Ilova-varaqa: pasient uchun ma‘lumot
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi
100 mikrogramm, tabletkalar
Ta‘sir etuvchi modda: levotiroksin-natriy x H2O
Ushbu dori vositasini qabul qilishdan oldin ushbu ilova-varaqani hammasini diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki unda Siz uchun muhim axborot saqlanadi.
Mazkur ilova-varaqaning mazmuni:
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi – ta‘sir etuvchi moddasi tireoid gormon levotiroksin bo‘lgan preparatdir. U tabiiy gormon kabi ta‘sirga ega. L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini mavjud bo‘lmagan tireoid gormoni o‘rnini bosish va/yoki qalqonsimon bezga tushadigan yuklamani kamaytirish uchun qabul qilinadi.
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati ko‘llaniladi:
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi barcha yosh guruhlarida qo‘llaniladi.
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini quyidagi hollarda qo‘llash mumkin emas:
Homiladorlik mavjud bo‘lganida va qalqonsimon bez giperfunksiyasini davolash uchun dori preparatlari (tireostatiklar) bir vaqtda qabul qilinganida L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini qabul qilish mumkin emas (shuningdek «Homiladorlik va emizish davri» bo‘limiga qarang).
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini qabul qilish boshlanishidan oldin quyidagi kasalliklar yoki holatlar mavjudligini istisno qilish yoki ularni davolash lozim:
Qalqonsimon bezning supressiyasi bilan test o‘tkazilishidan oldin uning funksiyasini tekshirish uchun mazkur kasalliklar yoki holatlar mavjudligini istisno qilish yoki ularni davolash zarur. Biroq qalqonsimon bez avtonomiyasi mavjudligini istisno qilish talab qilinmaydi, chunki boshqalardan tashqari test uni aniqlashga ham xizmat qiladi.
Ogohlantirishlar va ehtiyot choralari
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini qabul qilishdan oldin davolovchi shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.
Noto‘g‘ri qo‘llanilishi
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini tana vaznini kamaytirish maqsadida qabul qilish mumkin emas. Agar Sizning qoningizda tireoid gormonlari darajasi normal bo‘lsa, tireoid gormonlarini qo‘shimcha ravishda qabul qilinishi tana vaznini kamayishiga olib kelmaydi. Qo‘shimcha ravishda, ayniqsa tana vaznini kamaytirish uchun ayrim preparatlar bilan birga qabul qilinishi jiddiy yoki hatto hayot uchun xavf tug‘diruvchi nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Davolashni o‘zgartirish
Agar Siz L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, mazkur preparatni tireoid gormonlarni saqlovchi boshqa dori preparatiga almashtirish faqat shifokor kuzatuvi ostida va qon ko‘rsatkichlarini nazorat qilish fonida amalga oshirilishi kerak.
Keksa yoshdagi pasientlarda
Keksa yoshdagi pasientlar uchun preparatni dozalash ehtiyotkorlik bilan (ayniqsa yurak kasalliklari mavjud bo‘lganida) va tez-tez shifokor nazorati ostida amalga oshirilishi zarur.
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati va boshqa dori preparatlarini qabul qilish
Agar Siz boshqa dori preparatlarini qabul qilayotgan/qo‘llayotgan yoki yaqin orada qabul qilgan/qo‘llagan bo‘lsangiz yoki qabul qilishingiz/qo‘llashingiz mumkin bo‘lsa, davolovchi shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati quyidagi dori moddalari yoki preparatlar guruhlarining samarasiga ta‘sir ko‘rsatadi:
Agar Sizda diabet bo‘lsa, qonda qand darajasini muntazam ravishda, asosan tireoid gormonlar bilan davolash boshlanishida, tekshirish lozim. Davolovchi shifokor tomonidan qonda qand darajasini pasaytiruvchi dori preparatlari dozasiga tuzatish kiritish zarurati yuzaga kelishi mumkin, chunki levotiroksin mazkur preparatlar ta‘sirini pasaytirishi mumkin.
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati va kumarin hosilalari (masalan, dikumarol) birga qabul qilinganida qon ivishi ko‘rsatkichlarini muntazam nazorat qilish lozim. Davolovchi shifokor tomonidan antikoagulyantlar dozasini pasaytirish zarurati yuzaga kelishi mumkin, chunki levotiroksin mazkur preparatlar ta‘sirini kuchaytirishi mumkin.
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati ta‘siriga quyidagi dori preparatlari ta‘sir ko‘rsatadi:
Qonda lipidlar miqdorini pasaytirish uchun preparatlarni (masalan, kolestiramin, kolestipol va kolesevelam) yoki qonda kaliy konsentrasiyasini pasaytirish uchun preparatlarni (polistiren sulfon kislotasining kalsiyli va natriyli tuzlari) L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati qabul qilinganidan keyin 4 soatdan 5 soatgacha vaqt o‘tgach qabul qilish lozim. Mazkur dori preparatlari levotiroksinni ichakdan kelib tushishini so‘ndiradi va shu tarzda uning samaradorligini pasaytiradi.
Sevelamer va lantan karbonati (dializda bo‘lgan pasientlarda qonda fosfatlar darajasini pasaytirish uchun preparatlar) levotiroksin so‘rilishini va samaradorligini pasaytirishi mumkin. Davolovchi shifokor qalqonsimon bez funksiyasini odatdagidan ko‘ra tez-tez tekshirishi kerak (shuningdek «L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini qabul qilishda maxsus ehtiyotkorlik choralari» bo‘limiga qarang).
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini alyuminiy saqlovchi antasid preparatlari (antasidlar, sukralfat), shuningdek temir saqlovchi va kalsiy saqlovchi preparatlar qabul qilinishiga qadar eng kamida 2 soat oldin qabul qilish lozim. Mazkur dori preparatlari levotiroksinni ichakdan kelib tushishini so‘ndiradi va shu tarzda uning samaradorligini pasaytiradi.
Propiltiourasil (qalqonsimon bezning giperfunksiyasini davolash uchun preparat), glyukokortikoidlar (buyrak usti bezi po‘stlog‘i gormonlari, «kortizon») va β-blokatorlar (yurak qisqarishlari tez-tezligini kamaytiruvchi va arterial bosimni pasaytiruvchi preparatlar) levotiroksinni uning yanada samaraliroq shakliga – liotironinga aylanishini so‘ndirishi va shu tarzda L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati samaradorligini pasaytirishi mumkin.
Amiodaron (yurak ritmi buzilishlarini davolash uchun preparat) va yodlangan rentgenkontrast moddalar (rentgenologik tashhis qo‘yish uchun ma‘lum bir preparatlar) yod miqdori yuqori bo‘lishi oqibatida qalqonsimon bez faolligi oshishini ham, pasayishini ham keltirib chiqarishi mumkin. Qalqonsimon bezda tireoid gormonlarini nazoratsiz hosil qiluvchi ehtimol aniqlanmagan zonalari (avtonomiya) bo‘lgan tugunsimon bo‘qoqda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Zarurat bo‘lganida davolovchi shifokor L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati dozasiga tuzatish kiritadi.
Kontraseptiv gormonal preparatlar («pilyulalar») qabul qilinganida yoki menopauza yuzaga kelganidan keyingi davrda o‘rnini bosuvchi gormonal terapiya davrida levotiroksinga ehtiyoj oshishi mumkin.
Sertralin (depressiyalarni davolash uchun preparat) va xlorokin/proguanil (bezgak va revmatoid kasalliklarni davolash uchun preparatlar) levotiroksin samaradorligini pasaytiradi.
Barbituratlar (tirishishlarni davolash, anesteziya uchun preparatlar, uxlatuvchi preparatlarning ma‘lum turi), rifampisin (antibiotik) va karbamazepin (tirishishlarni davolash uchun preparat) levotiroksin ta‘sirini susaytirishi mumkin.
Levotiroksin va proteaza ingibitorlari (lopinavir, ritonavir) birga qabul qilinganida davolovchi shifokor kasallik simptomlarini sinchkovlik bilan kuzatishi va qalqonsimon bez funksiyasini nazorat qilishi kerak. Lopinavir/ritonavir birga qabul qilinganida levotiroksin ta‘siri pasayishi mumkin.
Imatinib va sunitinib (surunkali mieloid leykozni davolash uchun preparatlar) bilan davolash gipotireozli pasientlarda levotiroksinga bo‘lgan ehtiyojni oshishiga olib keladi.
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini ovqat va ichimliklar bilan birga qabul qilish
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini ayniqsa kalsiyga boy bo‘lgan oziq-ovqat (masalan sut va sutli mahsulotlar) bilan qabul qilish mumkin emas, chunki bu levotiroksinning so‘rilishini sezilarli ravishda kamaytirishi mumkin.
Agar Siz tarkibida soya bo‘lgan mahsulotlarni iste‘mol qilsangiz, davolovchi shifokor qonda tireoid gormonlar darajasini yanada tez-tez nazorat qilishi kerak. Soyali parhez qo‘llanilishi davrida va parhez yakunida preparat dozasiga tuzatish kiritish talab qilinishi mumkin (noodatiy yuqori dozalar talab qilinishi mumkin), chunki tarkibida soya bo‘lgan mahsulotlar levotiroksinni ichakda so‘rilishini buzishi va shu tarzda uning samaradorligini pasaytirishi mumkin.
Homiladorlik, emizish va fertillik
Agar Siz homilador yoki emizsangiz, homilador bo‘lganingizni taxmin qilsangiz yoki homilador bo‘lishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, mazkur dori preparatini qo‘llashdan oldin davolovchi shifokorga yoki dorixona xodimiga maslahat olish uchun murojaat qilish lozim.
Homiladorlik va laktasiya davrida tireoid gormonlari bilan tegishli davolash ayniqsa muhim. Shu sababli uni davolovchi shifokor kuzatuvi ostida uzluksiz davom ettirish zarur. Preparatni homiladorlik davrida keng qo‘llanilishiga qaramay, levotiroksinning homiladorlikni kechishiga va homila yoki yangi tug‘ilgan chaqaloq salomatligiga noxush ta‘siri hozirgi vaqtga qadar aniqlanmagan.
Qalqonsimon bez funksiyasini homiladorlik vaqtida ham, undan keyin ham nazorat qilish lozim. Qonda estrogen (ayollar jinsiy gormoni) darajasi yuqori bo‘lganligi sababli homiladorlik davrida tireoid gormoniga ehtiyoj oshishi mumkin, bu davolovchi shifokor tomonidan dozaga tuzatish kiritishni talab qilishi mumkin.
Homiladorlik davrida L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini qalqonsimon bez giperfunksiyasini davolash uchun preparatlar (tireostatiklar) bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas, chunki bu tireostatiklarning ancha yuqori dozalari qo‘llanilishi zaruratiga olib keladi. Tireostatiklar (levotiroksindan farqli ravishda) yo‘ldosh orqali homila qon oqimiga o‘tishi va homilada qalqonsimon bez gipofunksiyasiga olib kelishi mumkin. Shu sababli homiladorlik davrida qalqonsimon bez giperfunksiyasini tireostatiklarning faqat past dozalari bilan davolash lozim.
Ko‘krak sutiga ajraladigan tushadigan tireoid gormonining miqdori hatto levotiroksinning yuqori dozalari bilan davolanganda ham juda kam bo‘ladi va demak, preparat xavfli emas.
Homiladorlik va laktasiya davrida shifokor qalqonsimon bez supressiyasi bilan o‘tkaziladigan testni amalga oshirmasligi kerak.
Erkaklar yoki ayollarda fertillikni buzilishlari haqidagi ilmiy dalillar mavjud emas. Bu haqidagi biron-bir shubhalar yoki ko‘rsatmalar yo‘q.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri haqidagi tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Mazkur dori preparatini shifokorning tavsiyalariga qat‘iy muvofiq qo‘llash lozim. Agar Sizda shubhalar mavjud bo‘lsa, davolovchi shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing.
Individual sutkalik doza tadqiqot natijalari bo‘yicha davolovchi shifokor tomonidan aniqlanishi kerak.
Dozalash
Individual ravishda davolanish uchun ta‘sir etuvchi moddasi miqdori turlicha bo‘lgan masalan, davolashni boshlash, kattalarda dozani oshirish, shuningdek bollarni davolash uchun bo‘linadigan tabletkalar mavjud.
Mavjud simptomatikaga bog‘liq ravishda davolovchi shifokor quyidagi tavsiyalarga amal qiladi:
Tireoid gormonining ancha past dozalarini qo‘llash shuningdek yetarlicha bo‘lishi mumkin.
Qalqonsimon bez funksiyasi pasaygan (tug‘ma va orttirilgan gipotireoz) bolalarda
Keksa pasientlar, yurak ishemik kasalligi bo‘lgan pasientlar va qalqonsimon bez gipofunksiyasi bo‘lgan pasientlarda
Qalqonsimon bez gormonlari bilan davolashni keksa pasientlar, yurak ishemik kasalligi bo‘lgan pasientlar va qalqonsimon bezning og‘ir yoki uzoq muddatli gipofunksiyasi bo‘lgan pasientlarda o‘ta ehtiyotkorlik bilan boshlash lozim. Bu preparatni eng kam dozadan boshlash va uni asta-sekin, katta vaqt intervallari bilan, qalqonsimon bez gormonlari yuzasidan tez-tez nazoratni amalga oshirgan holda oshirib borish lozimligini anglatadi.
Tana vazni past bo‘lgan pasientlar va katta o‘lchamdagi tugunsimon bo‘qog‘i bo‘lgan pasientlarda
To‘plangan tajriba shuni ko‘rsatadiki, tana vazni past bo‘lganida va katta o‘lchamdagi tugunsimon bo‘qoq mavjud bo‘lganida preparatning pastroq dozasi ham yetarlicha bo‘ladi.
Tabletkani bo‘lish bo‘yicha izoh
Tabletkalarni ikkita teng bo‘lakka ajratish mumkin.
Tabletkani bo‘linish chizig‘i yuqoriga qaragan holda qattiq tekis yuzaga joylashtiring. Barmoq bilan tabletkaga bosganingizdan keyin u ikkita bo‘lakchaga ajraladi.
Qo‘llash usuli
To‘liq sutkalik dozani ko‘p miqdordagi suyuqlik, imkon qadar bir stakan suv bilan ichish lozim. Preparatni och qoringa, nonushtadan kamida yarim soat oldin qabul qilish lozim.
Preparatni ovqatdan oldin yoki keyin qabul qilgandan ko‘ra och qoringa qabul qilgan afzalroq.
Chaqaloqlarga to‘liq sutkalik dozani birinchi ovqatlanishdan eng kamida yarim soat oldin berish lozim. Tabletkani ko‘p bo‘lmagan miqdordagi (10–15 ml) suvda eritish va hosil qilingan suspenziyani (har gal u yangi tayyorlangan bo‘lishi kerak!) qo‘shimcha miqdordagi (5–10 ml) suyuqlik bilan chaqaloqqa berilishi lozim.
Qo‘llash davomiyligi
Qalqonsimon bez gipofunksiyasida va qalqonsimon bezda uning xavfli o‘smasi yuzasidan o‘tkazilgan jarrohlik aralashuvidan keyin L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati odatda butun umr davomida qabul qilinadi. Xavfsiz bo‘qoqda va bo‘qoqning qaytalanishini oldini olishda bir necha oy yoki yildan to butun umrga qadar davomida qabul qilinadi. Qalqonsimon bezning yuqori funksiyasini davolash fonida yordamchi (qo‘shimcha, birga) davolash sifatida L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati tireostatiklar (qalqonsimon bezning yuqori funksiyasini so‘ndiruvchi dori vositalari) qabul qilinishi yakunlamaguncha qabul qilinadi. Qalqonsimon bez funksiyasi normal bo‘lganida xavfsiz bo‘qoqni davolash uchun 6 oydan ikki yilgacha bo‘lgan davolash davri zarur bo‘ladi. Agar L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati bilan davolash ushbu vaqt davomida kutilgan natijani bermasa, davolovchi shifokor boshqa davolash usulidan foydalanish ehtimolini ko‘rib chiqishi lozim.
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi dori preparati dozasi oshirib yuborilganida nima qilish kerak
Dozani oshirib yuborilishi belgilari «Kuzatilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlar» 4-bo‘limida ta‘riflangan. Bunday simptomlar yuzaga kelganida davolovchi shifokorga murojaat qilish lozim.
Agar Siz L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi dori preparatini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
Agar Siz preparatning juda kam dozasini qabul qilgan bo‘lsangiz yoki preparat qabul qilinishini o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, o‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini qoplash uchun ikki barobar dozani qabul qilmang. Keyingi tabletkani odatdagi vaqtda, belgilangan qabul qilish davriyligiga rioya qilgan holda qabul qilish lozim.
Agar Siz L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi dori preparatini qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz
Davolash muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini buyurilgan dozalarda muntazam qabul qilish lozim. Davolashni o‘z hoxishingizcha har qanday vaziyatlarda ham o‘zgartirish, to‘xtatib qo‘yish yoki yakunlash mumkin emas, chunki kasallik simptomlari qayta boshlanishi mumkin.
Ushbu preparatni qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar yuzaga kelganida, davolovchi shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qilish lozim.
Barcha dori preparatlari kabi mazkur preparat, garchi hamma pasientlarda rivojlanmasa ham, nojo‘ya ta‘sirlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Doza darajasi ta‘sirini o‘zlashtiraolmaslik, dozani oshirib yuborilishi
Agar ayrim hollarda doza darajasi ta‘siri pasient tomonidan o‘zlashtiraolinmasa yoki dozani oshirib yuborilishi yuzaga kelsa, u holda ayniqsa davolash boshlanishida doza o‘ta tez oshib ketgan taqdirda, qalqonsimon bez yuqori faolligining tipik belgilari yuzaga kelishi mumkin:
Isitma, qusish, shuningdek bosh miya ichki bosimini oshishi (ayniqsa bolalarda) kabi xos bo‘lmagan belgilar ham kuzatilishi mumkin.
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatining ta‘sir etuvchi moddasiga yoki boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik
Levotiroksin yoki L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatining har qanday boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlik mavjud bo‘lganida, teri allergik reaksiyalari yoki nafas yo‘llari tomonidan allergik reaksiyalar yuzaga kelishi mumkin. Yuqori sezuvchanlik reaksiyalari yuzaga kelganida preparat qabul qilinishini to‘xtatish va darhol shifokorga murojaat qilish lozim.
Nojo‘ya ta‘sirlar yuzaga kelganida bu haqida davolovchi shifokorga xabar bering. U sutkalik doza pasaytirilishi kerak-kerakmasligini belgilaydi yoki tabletkalarni qabul qilish bir necha kunga to‘xtatib turilishi kerak. Nojo‘ya ta‘sir bartaraf etilgandan keyin darhol preparat dozasini ehtiyotkorlik bilan tanlangan holda davolashni qayta boshlash tavsiya etiladi.
Nojo‘ya ta‘sirlar yuzaga kelishi haqidagi xabar
Har qanday nojo‘ya ta‘sirlar yuzaga kelganida bu haqida shifokor yoki dorixona xodimiga xabar qiling. Bu ushbu ilova-varaqada ko‘rsatilmagan har qanday nojo‘ya ta‘sirlarga taalluqlidir. Siz shuningdek nojo‘ya ta‘sirlar haqida «Berlin-Xemi AG» kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga, Toshkent shahar, 100015, Afrosiyob ko‘chasi, 12-uy (biznes-markaz) manzili bo‘yicha bevosita xabar qilishingiz mumkin. Nojo‘ya ta‘sirlar haqida xabar bergan holda, Siz mazkur dori preparatining xavfsizligi haqida ko‘proq axborot to‘plashga yordam berishingiz mumkin.
Ushbu preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlang.
Mazkur preparatdan blisterda va karton qutida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin foydalanilmasin. Yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni tugaydi.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Hech qanday dori preparatlarini oqava suvlarga tashlamang. Kerak bo‘lmaydigan dori preparatini qanday qilib utilizasiya qilish xususida dorixona xodimi bilan maslahatlashing. Ushbu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi dori preparatining tarkibi:
Ta‘sir etuvchi modda: natriy levotiroksini x H2O.
Bitta tabletkada 106,4–113,6 mikrogramm natriy levotiroksini x H2O (100 mikrogramm natriy levotiroksiniga mos keladi).
Boshqa komponentlar:
kalsiy gidrofosfati digidrati, mikrokristall sellyuloza, kraxmal glikolyatining natriyli tuzi (A tipdagi), dekstrin, uzun zanjirli parsial gliseridlar.
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatining tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi bir tomonida bo‘linish chizig‘i bo‘lgan va ikkinchi tomonida «100» bosma yozuvi tushirilgan deyarli oq rangdan to och sarg‘ish ranggacha, diametri 6 mm bo‘lgan dumaloq, bir oz qavariq tabletkalardan iborat.
Tabletkani teng dozali ikki qismga bo‘lish mumkin.
Birlamchi o‘rami alyuminiy laminasiyalangan folgadan [OPA (yo‘naltirilgan poliamid) 25 mkm/alyuminiy 45 mkm/PVX (polivinilxlorid) 60 mkm] va germetizasiyalovchi qoplamali qattiq alyumin folgadan (20 mkm) iborat.
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi savdoga 25, 50 va 100 tabletkali original o‘ramlarda keladi.
Bozorda barcha o‘lchamdagi o‘ramlar mavjud bo‘lavermasligi mumkin.
Resept bo‘yicha beriladi.