×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LOFOKS tomchilar 5ml 0,3%

Kategoriya:
- Oftolmologik vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Ломефлоксацин
Ishlab chiqaruvchi:
- Синтез, ОАО
ATX kodi:
- S01AX17
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SINOZOL ko'z tomchilari 10ml N1 Aseptica, ООО O'zbekiston
OMEVIT CHERNIKA sirop 250ml Aseptica, OOO O'zbekiston
190 000 s`om dan
DEKSATOBROM ko'z tomchilari 5ml Rompharm Company SRL Ruminiya
45 900 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
LOFOKS tomchilar 5ml 0,3% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

LOFOKS

LOFOX

 

Preparatning savdo nomi: Lofoks

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): lomefloksasin

Dori shakli: ko‘z tomchilari

1 ml tarkibi:

faol modda: lomefloksaksin gidroxloridi (lomefloksasinga qayta hisoblanganda) –  3,0 mg.

yordamchi moddalar: gliserol (distillangan gliserin) – 25,0 mg, dinatriy edetati (etilendiamintetrasirka kislotasining dinatriyli tuzi) – 0,1 mg, benzalkoniy xloridi – 0,1 mg, natriy gidroksidining 1M eritmasi – rN 4,8-5,0 gacha, in‘eksiya uchun suv – 1 ml gacha.

Ta‘rifi: tiniq yoki biroz tovlanuvchi, rangsizdan och-sariq ranggacha bo‘lgan suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: mikroblarga qarshi vosita – ftorxinolon.

ATX kodi: S01AX17.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Ftorxinolonlar guruhiga mansub keng ta‘sir doirasiga ega mikroblarga qarshi bakterisid vositadir. O‘ta spiralizasiyani ta‘minlovchi bakteriyaning DNK-giraza fermentiga ta‘sir qiladi, uning tetrameri (A2V2 giraza subbirligi) bilan kompleks hosil qiladi va DNK transkripsiyasi va replikasiyasini buzadi, mikrob xujayrasining o‘limiga olib keladi.

Qo‘zg‘atuvchi ishlab chiqargan beta-laktamaza lomefloksasinning faolligiga ta‘sir qilmaydi.

Quyidagi grammanfiy aerob mikroorganizmlarga nisbatan yuqori faol: Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitidis, Escherichia coli, Citrobacter diversus, Klebsiella pneumoniae, Enterobacter cloacae, Proteus vulgaris, Salmonella spp., Shigella spp., Moraxella catarrhalis, Morganella morganii, Haemophilus influenzae i Haemophilus parainfluenzae, Legionella pneumophila.

Staphylococcus aureus, Staphylococcus epidermidis, Serratia liquifaciens i Serratia marcescens, Pseudomonas aeruginosa, Mycobacterium tuberculosis, Chlamydia trachomatis, Hafnia alvei, Citrobacter freundii, Aeromonas hydrophila, Proteus mirabilis i Proteus stuartii, Providencia rettgeri i Providencia alcalifaciens, Klebsiella oxytoca, Klebsiella ozaenae, Enterobacter aerogenes, Enterobacter agglomerans preparatga o‘rtacha sezgir.

Streptococcus spp., Pseudomonas cepacia, Ureaplasma urealyticum, Treponema pallidum, Mycoplasma hominis va anaerob bakteriyalar preparatga chidamli.

Farmakokinetikasi

2 kun davomida kuniga 5 marta 1 tomchidan va 3 kuni 5 tomchi instillyasiyasidan keyin maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti (TSmax) – 90 minutni, maksimal konsentrasiyasi ko‘rsatkichi (Smax) – 2,5 soatdan keyin 1 mkg/ml ni tashkil etadi. Shox parda, sklera, qovoq, kon‘yunktiva va ko‘z ichki suyuqligidagi terapevtik konsentrasiyasi 5 minut interval bilan 1 tomchidan 5 instillyasiyadan keyin erishiladi. 1-2 instillyasiyadan keyin ko‘z yoshi suyuqligidagi miqdori – 2 soatdan keyin 40-200 mkg/ml, 6 soat va undan keyin 7-27 mkg/ml, 24 soatdan keyin – 3 mkg/ml ni tashkil etadi.

Qo‘llanilishi

Ko‘z oldingi sohalarining bakterial infeksiyalari (kon‘yunktivit, blefarit, blefarokon‘yunktivit, shu jumladan xlamidiya etiologiyali) da qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalarga pastki kon‘yunktival qopchaga 1 tomchidan sutkada 2-3 marta 7-9 kun davomida buyuriladi. Davolashni boshida tez-tez yuborish zarur: 20 minut davomida 5 tomchi (1 tomchidan 5 minut interval bilan) yoki bir soatda 1 tomchidan 6-10 soat davomida buyuriladi.

Xlamidiyali kon‘yunktivitlarni davolash uchun 1 tomchi preparat shikastlangan ko‘zning kon‘yunktival qopchasiga 2-4 marta 1-2 oy davomida tomiziladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Achishish hissi, uzoq muddat qo‘llanilganida – ikkilamchi zamburug‘li infeksiyani rivojlanishi.

Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralardan birontasi og‘irlashsa yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan biron-bir nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Dori vositasining komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik. Laktasiya (emizish) davri, bolalar va o‘smirlarda (18 yoshgacha) qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Ma‘lumotlar yo‘q.

Maxsus ko‘rsatmalar

Davolash davrida kontakt linzalarni taqishdan saqlanish kerak.

Davolash davrida transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab etuvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Homiladorlikda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Laktasiya davrida buyurilganida emizishni to‘xtatish lozim.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Ma‘lumotlar yo‘q.

Chiqarilish shakli

Ko‘z tomchilari 0,3%.

5 ml dan rezina tiqin bilan berkitilgan va qalpoqcha bilan qisilgan, yorug‘likdan himoyalovchi shisha flakonda.

1 shisha flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

1 shisha flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va qopqoqcha-tomchilagich bilan karton qutiga joylanadi.

5 ml dan dozator-uchlik va plastik buraladigan qopqoq bilan ko‘z tomchilari uchun flakonda yoki tomchilagich tiqin va buraladigan qopqoq bilan polimer flakon-tomchilagichda.

1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

50 flakondan teng miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalari bilan karton qutiga joylanadi (stasionarlar uchun).

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15 dan 25oS gacha bo‘lgan haroratda. Muzlatilmasin.

Yaroqlilik muddati

2 yil. Flakon ochilganidan keyin eritma 1 oy davomida qo‘llanilsin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LOFOKS tomchilar 5ml 0,3% dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LOFOKS tomchilar 5ml 0,3% dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
LOFOKS tomchilar 5ml 0,3% dori vositasi Синтез, ОАО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
LOFOKS tomchilar 5ml 0,3% dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LOFOKS tomchilar 5ml 0,3% dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
XONDROITIN AKOS kapsulalar 250mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
PIRASETAM kapsulalar 400mg N20
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
KETOPROFEN gel 30g 2,5%
Narh: 13 500 so'mdan Batafsil
ATENOLOL tabletkalari 100mg N30
ATENOLOL tabletkalari 50mg N30
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
ALTEYa sirop 125g
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
OFLOMELID maz 50g
OFLOMELID maz 30g
Narh: 62 000 so'mdan Batafsil
RINORUS tomchilar 10ml 0,05%
AMLORUS tabletkalari 10mg N30
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
AMLORUS tabletkalari 2,5mg N30
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 500mg N10
Narh: 5 200 so'mdan Batafsil
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 250mg N10
Narh: 3 500 so'mdan Batafsil
OFLOKSASIN tabletkalari 400mg N10
OFLOKSASIN tabletkalari 200mg N10
OFLOKSASIN infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
KETOROLAK eritma 1ml 30mg/ml N10
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
SIPROFLOKSASIN infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
SLABIKAP tomchilar 10ml 7,5mg/ml
GIDROKOTRIZON maz 5g 0,5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
TAURIN AKOS ko'z tomchilari 5ml 4%
DIKLOFENAK gel 50g 5%
DIKLOFENAK gel 30g 5%
DIKLOFENAK AKOS maz 30g 1%
GENTAMISIN AKOS maz 15g 0,1%
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9