10 000 s`om dan
Dorixonalardan izlash13 500 s`om dan + yetkazish
Buyurtma berish8 900 s`om dan
Bron qilishSEFEKON® D
preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha
YO‘RIQNOMA
Preparatning savdo nomi: Sefekon® D
Xalqaro patentlanmagan nomi: parasetamol
Dori shakli: bolalar uchun rektal suppozitoriylar.
Tarkibi
Bir suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi: faol modda – parasetamol – 50 mg, 100 mg yoki 250 mg; suppozitoriylar uchun asos: qattiq yog‘ (vitepsol, supposir) – 1,25 g gacha vaznli suppozitoriylarni olish uchun yetarli miqdorda.
Ta‘rifi
Oq yoki och-sariq yoki sarg‘ish tusli oq rangli, torpedasimon shaklli suppozitoriy.
Farmakoterapevtik guruhi
Analgetik nonarkotik vosita
ATX kodi: N02BE01
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Parasetamol og‘riqni qoldiruvchi va haroratni tushiruvchi ta‘sirga ega. Preparat og‘riq va termoregulyasiya markazlariga ta‘sir qilib, markaziy nerv tizimida siklooksigenazani bloklaydi. Yallig‘langan to‘qimalarda xujayra peroksidazalari parasetamolning siklooksigenazaga ta‘sirini neytrallaydi, bu ahamiyatli yallig‘lanishga qarshi samarasini yo‘qligini tushuntiradi.
Periferik to‘qimalarda prostaglandinlar sinteziga bloklovchi ta‘sirini yo‘qligi unda suv-tuz almashinuviga (natriy va suvni tutilishi) va me‘da-ichak yo‘llarining shilliq qavatiga salbiy ta‘sirini yo‘qligini belgilaydi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi yuqori, me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Maksimal konsentrasiyaga erishish davri – 30-60 minut. Gematoensefalik to‘siq orqali o‘tadi. Bolalarda va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda biokiraolishligining ko‘rsatkichi kattalardagiga o‘xshash. Jigarda metabolizmga uchraydi.
Yarim chiqarilish davri 2-3 soat. 24 soat davomida parasetamolning 85-95% buyraklar orqali glyukuronidlar va sulfatlar ko‘rinishida, 3% – o‘zgarmagan holda chiqariladi. Parasetamolning eliminasiyasini tezligida va siydik bilan chiqariladigan preparatning umumiy miqdorida, yoshga bog‘liq bo‘lgan ahamiyatli farq yo‘q.
Qo‘llanilishi
3 oylikdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda quyidagilarda qo‘llanadi:
– haroratni tushiruvchi vosita sifatida o‘tkir respirator kasalliklarda, grippda, bolalar infeksiyalarida, postvaksinal reaksiyalarda va tana haroratini ko‘tarilishi bilan birga kechuvchi boshqa holatlarda;
– og‘riqni qoldiruvchi vosita sifatida kuchsiz va o‘rtacha jadallikka ega og‘riq sindromida, shu jumladan bosh va tish og‘rig‘ida, mushaklar og‘rig‘i, nevralgiyalarda, jarohatlar va kuyishlardagi og‘riqlarda qo‘llanadi.
1 oylikdan 3 oylikkacha bo‘lgan bolalarda vaksinasiyadan keyingi haroratni tushirish uchun preparatni bir marta qabul qilish mumkin, preparatni barcha ko‘rsatmalar bo‘yicha faqat shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llash mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, yangi tug‘ilgan chaqaloqlik davrida (1 oylikkacha) qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Jigar va buyrak yetishmovchiligi, xavfsiz giperbilirubinemiya (shu jumladan Jilber sindromi), virusli gepatit, jigarning alkogolli shikastlanishi, alkogolizm, homiladorlik, laktasiya davri, glyukozo-6-fosfatdegidro-genazani genetik yo‘qligi, boshqa parasetamol saqlovchi preparatlarni bir vaqtda qabul qilish.
Qo‘llash usuli va dozalari
Rektal buyuriladi. Ichak o‘z holicha bo‘shalganidan keyin yoki tozalovchi klizmadan so‘ng, suppozitoriy kontur uyali o‘ramidan ajratiladi va to‘g‘ri ichakka kiritiladi. Preparatning dozasi jadvalga mos ravishda, yoshi va tana vazniga qarab hisoblanadi. Bir martalik doza bolaning tana vazniga 10-15 mg/kg ni tashkil qiladi, sutkada 2-3 marta, har 4-6 soatda qo‘llanadi. Parasetamolning maksimal sutkalik dozasi bolaning tana vazniga 60 mg/kg dan oshmasligi kerak.
Yoshi | Vazni | Bir martalik doza |
1-3 oylik | 4-6 kg | 50 mg li 1 suppozitoriy |
3-12 oylik | 7-10 kg | 100 mg li 1 suppozitoriy |
1-3 yosh | 11-16 kg | 100 mg li 1-2 suppozitoriy |
3-10 yosh | 17-30 kg | 250 mg li 1 suppozitoriy |
10-12 yosh | 31-35 kg | 250 mg li 2 suppozitoriy |
Davolash kursining muddati: haroratni tushiruvchi vosita sifatida 3 kun va og‘riqni qoldiruvchi vosita sifatida 5 kungacha. Zarurati bo‘lganida shifokor bilan maslahatlashgandan so‘ng kursni uzaytirish mumkin.
Nojo‘ya ta‘siri
Allergik reaksiyalar (shu jumladan teri toshmasi).
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri
Jigarda mikrosomal oksidlanish rag‘batlantiruvchilari (fenitoin, etanol, barbituratlar, flumesinol, rifampisin, fenilbutazon, trisiklik antidepressantlar), etanol va gepatotoksik dori vositalar gidroksidlangan faol metabolitlarini hosil bo‘lishini oshiradi, bu hattoki doza biroz oshirib yuborilganida ham og‘ir intoksikasiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Mikrosomal oksidlanish ingibitorlari (shu jumladan simetidin) gepatotoksik ta‘sir xavfini pasaytiradi. Salisilatlar bilan birga qabul qilinganida parasetamolning nefrotoksik ta‘siri oshadi. Xloramfenikol bilan birga qo‘llash, xloramfenikolning toksik xususiyatlarini oshishiga olib keladi. Bilvosita antikoagulyantlarning ta‘sirini kuchaytiradi, urikozurik preparatlarning samarasini pasaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Isitma 3 kundan ortiq va og‘riq sindromi 5 kundan ortiq davom etsa, davolovchi shifokorga murojaat qilish kerak.
Parasetamolni boshqa parasetamol saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak, chunki bu parasetamolning dozasini oshirib yuborilishiga olib kelishi mumkin. Preparat 5-7 kundan ortiq qo‘llanganida periferik qon ko‘rsatgichlarini va jigarning funksional holatini nazorat qilish kerak. Parasetamol plazmada glyukoza va siydik kislotasining miqdorini aniqlashdagi tekshiruvlarda laboratoriya ko‘rsatgichlarini soxtalashtiradi.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: qabul qilgandan keyingi birinchi 24 soat davomida – teri qoplamalarini oqarishi, ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, abdominal og‘riq; glyukozaning metabolizmini buzilishi, metabolik asidoz. Jigar faoliyatini buzilishining simptomlari doza oshirib yuborilganidan keyin 12-48 soat o‘tgach paydo bo‘lishi mumkin. Og‘ir doza oshirib yuborilishida – zo‘rayib boruvchi ensefalopatiya bilan kechuvchi jigar yetishmovchiligi, koma, o‘lim; tubulyar nekroz bilan o‘tkir buyrak yetishmovchiligi (shu jumladan jigarning og‘ir shikastlanishi yo‘qligida); aritmiya, pankreatit. Kattalarda gepatotoksik samarasi 10 g va ko‘proq qabul qilinganida namoyon bo‘ladi.
Davolash: SH-guruhi donatorlari va glyutation sintezining o‘tmishdoshi – metioninni doza oshirib yuborilganidan keyin 8-9 soat o‘tgach va N-asetilsisteinni – 12 soat o‘tgach yuborish. Keyingi davolash choralarini o‘tkazish kerakligi (keyinchalik yana metioninni yuborish, N-asetilsisteinni vena ichiga yuborish) parasetamolning qondagi konsentrasiyasi, shuningdek uni qabul qilgandan keyingi o‘tgan vaqtga qarab belgilanadi.
Chiqarilish shakli
Sefekon® D bolalar uchun rektal suppozitoriylari 50 mg, 100 mg yoki 250 mg dan. 5 suppozitoriydan kontur uyali o‘ramda; ikki kontur uyali o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Bolalar olaolmaydigan joyda, 200S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil. Yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.