×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

KYUPEN FORTE tabletkalari 10mg N20

Kategoriya:
- Yallig'lanishga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
кеторолака трометамин
Qadoqda soni:
- 20
Ishlab chiqaruvchi:
- Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd., Индия произведено: Coral Laboratories Limited
ATX kodi:
- M01AE51
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

ARTOKSAN tabletkalari 20mg N10 Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
42 400 s`om dan
DIP RILIF gel 15g The Mentholatum Company Limited Buyuk Britaniya
P - ZERO tabletkalari 10mg N10 Avantika Medex Pvt. Ltd, Индия произведено: Halewood Laboratories Pvt. Ltd Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: ketorolak trometamini (100% moddaga qayta hisoblanganda) – 10 mg;
yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, tozalangan talьk, magniy stearati, aerosil, aspartam, natriy kroskarmelloza, ananas aromatizatori.
Ketorolak – nosteroid yallig'lanishga qarshi preparat, pirrolizin-karboksil kislotasining hosilasidir. Yaqqol og'riq qoldiruvchi ta'sir ko'rsatadi, shuningdek yallig'lanishga qarshi va o'rtacha darajada isitmani tushiruvchi ta'sirga ega ko'rsatadi. Ta'sir mexanizmi yallig'lanish, og'riq va isitmaning patogenezida muhim rolь o'ynaydigan prostaglandinlarning o'tmishdoshi hisoblangan araxidon kislotasining metabolizmidagi asosiy ferment – siklooksigenaza (TSOG) ning faolligini susaytirishi bilan bog'liq.
Ichga qabul qilingandan so'ng tez va to'liq so'riladi. 10 mg dozani qabul qilgandan so'ng Smax ga o'rtacha 40 minutdan keyin erishiladi va 0,7-1,1 mkg/ml ni tashkil etadi. Yog'ga boy ovqat Smax ni pasaytiradi va unga erishish vaqtini 1 soatga kechiktiradi. Antatsidlar so'rilish darajasiga ta'sir qilmaydi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi – 99,2%. Bog'lanish darajasi qon tomirlardagi kontsentratsiyasiga bog'liq emas. Jigarda kon'yugatsiyalangan va gidroksil guruhini biriktirgan shakllarini hosil qilib, metabolizmga uchraydi. Asosiy metaboliti – gidroksiketorolak farmakologik jihatdan faol emas. Asosan buyrak orqali chiqariladi. Buyrak faoliyati normal bo'lgan patsiyentlarda yarim chiqarilish davri T1/2 o'rtacha – taxminan 5 soat ni tashkil etadi. T1/2 keksa yoshdagi patsiyentlarda uzayadi va yoshlarda qisqaradi. Jigar faoliyati T1/2 ga ta'sir ko'rsatmaydi. Buyrak faoliyatini buzilishi bo'lgan patsiyentlarda plazmadagi kreatinin kontsentratsiyasi 19-50 mg/l (168-442 mkmolь/l) bo'lganida T1/2 10 soatgacha uzayadi, ammo yaqqol ifodalangan buyrak yetishmovchiligida – 13 soatdan ortiqni tashkil etadi. Siydikda yuborilgan dozaning 92%, ahlatda 6% aniqlanadi. Ko'p marta qo'llanganida ketorolakning klirensi o'zgarmaydi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kam hollarda – bradikardiya, arterial bosim (AB) ni o'zgarishi, yurakni tez urib ketishi, xushdan ketish.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qorinda og'riq, diareya bo'lishi mumkin; kam hollarda – qabziyat, meteorizm, me'da-ichak yo'llari (MIY) ni to'lib ketish hissi, qusish, og'izni qurishi, chanqash, stomatit, gastrit, MIY ni eroziv-yarali shikastlanishlari, jigar faoliyatini buzilishlari.
Markaziy nerv tizimi (MNT) va periferik nerv tizimi tomonidan: bezovtalanish, bosh og'rig'i, uyquchanlik bo'lishi mumkin; kam hollarda – paresteziyalar, depressiya, eyforiya, uyquni buzilishi, bosh aylanishi, ta'm bilish hissini o'zgarishi, ko'rishni buzilishi, harakat buzilishlari bo'lishi mumkin.
Nafas tizimi tomonidan: kam hollarda – nafas faoliyatini buzilishi, bo'g'ilish hurujlari.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: kam hollarda – siyishni tezlashishi, oliguriya, poliuriya, proteinuriya, gematuriya, azotemiya, o'tkir buyrak yetishmovchiligi.
Qon ivishi tizimi tomonidan: kam hollarda – burundan qon ketishi, anemiya, eozonofiliya, trombotsitopeniya, operatsiyadan keyin jarohatlardan qon ketishi.
Moddalar almashinuvi tomonidan: kuchli terlash, shish paydo bo'lishi mumkin; kam hollarda – oliguriya, qon plazmasida kreatinin va/yoki mochevinaning darajasini oshishi, gipokaliyemiya, giponatriyemiya.
Allergik reaktsiyalar: terini qichishishi, gemorragik toshmalar bo'lishi mumkin; yakka hollarda – eksfoliativ dermatit, eshakemi, Layell sindromi, Stivens-Djonson sindromi, anafilaktik shok, bronxospazm, Kvinke shishi, mialgiyalar.
Boshqalar: isitma ko'tarilishi mumkin.
Mahalliy reaktsiyalar: in'ektsiya qilingan joyda og'riq bo'lishi mumkin.
Jigar va buyrak faoliyatini buzilishlari, surunkali yurak yetishmovchiligi, arterial gipertenziyasi bo'lgan patsiyentlarda, anamnezida me'da-ichak yo'llari (MIY) ning eroziv-yarali shikastlanishlari va MIY dan qon ketishlari bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llanadi. Ketorolak preparatini akusherlik amaliyotida premedikatsiya, samarani bir maromda saqlab turuvchi anesteziya va og'riq qoldiruvchi vosita sifatida qo'llash tavsiya etilmaydi.
Operatsiyadan keyingi davrda, ayniqsa izchil gemostaz talab etiladigan holatlarda (shu jumladan, prostata bezini rezektsiyasi, tonzillektomiyadan so'ng, kosmetik jarrohlikda), shuningdek keksa yoshdagi bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llanadi, chunki ketorolakning yarim chiqarilish davri uzayadi, plazma klirensi esa pasayishi mumkin. Ushbu toifadagi bemorlarda ketorolakning terapevtik diapazonini pastki chegarasiga yaqin bo'lgan dozalarda qo'llash tavsiya etiladi. Jigarning shikastlanish simptomlari, teri toshmalari, eozonofiliya paydo bo'lganida ketorolakni bekor qilish kerak.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Agar ketorolak bilan davolanish vaqtida uyquchanlik, bosh aylanishi, uyqusizlik yoki depressiya paydo bo'lsa, diqqatni jamlash va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab etuvchi potentsial havfli faoliyat turlari bilan shug'ullanish vaqtida ayniqsa ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin.
Kyupen Forte quyidagi holatlarda o'rtacha va kuchli darajadagi og'riqlarni bartaraf qilish maqsadida qisqa vaqt davomida qo'llash uchun ko'rsatilgan:
operatsiyadan keyingi og'riqlar: qorin bo'shlig'idagi abdominal, ginekologik, xirurgik, ortopedik va boshqa operatsiyalardan keyingi og'riqlar;
skelet-mushak tizimini shikastlanishi oqibatidagi o'tkir og'riq sindromlari: paylarni o'tkir cho'zilishi, suyaklarni chiqishi, sinishi va yumshoq to'qimalarni shikastlanishi;
tish og'rig'i, shu jumladan stomatologik aralashuvlardan keyingi og'riqlar;
tug'ruqdan keyingi og'riqlar (tug'ruq vaqtida ketorolakni qo'llash mumkin emas);
onkologik og'riqlar, ishialgiya, fibromialgiya, yumshoq to'qimalarning surunkali patologiyasidagi bo'g'imdan tashqari og'riq sindromlari, osteoartroz kabi holatlarda og'riq sindromi zo'rayganida og'riqni qisqa muddatga qoldirish uchun va buyrak va jigar sanchiqlarida yordamchi vosita sifatida qo'llanadi.
Me'da-ichak yo'llari (MIY) ning eroziv-yarali shikastlanishlarini zo'rayish bosqichi, “aspirinli” astma, buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari (plazmada kreatinin kontsentratsiyasi 5 mg/dl dan ortiq), homiladorlik, laktatsiya, tug'ruqdan keyingi dastlabki davrda, ketorolak, aspirin va boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarga yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.
Ketorolak boshqa NYaQV bilan bir vaqtda qo'llanganida additiv nojo'ya samaralar rivojlanishi mumkin; pentoksifillin, antikoagulyantlar (varfarin, geparin kichik dozalarda) bilan – qon ketishi havfi oshishi mumkin; AAF ingibitorlari bilan – buyrak faoliyatini buzilishini rivojlanish havfi oshishi mumkin; probenetsid bilan – plazmada ketorolakning kontsentratsiyasi oshadi va uni yarim chiqarilish davri uzayadi; litiy preparatlari bilan – litiyning buyrak klirensi pasayishi va plazmada uning kontsentratsiyasi oshishi mumkin; furosemid bilan – uning siydik haydovchi ta'siri kamayishi mumkin.
Ketorolak qo'llanganida og'riq qoldirish maqsadida qo'llanadigan opioid analьgetiklarga bo'lgan ehtiyoj kamayadi.
Dozalash tartibi og'riq sindromining jadalligiga qarab, individual ravishda belgilanadi.
Kattalarga ichga qabul qilinganda – 10 mg dan har 4-6 soatda, zarurat bo'lganida – 20 mg dan sutkada 3-4 marta qo'llanadi.
Maksimal sutkalik doza – 90 mg, mushak ichiga yoki vena ichiga in'ektsiya ko'rinishida majmuaviy qo'llanganida – 40 mg ni tashkil etadi.
Davolash kursi 5 kundan oshmasligi kerak.
65 yoshdan oshgan yoki tana vazni 50 kg dan kam bo'lgan patsiyentlarga, shuningdek buyraklar faoliyatini buzilishi bo'lgan bemorlarga preparat kichikroq dozalarda buyuriladi, maksimal sutkalik doza – 60 mg ni tashkil etadi.
Bolalar
Bolalarga tavsiya etilgan sutkalik doza ichga qabul qilish uchun tana vazniga 0,25 mg/kg ni tashkil etadi. Maksimal dozasi sutkada 1,0 mg/kg ni tashkil etadi. Maksimal davolash davomiyligi 5 kunni tashkil etadi. Katta yoshdagi bolalar uchun organizmning metabolizm hususiyatlarini hisobga olib, dozasini kamaytirish talab etilishi mumkin. Ketorolak preparatini 1 yoshdan kichik bo'lgan bolalar uchun qo'llash tavsiya etilmaydi.
Simptomlari: qorinda og'riq, ko'ngil aynishi, qusish, me'da-ichak yo'llarining eroziv-yarali shikastlanishlari, buyrak faoliyatini buzilishlari, metabolik atsidoz.
Davolash: me'dani yuvish, adsorbentlarni (faollashtirilgan ko'mir) yuborish va simptomatik davolashni o'tkazish tavsiya etiladi. Ketorolak dializ yordamida yetarli darajada chiqarilmaydi.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

KYUPEN FORTE tabletkalari 10mg N20 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
KYUPEN FORTE tabletkalari 10mg N20 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
KYUPEN FORTE tabletkalari 10mg N20 dori vositasi Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd., Индия произведено: Coral Laboratories Limited tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
KYUPEN FORTE tabletkalari 10mg N20 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
KYUPEN FORTE tabletkalari 10mg N20 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
MINA inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N10
MINA inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N5
P - ZERO tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: кеторолака трометамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex Pvt. Ltd, Индия произведено: Halewood Laboratories Pvt. Ltd
  • Vakil: MChJ Konark Pharm MChJ
P ZERO gel 30g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: кеторолака трометамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex Pvt. Ltd., Индия произведено: Nucleus Formulation Pvt. Ltd.
  • Vakil: MChJ Konark Pharm MChJ
Narh: 22 400 so'mdan Batafsil
KELAK inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: кеторолака трометамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Agio Pharmaceutical Limited
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
KYUPEN FORTE ko'z tomchilari 5ml 0,5% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: кеторолака трометамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd, Индия произведено: Adore Pharmaceuticals Pvt. Ltd
  • Vakil: Shayana Farm MChJ
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
KYUPEN FORTE ko'z tomchilari 5ml 0,4% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: кеторолака трометамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd, Индия произведено: Adore Pharmaceuticals Pvt. Ltd
  • Vakil: Shayana Farm MChJ
Narh: 36 000 so'mdan Batafsil
UNOKETRO DT tabletkalari N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: кеторолака трометамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unosourсe Pharma LTD, Индия произведено: Acums Drugs & Pharmaceuticals Ltd
Narh: 80 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
SIKLON DX tabletkalari 50mg/30mg N4
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
SIKLON DX tabletkalari 100mg/60mg N4
LIVSON VITA kapsulalar N50
LIVSON VITA kapsulalar N30
KYUSID PLYUS suspenziya so vkusom ananasa 10ml N60
KYUSID BEBI suspenziya 30ml
Narh: 52 000 so'mdan Batafsil
KYUPEN YUNIOR suspenziya 60ml
Narh: 24 000 so'mdan Batafsil
KYUSID tabletkalari so vkusom ananasa N100
SIKLON tabletkalari 50mg N1
SIKLON tabletkalari 100mg
KYUSID PLYUS suspenziya so vkusom ananasa 30ml N20
KYUSID PLYUS suspenziya so vkusom ananasa 5ml N60
SIKLON tabletkalari 50mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd., Индия произведено: Coral Laboratories Limited
Narh: 22 400 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
KYUPEN SMILE suspenziya 100ml 100mg/5ml
KYUPEN YUNIOR suspenziya 60ml
KYUPEN gel 20g N1
KYUPEN gel 30g N1
KYUPEN IV infuziya uchun eritma 100ml 1%
KYUPEN inyeksiya uchun eritma 3ml 75mg/3ml N5
KYUPEN IV infuziya uchun eritma 100ml 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Parasetamol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avison pharmaceuticals Pvt. Ltd., Индия произведено: Abaris Health Care Pvt. Ltd
KYUPEN FORTE inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N10
KYUPEN FORTE ko'z tomchilari 5ml 0,5% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: кеторолака трометамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd, Индия произведено: Adore Pharmaceuticals Pvt. Ltd
  • Vakil: Shayana Farm MChJ
KYUPEN FORTE ko'z tomchilari 5ml 0,4% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: кеторолака трометамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd, Индия произведено: Adore Pharmaceuticals Pvt. Ltd
  • Vakil: Shayana Farm MChJ
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9