×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Kodelak Neo tomchilari 20mg N1

Kategoriya:
- Shamollash va gripp
Ishlab chiqarilish joyi:
- Россия
Faol modda:
бутамирата цитрат
Qadoqda soni:
- 1
ATX kodi:
- R05DB13
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

TERAFLYU poroshok so vkusom limona N10 Новартис Консьюмер Хелс СА Shveytsariya
80 000 s`om dan
LINKAS BEZ SAXARA sirop 90ml Herbion Pakistan (PVT) Ltd Pokiston
20 200 s`om dan
PULMOLAN tabletkalari 30mg N20 GM Pharmaceuticals Ltd. Gruziya
50 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Ichga qabul qilish uchun tomchilar 5 mg/ml.

20 ml dan to'q (qahrabo) shisha flakon-tomchilagichda. Bitta flakon davlat va rus tillalaridagi tibbiyotda qo'lanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Bir flakon quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: butamirat tsitrati (100% moddaga qayta hisoblanganda) – 100 mg;

yordamchi moddalar: sorbitol (Neosorb 70/70 V, sorbit siropi) – 8100,0 mg, gliserol (gliserin) – 5800,0 mg, etanol 95% (etil spirti 95%) – 61,0 mg, natriy saxarinati – 23,0 mg, benzoat kislotasi – 23,0 mg, vanilin – 23,0 mg, natriy gidroksidi eritmasi 30% – 10,0 mg, tozalangan suv 20,0 ml gacha.

Butamirat, Kodelak® Neo preparatining faol moddasi Markaziy ta'sirga ega yo'talga qarshi vosita bo'lib hisoblanadi. Kimyoviy jihatdan ham, farmakologik jihatdan ham alkoloidlarga mansub emas. Qaramlik yoki o'rganib qolishni shakllantirmaydi.

Yo'tal markaziga bevosita ta'sirga ega bo'lib, yo'talni bostiradi. Bronxodilatasiya qiluvchi samara ko'rsatadi (bronxlarni kengaytiradi). Spirometriya (nafas yo'llarining qarshiligini pasaytiradi) va qon oksigenasiyasi (qonni kislorod bilan to'yintiradi) ko'rsatkichlarini yaxshilab, nafas olishni engillashishiga yordam beradi.

So'rilishi

Buramirat ichga qabul qilingandan keyin me'da-ichak yo'llaridan tez va to'liq so'riladi. 150 mg butamirat qabul qilingandan keyin qon plazmasida asosiy metabolit (2-fenilmoy kislotasi) ning maksimal kontsentrasiyasiga 1,5 soatdan keyin erishiladi va 6,4 mkg/ml ni tashkil qiladi.

Taqsimlanishi va metabolizmi

Butamiratni dastlab 2-fenilmoy kislotasi va dietilaminoetoksietanolgacha gidrolizi qonda boshlanadi. Ushbu metabolitlar ham yo'talga qarshi faollikka ega va butamirat kabi plazma oqsillari bilan ahamiyatli darajada (taxminan 95%) bog'lanadi, bu davomli yarim chiqarilish davrini belgilaydi. 2-fenilmoy kislotasi gidroksilizasiya yo'li bilan qisman metabolizmga uchraydi.

Preparatni takroran qabul qilganda to'planishi kuzatilmaydi.

Chiqarilishi

Butamiratni yarim chiqarilish davri – 6 soat. Metabolitlari asosan buyrak orqali chiqariladi. Bunda 2-fenilmoy kislotasi glyukuron kislotasi bilan bog'langan shaklda chiqariladi.

Nojo'ya reaktsiyalar rivojlanishi tez-tezligi tasnifi: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), tez-tez emas (≥1/1000, <1/100), kam xollarda (≥1/10000, <1/1000), juda kam xollarda (<1/10000), shu jumladan alohida xabarlar.

Nerv tizimi tomonidan:

Kam xollarda: preparatni qabul qilish bekor qilinganda yoki doza pasaytirilganda o'tib ketuvchi uyquchanlik, bosh aylanishi.

Me'da-ichak yo'llari tomonidan:

Kam xollarda: ko'ngil aynishi, diareya.

Teri va teri osti to'qimalari tomonidan:

Kam xollarda: eshakemi, allergik reaktsiyalar rivojlanishi mumkin.

Tomchilar shirinlashtiruvchi sifatida natriy saxarinati va sorbitol saqlaydi, shuning uchun ularni qandli diabeti bo'lgan pasientlarda qo'llash mumkin.

Preparatning tarkibida etil spirti mavjudligi tufayli, doriga qaramlik rivojlanishiga moyilligi bo'lgan, jigar kasalliklari, alkogolizm, tutqanoq, bosh miya kasalliklari bo'lgan pasientlarda, homilador va bolalarda preparatni qo'llaganda xavf mavjud.

Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi

Homiladorlik davrida preparatni qo'llashning xavfsizligi va uni yo'ldosh to'sig'i orqali o'tishi haqida ma'lumotlar yo'q. Preparatni homiladorlikning birinchi uch oyligida qo'llash mumkin emas. Homiladorlikning II va III uch oyliklarida preparatni ona uchun foyda va homila uchun potentsial xavf nisbatini e'tiborga olib qo'llash mumkin.

Preparatni ko'krak sutiga kirishi o'rganilmagan, shuning uchun preparatni emizish davrida qo'llash tavsiya etilmaydi.

Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab qiluvchi faoliyat turlari bilan shug'ullanishdan saqlanish tavsiya etiladi, chunki preparat bosh aylanishi, uyquchanlik chaqirishi mumkin.

Har qanday etiologiyali, shu jumladan ko'kyo'taldagi quruq yo'tal; operasiyadan oldingi va operasiyadan keyingi davrda, jarroxlik aralashuvlari va bronxoskopiyada yo'talni bostirish uchun qo'llanadi.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, fruktozani o'zlashtiraolmaslik, homiladorlik (I uch oylik), emizish davri. 2 oylikkacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Homiladorlik (II va III uch oylik).

Preparatning tarkibida etil spirti mavjudligi tufayli, doriga qaramlik rivojlanishiga moyilligi bo'lgan, jigar kasalliklari, alkogolizm, tutqanoq, bosh miya kasalliklari bo'lgan pasientlarda, homiladorlar va bolalarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

Butamirat uchun biron-bir dorilarning o'zaro ta'siri ta'riflanmagan. Preparat bilan davolash davrida alkogolli ichimliklarni iste'mol qilish, shuningdek Markaziy nerv tizimini susaytiruvchi dori vositalarini (uxlatuvchi, neyroleptiklar, trankvilizatorlar va boshqa preparatlar) qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Butamirat yo'tal refleksini bostirganligi tufayli, bronxospazm va nafas yo'llari infektsiyalari rivojlanishi xavfi bilan kechuvchi balg'amni nafas yo'llarida to'planishidan saqlanish uchun balg'am ko'chiruvchi vositalarni bir vaqtda qo'llashdan saqlanish kerak.

25°С dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

 Yaroqliklik muddati-5 yil.

Yaroqlilik muddati o'tgach ishlatilmasin.

Tiniq, rangsiz yoki biroz sarg'ish tusli, vanilin hidli suyuqlik. Biroz tovlanishiga yo'l qo'yiladi.

Ovqatdan oldin ichga qabul qilinadi.

2 oylikdan 12 oylikkacha bo'lgan bolalarga – 10 tomchidan kuniga 4 marta; 1 yoshdan 3 yoshgacha – 15 tomchidan kuniga 4 marta; 3 yoshdan oshgan bolalarga – 25 tomchidan kuniga 4 marta buyuriladi.

Preparatni 2 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Ichga qabul qilish uchun tomchilar 5 mg/ml (1 ml 22 tomchi saqlaydi).

Agar yo'tal davolash boshlangandan keyin 5 kundan ortiq saqlansa, shifokorga murojaat etish kerak.

Simptomlari: ko'ngil aynishi, qusish, uyquchanlik, diareya, bosh aylanishi, arterial bosimni pasayishi, harakat koordinasiyasini buzilishi.

Davolash: faollashtirilgan ko'mir, tuzli surgi vositalari, simptomatik davolash (ko'rsatmalarga qarab).

Kodelak Neo tomchilari 20mg N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

KODELAK® BRONXO S CHABRESOM

 

Preparatning savdo nomi: Kodelak® Bronxo s chabresom

Dori shakli: eliksir

Tarkibi:

5 ml eliksir quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: ambroksol gidroxloridi – 10 mg, glisirrizin kislotasining trinatriyli tuzi (natriy glisirrizanati) – 30 mg, suyuq toshcho‘p ekstrakti – 500 mg;

yordamchi moddalar: metilparagidroksibenzoat (nipagin) – 3,75 mg, propilparagidroksibenzoat (nipazol) – 1,25 mg, sorbitol (sorbit) – 3000 mg, tozalangan suv – 5 ml gacha.

Ta‘rifi: och-jigarrangdan jigarrang ranggacha suyuqlik.

Saqlash jarayonida cho‘kma hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

Farmakoterapevtik guruhi: majmuaviy balg‘am ko‘chiruvchi vosita.

ATX kodi: R05CA10.

Farmakologik xususiyatlari

Yo‘talni davolash uchun majmuaviy preparat, mukolitik va balg‘am ko‘chiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, shuningdek yallig‘lanishga qarshi faollikga ega. Kodelak® Bronxo s chabresom eliksirining ta‘siri uning komponentlarining farmakologik xususiyatlari bilan bog‘liq:

ambroksol sekretomotor, sekretolitik va balg‘am ko‘chiruvchi ta‘sirga ega, balg‘amning seroz va shilliq komponentlarining buzilgan nisbatini normallashtiradi, alveolalarda surfaktant sekresiyasini oshiradi. Balg‘amning qovushqoqligini kamaytiradi va uni ajralishiga yordam beradi;

glisirrat (glisirrizin kislotasi va uning tuzlari) yallig‘lanishga qarshi va viruslarga qarshi ta‘sirga ega. Antioksidant va membranani turg‘unlashtiruvchi faolligi tufayli sitoprotektor ta‘sir ko‘rsatadi. Yallig‘lanishga qarshi va allergiyaga qarshi ta‘sir ko‘rsatib, endogen glyukokortikosteroidlar ta‘sirini kuchaytiradi. Yaqqol yallig‘lanishga qarshi faolligi tufayli nafas yo‘llarida yallig‘lanish jarayonlarini kamayishiga yordam beradi;

toshcho‘p o‘ti ekstrakti balg‘am ko‘chiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta‘sirga ega efir moylarining aralashmasini saqlaydi. Bundan tashqari toshcho‘p o‘ti kuchsiz spazmolitik va reparativ xususiyatlarga ega.

Qo‘llanilishi

Qovushqoq balg‘am hosil bo‘lishi bilan kechuvchi nafas yo‘llarining kasalliklari: o‘tkir va surunkali bronxit, pnevmoniya, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (O‘SOK), bronxoektatik kasallikda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga buyuriladi, ovqat qabul qilish vaqtida, oz miqdordagi suv bilan qabul qilinadi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga – 10 ml dan sutkada 4 marta buyuriladi.

2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 2,5 ml dan eliksir sutkada 3 marta, 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 5 ml dan sutkada 3 marta buyuriladi.

Shifokor maslahatisiz davolashning maksimal davomiyligi – 5 kunni tashkil qiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar.

Kam hollarda – holsizlik, bosh og‘rig‘i, diareya, og‘iz bo‘shlig‘i va nafas yo‘llarini qurishi, ekzantemalar, rinoreya, qabziyat, dizuriya. Yuqori dozalarda uzoq muddat qabul qilinganda – gastralgiya, ko‘ngil aynishi, qusish.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar, homiladorlik, laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan: jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, me‘da va o‘n ikki barmoq yara kasalligi, bronxial astma.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Yo‘talga qarshi dori vositalari bilan birga qo‘llash balham ajralishini qiyinlashishiga olib keladi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Yo‘talga qarshi vositalar bilan birga qo‘llash mumkin emas.

Qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda 5 ml eliksirda 0,18 NB miqdorda sorbit mavjudligini hisobi bilan qo‘llash mumkin.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Kodelak® Bronxo s chabrisom preparatini homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas. Kodelak® Bronxo s chabresom preparatini emizish davrida qo‘llash zarurati bo‘lsa emizishni to‘xtatish kerak.

Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri.

Preparat transport vositalari va turli mexanizmlarni boshqarish, shuningdek diqqatni yuqori jamlash va psixomotor va harakat reaksiyalarining tezligini talab qiluvchi potensial xavfli boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, dispepsiya.

Davolash: sun‘iy qusishni chaqirish, preparatni qabul qilishdan keyin birinchi 1-2 soatda me‘dani yuvish.

Chiqarilish shakli

100 yoki 200 ml dan to‘q shisha flakonlarda. Bir flakon davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va o‘lchov qoshiqchasi bilan karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Kodelak Neo tomchilari 20mg N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Kodelak Neo tomchilari 20mg N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Kodelak Neo tomchilari 20mg N1 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
KODELAK NEO tabletkalari 50mg N10
Narh: 38 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
Kodelak bronxo eliksiri 100ml
KODELAK tabletkalari N10
KODELAK BRONXO tabletkalari N10
KODELAK BRONXO tabletkalari N20
KODELAK NEO tabletkalari 50mg N10
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9