×
×
  • LAKTOBER sirop 120ml

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LAKTOBER sirop 120ml

Kategoriya:
- Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
- Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
ATX kodi:
- A06AD11
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

ENTEROFURIL kapsulalar 100mg N30 Bosnalijek JSC Bosniya va Gertsegovina
PLATIFILLIN inyeksiya uchun eritma 1ml 2mg/ml N10 Вифитех, ЗАО Rossiya
12 200 s`om dan
RTFIT kapsulalar N30 ZOTA Healthcare Ltd Hindiston
184 800 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
LAKTOBER sirop 120ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

LAKTOBER

LACTOBER

 

Preparatning savdo nomi: Laktober

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): laktuloza

Dori shakli: sirop

Tarkibi:

Siropning har bir choy qoshig‘i (5 ml) quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: laktuloza – 6,6 mg

Ta‘rifi: Tiniq, yopishqoq, rangsiz yoki och-jigarrang-sariq rangli, suvda eruvchan suyuqlik. Isitilganda yo‘q bo‘luvchi kristallar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

Farmakoterapevtik guruhi: surgi vositalari.

ATX kodi: A06AD11

Farmakologik xususiyatlari

Giperosmatik surgi ta‘sirini ko‘rsatadi, ichakning peristaltikasini rag‘batlantiradi, fosfatlar va Sa+ ning so‘rilishini yaxshilaydi, ammoniy ionlarining chiqarilishiga yordam beradi. Laktuloza yo‘g‘on ichakning florasi tomonidan quyimolekulyar organik kislotalarga parchalanadi, bu rN ning pasayishiga va osmotik bosimni oshishiga va buning oqibatida ichakning ichidagisining hajmini oshishiga olib keladi. Ko‘rsatilgan samaralar ichakning peristaltikasini rag‘batlantiradi va ahlatning konsistensiyasiga ta‘sir qiladi. Qabziyat yo‘qoladi va yo‘g‘on ichakning bo‘shashini fiziologik ritmi tiklanadi. Jigar ensefalopatiyasi yoki jigar (pre)komasida preparatning samarasini namoyon bo‘lishiga asidofil bakteriyalarning miqdorini oshishi yordamida proteolitik bakteriyalarni bostirilishi; yo‘g‘on ichakning ichidagisini oksidlanishi hisobiga ammiakning ion shakliga o‘tishi; yo‘g‘on ichakda rNni pasayishi va osmotik samara oqibatida ichakning bo‘shashi; shuningdek bakteriyalarda oqsil sintezi uchun ammiakni utilizasiya qiluvchi bakteriyalarni rag‘batlantirish yo‘li bilan azot saqlovchi zaharli moddalarning kamayishi qo‘shiladi. Ichakda salmonellalarning o‘sishini ingibisiya qiladi, bakterialarning chiqarilish davrini qisqartiradi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi past. So‘rilmay, yo‘g‘on ichakkacha boradi, u yerda ichak florasi tomonidan parchalanadi. 45-70 ml dozalarda to‘liq metabolizmga uchraydi, yuqoriroq dozalarda o‘zgarmagan holda qisman chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • Surunkali qabziyatlar;
  • ichakning ishini yaxshilash uchun;
  • jigar kasalliklari va paraplegiya, anal teshigi yoriqlari va bavosil bilan bog‘liq bo‘lgan qabziyatlar;
  • jigarning surunkali kasalliklari (sirroz);
  • giperammoniemiya;
  • portal tizimning faoliyati buzilganidagi ensefalopatiya;
  • gepatitdagi prekoma;
  • salmonellezni davolashda antibiotiklarni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan disbakterioz;
  • E. Coli bilan infeksiyalanganda oldini oluvchi sifatida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Guruhlar Boshlang‘ich sutkalik doza Uzoq muddatli davolash (sutkalik doza)
Kattalar 15-30 ml 10-15 ml
Bolalar (14 yosh) 5-15 ml 5-10 ml
Chaqaloqlar va bolalar 5-15 ml 5 ml

Jigar sirrozi:

Boshlang‘ich doza – 30-45 ml har 1-2 soatda istalgan surgi samarasiga erishilgunicha.

Tutib turuvchi doza – 30-45 ml dan kuniga 3-4 marta.

Ichak florasining disfunksiyasi:

Kuniga 5 ml bolalarda laktobakteriyalarning o‘sishini rag‘batlantiradi.

Antibiotiklar uzoq vaqt qabul qilinganidagi floraning intestinal shikastlanishida kattalarga kuniga 15-30 ml dan va bolalarga kuniga 5-10 ml buyurish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Davolashning birinchi kunlari meteorizm (3 kungacha) kuzatilishi mumkin.

Buni preparatning dozasi kamaytirish yoki sutkalik dozani bir necha qabul uchun kichik porsiyalarga bo‘lish bilan oson bartaraf qilish mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Glyukoza, laktozani o‘zlashtiraolmaslik va ichak tutilishiga gumon bo‘lganda qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Laktulozaning yo‘g‘on ichakning rNni pasaytirishdan iborat ta‘sir mexanizmi tufayli, ajralib chiqishi yo‘g‘on ichakning rNiga bog‘liq bo‘lgan dori vositalari (5-aminosalisil kislotasi preparatlari kabi) faolsizlantirilishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi to‘g‘risida xabar berilmagan. Juda yuqori dozalar ishlatilganida qorinda og‘riq va diareya aniqlanishi mumkin. Bunday holda dozani kamaytirish yoki preparat qabulini to‘xtatish yetarli bo‘ladi.

Chiqarilish shakli

Zich, o‘tkazmaydigan qopqoqli, qahrabo rangli flakon, ilova-yo‘riqnomasi va o‘lchov qoshig‘i bilan karton qutida. Hajmi 120 ml.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LAKTOBER sirop 120ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LAKTOBER sirop 120ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
LAKTOBER sirop 120ml dori vositasi Hilton Pharma (Pvt) Ltd. tomonidan Pokiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
LAKTOBER sirop 120ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LAKTOBER sirop 120ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
OFLOBID infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
SITANYu tabletkalari 20mg N14
SITANYu tabletkalari 10mg N14
MITEKA tabletkalari 4mg N14
MITEKA poroshok 4g N14
SITANYu tabletkalari 5mg N14
DULAN kapsulalar 20mg N14
RONEKS sirop 60ml
DESTINA tabletkalari 5mg N10
FEROSOFT S inyeksiya uchun eritma 5ml N5
FEROSOFT sirop 120ml 50mg/5ml
FEROSOFT tomchilar dlya priema vnutr 30ml
TREKSAMIN inyeksiya uchun eritma 5ml 5% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
TREKSAMIN kapsulalar 500mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
Narh: 105 000 so'mdan Batafsil
TREKSAMIN kapsulalar 250mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
SITAGLYU tabletkalari 50mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
SITAGLYU tabletkalari 100mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
SITAGLYU MET tabletkalari 500mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
SITAGLYU MET tabletkalari 1000mg 50 mg+1000 mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
PIOZER tabletkalari 45mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
PIOZER tabletkalari 30mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
PIOZER tabletkalari 15mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
NEOGAB kapsulalar 400mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
NEOGAB kapsulalar 300mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9