×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LIVAKSIR tabletkalari N30

Kategoriya:
- Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Pokiston
Faol modda:
Корица малабарская, Ревень южный
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Qarshi Industries (Pvt) Ltd
Vakil:
- Vantage International Canada Inc
ATX kodi:
- A16A
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 68 ta dorixonasida topildi

ico 35 800 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

GASTRAREKS kapsulalar N30 Unipharm, Inc AQSh
L VIAVA inyeksiya uchun eritma 1g N5 Dr.Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: Mefar Ilac Sanayii A.S. Turkiya
81 000 s`om dan
INSULIPON tabletkalari 600mg N30 Insuphar Laboratories Ilaçlari Limited Şirketi Turkiya
97 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
LIVAKSIR tabletkalari N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

LIVAKSIR

LIVAKSIR

 

Preparatning savdo nomi: Livaksir

Dori shakli: tabletka

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 98,44 mg dolchin (Cinnamomum tamala); 98,44 mg rovoch (Rheum australe);

yordamchi moddalar: dekstrin, ammoniy xloridi, kaliy nitrati, kraxmal, talk, magniy stearati, aerosil.

Ta‘rifi: och-jigarrangdan to jigarranggacha bo‘lgan qobiqsiz tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: me‘da-ichak yo‘llari patologiyasini davolash uchun vosita.

ATX kodi: A16A

Farmakologik xususiyatlari

O‘simliklardan olingan gepatoprotektordir. Mikroblarga qarshi, viruslarga qarshi, safro haydovchi, antioksidant, yallig‘lanishga qarshi va kuchsiz siydik haydovchi ta‘sirlarga ega. Ishtahani yaxshilanishi va ovqat hazm bo‘lishni normallashishiga yordam beradi.

Toksinlarni jigar xujayralariga ta‘sirini kamaytiradi va o‘t chiqarish yo‘llari diskineziyasi simptomlarini bartaraf etadi. Ishtahani yaxshilanishi va ovqat hazm bo‘lishni normallashishiga yordam beradi. Safro haydovchi, antioksidant, yallig‘lanishga qarshi va kuchsiz siydik haydovchi ta‘sirlarga ega.

Qo‘llanilishi

Jigar faoliyatini buzilishi, o‘tkir va surunkali gepatit simptomlari, o‘t qopi diskineziyasida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar: 2 tabletkadan kuniga uch marta ovqatdan keyin buyuriladi.

Bir yoshdan oshgan bolalar: 1 tabletkadan kuniga uch marta yoki shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha buyuriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Kuchsiz surgi samaraga ega bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik kuzatilishi mumkin.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Kuzatilmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik va laktasiya davrida preparatning xavfsizligi aniqlanmagan.

Mexanizmlar va avtotransport vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Kuzatilmagan.

Chiqarilish shakli

10 kapsulalar alyumin blisterga qadoqlangan.

3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LIVAKSIR tabletkalari N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LIVAKSIR tabletkalari N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
LIVAKSIR tabletkalari N30 dori vositasi Qarshi Industries (Pvt) Ltd tomonidan Pokiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
LIVAKSIR tabletkalari N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LIVAKSIR tabletkalari N30 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
FLYU KUIT burun uchun tomchilar 25ml
Narh: 50 400 so'mdan Batafsil
TUT SIYA sirop 120ml
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
Narh: 26 000 so'mdan Batafsil
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
ALOE KEYR kapsulalar N30
Narh: 47 400 so'mdan Batafsil
FLYU KEYR granuli s shokoladnim vkusom 5,3g N5
Narh: 14 600 so'mdan Batafsil
TUMMIKOL eritma dlya priema vnutr 240ml
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9