×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SIKLAR tabletkalari 250mg N7

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
Кларитромицин
Qadoqda soni:
- 7
Ishlab chiqaruvchi:
- ИП ООО «Codepharm»
Vakil:
- Codepharm YaTT MChJ
ATX kodi:
- J01FA09
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

AZIDIAR 250 tabletkalari 250mg N6 Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Lincoln Pharmaceuticals Ltd. Hindiston
22 400 s`om dan
PEROTA poroshok 4g 4 g/0,5 g GM Pharmaceuticals Ltd, ООО Gruziya
AZIFLOREN suspenziya 200mg/5ml 15ml Karbon Pharma Pvt. Ltd. Hindiston
ROKSIPIM poroshok 1,0g N1 Rotapharm Ilaclari Ltd Sti., Турция произведено: Pharma Vision San. Ve Tic. A.S. Turkiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SIKLAR tabletkalari 250mg N7 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘llash BO‘YICHA yO‘riQnoma

SIKLAR

SIKLAR

 

Preparatning savdo nomi: Siklar

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): klaritromisin.

Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 250 mg, 500 mg klaritromisin;

yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, mikrokristall sellyuloza, povidon, suvsiz kolloidli kremniy dioksidi, natriy kroskarmellozasi, magniy stearati, stearin kislotasi

qobig‘i: gidromelloza, titan ikki oksidi, laktoza, makrogol 3350, triasetin

Ta‘rifi: oq rangli, oval shaklli, yuzasi silliq, ikki yoqlama qavariq, dog‘siz va shikastsiz tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Antibiotiklar (makrolidlar guruhi).

ATX kodi: J01FA09

 

Farmakologik xususiyatlari

Klaritromisin unga sezgir bakteriya hujayralarida 50 S ribosomal sub birliklarni bog‘lab va  shunday qilib, oqsil sintezini susaytirib, mikroblarga qarshi faollik namoyon qiladi. Klaritromisinning mikroblarga qarshi ta‘siri asosan bakteriostatik. Klaritromisin quyidagi mikroorganizmlar doirasiga nisbatan antibakterial faollikni namoyon qiladi: grammusbat bakteriyalar: Streptococcus agalactiae, Streptococcus pyogenes, Streptococcus viridans, Streptococcus pneumoniae, Listeria monocytogenes, Staphylococcus aureus; grammanfiy bakteriyalar: Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, Neisseria gonorrheae, Legionella pneuophila, Pasteurella multocids, Helicobacter pylori, Campylobacter jejuni, Moraxella (Branthamela) catarrhalis, Bordetella pertussis; boshqa mikroorganizmlar: Chlamydia pneumoniae (TWAR), Chlamydia trachomatis, Borrelia burgoferi, Mycobacterium avium, Mycobacterium intracellular, Mycobacterium leprae, Mycobacterium chelonae, Mycobacterium fortuitum, Mycobacterium kansasiilardan tashkil topgan Mycobacterium avium (MAC) majmuasi, Ureaplasma urealyticum, Toxoplasma gondii; anaerob mikroorganizmlar: Clostridium perfringes, Peptococcus niger, Propionbacterium acnes, Bacteroides melaninogenicus; mikoplazmalar: Mycoplasma pneumoniae.

 

Farmakokinetikasi

Klaritromisin ichga qabul qilinganida tez va faol so‘riladi, uning biologik kiraolishligi taxminan 50% ni tashkil qiladi. Preparatni buyurishdan oldin ovqatni qabul qilish klaritromisinning so‘rilishining boshlanishini biroz sekinlashtiradi, ammo uning biokiraolishligiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat 250 mg dan sutkada 2 marta buyurilganida klaritromisinning plazmadagi maksimal muvozanatli konsentrasiyasiga (Smax) 2-3 kundan keyin erishiladi.

Preparat asosan jigarda faol 14-gidroklaritromisin metabolitini hosil qilib, metabolizmga uchraydi. Klaritromisin va faol metaboliti 14-gidroksiklaritromisin organizmning barcha to‘qima va suyuqliklariga tez taqsimlanadi. Ichga qabul qilinganidan keyin klaritromisinning to‘qimalardagi konsentrasiyasi (ayniqsa o‘pkalardagi) qon plazmasidagiga qaraganda bir necha marta yuqori. Yarim chiqarilish davri (T1/2) dozaga bog‘liq bo‘lib, 3 dan 9 soatgachani tashkil qiladi. Preparat organizmdan asosan siydik va ahlat bilan chiqariladi.

 

Qo‘llanilishi

Sezgir mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan quyidagi infeksion kasalliklarni davolashda qo‘llanadi:

– quyi nafas yo‘llarining infeksiyalari (bronxitlar, pnevmoniyalar);

– yuqori nafas yo‘llarining infeksiyalari (laringit, tonzillit, faringit, sinusitlar);

– teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari (follikulitlar, flegmonalar, saramasli yallig‘lanish);

– tarqalgan va tarqalmagan mikobakterial infeksiyalar;

– CD4 (T-xelper limfositlar) limfositlarining miqdori 1 mm3 da 100 dan ko‘p bo‘lmagan OIV bilan infeksiyali bemorlarda Mycobacterium avium (MAC) majmuasi bilan bog‘liq bo‘lgan infeksiyaning tarqalishini oldini olish;

– o‘n ikki barmoq ichak yarasining qaytalanish tez-tezligini pasaytirish uchun N.pylori ni yo‘q qilishda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Nafas yo‘llari, teri va yumshoq to‘qimalarining infeksion kasalliklarida: kattalarga klaritromisinning tavsiya qilinadigan odatdagi dozasi – 250 mg dan sutkada 2 marta. Og‘irroq hollarda dozani sutkada 2 marta 500 mg gacha oshirish mumkin. Davolash davomiyligi ko‘pchilik hollarda 6 dan 14 kungachani tashkil qiladi.

Mikobakteriyalar tomonidan chaqirilgan infeksion kasalliklarda: kattalarga boshlang‘ich tavsiya qilinadigan doza 500 mg dan sutkada 2 marta. 3-4 hafta davomida klinik va bakterial javob bo‘lmaganida dozani sutkada 2 marta 1000 mg gacha oshirish mumkin.

Mycobacterium avium (MAC) majmuasi tomonidan chaqirilgan infeksiyalarni oldini olish uchun: kattalarga tavsiya qilinadigan doza – 500 mg dan sutkada 2 marta.

  1. Pylori ni yo‘q qilish uchun majmuaviy davolash: klaritromisin 500 mg dan sutkada 2 marta, lansoprazol bilan 30 mg dan sutkada 2 marta va amoksisillin bilan 1000 mg dan sutkada 2 marta majmuada, 10 kun davomida buyuriladi.

Klaritromisin 500 mg dan sutkada 2 marta, amoksisillin bilan 1000 mg dan sutkada 2 marta, va omeprazol bilan sutkada 20 mg dan majmuada 7-14 kun davomida buyuriladi. Klaritromisin 500 mg dan sutkada 3 marta, 40 mg omeprazol bilan majmuada, 14 kun davomida, keyingi 14 kun davomida omeprazol sutkada 20-40 mg dozada buyuriladi. Yaralarning to‘liq bitishi uchun qo‘shimcha me‘da shirasining kislotaligini pasaytirish talab qilinishi mumkin.

Buyrak yetishmovchiligida: kreatinin klirensi (KK) minutiga 30 ml dan kam bo‘lgan bemorlarga klaritromisinning odatdagi dozasining yarmini, ya‘ni 250 mg dan sutkada 1 marta yoki og‘ir infeksiyalarda 250 mg dan sutkada 2 marta buyuriladi. Bunday bemorlarni davolash 14 kundan oshmasligi kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Me‘da-ichak yo‘llari va jigar tomonidan: tez-tez ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘riqlari, diareya, soxtamembranoz kolit, glossit, stomatit, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining kandidozi va tilning rangini o‘zgarishi, ta‘mni o‘zgarishi; kam hollarda – qon zardobida jigar fermentlari darajasini oshishi, xolestaz va sariqlikni rivojlanishi bilan bo‘lgan gepatit holatlari; juda kam hollarda – jiddiy asosiy kasalliklar va/yoki boshqa dori vositalarini bir vaqtda qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan o‘lim bilan yakunlanuvchi jigar yetishmovchiligi.

Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, kam uyqusizlik.

Yurak-tomir tizimi tomonidan: QT intervalini uzayishi, qorinchalar aritmiyasi, shu jumladan qorinchalarning paroksizmal taxikardiyasi va qorinchalarning titrashi-lipillashi.

Allergik reaksiyalar: ularning jadalligi eshakemi va teri toshmasidan, to anafilaksiya va Stivens-Djonson sindromigacha o‘zgaradi.

Boshqalar: eshitishni pasayishi, hansirash, kam hollarda – gipoglikemiya.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Makrolidlar guruhi antibiotiklariga va preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik va laktasiya davri, jigarning og‘ir kasalliklari, porfiriya 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas. Klaritromisin bilan davolashda sizaprid, pimozid, astemizol va terfenadinni qabul qilish taqiqlanadi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Klaritromisinni sizaprid, pimozid, terfenadin va astemizol bilan bir vaqtda qo‘llanishi, ularning qondagi konsentrasiyasini oshishiga, QT intervalini uzayishi va yurak aritmiyalarini, shu jumladan qorinchalarning paroksizmal taxikardiyasi, qorinchalar fibrillyasiyasi va qorinchalarni titrashi – lipillashini rivojlanishiga olib keladi.

Klaritromisinni sitoxrom R450 tizimi ishtirokida metabolizmga uchraydigan dori vositalari (karbamazepin, takrolimus, geksobarbital, alfentanil, bromkriptin, valproat, lovastatin, disopiramid, fenitoin, siklosporin) bilan bir vaqtda qo‘llash, bu preparatlarning zardobdagi konsentrasiyasini oshishi va ularning samarasini kuchayishi bilan birga kechadi.

Klaritromisin bilan bir vaqtda ishlatilganida bu dorilarning zardobdagi konsentrasiyasini nazorat qilishning zarurati tug‘ilishi mumkin.

Klaritromisinni va gidroksimetilglutaril-SoA-reduktaza ingibitorlari – lovastatin va simvastatin bir vaqtda buyurilganida, kamdan-kam hollarda skelet mushaklarining o‘tkir nekrozi rivojlanishi mumkin.

Digoksin va klaritromisin tabletkalarini bir vaqtda qabul qilayotgan bemorlarda qon plazmasida digoksinning konsentrasiyasini oshishi kuzatiladi.

Shuning uchun bunday bemorlarda digitalis intoksikasiyasidan saqlanish uchun, digoksinning qon zardobidagi miqdorini muntazam nazorat qilish kerak.

Klaritromisin triazolam klirensini kamaytirishi va, shu yo‘l bilan, uning uyquchanlik va ongni chalkashishini rivojlanishi bilan bo‘lgan farmakologik samaralarini oshirishi mumkin.

Klaritromisin va ergotamin yoki digidroergotaminni bir vaqtda ishlatilishi ayrim bemorlarda periferik tomirlarning spazmi va sezuvchanlikni o‘zgarishi bilan namoyon bo‘ladigan o‘tkir ergotamin intoksikasiyasini rivojlanishga olib kelishi mumkin.

OIV bilan infeksiyalangan kattalarga bir vaqtda zidovudin va klaritromisin tabletkalarini og‘iz orqali buyurish, zidovudinning muvozanat konsentrasiyasini kamayishiga olib kelishi mumkin. Klaritromisin bir vaqtda peroral buyurilgan zidovudinni so‘rilishini o‘zgartirishi mumkinligini hisobga olib, klaritromisin va zidovudinni kunning turli soatlarida qabul qilish bilan, bu o‘zaro ta‘sirdan ma‘lum darajada saqlanish mumkin.

Klaritromisin va ritonavir bir vaqtda buyurilganida klaritromisinning zardobdagi konsentrasiyasining ko‘rsatkichi oshadi. Bunday hollarda buyrak funksiyasi me‘yorida bo‘lgan bemorlarda klaritromisinning dozasiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. Ammo kreatinin klirensi minutiga 30 dan 60 ml gacha bo‘lgan bemorlarda, klaritromisinning dozasini 50% ga pasaytirish lozim. Kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam bo‘lganida, klaritromisinning dozasini 75% ga pasaytirish lozim. Ritonavir bilan bir vaqtda davolanishda, klaritromisinni sutkada 1 g dan yuqori dozada buyurish mumkin emas.

Klaritromisin va omeprazol bir vaqtda buyurilganida ularning plazmadagi konsentrasiyasini oshishi yuz beradi, ammo bu preparatlarning dozasiga tuzatish kiritishni talab qilmaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Klaritromisin va boshqa makrolidlar guruhi antibiotiklari, shuningdek linkomisin va klindamisin orasida qarama-qarshi chidamlilik bo‘lishi mumkinligiga e‘tibor berish kerak.

Preparatni jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Ammo buyrak funksiyasi me‘yorida saqlangan o‘rtacha yoki og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda, klaritromisinning dozasini tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

OITS li bemorlarda MAS chaqirgan tarqalgan infeksiyalarda, uning foydasiga klinik va mikrobiologik tasdiqlar bor ekan, davolashni davom ettirish lozim. Klaritromisinni mikroblarga qarshi boshqa preparatlar bilan majmuada buyurish lozim.

Tuberkulyozdan tashqari, mikobakteriyalar chaqirgan infeksion kasalliklarda, davolashning davomiyligini shifokor belgilaydi.

Homiladorlik va emizish vaqtida klaritromisinning xavfsizligi aniqlanmagan. Shuning uchun homiladorlik davrida klaritromisinni faqat muqobil davolash bo‘lmaganida, agarda kutiladigan foyda homilaga bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina buyurish mumkin.

Klaritromisin ko‘krak sutiga o‘tadi, shuning uchun uni emizikli onalarda qo‘llash ehtiyotkorlik bilan o‘tkazilishi kerak.

Keksa yoshdagi shaxslarda qo‘llanganida dozani pasaytirish talab qilinmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya.

Davolash: darhol me‘dani yuvish va simptomatik davolash. Gemodializ va peritoneal dializ klaritromisinning qon zardobidagi darajasini ahamiyatli o‘zgarishga olib kelmaydi.

 

Chiqarilish shakli

Qobiq bilan qoplangan tabletkalar 250 mg va 500 mg dan blisterlarda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SIKLAR tabletkalari 250mg N7 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SIKLAR tabletkalari 250mg N7 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SIKLAR tabletkalari 250mg N7 dori vositasi ИП ООО «Codepharm» tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SIKLAR tabletkalari 250mg N7 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SIKLAR tabletkalari 250mg N7 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
ORADRO tabletkalari 500mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Кларитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
ORADRO tabletkalari 250mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Кларитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
KLARITRO tabletkalari 500mg N10
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
EKOZITRIN tabletkalari 500mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Кларитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: АВВА РУС АО
EKOZITRIN tabletkalari 250mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Кларитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: АВВА РУС АО
FROMILID UNO 0,5 tabletkalari 0,5g N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Кларитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
FROMILID UNO tabletkalari 0,5g N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Кларитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
Narh: 58 000 so'mdan Batafsil
FROMILID 0,25 tabletkalari 0,25g N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Кларитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
FROMILID UNO 0,5 tabletkalari 0,5g N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Кларитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
KLASID granuli 100ml 0,125/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Кларитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ЭббВи С.р.Л., C.P
KLASID SR 0,5 tabletkalari N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Кларитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ЭббВи С.р.Л., C.P
Ishlab chiqaruvchining dorilari
AZOFRIN tabletkalari 500mg N2
AFIMAREKS tabletkalari 1mg N10
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9