×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LAVOMAKS 0,125 tabletkalari N10

Kategoriya:
- Virusga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Тилорон
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Нижфарм-Stada CIS
Vakil:
- IP MChJ "STADA SUBSIDIARY"
ATX kodi:
- J05AX
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
LAVOMAKS 0,125 tabletkalari N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

 

LAVOMAKS®

dori preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha

YO‘RIQNOMA

 

Qayd etish raqami

Preparatning savdo nomi Lavomaks®

Xalqaro patentlanmagan nomi Tiloron

Dori shakli qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda – tiloron digidroxloridi – 125 mg;

yordamchi moddalar: magniy gidroksikarbonat gidrati – 69 mg, povidon – 4 mg, kalsiy stearati – 2 mg; qobig‘i saxaroza – 158,2 mg, povidon – 5,56 mg, kopovidon – 0,44 mg, magniy gidroksikarbonat gidrati – 25,7 g, titan dioksidi – 1,2 mg, kolloid kremniy dioksidi (aerosil A-380) – 1 mg, tropeolin-O bo‘yovchisi – 0,1 mg, makrogol-6000 – 6 mg, asalari mumi – 0,15 mg, suyuq parafin– 0,15 mg, talk – 1,5 mg.

Ta‘rifi

Sariqdan to zarg‘aldoq rangligacha bo‘lgan, qobiq bilan qoplangan, dumaloq shaklli tabletkalar. Tabletka yadrosi zarg‘aldoq rangda.

Farmakoterapevtik guruhi

Viruslarga qarshi immunostimulyasiya qiluvchi vosita-interferonlar hosil bo‘lishining induktori.

ATX kodi: J05AX

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Tiloron organizmda alfa-, beta- va gamma – interferonlar hosil bo‘lishini rag‘batlantiradi. Tiloranni kiritilishiga javoban interferonning asosiy hosil qiluvchilari ichak epiteliysining xujayralari, gepatositlar, T-limfositlar va neytrofillardir. Ichga qabul qilinganidan so‘ng interferon hosil bo‘lishini maksimumi 4-24 soatdan so‘ng ichak-jigar-qon ketma-ketligida aniqlanadi. Tiloran immunomodullovchi va viruslarga qarshi samaralarga ega. Suyak ko‘migining o‘zak xujayralarini rag‘batlantiradi, antitelolar hosil bo‘lishini kuchaytiradi, immunodepressiya darajasini kamaytiradi, T-xelperlar/T-supressorlar nisbatini tiklaydi. Turli virusli infeksiyalarga qarshi, shu jumladan gripp va boshqa o‘tkir respirator virusli infeksiyalarga, gepatit, gerpes, sitomegaloviruslar va neyrotrop viruslarga nisbatan samarali. Viruslarga qarshi ta‘sir mexanizmi infeksiyalangan hujayralarda virus spesifik oqsillarining translyasiyasini ingibirlanishi va oqibatda viruslarning ko‘payishini bostirilishi bilan bog‘liq.

Farmakokinetikasi

Tiloron ichga qabul qilinganidan so‘ng me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Biokiraolishligi 60% ni tashkil qiladi. Tiloronning taxminan 80% plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Tiloron amalda o‘zgarmagan holda ahlat (70%) va siydik (9%) bilan chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 48 soatni tashkil qiladi. Tiloron biotransformasiyaga uchramaydi va organizmda to‘planmaydi.

 

Qo‘llanilishi

Kattalarda:

– A, V, S virusli gepatitlarni majmuaviy davolash tarkibida,

– gerpetik infeksiyalarni, sitomegalovirus infeksiyalarini majmuaviy davolash tarkibida,

– infeksion-allergik va virusli ensefalomielitlarni majmuaviy davolash tarkibida,

– urogenital va respirator xlomidiozni majmuaviy davolash tarkibida, gonokokksiz uretritlarni, o‘pka tuberkulyozni majmuaviy davolash tarkibida;

– gripp va boshqa o‘tkir respirator virusli infeksiyani davolash va oldini olish uchun qo‘llanadi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatga yuqori sezuvchanlik.

Homiladorlik va laktasiya davri.

Bolalik yoshi (18 yoshgacha).

Saxaroza/izomaltaza yetishmovchiligi, fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktozani kam so‘rilishida (preparat saxaroza saqlaydi) qo‘llash mumkin emas.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat ovqatdan keyin ichga qabul qilinadi.

A virusli gepatitni davolash uchun – birinchi kuni 125 mg dan 2 marta, so‘ngra 125 mg dan kunora buyuriladi. Kurslik doza 1,25 g tashkil qiladi (davolash kursiga – 10 tabletka 125 mg dan).

O‘tkir V gepatitini davolash uchun – birinchi va ikkinchi kunlari 125 mg dan, so‘ngra 125 mg dan kunora buyuriladi. Kurslik doza 2 g tashkil qiladi (davolash kursi uchun – 16 tabletka 125 mg dan). V gepatitning kechishi cho‘zilganida – birinchi kuni 125 mg dan sutkada 2 marta, so‘ngra 125 mg dan kunora buyuriladi. Kurslik doza 2,5 g tashkil qiladi (davolash kursi uchun – 20 tabletka 125 mg dan).

Surunkali V gepatitida – davolashning boshlang‘ich bosqichida (2,5 g) – birinchi ikki kun 125 mg, so‘ngra 125 mg dan kunora buyuriladi. Davom etish bosqichi (1,25 g dan 2,5 g)- haftada 125 mg dan buyuriladi. Lavomaks®ning kurslik dozasi 3,75 dan to 5 g gacha tashkil qiladi (davolash kursiga 30 dan to 40 tabletkagacha 125 mg dan), davolashning davomiyligi jarayonning faollik darajasini aks ettiruvchi biokimyoviy, immunologik, morfologik tekshiruv natijalariga qarab 3,5-6 oygacha bo‘lishi mumkin.

O‘tkir S gepatitda – birinchi va ikkinchi kuni 125 mg dan, so‘ngra 125 mg dan kunora buyuriladi. Kurslik doza 2,5 mg tashkil qiladi (davolash kursiga – 20 tabletka 125 mg dan).

Surunkali S gepatitida – davolashning boshlang‘ich bosqichida (2,5 g) – birinchi ikki kun 250 mg dan, so‘ngra 125 mg dan kunora buyuriladi. Davom etish bosqichi (2,5 g) – haftada 125 mg dan buyuriladi. Lavomaks® ning kurslik dozasi – 5 g tashkil qiladi, (davolash kursi uchun – 40 tabletka 125 mg dan), davolashning davomiyligi – 6 oy bo‘lib, jarayonning faolligini biokimyoviy, immunologik, morfologik markerlariga bog‘liq.

Gripp va boshqa o‘tkir respirator infeksiyalarni davolashda – kasallikning birinchi ikki sutkasida 125 mg dan kunora buyuriladi. Kurslik doza 750 mg tashkil qiladi (davolash kursi uchun – 6 tabletka 125 mg dan).

Gripp va boshqa o‘tkir respirator virusli infeksiyalarni oldini olish uchun– 125 mg dan haftada bir marta 6 hafta davomida buyuriladi (davolash kursiga – 6 tabletka 125 mg dan).

Gerpetik, sitomegalovirus infeksiyalarini davolash uchun – birinchi ikki sutkada 125 mg dan, so‘ngra 125 mg dan kunora buyurildadi. Kurslik doza 2,5 g tashkil qiladi (davolash kursiga – 20 tabletka 125 mg dan).

Urogenital va respirator xlamidioz, gonokokksiz uretritlarda – birinchi ikki sutkada 125 mg dan, so‘ngra 125 mg dan kunora buyurildadi. Kurslik doza – 1,25 g tashkil qiladi (davolash kursiga – 10 tabletka 125 mg dan).

O‘pka tuberkulyozini majmuaviy davolash tarkibida – birinchi ikki sutkada 250 mg dan, so‘ng 125 mg kunora buyurildadi. Kurs dozasi 2,5 g tashkil qiladi (davolash kursiga – 20 tabletka 125 mg dan).

Infeksion allergik va virusli ensefalomielitlarni majmuaviy davolash tarkibida – doza shaxsiy belgilanadi, davolash kursi 4 haftani tashkil qiladi.

 

Nojo‘ya ta‘siri

Allergik reaksiyalar, dispeptik holatlar, qisqa muddatli etni uvishishi kuzatilishi mumkin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Lavomaks® dozasini oshirib yuborish hollari ma‘lum emas.

 

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

Antibiotiklar, virusli va bakterial infeksiyalarni an‘anaviy davolash vositalari bilan mutanosibdir.

Lavomaks® ni antibiotiklar va virusli va bakterial infeksiyalarni standart davolash vositalari, alkogol bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.

 

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Preparatni qo‘llash avtotransportni xaydash va diqqatni yuqori jamlashni, psiximotor reaksiyalar tezligini va yaxshi ko‘rishni talab qiladigan boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

 

Chiqarilish shakli

Qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 125 mg dan.

3, 4, 6 yoki 10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. Bir yoki ikki kontur uyali o‘ram tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng preparat ishlatilmasin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

 

 

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LAVOMAKS 0,125 tabletkalari N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LAVOMAKS 0,125 tabletkalari N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
LAVOMAKS 0,125 tabletkalari N10 dori vositasi Нижфарм-Stada CIS tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
LAVOMAKS 0,125 tabletkalari N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LAVOMAKS 0,125 tabletkalari N10 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
LAVOMAKS tabletkalari 125mg N6
TILAKSIN tabletkalari 125mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Тилорон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Дальхимфарм, ОАО
TILAKSIN tabletkalari 125mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Тилорон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Дальхимфарм, ОАО
LAVOMAKS 0,125 tabletkalari N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Тилорон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Нижфарм, АО
AMIKSIN tabletkalari 125mg N6
AMIKSIN tabletkalari 125mg N10
Ishlab chiqaruvchining dorilari
EDARBI tabletkalari 40 mg N28
Narh: 81 800 so'mdan Batafsil
SEFEKON D suppozitorii 50mg N10
Narh: 7 000 so'mdan Batafsil
SEFEKON D suppozitorii 250mg N10
Narh: 10 000 so'mdan Batafsil
SEFEKON D suppozitorii 100mg N10
Narh: 10 000 so'mdan Batafsil
OKSOLINOVAYA maz 10g 0,25%
Narh: 4 800 so'mdan Batafsil
METILURASIL suppozitorii 500mg N10
Narh: 8 500 so'mdan Batafsil
Anuzol suppozitorii N10
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
LAVOMAKS tabletkalari 125mg N6
TAGISTA tabletkalari 16mg N30
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
TAGISTA tabletkalari 24mg N30
Narh: 30 900 so'mdan Batafsil
TRANEKSAM tabletkalari 500mg N10
TRANEKSAM tabletkalari 250mg N30
TRANEKSAM tabletkalari 250mg N10
SINTOMISINA liniment 25g 10%
Narh: 5 600 so'mdan Batafsil
PREDNIZOLON maz 10g 0,5%
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
TRANEKSAM inyeksiya uchun eritma 5ml 50mg/ml N10
Narh: 100 000 so'mdan Batafsil
MEKSIPRIM tabletkalari 125mg N30
SEFEKON N rektal suppozitorialar 50mg+75mg+600mg №10
KARDIONAT kapsulalar 250mg N40
IXTIOL suppozitorii 200mg N10
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
XONDROKSID tabletkalari 250mg N60
DIKLOVIT kapsulalar N30
Narh: 49 200 so'mdan Batafsil
FUNGOTERBIN krem 15g 1%
NATALSID suppozitorii 250mg N10
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
PAPAVERIN suppozitorii 20mg N10
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9