×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VIKASOL tabletkalari 15mg N30

Kategoriya:
- Qon va qon aylanishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
менадион
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Ирбитский ХФЗ,ОАО
ATX kodi:
- B02BA02
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 5 ta dorixonasida topildi

O'xshash dorilar

NIRMIN 10 PLYUS infuziya uchun eritma 100ml 10% Aculife Healthcare Pvt. Ltd Hindiston
73 200 s`om dan
TRANEKSAM tabletkalari 250mg N10 Нижфарм-Stada CIS Rossiya Federatsiyasi
42 800 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
VIKASOL tabletkalari 15mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VIKASOL-DARNISA

VICASOL-DARNITSA

Preparatning savdo nomi: Vikasol-Darnisa

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): vikasol (menadion natriy bisulfiti)

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 10 mg vikasol (menadion natriy bisulfiti);

yordamchi moddalar: natriy metabisulfiti (Ye 223), xlorid kislotasi, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: K vitamini va boshqa gemostatik vositalar.

ATX kodi: V02VA02.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

K vitamini bir necha shakllarda bo‘ladi. K vitaminining asosiy shakli – K1 vitamini (filloxinon) o‘simliklarda, ayniqsa yashil bargli sabzavotlarda saqlanadi. K vitaminining boshqa shakli K2 vitamini (menaxinon) bo‘lib, u cheklangan miqdorda so‘rilishi mumkin. Uni ingichka ichakning pastki qismida va yo‘g‘on ichakda bakteriyalar ishlab chiqaradi. Vikasol-Darnisa suvda eruvchi K vitaminining sintetik analogi bo‘lib, K3 vitamini (menadion) sifatida qaraladi, protrombin va prokonvertinning sinteziga yordam beradi, qon ivishning II, VII, IX, X faktorlari sintezini kuchayishi hisobiga qon ivishini kuchaytiradi. Gemostatik ta‘sirga ega (K vitamini tanqisligida yuqori qonuvchanlik paydo bo‘ladi). Qonda protrombin (II faktori) tromboplastin va Sa2+ mavjudligida, prokonvertin (VII faktori), IX (Kristmass-faktori) X (Styuart-Prauer faktori) faktorlari ishtirokida trombinga o‘tadi, uning ta‘siri ostida fibrinogen qon laxtasining (tromb) asosini tashkil qiluvchi fibringa aylanadi. Vikasol-Darnisa substrat sifatida K vitaminini faollantiruvchi va K vitaminiga bog‘liq bo‘lgan gemostazning plazma faktorlarining jigardagi sintezida uning ishtirokini ta‘minlovchi K-vitaminreduktazani rag‘batlantiradi.

K vitaminining odam va hayvon organizmidagi roli prokoagulyantlarning biosintezi bilan cheklanmaydi. U bioenergetikaga va qator anabolik jarayonlarga ta‘sir qiladi. U makroergik birikmalarning almashinuvi uchun, ATF hosil bo‘lishi uchun ahamiyatga ega. K vitamini yetishmovchiligi ATF tanqisligiga va ko‘pchilik birikmalarning biosintezining energetik ta‘minlanganligini susayishiga olib keladi. Oxirgilarga nafaqat prokoagulyantlar, shuningdek boshqa tez yangilanuvchi oqsillar, shu jumladan qon ivish jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan qator fermentlar ham kiradi. K vitaminining tanqisligida oqsil tabiatiga ega bo‘lmagan ayrim biologik faol moddalarning: serotonin, gistamin, asetilxolinning biosintezi ham susaygan. Samarasini boshlanishi – mushak ichiga yuborilganidan keyin 8-24 soat o‘tgach yuz beradi.

Farmakokinetikasi

Mushak ichiga yuborilganidan keyin oson va tez tizimli qon oqimiga so‘riladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi qaytuvchi xarakterga ega. Albuminlarning miqdori juda kam bo‘lgan bemorlarning qoni K vitaminini juda kuchsiz bog‘laydi, yoki umuman uni bog‘lamaydi. Asosan jigarda, taloqda, miokardda to‘planadi. Aylanish jarayoni eng jadal miokardda, skelet mushaklarida, biroz kuchsizroq – buyrakda yuz beradi. Buyrak orqali va safro bilan deyarli faqat metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi. K vitaminining metabolitlari (monosulfat, fosfat va diglyukuronid-2-metil-1,4-naftoxinon) siydik bilan 70% gacha chiqariladi. K vitaminining ahlatdagi yuqori konsentrasiyalari, uning ichak mikroflorasi tomonidan sintezlanishi bilan bog‘liq.

Qo‘llanilishi

Vikasol qonuvchanlikda va sariqlik bilan kechuvchi gipoprotrombinemiya fonida, o‘tkir gepatitlarda, kapillyar va parenximatoz qon ketishlarda buyuriladi. Xirurgik aralashuvlar va jarohatlanishlardan keyin, me‘da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligidagi, o‘tkir nur kasalligining yaqqol simptomlaridagi qon ketishlarda, burunda va gemorroidal davomli qon ketishlarda buyuriladi.

Preparat chala tug‘ilgan chaqaloqlardagi gemorragik ko‘rsatmalarda, bachadon klimaks oldi va yuvenil qon ketishlarda, spontan qonuvchanlikda, operasiyaga tayyorlashda, agar operasiyadan keyingi davrda qon ketishini xavfi bo‘lsa, o‘pka qon ketishlarida, septik kasalliklar fonidagi gemorragik ko‘rinishlarda buyuriladi.

Bundan tashqari, Vikasol-Darnisani buyurish uchun ko‘rsatmalar bo‘lib, qon ketishlari va – K vitamini antagonistlari fenilin, neodikumarin va boshqa antikoagulyantlarning dozasini oshirib yuborish bilan bog‘liq bo‘lgan gipoprotrombinemiyalar hisoblanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat mushak ichiga yuboriladi.

Kattalarga bir martalik doza – 10 mg, maksimal bir martalik doza – 15 mg, maksimal sutkalik doza – 30 mg ni tashkil etadi.

Davolash davomiyligi – 3-4 kun, 4 kunlik tanaffusdan keyin zarurati bo‘lganida kurs takrorlanadi.

Mumkin bo‘lgan kuchli parenximatoz qon ketishli xirurgik aralashuvlarda operasiyadan oldin 2-3 kun davomida buyuriladi.

Bolalarga: 1 yoshgacha – sutkada 2,5 mg, 1-2 yosh – sutkada 6 mg, 3-4 yosh – sutkada 8 mg, 5-9 yosh – sutkada 10 mg, 10-18 yosh – sutkada 15 mg. Doza 2 yuborishga bo‘linadi. Bolalar uchun davolash davomiyligini shifokor belgilaydi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar: yuz giperemiyasi, teri toshmasi (shu jumladan eritematoz, eshakemi), terini qichishishi, bronxospazm.

Qon tizimi tomonidan: gemolitik anemiya, glyukoza-6-fosfatdegidrogenazaning tug‘ma tanqisligi bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda yoki Ye vitamini yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda gemoliz, tromboemboliya.

Yurak-tomir tizimi tomonidan: arterial bosimni tranzitor pasayishi, taxikardiya, pulsni kuchsiz to‘lishi.

Yuborilgan joydagi reaksiyalar: yuborilgan joyda og‘riq va shish, bir joyga takroriy in‘eksiyalarda dog‘lar ko‘rinishidagi terining rangini o‘zgarishi. Vikosol lokal sklerodermiya chaqirishi mumkin.

Boshqalar: giperbilirubinemiya, sariqlik (shu jumladan emizikli bolalarda yadroli sariqlik), bosh aylanishi, profuz terlash, ta‘m tuyg‘ularini o‘zgarishi, qizish hissi kuzatiladi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Giperkoagulyasiya, tromboemboliya. Yangi  tug‘ilgan chaqaloqlarning gemolitik kasalligi. Og‘ir jigar yetishmovchiligi. Glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligida qo‘llash mumkin emas.

 

 

Nomutanosiblik

 Vikasol sulfanilamid preparatlari, PASK, salisilatlar, oksikumarin bilan mutanosib. Bir shprisda ishqorlar va kislotalarning eritmalari bilan nomutanosib. Preparatning ta‘sir etuvchi moddasi to‘g‘ri quyosh nurlarining ta‘siri ostida tez parchalanadi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Peroral antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida antikoagulyant ta‘sirini pasaytirishi mumkin. Bilvosita antikoagulyantlarning (shu jumladan kumarin va indandion hosilalarining) samarasini susaytiradi. Geparinning antikoagulyant faolligiga ta‘sir qilmaydi. Keng ta‘sir doirali antibiotiklar, xinidin, xinin, yuqori dozalarda salisilatlar, sulfonamidlar bilan bir vaqtda qo‘llash, K vitaminining dozasini oshirishni talab etadi.

Gemolitik dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganida nojo‘ya samaralarining namoyon bo‘lishini xavfi oshadi.

Agregantlar va fibrinolizning ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida ularning gemostatik samarasi potensiyalanadi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Homiladorlik vaqtida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Vikasol qo‘llanganida trombositlar agregasiyasini tormozlanishi mumkinligini hisobga oshish kerak. Gemofiliya, trombositopenik purpura va Verlgof kasalligida preparat samarasizdir.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning gemolitik kasalligini oldin olish uchun menadion natriy bisulfitiga qaraganda fitomenadionni qo‘llash yaxshiroq, chunki u yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda (shu jumladan chala tug‘ilgan chaqaloqlarda) kamroq giperbilirubinemiya va gemolitik anemiyani chaqiradi.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi.

Vikasol-Darnisa homiladorlikda xavf preparatlariga kiradi. Preparatni I va II uch oyliklarida ko‘rsatmalar bo‘yicha, agar ona uchun foyda homila uchun xavf darajasidan yuqori bo‘lganida qo‘llash mumkin. Homiladorlikning III uch oyligida K vitaminini profilaktik buyurish, uning uchun yo‘ldoshning past o‘tkazuvchanligi tufayli samarali emas.

Emizayotgan onalarga preparatni qo‘llash zarurati bo‘lgan hollarda, davolash davrida emizishni to‘xtatish lozim.

Bolalar. Preparat pediatriya amaliyotida qo‘llanadi.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish xususiyati.

Preparat avtotransportni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilmaydi. Agar davolanish davrida bosh aylanishi kuzatilsa, transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanish lozim.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: giperprotrominemiya va gipertrombinemiya, giperbilirubinemiya, sariqlik, jigar fermentlarining faolligini oshishi bilan nomoyon bo‘luvchi K gipervitaminozi; qorin og‘riqlari, qabziyatlar va diareya, umumiy qo‘zg‘alish, ajitasiya va teri toshmalari kuzatiladi. Yakka hollarda bolalarda tirishishlar bilan namoyon bo‘luvchi toksikoz rivojlanadi.

Davolash: Preparat bekor qilinadi. Qon ivish tizimining ko‘rsatgichlarini nazorati ostida antikoagulyantlar buyuriladi. Davolash simptomatik.

Chiqarilish shakli

1 ml dan ampulada; 5 ampuladan kontur uyali o‘ramda; 2 kontur uyali o‘ramdan qutida.

Saqlash sharoiti

Original o‘ramda, 2˚S dan 8˚S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish  tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VIKASOL tabletkalari 15mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VIKASOL tabletkalari 15mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VIKASOL tabletkalari 15mg N30 dori vositasi Ирбитский ХФЗ,ОАО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VIKASOL tabletkalari 15mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VIKASOL tabletkalari 15mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
VIKASOL tabletkalari 15mg N20
Narh: 2 500 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Ирбитский ХФЗ,ОАО
Narh: 1 000 so'mdan Batafsil
SITRAMON P tabletkalari N6
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
SITRAMON P tabletkalari N10
Narh: 1 000 so'mdan Batafsil
ALLOXOL tabletkalari N10
Narh: 1 700 so'mdan Batafsil
NITROKSOLIN tabletkalari 50mg N50
Narh: 17 900 so'mdan Batafsil
PANKREATIN tabletkalari 25ed N60
Narh: 11 200 so'mdan Batafsil
FURAZOLIDON tabletkalari 50mg N10
Narh: 400 so'mdan Batafsil
PAPAZOL tabletkalari N10
Narh: 1 500 so'mdan Batafsil
MUKALTIN tabletkalari 50mg N10
Narh: 1 300 so'mdan Batafsil
PARASETAMOL tabletkalari 200mg N10
Narh: 500 so'mdan Batafsil
ANDIPAL tabletkalari N10
Narh: 3 300 so'mdan Batafsil
RANITIDIN tabletkalari 150mg N20
BROMKAMFORA tabletkalari 250mg N30
SULGIN tabletkalari 500mg N10
METOPROLOL tabletkalari 50mg N10
ASPARKAM tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Ирбитский ХФЗ,ОАО
Narh: 1 500 so'mdan Batafsil
ANALGIN tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Ирбитский ХФЗ,ОАО
Narh: 600 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
VIKASOL inyeksiya uchun eritma 1ml 1% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Менадиона натрия бисульфит ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: O´zkimyofarm, АО им. С.К. Исламбекова
VIKASOL eritma 1ml 1% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Менадиона натрия бисульфит ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Дальхимфарм, ОАО
VIKASOL 0,01/ML eritma 1ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Менадиона натрия бисульфит ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «Озон»
VIKASOL 0,01/ML eritma 2ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Менадиона натрия бисульфит ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «Озон»
VIKASOL DARNISA inyeksiya uchun eritma 10ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Менадиона натрия бисульфит ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Дарница,Фарм.фирма, ЧАО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9