×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MERIFATIN tabletkalari 500 mg N30

Kategoriya:
- Qandli diabetga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Метформина гидрохлорид
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Фармасинтез-Тюмень,ООО
Vakil:
- Farmasintez
ATX kodi:
- A10BA02
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan

O'xshash dorilar

GLYURENORM tabletkalari 30mg N60 BOEHRINGER INGELHEIM ELLAS, A.E. Gretsiya
122 000 s`om dan
INSUPRID tabletkalari 2mg N30 Insuphar Laboratories Ilacları Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S. Turkiya
43 100 s`om dan
SIOFOR 1000 tabletkalari 1000mg N60 Laboratory Guidotti S.p.A., Италия произведено: Menarini von Heyden GmbH Germaniya
SIOFOR 1000 tabletkalari 1000mg N60 Laboratory Guidotti S.p.A. (Menarini Group), Италия произведено: Dragenopharm Apotheker Puschl GmbH Germaniya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 500 mg, 850 mg, 1000 mg. 

Dori vositasining birlamchi o'rami 

10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va laklangan bosma alyumin folgali kontur uyali o'ramlarda. 

15, 30, 60, 100, 120 tabletkadan birinchi marta ochilish nazorati bo'lgan buraladigan qopqoqli polietilen polimer bankalarda. Bankadagi bo'shliq tibbiy paxta bilan to'ldiriladi. Bankalarga yorliq yoki yozma qog'ozli yoki o'zi elimlanadigan polimer materialli yorliq yopishtiriladi. 

Dori vositasining ikkilamchi o'rami 

1, 2, 3, 4, 5, 6, 8, 9 yoki 10 kontur uyali o'ramlar qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga, kichik guruhi xromli yoki xrom-erzasli, yoki boshqa analogik sifatli iste'molchilar tarasi uchun mo'ljallangan karton qutiga joylanadi. Qutilar umumiy qutilarga joylanadi. 

1 banka qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga, kichik guruhi xromli yoki xrom-erzasli yoki boshqa analogik sifatli iste'molchilar uchun mo'ljallangan karton qutiga joylanadi. Qutilar umumiy qutiga joylanadi. 

In-bulk.

500 yoki 1000 tabletkadan birinchi marta ochilish nazorati bo'lgan buraladigan qopqoqli polimer bankada. Bankadagi bo'shliq tibbiy paxta bilan to'ldiriladi. Bankalarga yozma qog'ozli yoki o'zi elimlanadigan polimer materialli yorliq yopishtiriladi. Bankalar umumiy qutiga – gofrilangan karton qutiga joylanadi.

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: metformin gidroxloridi – 500 mg/ 850 mg/ 1000 mg.

yordamchi moddalar: gipromelloza 2208 5,0 mg/8,5 mg/10,0 mg; povidon K90 (kollidon 90F) 20,0 mg/34,0 mg/40,0 mg; natriy stearilfumarati 5,0 mg/8,5 mg/10,0 mg. 

suvda eruvchan plyonka qobig'i: gipromelloza 2910 7,0 mg/11,9 mg/14,0 mg; polietilenglikol 6000 (makrogol 6000) 0,9 mg/1,53 mg/1,8 mg; polisorbat 80 (tvin 80) 0,1 mg/0,17 mg/0,2 mg; titan dioksidi 2,0 mg/3,4 mg/4,0 mg.

Metformin giperglikemiyani kamaytirib, gipoglikemiyani rivojlanishiga olib kelmaydi. Sog'lom shaxslarda sulfonilmochevina hosilalaridan farqli ravishda insulin sekresiyasini rag'batlantirmaydi va gipoglikemik ta'sir ko'rsatmaydi. Periferik reseptorlarni insulinga bo'lgan sezuvchanligini va hujayralar tomonidan glyukozani utilizasiyasini oshiradi. Glyukoneogenez va glikogenolizni ingibitsiya qilishi hisobiga jigarda glyukoza ishlab chiqarilishini pasaytiradi. Ichakda glyukozani so'rilishini sekinlashtiradi. Metformin glikogensintetazaga ta'sir ko'rsatib, glikogen sintezini rag'batlantiradi. Glyukozani membranalar orqali barcha turdagi tashuvchilarining transport sig'imini oshiradi. Bundan tashqari, lipidlar metabolizmiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi: umumiy xolesterin, past zichlikdagi lipoproteinlar va trigliseridlarning miqdorini pasaytiradi. 

Metforminni qabul qilish fonida pasientning tana vazni yo barqaror bo'lib qoladi, yoki biroz kamayadi. Klinik tadqiqotlar, qandli diabetning 2 tipini qo'shimcha rivojlanish havf omillari aniq bo'lgan "prediabet" bilan xastalangan, hayot tarzini o'zgartirish adekvat glikemik nazoratga erishish imkonini bermagan pasientlarda qandli diabetni oldini olish uchun metforminning samaradorligini ko'rsatgan.

So'rilishi va taqsimlanishi 

Ichga qabul qilinganidan so'ng metformin me'da-ichak yo'llaridan etarlicha to'liq so'riladi. Mutloq Biokiraolishligi 50-60% ni tashkil etadi. Plazmada maksimal kontsentrasiyasiga (Smax) (taxminan 2 mkg/ml yoki 15 mkmol) 2,5 soatdan keyin erishadi. Ovqat bilan bir vaqtda qabul qilinganida metforminni so'rilishi pasayadi va sekinlashadi. 

Metformin to'qimalarga tez taqsimlanadi, plazma oqsillari bilan deyarli so'rilmaydi. 

Metabolizmi va chiqarilishi 

Juda kam darajada metabolizmga uchraydi va buyraklar orqali chiqariladi. Sog'lom sub'ektlarda metforminning klirensi minutiga 400 ml ni tashkil etadi (kreatininning klirensiga nisbatan 4 barobar ortiq), bu faol naychalar sekresiyasi borligidan dalolat beradi. Yarim chiqarilish davri taxminan 6,5 soatni tashkil etadi. Buyrak etishmovchiligida u oshadi, preparatni kumulyasiya havfi namoyon bo'ladi

Preparatning nojo'ya samaralarini uchrash tezligi quyidagi tarzda baholanadi: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100, <1/10); tez-tez emas (≥1/1000, <1/100); kam hollarda (≥1/10000, <1/1000); juda kam hollarda (<1/10000). 

Nojo'ya ta'sirlari ahamiyatligini pasayishi tartibida keltirilgan. 

Moddalar almashinuvi va oziqlantirish tomonidan: juda kam hollarda – laktoasidoz ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang). Metformin uzoq muddat qo'llanganida V12 vitaminini so'rilishi pasayishi mumkin. Megaloblast anemiya aniqlanganida etiologiyasi shu bo'lishi mumkinligini inobatga olish kerak. 

Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – ta'm bilishni buzilishi. 

Me'da-ichak yo'llari tomonidan: juda tez-tez – ko'ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og'riq, ishtahani yo'qolishi. Ular davolashni boshlang'ich davrida eng ko'p rivojlanadi va ko'pgina hollarda spontan ravishda o'tib ketadi. Simptomlarni bartaraf qilish uchun metforminni kuniga 2 yoki 3 marta ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin qabul qilish tavsiya etiladi. Dozani asta-sekin oshirib borish me'da-ichak tomonidan o'zlashtirilishini yaxshilashi mumkin. 

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: juda kam hollarda – eritema, terini qichishishi, teri toshmalari kabi teri reaktsiyalari.

Jigar va o't chiqarish yo'llari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: juda kam hollarda – jigar funktsiyasi ko'rsatkichlarini buzilishi yoki gepatit; metformin bekor qilinganidan keyin noxush ko'rinishlar butunlay yo'qoladi. 

Chop etilgan ma'lumotlar, postmarketing ma'lumotlari, shuningdek 10-16 yosh guruhidagi cheklangan bolalar populyasiyasida o'tkazilgan nazoratli klinik tadqiqotlarning ma'lumotlari, nojo'ya samaralar xarakteri va og'irligi bo'yicha katta pasientlardagi shunday ko'rsatkichlar bilan o'xshashligini ko'rsatadi.

Laktoasidoz 

Laktoasidoz kam uchraydigan, ammo metforminni kumulyasiyasi tufayli rivojlanishi mumkin bo'lgan jiddiy (shoshilinch davolash ko'rsatilmasa, o'lim ko'rsatkichi yuqori bo'lgan) asorat hisoblanadi. Metforminni qabul qilganda laktoasidoz holatlari asosan qandli diabet bilan xastalangan yaqqol buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda yuz bergan. 

Dekompensasiyalangan qandli diabet, ketoz, uzoq muddat och qolish, alkogolizm, jigar etishmovchiligi va yaqqol gipoksiya bilan bog'liq bo'lgan istalgan holat kabi o'zaro bog'langan boshqa havf omillarini ham inobatga olish kerak. Bu holat laktoasidoz holatlarini rivojlanish tezligini pasaytirishga yordam berishi mumkin. Dispeptik buzilishlar, qorinda og'riq va yaqqol ifodalangan asteniya bilan kechuvchi mushaklarni tirishishlari kabi nospesifik belgilar paydo bo'lganida laktoasidozni rivojlanish havfini e'tiborga olish kerak. Laktoasidoz keyinchalik komaga olib keluvchi asidotik hansirash, qorinda og'riq va gipotermiya bilan xarakterlanadi. Diagnostik laborator ko'rsatkichlari bo'lib qonning rn qiymatini (7,25 dan kam) pasayishi, qon plazmasida laktatning miqdorini 5 mmol/l dan yuqori bo'lishi, anion oralig'i va laktat/piruvat nisbatini yuqori bo'lishi hisoblanadi. Metabolik asidozga shubha qilinganida preparatni qabul qilishni to'xtatish va zudlik bilan shifokorga murojjat qilish kerak. 

Jarrohlik operasiyalari 

Metforminni qo'llash rejali jarrohlik operasiyalarini o'tkazishdan 48 soat oldin to'xtatilishi kerak va davolash kamida 48 soatdan keyin, buyrak funktsiyasi tekshirilganida belgilar normal bo'lgan sharoitdagina davom ettirilishi mumkin. 

Buyrak funktsiyasi 

Metformin buyraklar orqali chiqarilganligi tufayli, davolashni boshlashdan avval va keyinchalik muntazam ravishda kreatinin klirensini aniqlash kerak: 

•buyrak funktsiyasi normal bo'lgan pasientlarda yiliga kamida bir marta; 

•keksa yoshdagi pasientlarda, shuningdek kreatinin klirensi normaning pastki chegarasida bo'lgan pasientlarda yiliga kamida 2-4 marta. 

Kreatinin klirensi minutiga 45 ml dan kam bo'lganida preparatni qo'llash mumkin emas. 

Keksa yoshdagi pasientlarda buyrak funktsiyasi buzilishi mumkinligi tufayli, gipotenziv dori vositalari, diuretiklar yoki nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar bir vaqtda qo'llanganida juda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. 

Yurak etishmovchiligi 

Yurak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda gipoksiya va buyrak etishmovchiligini rivojlanish havfi yuqoriroq bo'ladi. Surunkali yurak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda metforminni qabul qilish vaqtida yurak funktsiyasi va buyrak funktsiyasini muntazam monitoringini o'tkazish kerak. 

Gemodinamik ko'rsatkichlar nostabil bo'lgan yurak etishmovchiligida metforminni qabul qilish mumkin emas. 

Bolalar va o'smirlar 

Qandli diabetning 2 tipini tashxisi metformin bilan davolash boshlanishidan avval tasdiqlanishi kerak. 

1 yil davomiylikdagi klinik tadqiqotlar vaqtida, metforminni, bolalarni o'sishi va jinsiy etilishiga ta'sir qilmasligi ko'rsatilgan. Biroq uzoq muddat qo'llash ma'lumotlari yo'qligi tufayli, bolalarda, ayniqsa jinsiy etilish davrida ushbu ko'rsatkichlarga metforminni keyinchalik ta'sirini bilish maqsadida sinchkov nazoratini o'tkazish tavsiya etilgan. 

Eng sinchkov nazorat 10-12 yoshgacha bo'lgan bolalarda ayniqsa muhim. 

Boshqa ehtiyotkorlik choralari 

Pasientlarga kun davomida uglevodlar bir maromda iste'mol qilinadigan parhezga rioya qilishni davom ettirishlari tavsiya etiladi. Tana vazni ortiqcha bo'lgan pasientlarga gipokaloriyali parhezga (ammo sutkada kamida 1000 kkal) rioya qilishni davom ettirish tavsiya etiladi. 

•Qandli diabetni nazorat qilish uchun standart laborator tahlillarni muntazam ravishda o'tkazish tavsiya etiladi. 

•Metformin monoterapiyada gipoglikemiyani chaqirmaydi, ammo u insulin yoki boshqa gipoglikemik vositalar (masalan, sulfonilmochevina hosilalari, repaglinid va boshq.) bilan majmuada qo'llanganida ehtiyotkorlikka amal qilish tavsiya etiladi. 

Metforminni qo'llash qandli diabetning 2 tipini: 

60 yoshdan kichik;

tana vazni indeksi (TVI) >35 kg/m2;

anamnezida gestasion qandli diabet;

birinchi qator qarindoshlarida oilaviy anamnezida qandli diabet; 

trigliseridlarning kontsentrasiyasini yuqori bo'lishi; 

YuZLP xolesterinining kontsentrasiyasini past bo'lishi; 

arterial gipertenziya 

kabi qo'shimcha rivojlanish havf omillari aniq bo'lgan va "prediabet" bo'lgan shaxslarda qandli diabetning 2 tipini oldini olish uchun tavsiya etilgan.

Qandli diabetning 2 tipi, ayniqsa semizlik bilan xastalangan pasientlarda, dietoterapiya va jismoniy yuklamalar samarasiz bo'lganida: 

kattalarda monoterapiya sifatida yoki boshqa peroral gipoglikemik vositalar bilan yoki insulin bilan birga; 

10 yoshdan boshlab bolalarda monoterapiya sifatida yoki insulin bilan birga qo'llanadi. 

Qandli diabetning 2 tipini qo'shimcha rivojlanish havf omillari bo'lgan "prediabet" bilan xastalangan, hayot tarzini o'zgartirish adekvat glikemik nazoratga erishish imkonini bermagan pasientlarda qandli diabetni oldini olish uchun qo'llanadi.

Metforminga yoki yordamchi moddalardan birortasiga yuqori sezuvchanlik; \

diabetik ketoasidoz, diabetik koma oldi, koma; 

buyrak etishmovchiligi yoki buyrak funktsiyasini buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 45 ml dan kam); 

buyrak funktsiyasini buzilish havfi bilan kechuvchi o'tkir holatlar: degidratasiya (diareyada, qusish vaqtida), og'ir darajadagi infektsion kasalliklar, shok; 

to'qimalar gipoksiyasini rivojlanishiga olib kelishi mumkin bo'lgan o'tkir yoki surunkali kasalliklarni klinik jihatdan yaqqol ifodalangan ko'rinishlari (shu jumladan, o'tkir yurak etishmovchiligi, gemodinamik ko'rsatkichlar nostabil bo'lgan surunkali yurak etishmovchiligi, nafas etishmovchiligi, o'tkir miokard infarkti); 

insulinoterapiya o'tkazish ko'rsatilgan yirik jarrohlik operasiyalari va jarohatlar ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang); 

jigar etishmovchiligi, jigar funktsiyasini buzilishlari; 

surunkali alkogolizm, alkogol bilan o'tkir zaharlanish; 

homiladorlik; 

laktoasidoz (shu jumladan anamnezida); 

yod saqlovchi kontrast moddalar yordamida radioizotop yoki rentgenologik tekshiruvlar o'tkazishdan oldin kamida 48 soat davomida va o'tkazilgandan keyin 48 soat davomida qo'llash ("boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang); 

gipokaloriyali (sutkada kamida 1000 kkal) parhezga rioya qilganda preparatni qo'llash mumkin emas. 

Ehtiyotkorlik bilan: og'ir jismoniy ishlarni bajaruvchi 60 yoshdan oshgan shaxslarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo'llash lozim, bu ularda laktoasidozni rivojlanish havfini oshishi bilan bog'liq; buyrak etishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 45-59 ml) bo'lgan pasientlarda; emizish davrida preparatni ehtiyotkorlik bilan qo'llash lozim.

Qo'llash mumkin bo'lmagan majmualar 

Yod saqlovchi rentgenokontrast vositalar: qandli diabet bilan xastalangan pasientlarda funktsional buyrak etishmovchiligi fonida yod saqlovchi rentgenokontrast vositalar yordamida radiologik tekshiruvlarni o'tkazish laktoasidozni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Yod saqlovchi rentgenokontrast vositalar yordamida rentgenologik tekshiruvlar o'tkazish vaqtida yoki o'tkazishdan 48 soat oldin buyrak funktsiyasiga qarab metformin bilan davolashni bekor qilish va kamida 48 soatdan keyin, buyrak funktsiyasi tekshirilganida normal hisoblangan sharoitdagina davolashni qayta boshlash kerak. 

Tavsiya etilmagan majmualar 

Alkogol: alkogol bilan o'tkir zaharlanishda laktoasidozni rivojlanish havfi, ayniqsa quyidagi holatlarda oshadi: 

etarli darajada ovqatlanmaslik, past kaloriyali parhezga rioya qilish; 

jigar etishmovchiligi. 

Preparatni qabul qilish vaqtida alkogol va etanol saqlovchi dori vositalarini qabul qilishdan saqlanish kerak. 

Ehtiyotkorlikni talab etuvchi majmualar 

Danazol: oxirgisining giperglikemik ta'siridan saqlanish maqsadida danazolni bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi. Danazol bilan davolash zarurati bo'lganida va oxirgisini qabul qilish to'xtatilganidan so'ng qondagi glyukozaning kontsentrasiyasini nazorati ostida metforminni dozasiga tuzatish kiritish talab etiladi. 

Xlorpromazin: katta dozalarda (kuniga 100 mg) qabul qilinganida, insulin ajralib chiqishini kamaytirib, qonda glyukozaning kontsentrasiyasini oshiradi. Neyroleptiklar bilan davolanganda va oxirgilarini qabul qilish to'xtatilganidan keyin qondagi glyukozaning kontsentrasiyasini nazorati ostida preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab etiladi. 

Diuretiklar: "xalqali" diuretiklarni bir vaqtda qabul qilish funktsional buyrak etishmovchiligi bo'lishi mumkinligi tufayli, laktoasidoz rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Agar kreatinin klirensi minutiga 60 ml dan kam bo'lsa, metforminni buyurish mumkin emas. 

In'ektsiya ko'rinishida buyuriladigan beta-2-adrenomimetiklar: beta-2-adrenoreseptor-larni rag'batlanishi oqibatida qonda glyukozaning kontsentrasiyasini oshiradi. Bunday holatda qondagi glyukozaning kontsentrasiyasini nazorat qilish kerak. Zarurat bo'lganida insulin buyurish tavsiya etiladi. Yuqorida sanab o'tilgan dori vositalar bir vaqtda qo'llanganida, ayniqsa davolashni boshlanishida, qonda glyukozaning miqdorini tez-tez nazorat qilish talab etilishi mumkin. Zarurat bo'lganida davolanish jarayonida va u to'xtatilganidan keyin metforminning dozasiga tuzatish kiritish mumkin. 

Angiotenzinga aylantiruvchi fermentning ingibitorlaridan tashqari, gipotenziv dori vositalari qonda glyukozaning kontsentrasiyasini pasaytirishi mumkin. Zarurat bo'lganida metforminning dozasiga tuzatish kiritish kerak. Metformin sulfonilmochevina hosilalari, insulin, akarboza, salisilatlar bilan bir vaqtda qo'llanganida gipoglikemiya rivojlanishi mumkin. 

Nifedipin metforminning Smax va so'rilishini oshiradi. 

Buyrak naychalari orqali sekresiya bo'ladigan kationli dori vositalar (amilorid, digoksin, morfin, prokainamid, xinidin, xinin, ranitidin, triamteren, trimetoprim va vankomisin) naychalar transport tizimi uchun metformin bilan raqobatlashadi va uning Smax oshishiga olib kelishi mumkin.

Yorug'likdan himoyalangan joyda 25С dan yuqori bo'lmagan xaroratda saqlansin. 

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. 


Yaroqlilik muddati 

3 yil. 

Yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng qo'llanilmasin.

500 mg tabletkalar: uzunchoq, ikki tomonlama qavariq, oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Ko'ndalang kesimida oq yoki deyarli oq rangli yadro ko'rinadi. 

850 mg tabletkalar: oval shaklli, ikki tomonlama qavariq oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Ko'ndalang kesimida oq yoki deyarli oq rangli yadro ko'rinadi. 

1000 mg tabletkalar: uzunchoq, ikki tomonlama qavariq, bir tomoni riskali oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Ko'ndalang kesimida oq yoki deyarli oq rangli yadro ko'rinadi.

Ichga qabul qilinadi. 

Kattalar: 

Qandli diabetning 2 tipida monoterapiya sifatida va boshqa peroral gipoglikemik vositalar bilan birga majmuaviy davolash sifatida: 

Odatdagi boshlang'ich dozasi 500 mg yoki 850 mg dan sutkada 2-3 marta ovqatlanish vaqtida va yoki ovqatdan keyin qabul qilishdan iborat. 

Har 10-15 kundan keyin qon plazmasidagi glyukozaning kontsentrasiyasini aniqlash natijalari asosida dozaga tuzatish kiritish tavsiya etiladi. Dozani sekin oshirish me'da-ichak yo'llari tomonidan nojo'ya samaralarni kamayishiga yordam beradi. 

Preparatning samarani bir maromda tutib turuvchi dozasi odatda sutkada 1500-2000 mg ni tashkil etadi. Me'da-ichak yo'llari tomonidan nojo'ya samaralarni kamaytirish uchun sutkalik dozani 2-3 qabulga bo'lish kerak. Maksimal doza sutkada 3000 mg ni tashkil etadi, uch marta qabul qilishga bo'linadi. 

Metforminni sutkada 2000-3000 mg dozalarda qabul qilayotgan pasientlar Merifatin preparatini 1000 mg dozada qabul qilishga o'tkazilishi mumkin. Tavsiya etilgan maksimal doza sutkada 3000 mg ni tashkil etadi, 3 marta qabul qilishga bo'linadi. 

Boshqa gipoglikemik vositani qabul qilishdan metforminga o'tish rejalashtirilganida: boshqa dori vositasini qabul qilishni to'xtatish va metforminni ko'rsatilgan dozada qabul qilishni boshlash kerak. 

Insulin bilan majmuada qo'llanishi: 

Qandli diabetning 2 tipi bilan xastalangan pasientlarda qonda glyukozaning ijobiy nazoratiga erishish uchun metformin va insulinni majmuaviy davolash sifatida qo'llash mumkin. 

Metforminning odatdagi boshlang'ich dozasi 500 mg yoki 850 mg dan sutkada 2-3 marta qabul qilishdan iborat, ayni vaqtda insulinning dozasi qondagi glyukozaning kontsentrasiyasiga qarab tanlanadi. 

Bolalar va o'smirlar: 10-yoshdan boshlab bolalarda metformin ham monoterapiya sifatida, ham insulin bilan majmuada qo'llanishi mumkin. Odatdagi boshlang'ich dozasi 500 mg yoki 850 mg dan sutkada 1 marta ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin qabul qilishdan iborat. 10-15 kundan keyin glyukozaning qondagi kontsentrasiyasiga asoslanib, dozaga tuzatish kiritish kerak. Maksimal sutkalik doza 2000 mg ni tashkil etadi, 2-3 marta qabul qilishga bo'linadi. 

"Prediabet"da monoterapiya o'tkazish: 

Odatdagi dozasi sutkada 1000-1700 mg ni tashkil etadi, ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin 2 g bo'lib qabul qilinadi. Preparatni keyinchalik qo'llash zaruratini baholash uchun muntazam ravishda gipoglikemik nazorat o'tkazish tavsiya etiladi. 

Buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlar: 

Metformin o'rtacha darajadagi buyrak etishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 45-59 ml) bo'lgan pasientlarda, laktoasidozni rivojlanish havfini oshirishi mumkin bo'lgan holatlar bo'lmaganidagina qo'llanishi mumkin. 

Keratinin klirensi minutiga 45-59 ml bo'lgan pasientlar: boshlang'ich dozasi 500 mg yoki 850 mg dan sutkada bir marta qabul qilishdan iborat. Maksimal doza sutkada 1000 mg ni tashkil etadi, 2 marta qabul qilishga bo'linadi. 

Buyrak funktsiyasi sinchiklab nazorat (har 3-6 oylarda) qilinishi kerak. 

Agar kreatinin klirensi minutiga 45 ml dan kam bo'lsa, preparatni qabul qilish zudlik bilan to'xtatilishi kerak. 

Keksa yoshdagi pasientlar: buyrak funktsiyasi pasayishi mumkinligi tufayli, metforminning dozasini buyrak funktsiyasi ko'rsatkichlarini muntazam nazorati ostida tanlash (qon zardobidagi kreatininning kontsentrasiyasini yiliga kamida 2-4 marta aniqlash) kerak. 

Davolashning davomiyligi 

Metforminni har kuni, tanaffussiz qabul qilish kerak. Davolash to'xtatilganida pasient bu xaqida shifokorga xabar berishi kerak.

Metformin 85 g gacha (maksimal sutkalik dozadan 42,5 barobar ortiq) bo'lgan dozada qo'llanganida gipoglikemiyani rivojlanishi kuzatilmagan. Biroq bunday holatda laktoasidozni rivojlanishi kuzatilgan. Dozani ahamiyatli oshirib yuborilishi yoki unga bog'langan havf omillari laktoasidozni rivojlanishiga olib kelishi mumkin ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang). 

Davolash: laktoasidozni belgilari paydo bo'lganida preparat bilan davolashni zudlik bilan to'xtatish, bemorni darhol gospitalizasiya qilish va laktatning kontsentrasiyasini aniqlab, tashxisni aniqlash kerak. Laktat va metforminni organizmdan chiqarilishini eng samarali usuli bo'lib gemodializ hisoblanadi. Shuningdek simptomatik davolash o'tkaziladi.

Homiladorlik vaqtida dekompensasiyalangan qandli diabet tug'ma nuqsonlar va perinatal o'limni rivojlanish havfini oshishi bilan bog'liq bo'ladi. Ma'lumotlarning cheklangan miqdori, homilador ayollar tomonidan metforminni qabul qilish bolalarda tug'ma nuqsonlarni rivojlanish havfini oshmasligidan dalolat beradi. 

Homiladorlik rejalashtirilganida, shuningdek "prediabet"da va qandli diabetning 2 tipida metforminni qabul qilish fonida homiladorlik kuzatilganida, preparat bekor qilinishi, va qandli diabetning 2 tipida insulinoterapiya buyurilishi kerak. Homilada tug'ma nuqsonlarni rivojlanish havfini pasaytirish uchun glyukozaning qon plazmasidagi darajasini normaga eng yaqin qiymatlarda ushlab turish kerak. 

Metformin ko'krak sutiga o'tadi. Emizish davrida yangi tug'ilgan chaqaloqlarda metforminni qabul qilish fonida nojo'ya samaralar kuzatilmagan. Biroq ma'lumotlarning miqdori cheklanganligi tufayli, emizish davrida preparatni qo'llash tavsiya etilmagan. Emizishni to'xtatish masalasi bolada emizishdan kutiladigan foydani va nojo'ya samaralarni potentsial rivojlanish havfini hisobga olgan holda hal qilinishi kerak.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MERIFATIN tabletkalari 500 mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MERIFATIN tabletkalari 500 mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MERIFATIN tabletkalari 500 mg N30 dori vositasi Фармасинтез-Тюмень,ООО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MERIFATIN tabletkalari 500 mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MERIFATIN tabletkalari 500 mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
ASFORMIN tabletkalari 850mg N100
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
ASFORMIN tabletkalari 1000mg N100
Narh: 67 200 so'mdan Batafsil
METFOGAMMA 500 tabletkalari 500mg N120
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Метформина гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Worwag Pharma GmbH & Co. KG, Германия произведено: Dragenopharm Apotheker Puschl GmbH
Narh: 120 000 so'mdan Batafsil
GLYUPA tabletkalari 1000mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Koreya
  • Faol modda: Метформина гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dalim Bio Tech Co., Ltd
GLYUPA tabletkalari 850mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Koreya
  • Faol modda: Метформина гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dalim Bio Tech Co., Ltd
METFOGAMMA tabletkalari 850mg N120
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Метформина гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Worwag Pharma GmbH & Co. KG, Германия произведено: Dragenopharm Apotheker Puschl GmbH
Narh: 100 000 so'mdan Batafsil
GLYUPA tabletkalari 500mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Koreya
  • Faol modda: Метформина гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dalim Bio Tech Co., Ltd
Narh: 57 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
MERIFATIN tabletkalari 1000 mg N120
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез-Тюмень,ООО
MERIFATIN tabletkalari 1000 mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез-Тюмень,ООО
MERIFATIN tabletkalari 1000 mg N90
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез-Тюмень,ООО
MERIFATIN tabletkalari 1000 mg N80
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез-Тюмень,ООО
MERIFATIN tabletkalari 1000 mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез-Тюмень,ООО
Narh: 44 600 so'mdan Batafsil
MERIFATIN tabletkalari 1000 mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез-Тюмень,ООО
MERIFATIN tabletkalari 1000 mg N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез-Тюмень,ООО
MERIFATIN tabletkalari 1000 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез-Тюмень,ООО
MERIFATIN tabletkalari 1000 mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез-Тюмень,ООО
MERIFATIN tabletkalari 1000 mg N15
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез-Тюмень,ООО
MERIFATIN tabletkalari 1000 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез-Тюмень,ООО
MERIFATIN tabletkalari 850 mg N120
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез-Тюмень,ООО
MERIFATIN tabletkalari 850 mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез-Тюмень,ООО
MERIFATIN tabletkalari 850 mg N90
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез-Тюмень,ООО
MERIFATIN tabletkalari 850 mg N80
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез-Тюмень,ООО
MERIFATIN tabletkalari 850 mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез-Тюмень,ООО
Narh: 29 100 so'mdan Batafsil
MERIFATIN tabletkalari 850 mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез-Тюмень,ООО
MERIFATIN tabletkalari 850 mg N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез-Тюмень,ООО
MERIFATIN tabletkalari 850 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез-Тюмень,ООО
MERIFATIN tabletkalari 850 mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез-Тюмень,ООО
MERIFATIN tabletkalari 850 mg N15
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез-Тюмень,ООО
MERIFATIN tabletkalari 850 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез-Тюмень,ООО
MERIFATIN tabletkalari 500 mg N120
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез-Тюмень,ООО
MERIFATIN tabletkalari 500 mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез-Тюмень,ООО
MERIFATIN tabletkalari 500 mg N90
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармасинтез-Тюмень,ООО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9