×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

KYUSID PLYUS suspenziya so vkusom ananasa 5ml N60

Kategoriya:
- Kislotalikning buzilishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Симетикон, Алюминия гидроксид (альгельдрат), гидроксид магния
Qadoqda soni:
- 60
Ishlab chiqaruvchi:
- Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd., Индия произведено: Coral Laboratories Limited
ATX kodi:
- A02AF02
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom apelsina N24 Bayer Consumer Care AG Germaniya
39 000 s`om dan
MAALOKS tabletkalari N20 Sanofi Aventis S.p.A. Italiya
64 900 s`om dan
OMEZ kapsulalar 20mg N30 Dr.Reddy’s Laboratories Ltd. Hindiston
30 000 s`om dan
ZULBEKS tabletkalari 20mg N28 Krka d.d. Sloveniya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
KYUSID PLYUS suspenziya so vkusom ananasa 5ml N60 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

KYUSID

QUCEED

Preparatning savdo nomi: Kyusid

Dori shakli: ichga qabul qilish uchun suspenziya

Tarkibi:

Kyusid ananas ta‘mli

Har 5 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

quritilgan alyuminiy gidroksidiga ekvivalent

bo‘lgan pasta ko‘rinishidagi alyuminiy gidroksidi     125 mg;

magniy gidroksidiga ekvivalent

bo‘lgan pasta ko‘rinishidagi magniy gidroksidi          250 mg;

faollashtirilgan dimetikon                                           50 mg;

natriy alginati                                                                100 mg;

yordamchi moddalar: polisorbat 60, monostearat sorbitan, metilgidroksibenzoat, propilgidroksibenzoat, guar, suyuq sorbitol, natriy saxarini, xloroform, qand, natriy karboksimetilsellyuloza, gidroksitoluola butilat, propilenglikol, xinolin sariq WS bo‘yovchisi, ananas essensiyasi, tozalangan suv.

Kyusid qulupnay ta‘mli

Har 5 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

quritilgan alyuminiy gidroksidiga ekvivalent

bo‘lgan pasta ko‘rinishidagi alyuminiy gidroksidi     125 mg;

magniy gidroksidiga ekvivalent

bo‘lgan pasta ko‘rinishidagi magniy gidroksidi          250 mg;

faollashtirilgan dimetikon                                           50 mg;

natriy alginati                                                               100 mg;

yordamchi moddalar: polisorbat 60, monostearat sorbitan, metilgidroksibenzoat, propilgidroksibenzoat, guar, suyuq sorbitol, natriy saxarini, xloroform, qand, natriy karboksimetilsellyuloza, gidroksitoluola butilat, propilenglikol, Ponceau 4R bo‘yovchisi, qulupnay essensiyasi, tozalangan suv.

Kyusid mango ta‘mli

Har 5 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

quritilgan alyuminiy gidroksidiga ekvivalent

bo‘lgan pasta ko‘rinishidagi alyuminiy gidroksidi     125 mg;

magniy gidroksidiga ekvivalent

bo‘lgan pasta ko‘rinishidagi magniy gidroksidi          250 mg;

faollashtirilgan dimetikon                                           50 mg;

natriy alginati                                                               100 mg;

yordamchi moddalar: polisorbat 60, monostearat sorbitan, metilgidroksibenzoat, propilgidroksibenzoat, guar, suyuq sorbitol, natriy saxarini, xloroform, qand, natriy karboksimetilsellyuloza, gidroksitoluola butilat, propilenglikol, xinolin sariq WS bo‘yovchisi, sariq shafaq bo‘yovchisi, mango essensiyasi.

Ta‘rifi:

Kyusid ananas ta‘mli: yashil-sarg‘ish rangli, ananas hidli va shirin ta‘mli bir xil suspenziya.

Kyusid qulupnay ta‘mli: och-pushti rangli, qulupnay hidli va shirin ta‘mli bir xil suspenziya.

Kyusid mango ta‘mli: och-sariq rangli, mango hidli va shirin ta‘mli bir xil suspenziya.

Farmakoterapevtik guruhi: me‘da-o‘n ikki barmoq ichak yarasiga qarshi vosita (antasid vosita).

 

Farmakologik xususiyatlari

Ushbu dori preparati alginat va antasidlar (alyuminiy gidroksidi va magniy gidroksidi) ning majmuasi hisoblanadi.

Antasid vositalarga mansub. Kyusidni ta‘siri doimiy ajralib turadigan me‘da shirasining davomli neytralizasiya qilishiga asoslangan. Me‘da shirasida xlorid kislotasining miqdorini optimal chegaragacha kamaytiradi.

Preparat ichga qabul qilinganda me‘daning kislotali muhiti bilan o‘zaro ta‘sir qiladi. Bunda deyarli rN ning neytral ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan, alginat geli hosil bo‘ladi. Gel me‘da ichidagi yuzasida himoya qavatini shakllantiradi va gastroezofageal reflyuksni paydo bo‘lishini samarali oldini olib, 4 soat ta‘sir qiladi. Regurgitasiya yuz berganida gel qizilo‘ngachga tushadi, u yerda shilliq qavatni ta‘sirlanishini kamaytiradi.

Alginatlar pribiotik xususiyatlarga ega, bu ichak mikrobiosenozining turli buzilishlarini muvofiqlashtirish maqsadida ularni ishlatish imkonini beradi. Alginatlar obligat mikroorganizmlar (bifidobakteriyalar, laktobasillalar) ning miqdorini oshishi va shartli patogen hamda stafilokokklar kabi patogen bakteriyalar, Candida qatori zamburug‘lari va boshqalarni kamayishi xisobiga ichak mikroorganizmlarning sifati va miqdoriy tarkibini optimal tutib turishga yordam beradi.

Alyuminiy gidroksidi xlorid kislotasini oshgan sekresiyasini ingibisiya qiladi va me‘dada pepsin fermentining faolligini neytrallaydi. Natijada ichakning ishqoriy rN muhitini ta‘sirida alyuminiyning ishqoriy tuzlariga aylanuvchi alyuminiy xloridi hosil bo‘ladi. Ushbu birikmalar kam so‘riladi va qonda alyuminiy tuzlarining konsentrasiyasini deyarli kam o‘zgartiradi.

Shuningdek magniy gidroksidi, magniy xloridiga aylanib, me‘dada xlorid kislotasini neytrallaydi.

Preparat optimal majmuadan tarkib topganligi tufayli, qabziyat ko‘rinishida nojo‘ya ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Alyuminiy saqlovchi antasidlar va shu jumladan Kyusid me‘daning shilliq qavatiga prostaglandinlar sintezini rag‘batlantirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan biroz sitoprotektiv ta‘sir ko‘rsatadi. Bu uning chidamliligini oshiradi va etanol, asetilsalisil kislotasi, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYAQV) kabi ta‘sirlovchi va ulserogen moddalarni qo‘llash oqibatida rivojlanadigan nekrotik yallig‘lanish va eroziv – gemorragik shikastlanishlardan himoya qiladi.

Boshqa tomondan, preparatni ovqatdan 10–15 minut oldin qo‘llanganda, alyuminiy gidroksidi MIY ning yallig‘langan shilliq qavatiga, yaqqol ifodalangan burushtiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi.

Dimetikon adsorbsiya qiluvchi, yel haydovchi ta‘sir ko‘rsatadi. Ichakda gaz hosil bo‘lishini kamaytiradi, ichak xarakatini tezlashtiradi, ko‘piklarni sirt tarangligini kamaytiradigan faollikni namoyon qiladi.

Kyusid uzoq vaqt davomida ta‘sir qiladi, xlorid kislotasining kislotali muhitini bir xil ushlab turadi, preparatning ta‘siri karbonat angidridi gazining pufakchalarini hosil bo‘lmasdan yuz beradi, shuning uchun meteorizm va xlorid kislotasini ajralib chiqishini ikkilamchi kuchayishi kuzatilmaydi.

Kyusid me‘da ichidagi rN ni ishqoriy tomonga keskin siljishini chaqirmaydi, kislotalik darajasini 4,0–3,5 chegarasida tutib turadi.

Suv–elektrolitlar muvozanatini buzilishini chaqirmaydi, alkaloz rivojlanmaydi, siydik chiqarish yo‘llarida tosh hosil bo‘lishini chaqirmaydi.

Kyusid gel tuzilishiga ega bo‘lib, bu me‘daning shilliq qavatini samarali o‘rab olishga yordam beradi – bu esa shilliq qavatning butun yuzasiga preparatni bir tekis ta‘sir ko‘rsatishiga yordam beradi. 1 martalik doza qabul qilingandan so‘ng terapevtik ta‘siri 3–5 minutdan keyin boshlanadi va 70 minut davom etadi.

Farmakokinetikasi

Kyusid – so‘rilmaydigan preparat. Dozalash tartibi va davolash davomiyligiga to‘g‘ri rioya qilinganda MIY dan deyarli so‘rilmaydi va elektrolit muvozanatni izdan chiqarmasdan va alkaloz yoki metabolizmni boshqa buzilishlari xavfini tug‘dirmasdan davomli bir tekis ta‘sir ko‘rsatadi. U siydik chiqarish tizimini ta‘sirlamaydi va uzoq muddat qo‘llanganda alkalozni va siydik chiqarish yo‘llarida konkrementlarni hosil bo‘lishini chaqirmaydi.

 

Qo‘llanilishi

  • Kislotalilikni oshishi bilan kechuvchi o‘tkir gastrit.
  • me‘daning va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi (zo‘rayishi);
  • ezofagit;
  • ovqat bilan bog‘liq bo‘lgan toksikoinfeksiyalar;
  • duodenit, enterit;
  • diofragmadagi qizilo‘ngach teshigi churrasi;
  • meteorizm;
  • parhezni buzilishi, alkogol, kofe, nikotinni, xaddan tashqari qabul qilish turli dori preparatlarni qabul qilgandan keyingi qorinda og‘riqlar yoki diskomfort.
  • nosteroid yalig‘lanishga qarshi preparatlar va glyukokortikosteroidlar qo‘llanganida yarali shikastlanishlarni oldini olish uchun Kyusidni profilaktik qabul qilish maqsadga muvofiqdir.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Kyusid ichga qabul qilinadi, qabul qilishdan oldin flakonni chayqatish lozim.

Kattalar uchun 1–2 choy qoshiqdan ovqat qabul qilishdan 30 minut oldin va uxlashdan oldin buyuriladi. Samarasi yetarli bo‘lmaganida 3 choy qoshiqdan qabul qilish mumkin. Sutka davomidagi maksimal dozasi 16 choy qoshiqni tashkil etadi. Agar Kyusid maksimal dozada qabul qilinsa, u holda davolash davomiyligi 14 kundan oshmasligi kerak.

6 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun kattalarga qo‘llanadigan dozani 1/3 qismi,
10 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarda– kattalarga qo‘llanadigan dozaning yarmi qo‘llanadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Kam hollarda (<1/10000) allergik reaksiyalar (eshakemi, bronxospazm, anafilaktik reaksiyalar) bo‘lishi mumkin. Kalsiy karbonatining katta miqdorini (tavsiya etilgan dozadan ko‘p) qabul qilish alkoloz, giperkalsemiya, sut–ishqoriy sindromi, “rikoshet” fenomeni, qabziyatni chaqirishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Buyrak faoliyatini og‘ir darajadagi buzilishlari;
  • Alsgeymer kasalligi;
  • preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik;
  • 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Kyusid tetrasiklinlar, yurak glikozidlari, ketokonazol, N1-gistamin reseptorlarining blokatorlari, temir saqlovchi preparatlar, siprofloksasin, izoniazid, fenotiazin, rinitidin va simetidin bilan birga qo‘llanganida erimaydigan birikma hosil bo‘ladi, bu preparatlarning so‘rilishini kamaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Kyusid va boshqa dori vositalarini qabul qilish orasidagi interval 1–2 soatni tashkil etishi kerak.

Preparatni sutkada 16 choy qoshiqdan ortiq dozada qabul qilish tavsiya etilmaydi, yoki agar ushbu dozada qabul qilinsa, davolash kursi davomiyligi 2 haftadan oshmasligi kerak.

Preparat uzoq muddat qabul qilinganida fosforni ovqat bilan yetarli miqdorda kirishini ta‘minlash kerak.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi. Preparatni homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin.

Mexanizmlar va avtomobilni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri. Preparat avtotransportni va mexanizmlarni boshqarish, shuningdek diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborish hollari ta‘riflanmagan.

Chiqarilish shakli

170 ml/200 ml preparat LDPE flakonga qadoqlangan muvofiq yorliq va birinchi ochish nazorati bo‘lgan buraladigan alyumin qopqoq berkitilgan o‘lchov stakani bilan ta‘minlangan. Flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

25ºS dan past haroratda, quruq va qorong‘i joyda saqlansin. Muzlatilmasin. Zich berkitilgan butilkada saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

KYUSID PLYUS suspenziya so vkusom ananasa 5ml N60 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
KYUSID PLYUS suspenziya so vkusom ananasa 5ml N60 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
KYUSID PLYUS suspenziya so vkusom ananasa 5ml N60 dori vositasi Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd., Индия произведено: Coral Laboratories Limited tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
KYUSID PLYUS suspenziya so vkusom ananasa 5ml N60 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
KYUSID PLYUS suspenziya so vkusom ananasa 5ml N60 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
KYUSID tabletkalari so vkusom ananasa N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Симетикон, Алюминия гидроксид (альгельдрат), гидроксид магния ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd., Индия произведено: Coral Laboratories Limited
  • Vakil: Shayana Farm MChJ
SIMALGEL suspenziya 300ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Faol modda: Симетикон, Алюминия гидроксид (альгельдрат), гидроксид магния ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine, Англия произведено: E.I.P.I.Co.
Narh: 73 000 so'mdan Batafsil
KYUSID PLYUS suspenziya so vkusom ananasa 30ml N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Симетикон, Алюминия гидроксид (альгельдрат), гидроксид магния ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd., Индия произведено: Coral Laboratories Limited
ALYUZID suspenziya 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Симетикон, Алюминия гидроксид (альгельдрат), гидроксид магния ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Zefer Pharma Ltd
Narh: 23 500 so'mdan Batafsil
KYUSID tabletkalari so vkusom banana N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Симетикон, Алюминия гидроксид (альгельдрат), гидроксид магния ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Well Med Pharm, ИП ООО (упак.) Coral Laboratories Ltd., Индия (произв.)
KYUSID PLYUS suspenziya so vkusom ananasa 10ml N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Симетикон, Алюминия гидроксид (альгельдрат), гидроксид магния ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd., Индия произведено: Coral Laboratories Limited
  • Vakil: Shayana Farm MChJ
IZIMAG suspenziya 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Симетикон, Алюминия гидроксид (альгельдрат), гидроксид магния ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
  • Vakil: Izida Pharma
SIMALGEL suspenziya 250ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Симетикон, Алюминия гидроксид (альгельдрат), гидроксид магния ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
Narh: 69 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
SIKLON DX tabletkalari 50mg/30mg N4
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
SIKLON DX tabletkalari 100mg/60mg N4
LIVSON VITA kapsulalar N50
LIVSON VITA kapsulalar N30
KYUSID PLYUS suspenziya so vkusom ananasa 10ml N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Симетикон, Алюминия гидроксид (альгельдрат), гидроксид магния ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd., Индия произведено: Coral Laboratories Limited
  • Vakil: Shayana Farm MChJ
KYUSID BEBI suspenziya 30ml
Narh: 52 000 so'mdan Batafsil
KYUPEN YUNIOR suspenziya 60ml
Narh: 24 000 so'mdan Batafsil
KYUSID tabletkalari so vkusom ananasa N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Симетикон, Алюминия гидроксид (альгельдрат), гидроксид магния ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd., Индия произведено: Coral Laboratories Limited
  • Vakil: Shayana Farm MChJ
SIKLON tabletkalari 50mg N1
SIKLON tabletkalari 100mg
KYUSID PLYUS suspenziya so vkusom ananasa 30ml N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Симетикон, Алюминия гидроксид (альгельдрат), гидроксид магния ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd., Индия произведено: Coral Laboratories Limited
KYUPEN FORTE tabletkalari 10mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: ketorolaka trometamin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd., Индия произведено: Coral Laboratories Limited
SIKLON tabletkalari 50mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd., Индия произведено: Coral Laboratories Limited
Narh: 22 400 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
KYUSID tabletkalari so vkusom ananasa N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Симетикон, Алюминия гидроксид (альгельдрат), гидроксид магния ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd., Индия произведено: Coral Laboratories Limited
  • Vakil: Shayana Farm MChJ
KYUSID tabletkalari so vkusom banana N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Симетикон, Алюминия гидроксид (альгельдрат), гидроксид магния ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Well Med Pharm, ИП ООО (упак.) Coral Laboratories Ltd., Индия (произв.)
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9