemorlarda klaritromisinni o‘rta quloq suyuqligiga kirishi haqida ma‘lumotlar olingan. Beshinchi doza (dozalash kuniga ikki marta 7,5 mg/kg ni tashkil qilgan) qabul qilingandan keyin o‘rta quloq suyuqligida klaritromisinning o‘rtacha konsentrasiyasi 2,53 mkg/g, 14-ON-metaboliti uchun esa –
1,27 mkg/g ni tashkil qilgan. Dastlabki preparat va 14-ON-metabolitining konsentrasiyasi odatda zardobdagi konsentrasiyasidan ikki marta yuqori bo‘lgan.

Jigar faoliyatini buzilishi

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda klaritromisinning muvozanat qonsentrasiyalari sog‘lom odamlarnikidan farq qilmagan; biroq, jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda 14-ON-klaritromisinning konsentrasiyasi pastroq bo‘lgan. Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda 14-ON-klaritromisinni hosil bo‘lishi, sog‘lom odamlarnikiga nisbatan, klaritromisinning buyrak klirensini oshishi bilan bog‘liq ravishda oshgan.

Buyrak faoliyatini buzilishi

Preparatni 500 mg dan takroriy dozalarda qabul qilgan buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda ham klaritromisinning farmakokinetikasi o‘zgargan. Bunday pasientlarda klaritromisin va uning 14-ON-metabolitining plazmadagi konsentrasiyasi, yarim chiqarilish davri, Cmax  va Cmin va AUC sog‘lom odamlarnikiga nisbatan yuqori bo‘lgan. Bu ko‘rsatkichlarni siljishi buyrak yetishmovchiligining darajasiga muvofiq kelgan: Buyrak faoliyatini yaqqolroq buzilishida farqlar ahamiyatliroq darajada bo‘lgan (“Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limiga qarang).

Keksa yoshdagi pasientlar

500 mg klaritromisinni ichga qabul qilgan sog‘lom yosh va sog‘lom keksa yoshdagi pasientlar ishtirok etgan qiyosiy tadqiqotda yoshroq pasientlar guruhiga nisbatan keksa yoshdagi pasientlarda preparatning plazmadagi konsentrasiyasi yuqori, chiqarilishi esa – pastroq bo‘lgan. Biroq klaritromisinning buyrak klirensi bilan kreatinin klirensi korrelyasiyasi sharoitida ikkala guruh orasida hech qanday farqlar aniqlanmagan. Bu natijalarga asosan klaritromisinning farmakokinetikasiga ta‘sirlar yoshga emas, balki buyrak faoliyati bilan bog‘liq degan xulosaga kelingan.

Mikobakterial infeksiyalari bo‘lgan pasientlar

OITV-infeksiyasi bo‘lgan pasientlar tomonidan odatdagi doza qabul qilinganidan keyin (kattalar uchun tabletka, bolalar uchun suspenziya) klaritromisin va 14-ON-klaritromisinning muvozanat konsentrasiyalari sog‘lom odamlarnikidek bo‘lgan. Biroq mikobakterial infeksiyalarni davolash uchun talab etilishi mumkin bo‘lgan yuqoriroq dozalarda klaritromisinning konsentrasiyasi, odatdagi dozalarda kuzatilganiga qaraganda yuqori bo‘lishi mumkin.

Klaritromisinni sutkada ikki marta 15-30 mg/kg dozada qabul qilgan OITV-infeksiyasi bo‘lgan bolalarda Cmax  ning muvozanat ko‘rsatkichi odatda 8 mkg/ml dan 20 mkg/ml gachani tashkil qilgan. Biroq, klaritromisin suspenziyasini 30 mg/kg dozada sutkada ikki marta qabul qilgan OITV-infeksiyasi bo‘lgan bolalarda Cmax  ko‘rsatkichi 23 mkg/ml gacha yetgan. Preparatning yuqoriroq dozalari qabul qilinganida klaritromisinni odatdagi dozada qabul qilgan katta odamlardagiga nisbatan yarim chiqarilish davri uzaygan. Yuqoriroq dozani qo‘llaganda plazmada konsentrasiyani oshishi va yarim chiqarilish davrini uzayishi klaritromisinning bir tekis bo‘lmagan farmakokinetikasi bilan bog‘liq.

Qo‘llanilishi

Klaritromisinga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan quyidagi infeksiyalarni davolashda qo‘llanadi:

  • Quyi nafas yo‘llarining infeksiyalari (bronxit, pnevmoniya va boshq.).
  • Yuqori nafas yo‘llarining infeksiyalari (faringit va boshq.).
  • O‘tkir o‘rta otit.
  • Teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari (impetigo, follikulit, teri osti kletchatkasini yallig‘lanishi, abssesslar va boshq.).
    • Mycobacterium avium yoki Mycobacterium intracellulare chaqirgan disseminasiyalangan yoki lokalizasiyalangan mikobakterial infeksiyalar. Mycobacterium chelonae, Mycobacterium fortuitum yoki Mycobacterium kansasii tomonidan chaqirilgan lokalizasiyalangan infeksiyalar.

Qo‘llash usuli va dozalari

12 yoshgacha bo‘lgan bolalar

6 oylikdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda klaritromisinning bolalar uchun suspenziyasini qo‘llash bilan klinik tadqiqotlar o‘tkazilgan. Shunday qilib, 12 yoshdan kichik bolalar uchun klaritromisinning bolalar uchun suspenziyasi (ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun granulalar) buyuriladi.

Mikobakterial bo‘lmagan infeksiyalarni davolash uchun suspenziya shaklidagi klaritromisinning bolalar uchun tavsiya etilgan sutkalik dozasi (125 mg/5 ml yoki 250 mg/5 ml) sutkada 7,5 mg/kg dan 2 marta, maksimal – 500 mg sutkada 2 martani tashkil qiladi. Davolash davomiyligi qo‘zg‘atuvchining turi va kasallikning kechishini og‘irligiga qarab, odatda 5-10 kunni tashkil qiladi. Tayyorlangan suspenziyani ovqat bilan yoki usiz, shuningdek sut bilan qabul qilish mumkin.

Quyidagi jadvalda bolalaning tana vazni va suspenziyaning konsentrasiyasiga
(125 mg/5 ml yoki 250 mg/5 ml) asoslangan dozalash bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

BOLANING TANA VAZNIDAN KELIB CHIQIB PREPARATNI DOZALASH BO‘YICHA TAVSIYALAR
Tana vazni* (kg) 7,5 mg/kg x kuniga 2 marta doza uchun suspenziyaning hajmi
125 mg/5 ml 250 mg/5 ml
Kilogramm doza (ml) x sutkada 2 marta doza (ml) x sutkada 2 marta
8–11 2,5 ml 1,25 ml
12–19 5,0 ml 2,5 ml
20–29 7,5 ml 3,75 ml
30–40 10,0 ml 5,0 ml
* Tana vazni 8 kg gacha bo‘lgan bolalarga dozani tana vaznining kilogrammiga nisbatan hisoblash lozim (7,5 mg/kg sutkada 2 marta).

Mikobakterial infeksiyalari bo‘lgan pasientlar uchun dozalash

Tarqalgan yoki lokal mikobakterial infeksiyalari (M.avium, M.intracellulare, M.chelonae, M.fortuitum, M.kansasii) bo‘lgan bolalar uchun klaritromisinning tavsiya etilgan dozasi kuniga ikki marta 7,5 mg/kg dan 15 mg/kg gachani tashkil qiladi.

Davolash preparatni qo‘llashdan klinik samaradorlik kuzatilmagunicha davom ettiriladi. Boshqa antimikobakterial preparatlarni qo‘shish klinik samarali bo‘lishi mumkin.

TANA VAZNIDAN KELIB CHIQIB, MIKOBAKTERIAL INFEKSIYASI BO‘LGAN BOLALARDA DOZALASH UCHUN TAVSIYALAR
Tana vazni* Dozasi ml da, kuniga ikki marta qabul qilish uchun

(KLARITROMISIN, 250 mg/5 ml)  

Kilogrammlar   7,5 mg/mg kuniga ikki marta   15 mg/kg kuniga ikki marta
8-11 1,25 ml 2,5 ml
12-19 2,5 ml 5 ml
20-29 3,75 ml 7,5 ml
30-40 5 ml 10 ml
* Tana vazni 8 kg gacha bo‘lgan bolalarga dozni tana vaznining kilogrammiga nisbatan hisoblash lozim (kuniga ikki marta 7,5 dan 15 mg/kg gacha)

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar

Kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan bolalar uchun klaritromisinning dozasi ikka marta kamaytirilishi kerak, ya‘ni kuniga bir marta 250 mg yoki og‘irroq infeksiyalarda kuniga ikki marta 250 mg. Ko‘rsatilgan guruh pasientlarida davolashning maksimal davomiyligi 14 kundan oshmasligi kerak.

Suspenziyani tayyorlash usuli.

Suspenziyani tayyorlash uchun granulalarni saqlovchi flakonga, undagi belgigacha suv qo‘shish va bir xil suspenziya hosil bo‘lgunicha yaxshilab chayqatish lozim. Jadal va uzoq muddatli chayqatishdan saqlanish kerak. Preparatni har gal qo‘llashdan oldin suspenziya tiklangunigacha flakonni chayqatish kerak. Tayyorlangan suspenziyada klaritromisining konsentrasiyasi – 125 mg/5 ml yoki 250 mg/ 5 ml ni tashkil qiladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Kattalar va bolalarni klaritromisin bilan davolashda eng tez-tez uchraydigan va keng tarqalgan umumiy nojo‘ya reaksiyalar qorin sohasida og‘riq, diareya, ko‘ngil aynishi, qusish va ta‘mning buzilishini o‘z ichiga oladi. Bu nojo‘ya reaksiyalar odatda axamiyatsiz ifodalangan va makrolid antibiotiklarning xavfsizligini ma‘lum bo‘lgan profili bilan to‘g‘ri keladi.

Klinik tadqiqotlar vaqtida bu nojo‘ya reaksiyalarning tez-tezligida, mikobakterial infeksiyalari bo‘lgan yoki bo‘lmagan pasientlar guruxlari orasida axamiyatli farqlar aniqlanmagan.

Quyida jadvalda klaritromisin IR, ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun granulalar, IV, MR va ER turi dori shakllari ishlatilganda klinik tadqiqotlar vaqtida va postmarketing qo‘llashda paydo bo‘lgan nojo‘ya reaksiyalari keltirilgan.

Xech bo‘lmaganda ehtimol klaritromisinni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya reaksiyalari a‘zolar tizimi bo‘yicha va paydo bo‘lishining tez-tezligi bo‘yicha taqsimlangan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), va tez-tezligi noma‘lum bo‘lgan (postmarketing kuzatuvlarda aniqlangan nojo‘ya reaksiyalar; bor bo‘lgan ma‘lumotlardan tez-tezligini aniqlash mumkin emas). Har bir guruh chegarasida nojo‘ya reaksiyalar, agar og‘irligini baholash mumkin bo‘lgan bo‘lsa, ko‘rinishlarining og‘irligini kamayib borishi tartibida berilgan.

Klaritromisinni qabul qilganda xabar berilgan nojo‘ya reaksiyalar
MedDRA bo‘yicha a‘zolar tizimi sinfi Juda tez-tez (≥1/10) Tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha) Tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha) Tez-tezligi noma‘lum* (mavjud ma‘lu-motlar asosida tez-tezligini aniqlash mumkin emas)
Infeksion va parazitar kasalliklar Sellyulit¹, kandidoz, gastroenterit², infeksiya³, vaginal infeksiya Soxtamembranoz kolit, saramasli yallig‘lanish
Qon va limfa-tik tizimi tomonidan buzilishlar Leykopeniya, neytropeniya4, trombositopeniya³, eozinofiliya4 Agranulositoz, trombositopeniya
Immun tizimi tomonidan buzilishlar Anafilaktoid reaksiyalar¹, o‘ta yuqori sezuvchanlik Anafilaktik reaksiya, angionevrotik shish
Modda almashi-nuvi va ovqat-lanish tomoni-dan buzilishlar Anoreksiya, ishtahani pasayishi
Ruhiyatni buzilishlari Uyqusizlik Xavotirlik, asabiylik³ Psixotik buzilishlar, ongni chalkashishi, depersonalizasiya, depressiya, dezorientasiya, gallyusinasiyalar, g‘ayrioddiy tush ko‘rishlar, maniya
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Dizgevziya, bosh og‘rig‘i, ta‘mni buzilishi Xushdan ketish¹, diskineziya¹, bosh aylanishi, uyquchanlik, tremor Mushak spazmlari, agveziya, parosmiya, anosmiya, paresteziya
Eshitish va mu-vozanat a‘zosi tomonidan buzilishlar Vertigo, eshitishni yomonlashishi, quloqlarda jaranglash Karlik
Yurak tomonidan buzilishlar Yurakni to‘xtashi¹, yurak bo‘lmachalar xilpillashi¹, QT intervalini uzayishi, ekstrasistoliya¹, yurak urishini xis qilish Ikki tomonlama yo‘nalgan qorincha taxikardiyasi (torsades de pointes), qorincha taxikardiyasi
Qon-tomir tomonidan buzilishlar Vazodilatasiya¹ Qon quyilishi
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar Astma¹, burundan qon ketishi², o‘pka qon-tomirlari emboliyasi¹
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar Diareya, qusish, dispepsiya, ko‘ngil aynishi, qorin sohasida og‘riq Ezofagit¹, gastroezofagal reflyuks kasalligi², gastrit, proktalgiya², stomatit, glossit, qorinni dam bo‘lishi4, qabziyat, og‘izni qurishi, kekirish, meteorizm O‘tkir pankreatit, tilning rangini o‘zgarishi, tishlarning rangshini o‘zgarishi
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar Jigarning funksional sinamalarini me‘yordan siljishi Xolestaz4, gepatit4, ALT, AST, GGT darajasini oshishi Jigar yetishmovchiligi, gepatosellyulyar sariqlik
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar Toshma, gipergidroz Bullyoz dermatit¹, qichishish, eshakemi, makulo-papulyoz toshma³ Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, eozinofiliya va tizimli ko‘rinishlar (DRESS) bilan kechuvchi dori toshmasi, akne
Skelet-mushak va biriktiruv-chi to‘qima tomonidan buzilishlar Mushak spazmlari³, skelet-mushak rigidligi¹, mushakda og‘riq² Rabdomioliz², miopatiya
Buyrak va siy-dik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar Qonda kreatinin konsentrasiyasini oshishi¹, qonda mochevina konsentrasiyasini oshishi¹ Buyrak yetishmovchiligi, interstisial nefrit
Umumiy buzi-lishlar va pre-paratni yubo-rish joyidagi reaksiya Yuborilgan joyda flebit¹ Yuborilgan joyda og‘riq1, yuborilgan joyda yallig‘lanish1 Lohaslik4 , isitma³, asteniya, ko‘krakda og‘riq4 , etni uvishishi4 , toliqish4
Laboratoriya va asboblarga oid ma‘lumotlar Albumin-globulin nisbatini o‘zgarishi¹, qonda ishqoriy fosfotaza darajasini oshishi4, qonda laktatdegidrogenaza darajasini oshishi4 Xalqaro me‘yorlashtirilgan nisbatni oshishi, protrombin vaqtini oshishi, siydikni rangini o‘zgarishi
*Tez-tezligi noma‘lum, chunki bu reaksiyalar xaqida soni aniqlanmagan pasientlar populyasiyasidan ixtiyoriy xabar berilgan, ularning tez-tezligini yoki preparatni qabul qilish bilan sababli bog‘liqligini har doim ham aniq aniqlab bo‘lmaydi. Klaritromisinni qo‘llashning umumiy tajribasi 1 milliarddan ortiq pasient-kunni tashkil qiladi.

** Rabdomioliz haqidagi ba‘zi xabarlarda, klaritromisin rabdomioliz chaqirishi mumkin bo‘lgan boshqa dori vositalari (masalan, statinlar, fibratlar, kolxisin va allopurinol) bilan bir vaqtda qabul qilingan.

1 – faqat infuziya uchun eritma tayyorlash uchun liofilizatlangan kukun dori shakli qo‘llanilgandagi noxush reaksiyalar haqidagi xabarlar

2- faqat ta‘siri uzaytirilgan tabletkalar dori shakli qo‘llanilganda olingan noxush reaksiyalar haqidagi xabarlar

3-faqat ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun granulalar dori shakli qo‘llanilganda olingan noxush reaksiyalar haqidagi xabarlar

4- faqat darxol ajralib chiqaradigan tabletkalar tabletkalar dori shakli qo‘llanilganda olingan noxush reaksiyalar haqidagi xabarlar.

Bolalardagi nojo‘ya reaksiyalarning tarqalganlik darajasi, turi va og‘irligi kattalardagiga mos keladi deb taxmin qilinadi.

Immun tizimini buzilishi bo‘lgan pasientlar

Klaritromisinning yuqori dozalarini tavsiya etilgandan uzoqroq qo‘llagan OITS bo‘lgan bemorlarda va immun tizimida buzilishlar bo‘lgan pasientlarda preparatni qo‘llash bilan bog‘liq nojo‘ya reaksiyalar va asosiy yoki yo‘ldosh kasallikning simptomlarini ajratish qiyin bo‘lgan.

Klaritromisinni 1000 mg sutkalik dozada qabul qilgan bemorlarda eng ko‘p uchragan nojo‘ya samaralari ko‘ngil aynishi, qusish, ta‘m bilashni o‘zgarishi, qorin sohasida og‘riq, diareya, toshma, meteorizm, bosh og‘rig‘i, qabziyat, eshitishni buzilishi, shuningdek zardobda ALT va AST ni oshishi bo‘lgan. Dispnoe, uyqusizlik va og‘izni qurishi kam hollarda yuz bergan.

Immuniteti susaygan pasientlarda laborator ko‘rsatkichlarni normal ko‘rsatkichlardan ahamiyatli darajada sijishlarini tahlil qilib, ularni baholangan. Klaritromisinni har kuni 1000 mg dozada qabul qilgan 2-3% pasientlarda ALT va AST miqdorini anomal oshishi va qonda leykositlar va trombositlar sonini anomal kamayishi kuzatilgan. Ayrim pasientlarda qonda mochevina miqdorini oshishi kuzatilgan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Makrolid guruhi antibiotiklariga va preparatning har qanday yordamchi moddalariga o‘ta yuqori sezuvchanlik

Klaritromisinni quyidagi preparatlarning birontasi bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas: astemizol, sizaprid, pimozid, terfenadin, chunki bu QT intervalini uzayishiga va yurak aritmiyalarining, shu jumladan qorinchalar taxikardiyasi, qorinchalar fibrillyasiyasi va ikki tomonlama yo‘nalgan taxikardiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri” ga qarang)

Klaritromisin va shoxkuya alkaloidlari (ergotamin, digidroergotamin) bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas, chunki bu ergotoksiklikka olib kelishi mumkin (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri” ga qarang)

Klaritromisinni peroral qo‘llash uchun midazolam bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

Anamnezida QT (tug‘ma yoki aniqlangan ortirilgan QT intervalini uzayishida) intervalining uzayishi yoki yurak qorinchalari aritmiyalari, shu jumladan ikki tomonlama yo‘nalgan taxikardiyasi bo‘lgan pasientlarga klaritromisinni buyurish mumkin emas (“Maxsus ko‘rsatmalar” va “Dorilarning o‘zaro ta‘siri” ga qarang).

Klaritromisinni gipokaliemiyasi bo‘lgan pasientlarga buyurish mumkin emas (QT intervalini uzayish xavfi).

Bir vaqtning o‘zida jigar va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga klaritromisinni buyurish mumkin emas.

Miopatiya, shu jumladan rabdomiolizni rivojlanishi xavfi sababli, klaritromisinni CYP3A4 tomonidan ahamiyatli darajada metabolizmga uchraydigan GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari (statinlar) (lovastatin yoki simvastatin) bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas (“Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang).

Klaritromisin (va CYP3A4 ning kuchli boshqa ingibitorlari) ni kolxisin bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas (“Maxsus ko‘rsatmalar” va “Dorilarning o‘zaro ta‘siri” ga qarang).

Tikagrelor yoki ranolazin bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas. (“Maxsus ko‘rsatmalar” va “Dorilarning o‘zaro ta‘siri” ga qarang).

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

O‘zaro ta‘sirning og‘ir oqibatlari rivojlanishi mumkinligi sababli quyidagi dori preparalarni klaritromisin bilan birga qo‘llash qat‘iyan ma‘n etiladi

Sisaprid, pimozid, astemizol, terfenadin

Klaritromisin va sisapridni bir vaqtda qabul qilgan pasientlarda sisapridning miqdorini oshishi aniqlangan, bu QT intervalni uzayishiga va yurak aritmiyalariga, shu jumladan yurak qorinchalari taxikardiyasi, yurak qorinchalari fibrillyasiyasi va ikki tomonlama yo‘nalgan taxikardiyaga olib kelishi mumkin. Shunga o‘xshash ko‘rinishlar klaritromisin va pimozidni bir vaqtda qabul qilgan pasientlarda aniqlangan.

Makrolidlar terfenadinning metabolizmini o‘zgartirib, uning darajasini oshishiga olib kelishi haqida xabar berilgan, bu ayrim hollarda QT intervalni uzayishi, yurak qorinchalari taxikardiyasi, yurak qorinchalari fibrillyasiyasi va piruet turdagi qorinchalar taxikardiyasi kabi aritmiyalar bilan kechgan (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” ga qarang). 14 nafar sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazilgan bir tadqiqotning natijalari bo‘yicha klaritromisin va terfenadinni birga qabul qilish zardobda terfenadinning kislotali metabolitining miqdorini ikki-uch marta oshishiga, shuningdek  QT intervalini uzayishiga olib kelgan, bu klinik jihatdan ko‘rinishlarga olib kelmagan. Shunga o‘xshash samara astemizol va boshqa makrolidlarni bir vaqtda qabul qilinganda kuzatilgan.

Shoxkuya alkaloidlari

Postmarketing tadqiqotlar klaritromisin va ergotamin yoki digidroergotaminni bir vaqtda qo‘llash vazospazm va oyoq-qo‘llar va boshqa to‘qimalar, shu jumladan markaziy nerv tizimini ishemiyasi bilan xarakterlanadigan o‘tkir ergotizm belgilari bilan assosiasiyalangan. Klaritromisin va shoxkuya alkaloidlarini bir vaqtda qo‘llash mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” ga qarang).

GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari (statinlar):

Klaritromisinni lovastatin yoki simvastatin bilan birga qo‘llash mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” ga qarang), chunki bu statinlar CYP3A4 tomonidan ahamiyatli darajada metabolizmga uchraydi, klaritromisinni mavjudligi esa ularning plazmadagi konsentrasiyasini oshishini chaqiradi, shu sababli miopatiya, shu jumladan rabdomioliz xavfi oshadi. Klaritromisinni yuqorida ko‘rsatilgan statinlar bilan bir vaqtda qabul qilgan pasientlarda rabdomiolizni paydo bo‘lish hollari haqida xabarlar mavjud. Agar klaritromisinsiz davolashning iloji bo‘lmasa, klaritromisinni qabul qilish vaqtida lovastatin yoki simvastatinni qabul qilish to‘xtatiladi.

Klaritromisinni statinlar bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Agar klaritromisin va statinlarni bir vaqtda qabul qilish lozim bo‘lsa, statinlarning minimal qayd etilgan dozasini buyurish tavsiya etiladi. CYP3A tomonidan metabolizmga uchramaydigan statin, masalan fluvastatinni buyurish imkoniyatini ko‘rib chiqish kerak. Bemorlarda miopatiyaning belgilari va simptomlarini kuzatish kerak.

Boshqa tibbiy preparatlarning klaritromisinga ta‘siri

CYP3A ni induksiyalovchi preparatlar (masalan, rifampisin, fenitoin, karbamazepin, fenobarbital, dalachoy) klaritromisinning metabolizmini induksiyalashi mumkin. Bu klaritromisinning terapevtik darajasini pasayishiga olib kelishi mumkin, buning natijasida uning samaradorligi kamayishi mumkin. Bundan tashqari, CYP3A ga klaritromisinning ingibirlovchi ta‘sirini oshishi sababli CYP3A induktori miqdorini nazorat qilish talab etilishi mumkin (shuningdek buyurilgan CYP3A4 ingibitori haqida muvofiq ma‘lumotga qarang). Ma‘lumki, Rifambutin va klaritromisinni bir vaqtda qabul qilish zardobda rifambutin miqdorini oshishi va klaritromisinning miqdorini kamayishi, shuningdek uveitni rivojlanish xavfini oshishiga olib keladi.

Quyidagi preparatlar klaritromisinning aylanib yuradigan konsentrasiyasini o‘zgarishini chaqirishi mumkin yoki o‘zgarishini chaqirishi mumkin deb taxmin qilinishi ma‘lum. Klaritromisinning dozasini to‘g‘rilash talab etilishi ki boshqa davolash variantlarini ko‘rib chiqish kerak.

Efavirens, nevirapin, rifampisin, rifambutin va rifapentin

Efavirens, nevirapin, rifampisin, rifabutin va rifapentin kabi sitoxrom R450 ning kuchli induktorlari klaritromisinning metabolizmini kuchaytirishi mumkin, shu tariqa, uning plazmadagi miqdorini kamaytirib, ayni vaqtda mikrobiologik faollik namoyon etuvchi metaboliti – 14(R)-gidroksiklaritromisin (14-ON-klaritromisin) ning miqdorini oshiradi. Klaritromisin va 14-ON-klaritromisinning turli bakteriyalarga mikrobiologik ta‘siri farq qilishi sababli, klaritromisinni enzimlarning induktorlari bilan bir vaqtda qabul qilish istalgan terapevtik samaraga to‘sqinlik qilishi mumkin.

Etravirin

Etravirin qabul qilinganda klaritromisinning ekspozisiyasi pasayadi, uning faol metaboliti – 14-ON-klaritromisinning konsentrasiyasi esa oshadi. 14-ON-klaritromisin Mycobacterium avium majmuasi (MAS) ga nisbatan kamroq samarali bo‘lganligi tufayli, preparatning ushbu patogenga bo‘lgan umumiy samaradorligi o‘zgarishi mumkin. Shu sababli, MAS ni davolash uchun davolashning muqobil variantrini ko‘rib chiqish kerak.

Flukonazol

21 nafar sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazilgan sinovlar shuni ko‘rsatdiki, 200 mg flukonazolni kuniga bir marta va 500 mg klaritromisinni kuniga ikki marta bir vaqtda qabul qilish klaritromisinning o‘rtacha muvozanatli minimal konsentrasiyasini (Smax), shuningdek egri chiziq ostidagi maydon (AUC) ni muvofiq 33% va 18% ga oshishiga olib kelgan. Faol metaboliti 14-ON-klaritromisinning muvozanat konsentrasiyalari flukonazol bilan birga qabul qilinganda sezilarli o‘zgarmagan. Klaritromisinning dozasini to‘g‘rilash talab etilmaydi.

Ritonavir

Farmakokinetikani o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar, har sakkiz soatda 200 mg ritonavir va har 12 soatda klaritromisinni bir vaqtda qabul qilish klaritromisinning mutabolizmini sezilarli ingibirlanishiga olib kelishini ko‘rsatdi. Ritonavir bilan birga qabul qilinganda klaritromisinning Smax ko‘rsatkichi 31% ga oshgan, Smin ko‘rsatkichi 182% ga pasaygan, AUC ko‘rsatkichi 77% ga oshgan. 14-ON-klaritromisinni hosil bo‘lishini deyarli to‘liq ingibirlanishi aniqlangan. Klaritromisinning keng terapevtik diapazoni tufayli, buyrak faoliyati normal bo‘lgan pasientlarda dozani kamaytirish talab etilmaydi. Shunday bo‘lsada, buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarga dozani quyidagi to‘g‘rilashlar tavsiya etilgan: CLCR ko‘rsatkichi minutiga 30 dan 60 ml gacha bo‘lgan pasientlarda klaritromisinning dozasi 50% ga kamaytirilishi kerak. CLCR ko‘rsatkichi minutiga 30 ml dan kam bo‘lgan pasientlarda klaritromisinning dozasi 75% ga kamaytirilishi kerak. Ritonavir bilan birga qabul qilinganda klaritromisinning dozasi kuniga 1 g dan oshmasligi kerak.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda, agar farmakokinetik kuchaytiruvchi sifatida ritonavir OITV-proteazaning boshqa ingibitorlari, shu jumladan atazanavir va sakvinavir bilan qo‘llanganda doza shu tariqa to‘g‘rilanadi (Dorilarning ikki tomonlama yo‘nalgan o‘zaro ta‘siri ga qarang).

Klaritromisinni boshqa tibbiy preparatlarga ta‘siri.

Antiaritmik preparatlar

Postmarketing xabarlarining ma‘lumotlariga ko‘ra, klaritromisinni xinidin yoki dizopiramid bilan bir vaqtda qabul qilinganda ikki tomonlama yo‘nalgan taxikardiyani rivojlanish hollari qayd etilgan.

Klaritromisinni ushbu preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilinganda QT intervalini uzayishini aniqlash maqsadida elektrokardiogrammani monitoringini o‘tkazish kerak. Shuningdek klaritromisinni bunday preparatlar bilan qabul qilish vaqtida ularning zardobdagi miqdorini nazorat qilish kerak. Postmarketing hisobotlarida klaritromisin va dizopiramidni bir vaqtda qabul qilinganda gipoglikemiya hollari qayd etilgan. Shu sababdan, klaritromisin va dizopiramidni bir vaqtda qabul qilinganda qonda glyukoza darajasini nazorat qilish kerak.

Peroral gipoglikemik vositalar va insulin

Nateglinid va repaglinid kabi ayrim gipoglikemik preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llaganda, CYP3A enzimi ingibirlanishi mumkin va gipoglikemiyani chaqirishi mumkin. Glyukoza miqdorini sinchkovlik bilan nazorat qilish tavsiya etiladi.

CYP3A bilan o‘zaro ta‘siri

Klaritromisin tomonidan CYP3A ingibirlanishi tufayli, klaritromisinni asosan CYP3A tomonidan metabolizmga uchraydigan dori preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilish, terapevtik ham, nojo‘ya ta‘sirlarini ham kuchaytirishi yoki uzaytirishi bilan bunday preparatlarning konsentrasiyasini oshirishi mumkin. Klaritromisinni CYP3A enzimining substrati bo‘lgan boshqa preparatlarni, xususan, agar bunday CYP3A enzimi substratida tor terapevtik diapazon bo‘lsa (masalan, karbamazepin) yoki substrat asosan bu enzim ta‘siri ostida metabolizmga uchraydigan boshqa preparatlarni qabul qilayotgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Klaritromisin bilan bir vaqtda qabul qilingan hollarda preparatlarning, asosan CYP3A ta‘siri ostida metabolizmga uchraydigan preparatlar dozasini to‘g‘rilash kerak. Ularning plazmadagi konsentrasiyasini nazorat qilish kerak.

Ma‘lumki, quyidagi preparatlar va preparatlar sinfi yoki CYP3A izoenzimi ta‘siri ostida metabolizmga uchraydi, yoki ehtimol ularning ta‘sirida metabolizmga uchrashi mumkin: alprazolam, astemizol, karbamazepin, silostazol, sisaprid, siklosporin, dizopiramid, qorakuya alkaloidlari, lovastatin, metilprednizolon, midazolam, omeprazol, peroral antikoagulyantlar (masalan, varfarin), pimozid, xinidin, rifabutin, sildenafil, simvastatin, takrolimus, terfenadin, triazolam va vinblastin. Ushbu ro‘yhat yakuniy emas. Sitoxrom R450 tizimida boshqa izofermentlari ta‘siridametabolizmga uchrovchi fenitoin, teofillin va valproat qo‘llanganda ham o‘zaro ta‘sirning bunday mexanizmi aniqlangan.

Omeprazol

Klaritromisin (har 8 soatdan 500 mg) va omeprazolni (har kuni 40 mg) qabul qilgan katta yoshdagi sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazilgan tadqiqot ma‘lumotlariga ko‘ra, klaritromisin bilan bir vaqtda qabul qilganda omeprazolning plazmadagi muvozanat konsentrasiyasini (Smax, AUC0-24 va t1/2 muvofiq 30%, 89% va 34% ga) oshishi aniqlangan. Me‘dada rN ko‘satkichining o‘rtacha qiymati omeprazolni alohida qabul qilinganda  5,2 ni, klaritromisin bilan birga qabul qilinganda 5,7 ni tashkil qilgan.

Sildenafil, tadalafil va vardenafil

Ushbu fosfodiesteraza ingibitorlarining har biri CYP3A tomonidan, hech bo‘lmaganda qisman metabolizmga uchraydi, u o‘z navbatida klaritromisin tomonidan ingibirlanishi mumkin. Sildenafil, tadalafil yoki vardenafilni klaritromisin bilan bir vaqtda qabul qilish, ehtimol fosfodiesteraza ingibitorining ekspozisiyasini oshishini chaqiradi. Sildenafil, tadalafil yoki vardenafilni klaritromisin bilan bir vaqtda qabul qilinganda bu preparatlarning dozasini to‘g‘rilash talab etilishi mumkin.

Teofillin, karbamazepin

Klinik tadqiqotlarning natijalari klaritromisin bilan bir vaqtda qabul qilganda teofillin va karbamazepinning qondagi konsentrasiyasini biroz, ammo statistik ishonchli ravishda (r≤0,05) oshishini ko‘rsatgan.

Tolterodin

Tolterodin asosan sitoxrom R450 ning 2D6-izoformasi (CYP2D6) tomonidan metabolizmga uchraydi. Ammo CYP2D6 bo‘lmagan subpopulyasiyada metabolizm CYP3A tomonidan amalga oshiriladi. Bunday pasientlarda CYP3A ingibirlanishi zardobda tolterodinning konsentrasiyasini ahamiyatli darajada oshishini chaqiradi. Bunday hollarda klaritromisin kabi CYP3A ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilinganda tolterodinning dozasini kamaytirish talab etilishi mumkin.

Triazolbenzodiazepinlar (masalan, alprozolam, midazolam, triazolam)

Tabletka shaklidagi klaritromisin (kuniga ikki marta 500 mg) bilan bir vaqtda midazolamni vena ichiga yuborilganda AUC 2,7 marta va peroral yuborilganda 7 marta oshishini ko‘rsatuvchi ma‘lumotlar mavjud. Midazolam va klaritromisinni peroral bir vaqtda qabul qilish mumkin emas. Agar klaritromisin qabul qilinganida midazolam vena ichiga yuborilsa, zarurati bo‘lganida dozani to‘g‘rilash uchun pasientning ko‘rsatkichlarini sinchkovlik bilan kuzatish kerak. Shunga o‘xshash ehtiyotkorlik choralariga CYP3A yordamida metabolizmga uchraydigan boshqa benzodiazepinlar, shu jumladan triazolam va alprazolamni qo‘llaganda ham amal qilish lozim. Chiqarilishi CYP3A ga bog‘liq bo‘lmagan benzodiazepinlar (temazepam, nitrazepam, lorazepam) uchun klaritromisin bilan o‘zaro ta‘sirini ehtimoli kam.

Klaritromisin va triazolamni bir vaqtda qabul qilinganda markaziy nerv tizimi tomonidan noxush ko‘rinishlar (masalan, uyquchanlik va ongni chalkashishi) haqida dalolat beruvchi postmarketing xabarlari mavjud. Markaziy nerv tizimi tomonidan farmakologik samaralarni kuchayishi mumkinligini e‘tiborga olib, pasientning kuzatish kerak.

Aminoglikozidlar

Klaritromisinni boshqa ototoksik preparatlar, ayniqsa aminoglikozidlar bilan ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar” ga qarang).

Kolxisin

Kolxisin CYP3A uchun ham, r-glikoproteinining tashuvchisi uchun ham substrat hisoblanadi. Ma‘lumki, klaritromisin va boshqa makrolidlar CYP3A va r-glikoprotein ingibitori hisoblanadi. Klaritromisin va kolxisinni bir vaqtda qabul qilgan hollarda r-glikoprotein va CYP3A ni klaritromisin tomonidan ingibirlanishi kolxisinning ekspozisiyasini oshishiga olib kelishi mumkin. Klaritromisin va kolxisinni birga qabul qilinganda, ayniqsa keksa pasientlarda, shu jumladan buyrak yetishmovchiligi fonida kolxisinli toksiklik haqida postmarketing xabarlari mavjud. Ba‘zi pasientlarda o‘lim hollari kuzatilgan. Klaritromisin va kolxisinni birga qabul qilish mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar”, “Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang).

Digoksin

Digoksin r-glikoprotein tashuvchisi uchun substrat hisoblanadi. Ma‘lumki, klaritromisin r-glikoprotein ingibitoridir. Klaritromisin va digoksinni bir vaqtda qabul qilgan hollarda, r-glikoproteinni klaritromisin tomonidan ingibirlanishi digoksinning ekspozisiyasini oshishiga olib kelishi mumkin. Digoksin va klaritromisinni bir vaqtda qabul qilinganda zardobda digoksinning konsentrasiyasini oshishi to‘g‘risida postmarketing kuzatuvlarda xabar berilgan. Bunda ba‘zi pasientlarda digoksinli intoksikasiyaning klinik belgilari, shu jumladan potensial fatal aritmiyalar namoyon bo‘lgan. Digoksin  va klaritromisinni bilan bir vaqtda qabul qilinganda, zardobda digoksinning konsentrasiyasini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak.

Zidovudin

Tabletka shaklidagi klaritromisinni va zidovudinni OITV-infeksiyalangan katta pasientlar tomonidan bir vaqtda peroral qabul qilinishi, zidovudinning muvozanat konsentrasiyasini pasayishiga olib kelishi mumkin. Klaritromisin zidovudin bilan bir vaqtda peroral qabul qilinganda zidovudinning so‘rilishiga ta‘sir qilishi tufayli, har bir preparatni to‘rt soatlik tanaffus qilib, agar klaritromisin va zidovudinni navbatma-navbat qabul qilinsa, bu o‘zaro ta‘sir ahamiyatli darajada bartaraf etilishi mumkin. OITV-infeksiyalangan bolalarda klaritromisinning suspenziyasini zidovudin yoki dideoksiinozin bilan bir vaqtda qabul qilganda bunday o‘zaro ta‘sir yuz bermaydi. Klaritromisinni vena ichiga yuborilganda bunday o‘zaro ta‘sirning ehtimoli juda kam.

Fenitoin va valproat

Klaritromisin kabi, CYP3A ingibitorlari va metabolizmida nazariy jihatdan CYP3A ishtirok etmaydigan preparatlar (masalan, fenitoin va valproat) o‘rtasida o‘zaro ta‘sirlar haqida spontan va chop etilgan xabarlar mavjud.

Bunday preparatlarni klaritromisin bilan bir vaqtda buyurilganda qon zardobida ularning miqdorini nazorat qilish tavsiya etiladi. Zardobda bu preparatlarning miqdorini oshishi haqida xabar berilgan.

Dori preparatlari bilan ikki tomonlama yo‘nalgan o‘zaro ta‘siri

Atazanavir

Klaritromisin ham, atazanavir ham CYP3A substrati va ingibitori hisoblanadi. Ushbu preparatlar o‘rtasida ikki tomonlama yo‘nalgan o‘zaro ta‘sir mavjudligi tasdiqlangan. Klaritromisin (kuniga ikki marta 500 mg) va atazanavirni (kuniga bir marta 400 mg) bir vaqtda qabul qilish klaritromisinning ekspozisiyasini ikki marta oshishi, 14-ON-klaritromisinning ekspozisiyasini 70% ga pasayishi va atazanavirning AUC ni 28% ga oshishiga olib keladi. Klaritromisinning terapevtik diapazoni kengligi tufayli buyrak faoliyati normal bo‘lgan pasientlarda uning dozasini kamaytirishga zarurat yo‘q. Kreatinin klirensi minutiga 30 dan 60 ml gacha bo‘lganda klaritromisinning muvofiq dori shaklini qo‘llash yo‘li bilan klaritromisinning dozasi 75% ga kamaytirilishi kerak. Proteaza ingibitorlari bilan birga qo‘llanganda klaritromisinning dozasi kuniga 1000 mg dan oshmasligi kerak.

Kalsiy kanallari blokatorlari

Arterial gipotenziya paydo bo‘lishi xavfi sababli, metabolizmida CYP3A4 ishtirok etuvchi kalsiy kanallari blokatorlari (masalan, verapamil, amlodipin, diltiazem) bilan klaritromisinni birga ehtiyotkorlik bilan buyurish tavsiya etiladi. O‘zaro ta‘sir qon plazmasida klaritromisinning ham va kalsiy kanallari blokatorining ham konsentrasiyasini oshishiga olib kelishi mumkin. klaritromisin va verapamilni bir vaqtda qabul qilgan pasientlarda arteriaol gipotenziya, bradiaritmiya va laktatasidozni paydo bo‘lishi haqida xabarlar mavjud.

Itrakonazol

Klaritromisin ham, itrakonazol ham CYP3A substrati va ingibitori hisoblanadi, shuning uchun ushbu preparatlar orasida ikki tomonlama yo‘nalgan o‘zaro ta‘sir paydo bo‘ladi. Klaritromisin plazmada itrakonazolning miqdorini oshishini chaqirishi, itrakonazol esa plazmada klaritromisinning miqdorini oshishini chaqirishi mumkin. Itrakonazol va klaritromisinni bir vaqtda qabul qilayotgan pasientlar kuchaygan yoki ta‘siri uzaytirilgan farmakologik o‘zaro ta‘sirning belgilari yoki simptomlarini aniqlash uchun sinchkovlik bilan kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak.

Sakvinavir

Klaritromisin ham, sakvinavir ham CYP3A substrati va ingibitori hisoblanadi. Ushbu preparatlar o‘rtasida ikki tomonlama yo‘nalgan o‘zaro ta‘sir mavjudligi tasdiqlangan. 12 ta sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazilgan tadqiqotlar, klaritromisinni (kuniga ikki marta 500 mg) va sakvinavirni (yumshoq jelatin kapsula shaklida, kuniga uch marta 1200 mg) bir vaqtda qabul qilish, sakvinavirni alohida qabul qilishga nisbatan sakvinavirning muvozanat AUC va Cmax ko‘rsatkichlarini muvofiq 177% va 187% ga oshishini ko‘rsatgan. Klaritromisinni alohida qabul qilinishga nisbatan, klaritromisinning AUC va Cmax ko‘rsatkichlari taxminan 40% ga oshgan. Tadqiqot natijalari, tekshirilayotgan dozalarda va dori shakllarida qo‘llanganda dozani to‘g‘rilash talab etilmasligini ko‘rsatdi. Yumshoq jelatin kapsula shaklidagi dorilarning o‘zaro ta‘siri samaralari, qattiq jelatin kapsulalari shaklidagi sakvinavirni ishlatilganda kuzatiladigan samaralarga mos kelmasligi mumkin. Faqat sakvinavirni qo‘llagandagi dorilarning o‘zaro ta‘siri samaralari sakvinavir va ritonavir bilan majmuaviy davolashdagi samaralarga mos kelmasligi mumkin. Agar sakvinavir ritonavir bilan birga qo‘llansa, ritonavir va klaritromisinga nisbatan bo‘lishi mumkin bo‘lgan ta‘sirini e‘tiborga olish kerak (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri”ga qarang).

Maxsus ko‘rsatmalar

Shifokor klaritromisinni homilador ayollarga, ayniqsa homiladorlikning I uch oyligida agar foyda xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina buyurishi mumkin.

Boshqa antibiotiklar kabi uzoq muddatli qo‘llash sezgir bo‘lmagan bakteriyalar va zamburug‘larning oshiqcha o‘sishini chaqirishi mumkin. Superinfeksiya paydo bo‘lganida muvofiq davolashni boshlash kerak.

Og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda preparatni extiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Klaritromisin qo‘llanganida jigar faoliyatining buzilishi, shu jumladan jigar fermentlarining yuqori darajasi, va sariqlik bilan yoki usiz kechuvchi gepatosellyulyar va/yoki xolestatik gepatit xaqida xabar berilgan. Jigar faoliyatining bu buzilishi og‘ir va odatda qaytuvchan bo‘lishi mumkin. Shuningdek, o‘lim bilan yakunlangan jigar yetishmovchiligi hollari qayd etilgan, u asosan jiddiy asosiy kasalliklar va/yoki yo‘ldosh medikamentoz davolash bilan assosiasiyalangan. Gepatitning anoreksiya, sariqlik, siydikni to‘qlashishi, qorin soxasida qichishish yoki og‘riq kabi ko‘rinishlari va simptomlari paydo bo‘lganida klaritromisinni qo‘llashni darxol to‘xtatish kerak.

Ko‘pchilik antibakterial preparatlarni, shu jumladan makrolidlarni qabul qilinganda og‘irlik darajasi o‘rtachadan hayot uchun xavfli bo‘lgan soxtamembranoz kolit hollari qayd etilgan. Ko‘pchilik antibakterial preparatlarni, shu jumladan klaritromisin qo‘llanganida, Clostridium difficile (CDAD) chaqirgan yengil og‘irlik darajasidan fatal yakunlanadigan diareyaning rivojlanishi haqida xabar berilgan. Antibakterial preparatlarni qabul qilish ichakning normal mikroflorasini o‘zgartiradi, bu C. difficile ni ortiqcha o‘sishiga olib keladi. Antibiotiklar chaqirgan diareyasi bo‘lgan barcha pasientlarda CDAD rivojlanishi mumkinligini e‘tiborga olish kerak. Anamnezni sinchiklab to‘plash kerak, chunki antibakterial preparatlar qo‘llanganidan keyin ikki oy o‘tgach CDAD rivojlanishi to‘g‘risida xabar qilingan.

Klaritromisinning ko‘p qismi jigar orqali chiqariladi. Shuning uchun jigar faoliyatining yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda ushbu antibiotik ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Shuningdek o‘rtacha va og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga klaritromisinni buyurilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Kolxisin

Klaritromisin va kolxisinni birga qabul qilganda, ayniqsa keksa pasientlarda, shu jumladan buyrak yetishmovchiligi fonida kolxisinli toksiklik haqida postmarketing xabarlari mavjud. Ba‘zi pasientlarda o‘lim hollari qayd etilgan (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri”ga qarang). Klaritromisin va kolxisinni birga qabul qilish mumkin emas.

Klaritromisinni va vena ichiga in‘eksiya uchun triazolam va midazolam kabi triazolbenzadiazepinlar bilan bir vaqtda extiyotkorlik bilan buyurish kerak (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qarang).

QT intervalini uzayishi.

Yurak aritmiyasi va ikkiyo‘nalishli taxikadiyani (torsades de pointes) rivojlanish xavfidan dalolat beruvchi miokard repolyarizasiyasi va QT intervalini uzayishi makrolidlar, jumladan klaritromisin bilan davolanganda, kuzatilgan (Nojo‘ya ta‘sirlar bo‘limiga qarang). Qorinchalar aritmiyasi, jumladan ikkiyo‘nalishli taxikardiya (torsades de pointes) yuqori xavfiga olib kelishi tufayli quyidagi klaritromisin bemorlar guruhida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanilishi kerak:

  • Yurak ishemik kasalligi, og‘ir yurak yetishmovchiligi, o‘tkazuvchanlikni buzilishi va klinik ahamiyatli bradikardiya bo‘lgan pasientlarda.
  • Gipomagniemiya kabi, elektrolit ballansini buzilishi bo‘lgan pasientlarda.
  • Gipokaliemiya bo‘lgan pasientlarda klaritromisinni buyurish mumkin emas (Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar bo‘limiga qarang).
  • QT intervalini uzayishi bilan assosiasiyalangan boshqa tibbiy preparatlarni parallel qabul qilayotgan pasientlarda (Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar bo‘limiga qarang).
  • Klaritromisinni bir vaqtda astemizol, sizaprid, pimozid va terfenadin bilan qo‘llash mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang).

Klaritromisinni tug‘ma va aniqlangan ortirilgan QT intervalini uzayishi yoki anamnezida qorinchalar aritmiyasi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang).

Klaritromisinni boshqa ototoksik preparatlar, ayniqsa aminoglikozidlar bilan birga buyurilganda ehtiyotkorlikka amal qilish kerak. Davolash vaqtida va davolangandan keyin vestibulyar va eshitish faoliyatlarini monitoringini o‘tkazish kerak.

Pnevmoniya

Makrolidlarga chidamli Streptococcus pneumoniae ning shtammlari keng tarqalganligi tufayli, nogospital pnevmoniyasi bo‘lgan pasientlarga klaritromisinni buyurishdan oldin sezgirlikka sinama o‘tkazish muxim. Gospital pnevmoniya xolida, klaritromisinni boshqa muvofiq antibiotiklar bilan birga buyuriladi.

Teri va yumshoq to‘qimalarning og‘irligi yengil va o‘rtacha darajali infeksiyalari

Bunday infeksiyalarning eng ko‘p uchraydigan qo‘zg‘atuvchilari Staphylococcus aureus va Streptococcus pyogenes dir, ular makrolidlarga ham rezistent bo‘lishi mumkin. Demak, uchun sezgirlikka sinama o‘tkazish lozim. Agar beta-laktam antibiotiklarni qo‘llash mumkin bo‘lmagan hollarda (masalan, allergiya tufayli), boshqa preparatlar, masalan klindamisinni qo‘llash afzal hisoblanadi. Xozirgi vaqtda makrolidlar faqat ayrim teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalarini davolashda qo‘llanadi, masalan: Corinobacterium minutissimum (eritrazma), acne vulgaris, saramasli yallig‘lanish, shuningdek penisillinlar bilan davolashni qo‘llash mumkin bo‘lmagan vaziyatlarda.

Anafilaksiya, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz va DRESS kabi o‘ta yuqori sezuvchanlikning og‘ir o‘tkir reaksiyalari rivojlanganida, klaritromisin bilan davolashni darxol to‘xtatish va shoshi

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

KLASID granuli 100ml 0,125/5ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
KLASID granuli 100ml 0,125/5ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
KLASID granuli 100ml 0,125/5ml dori vositasi ЭббВи С.р.Л., C.P tomonidan Italiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
KLASID granuli 100ml 0,125/5ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
KLASID granuli 100ml 0,125/5ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
ORADRO tabletkalari 500mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Кларитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
ORADRO tabletkalari 250mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Кларитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
KLARITRO tabletkalari 500mg N10
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
SIKLAR tabletkalari 250mg N7
EKOZITRIN tabletkalari 500mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Кларитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: АВВА РУС АО
EKOZITRIN tabletkalari 250mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Кларитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: АВВА РУС АО
FROMILID UNO 0,5 tabletkalari 0,5g N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Кларитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
FROMILID UNO tabletkalari 0,5g N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Кларитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
Narh: 58 000 so'mdan Batafsil
FROMILID 0,25 tabletkalari 0,25g N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Кларитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
FROMILID UNO 0,5 tabletkalari 0,5g N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Кларитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
KLASID SR 0,5 tabletkalari N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Кларитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ЭббВи С.р.Л., C.P
Ishlab chiqaruvchining dorilari
KLASID SR 0,5 tabletkalari N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Кларитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ЭббВи С.р.Л., C.P
Другие формы препарата
KLASID 0,5 liofilizat N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Кларитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фамар Л'Эйль
KLASID 0,25 tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Кларитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ЭббВи С.р.Л., C.P
KLASID SR 0,5 tabletkalari N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Кларитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ЭббВи С.р.Л., C.P
KLASID 0,5 tabletkalari N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Кларитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ЭббВи С.р.Л., C.P
KLASID SR 0,5 N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Кларитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ЭббВи С.р.Л., C.P
Klasid SR
  • Faol modda: Кларитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Эбботт Лэбораториз Лимитед, Великобритания.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9