×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

METFORMIN tabletkalari 500mg N60

Kategoriya:
- Qandli diabetga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Polsha
Faol modda:
Метформин
Qadoqda soni:
- 60
Ishlab chiqaruvchi:
ATX kodi:
- A10BA02
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 12 ta dorixonasida topildi

ico 12 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

DIABETON MR tabletkalari 60mg N30 Les Laboratoires Servier, Франция произведено: Les Laboratoires Servier Industrie Frantsiya
67 200 s`om dan
SITA MET tabletkalari 50mg/500mg N28 CCL Pharmaceuticals (Pvt) Ltd Pokiston
100 000 s`om dan
INSUFOR tabletkalari 500mg N30 Insuphar Laboratories Ilacları Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S. Turkiya
32 500 s`om dan
ASFORMIN tabletkalari 850mg N100 Ali Raif Ilac San. A.S. Turkiya
45 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
METFORMIN tabletkalari 500mg N60 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

METFORMIN

METFORMIN

 

Preparatning savdo nomi: Metformin

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): metformin (metformin)

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 500 mg metformin gidroxloridi;

yordamchi moddalar: povidon K90, magniy stearati, gipromelloza, makrogol 4000, titan dioksidi (Ye171).

Ta‘rifi: dumaloq, oq, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida “M 500” yozuvi bosib tushirilgan va boshqa tomoni silliq bo‘lgan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: gipolipidemik vositalar, insulinlardan tashqari; biguanidlar.

ATX kodi: A10VA02.

Farmakologik hususiyatlari

Farmakodinamikasi

Metformin gipoglikemik ta‘sirga ega bo‘lgan biguanid bo‘lib, qon plazmasida glyukozaning ham bazal, ham postprandial darajasini pasaytiradi. U insulin sekresiyasini rag‘batlantirmaydi va shuning uchun ham gipoglikemiyani chaqirmaydi.

Jigarda glyukoneogenez va glikogenoliz jarayonlarini susaytirish orqali glyukozani ishlab chiqarilishini kamaytiradi, mushaklarni insulinga bo‘lgan sezuvchanligini oshiradi, shuningdek periferik to‘qimalar tomonidan glyukozani qamrabolinishi va utilizasiyasini yaxshilaydi. Hujayra ichida glikogensintetazaga ta‘sir qilib, glikogen sintezini rag‘batlantiradi, hozirgi vaqtda ma‘lum bo‘lgan glyukozani membranalar orqali tashuvchilarining barcha turlarini transport hususiyatlarini oshiradi.

Klinik tadqiqotlarda metforminni qo‘llash tana vaznini yoki o‘zgarmasligi, yoki biroz pasayishi bilan kechgan.

Davomiyligi o‘rtacha va uzoq muddatli bo‘lgan, nazoratli klinik tadqiqotlarda metformin terapevtik dozalarda qo‘llanganida umumiy xolesterin, PZLP xolesterini va trigliseridlarning darajasi pasaygan.

Qandli diabetning 2 tipi bilan xastalangan katta yoshdagi pasientlarda jadal glikemik nazoratning uzoq muddatli ijobiy samarasiga erishilishi aniqlangan.

Qandli diabetning 2 tipi bilan xastalangan, 1 yil davomida davolangan, 10 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning cheklangan sonida glikemik nazorat kattalardagi bilan bir xil bo‘lgan.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganidan so‘ng plazmadagi maksimal konsentrasiyasiga (Cmax) 2,5 soatdan keyin erishiladi. Sog‘lom odamlarda 500 mg yoki 850 mg metformin gidroxloridi qabul qilinganidan so‘ng mutloq biokiraolishligi taxminan 50-60% ni tashkil etadi. Peroral qabul qilinganida so‘rilmasdan axlat bilan chiqariladigan fraksiyasi 20-30% ni tashkil etadi. Ichga qabul qilinganida metforminni so‘rilishi to‘yinuvchan bo‘lib, to‘liq bo‘lmaydi. Metforminni so‘rilishining farmakokinetik ko‘rsatkichlari noproporsional deb taxmin qilinadi.

Plazmada muvozanatli konsentrasiyasiga 24-48 soat davomida erishiladi va odatda
1 mkg/ml dan kamni tashkil etadi. Nazoratli klinik tadqiqotlarda, metformin hatto maksimal dozalarda qo‘llanganda ham, uning plazmadagi maksimal darajasi (Cmax)
4 mkg/ml dan oshmagan. Ovqatlanish metforminni so‘rilishini pasaytiradi va biroz sekinlashtiradi.

Plazma oqsillari bilan juda oz darajada bog‘lanadi.

Metformin eritrositlarga taqsimlanadi. Qonda cho‘qqi konsentrasiyasi plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyasidan kam va taxminan usha vaqt davomida erishiladi. Eritrositlar, ehtimol, ikkilamchi taqsimlanish zahirasi bo‘lishi mumkin. O‘rtacha taqsimlanish hajmi (Vd) 63 dan 276 l gacha o‘zgarib turgan.

Metformin siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi.

Metforminning buyrak klirensi > 400 ml/min ni tashkil etadi, bu metformin kalavalar filtrasiyasi va naychalar sekresiyasi yordamida organizmdan chiqarilishini ko‘rsatadi. Peroral qabul qilinganidan so‘ng yakuniy yarim chiqarilish davri taxminan 6,5 soatni tashkil etadi. Buyrak faoliyati buzilganida metforminning buyrak klirensi kreatinin klirensini pasayishiga proporsional ravishda pasayadi va shu orqali uning yarim chiqarilish davri uzayadi, bu plazmada metforminning darajasini oshishiga olib keladi.

500 mg metformin gidroxoridining bir martalik dozasi qabul qilinganidan so‘ng bolalarda kuzatiladigan farmakokinetik ko‘rsatkichlari sog‘lom kattalardagi bilan bir xil bo‘lgan.

500 mg metforminning ko‘p martalik dozalari sutkada ikki marta 7 kun davomida qo‘llanganidan so‘ng bolalarda metforminning plazmadagi maksimal konsentrasiyasi (Cmax) va tizimli ekspozisiyasi (AUC0-t), 500 mg ko‘p martalik dozalarini sutkada ikki marta 14 kun davomida qabul qilgan katta yoshdagi diabetik-pasientlardagi ko‘rsatkichlarga nisbatan muvofiq taxminan 33% va 40% ga kam bo‘lgan. Preparatning dozasi individual ravishda glikemik nazorat nitijalariga qarab titrlanganligi tufayli, ushbu ma‘lumotlarning klinik qiymati cheklangan.

Qo‘llanilishi

Qandli diabetning 2 tipini davolash, xususan tana vazni ortiqcha bo‘lgan pasientlarda, parhez hamda jismoniy mashqlar yordamida yetarli glikemik nazoratga erishish samarasiz bo‘lganida davolash uchun qo‘llanadi.

  • Kattalarda metforminni monoterapiya sifatida yoki boshqa peroral diabetga qarshi preparatlar yoki insulin bilan majmuada ishlatish mumkin.
  • 10 yosh va undan oshgan bolalarda, shuningdek o‘smirlarda metforminni monoterapiya sifatida yoki insulin bilan majmuada ishlatish mumkin.

Qandli diabetning 2 tipi bilan xastalangan va tana vazni ortiqcha bo‘lgan, parhez tutish samarali bo‘lmagan metformin preparatini birinchi qator dori vositasi sifatida qabul qilayotgan katta yoshdagi pasientlarda diabetik asoratlarning uchrash tezligini pasayishi kuzatilgan.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga qabul qilish uchun mo‘ljallangan. Tavsiya etilgan dozada qabul qiling.

Dozalari

Metforminning 500 mg tabletkalari yordamida 850 mg dozaga erishish mumkin emas. 850 mg dozaga erishish uchun, metforminning muvofiq dozasini saqlovchi dori vositasini qo‘llash kerak.

Kattalar

Monoterapiya va boshqa peroral diabetga qarshi preparatlar bilan majmuaviy davolash

Standart boshlang‘ich doza: 500 mg yoki 850 mg sutkada 2 yoki 3 marta ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin qabul qilinadi. 10-15 kundan keyin preparatning dozasi qondagi glyukozaning ko‘rsatkichlariga qarab to‘g‘rilanadi. Dozasini asta-sekin oshirish me‘da-ichak yo‘llari tomonidan preparatni o‘zlashtirilishini yaxshilash imkonini beradi. Tavsiya etilgan maksimal doza: sutkada 3 g, 3 marta qabul qilishga bo‘linadi.

Agar boshqa peroral diabetga qarshi preparatlar bilan davolashdan metforminni qabul qilishga o‘tish rejalashtirilsa: boshqa preparat bekor qilinadi va metformining ko‘rsatilgan dozasidan yuqori dozasi bilan davolash boshlanadi.

Insulin bilan majmuada qo‘llash

Yaxshi glikemik nazoratga erishish uchun metformin va insulinni majmuada qo‘llash mumkin. Standart boshlang‘ich doza: 500 mg yoki 850 mg sutkada 2-3 marta qabul qilinadi, bunda insulinning dozasiga qondagi glyukozaning darajasi ko‘rsatkichlariga qarab tuzatish kiritiladi.

Keksa yoshdagi pasientlar

Metforminning dozasiga buyrak funksiyasiga qarab tuzatish kiritiladi, chunki keksa yoshdagi pasientlarda pasaygan bo‘lishi mumkin. Buyrak funksiyasini muntazam ravishda baholash kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).

Bolalar

Monoterapiya va insulin bilan majmuada qo‘llash

Metformin preparatini 10 yosh va undan katta bolalarda, shuningdek o‘smirlarda qo‘llash mumkin.

Standart boshlang‘ich doza: 500 mg yoki 850 mg dan sutkada bir marta ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin qabul qilinadi. 10-15 kundan keyin qonda glyukozaning darajasi ko‘rsatkichlariga qarab dozaga tuzatish kiritiladi. Dozasini asta-sekin oshirish me‘da-ichak yo‘llari tomonidan o‘zlashtirila olinishini yaxshilash imkonini beradi. Tavsiya etilgan maksimal dozasi: sutkada 2 g, 2 yoki 3 marta qabul qilishga bo‘linadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya samaralarni rivojlanish tezligi quyidagi tarzda aniqlanadi: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10); tez-tez emas (≥1/1000, <1/100), kam hollarda (≥1/10000, <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000), uchrash tezligi noma‘lum (mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar asosida uchrash tezligini aniqlash imkoni yo‘q).

Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan kuzatiladigan buzilishlar

Juda kam hollarda: metformin bilan davolanishda V12 vitaminini so‘rilishini kamayishi oqibatida uning zardobdagi darajasini pasayishi. Pasientda megaloblast anemiya rivojlanganida shunday etiologiya oqibatida yuz berishi mumkinligini hamisha hisobga olish kerak. Laktat-asidoz (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).

Nerv tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar:

Tez-tez: ta‘m bilish hissini buzilishi.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar

Juda tez-tez: me‘da-ichak yo‘llari tomonidan, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og‘riq va ishtahani yo‘qolishi kabi buzilishlar. Ushbu nojo‘ya samaralar ko‘pincha davolashni boshida rivojlanadi va ko‘pchilik hollarda o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. Ularni oldini olish uchun metformin preparatini ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin sutkada 2 yoki 3 marta qabul qilish tavsiya etiladi. Preparatning dozasini asta-sekin oshirish ham me‘da-ichak yo‘llari tomonidan preparatni o‘zlashtirilishini yaxshilash imkonini beradi.

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar

Juda kam hollarda: metformin bekor qilinganidan so‘ng sog‘ayib ketuvchi gepatitni rivojlanishi yoki jigarning funusional sinamalari ko‘rsatkichlarini buzilishi yuzasidan ayrim ma‘lumotlar bor.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar

Juda kam hollarda: eritema, qichishish, eshakemi kabi teri reaksiyalari.

1 yil davomida davolangan, 10 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning cheklangan miqdorida nojo‘ya samaralar xarakteri va og‘irlik darajasi bo‘yicha kattalarda kuzatiladigan samaralar bilan o‘xshash bo‘lgan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Metforminga yoki preparatning yordamchi moddalaridan birortasiga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
  • Diabetik ketoasidoz, diabetik prekoma.
  • Buyrak yetishmovchiligi yoki buyrak funksiyasini buzilishi (kreatinin klirensi
    < 60 ml/min).
  • Degidratasiya, og‘ir infeksiya, shok kabi buyrak funksiyasini buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan o‘tkir holatlar.
  • Yurak yoki nafas yetishmovchiligi, yaqinda o‘tkazilgan miokard infarkti, shok kabi to‘qimalar gipoksiyasiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘tkir yoki surunkali kasalliklar.
  • Jigar yetishmovchiligi, o‘tkir alkogolli intoksikasiya, alkogolizm.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Quyidagi moddalar bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi

Alkogol

O‘tkir alkogolli intoksikasiya, ayniqsa och qolganda, yetarli darajada ovqatlanmaslikda, jigar yetishmovchiligida laktat-asidozni rivojlanish havfini oshishi bilan assosiasiyalanadi. Alkogol va tarkibida etanol saqlovchi dori vositalarini iste‘mol qilishdan saqlanish kerak.

Tarkibida yod saqlovchi kontrast moddalar

Tarkibida yod saqlovchi kontrast moddalarni qon-tomir ichiga yuborish og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin, bunda metforminni to‘planishi va laktat-asidozni rivojlanish havfini oshishi kuzatiladi. Rentgenologik tekshiruv o‘tkazishdan oldin yoki o‘tkazish vaqtida metformin bekor qilinadi, va uni qabul qilish tekshiruvdan keyin 48 soat o‘tgach, buyrak faoliyatini takroran baholash natijalari buzilishning yo‘qligidan dalolat bergandagina boshlanadi (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).

Ehtiyotkorlikka rioya qilishni talab etuvchi majmualar

Glyukokortikoidlar (tizimli va mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan) va simpatomimetiklar kabi, ichki giperglikemik faollikka ega bo‘lgan dori vositalari. Glikemik nazoratli ayniqsa davolashni boshida yanada tez-tez o‘tkazish talab etilishi mumkin. Muvofiq dori vositalari bilan davolash vaqtida zarurat bo‘lganida metforminning dozasiga tuzatish kiritish talab etiladi.

AAF ingibitorlari qonda glyukoza darajasini pasaytirishlari mumkin. Zarurat bo‘lganida boshqa preparat bilan davolanish vaqtida va u bekor qilingandan keyin diabetga qarshi dori vositalarning dozasiga tuzatish kiritiladi.

Diuretiklar, ayniqsa xalqali diuretiklar, buyrak funksiyasini pasaytirish hususiyati tufayli, laktat-asidozni rivojlanish havfini oshirishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Laktat-asidoz

Laktat-asidoz kam kuzatiladi, ammo metforminni to‘planishi natijasida rivojlanishi mumkin bo‘lgan jiddiy metabolik asorat (shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, o‘lim ko‘rsatkich yuqori) hisoblanadi. Metformin qabul qilayotgan pasientlarda laktat-asidoz holatlari asosan yaqqol buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan diabetiklarda kuzatilgan. Laktat-asidozni rivojlanish tezligini, qandli diabetni yetarli bo‘lmagan nazorati, ketoz, uzoq vaqt och qolish, alkogolni haddan tashqari ko‘p iste‘mol qilish, jigar yetishmovchiligi va gipoksiya bilan kechuvchi har qanday holatlar kabi boshqa yondosh havf omillarini aniqlash yordamida pasaytirish mumkin kerak.

Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan qorinda og‘riq ko‘rinishidagi buzilishlari bilan kechuvchi mushak tirishishlari va og‘ir darajadagi asteniya kabi nospesifik belgilar paydo bo‘lgan hollarda laktat-asidozni rivojlanish havfini shubha qilish mumkin.

Laktat-asidoz keyinchalik komani rivojlanishi bilan kechuvchi asidotik hansirash, qorinda og‘riq va gipotermiya bilan xarakterlanadi. Diagnostik muhim laborator ko‘rsatkichlar qon rN ni pasayishi, plazmada laktat darajasini 5 mmol/l dan oshishi, shuningdek anion intervali va laktat/piruvat nisbatini oshishi hisoblanadi.

Metabolik asidozni rivojlanganiga shubha qilinganida metformin bekor qilinadi, pasient esa zudlik bilan gospitalizasiya qilinadi (“Dozani oshirib yuborilishi” bo‘limiga qarang).

Buyrak funksiyasi

Metformin buyrak orqali chiqarilganligi tufayli, preparat bilan davolashni boshlashdan oldin, shuningdek davolanish vaqtida kreatinin klirensi muntazam ravishda aniqlanadi (ushbu ko‘rsatkichni Kokroft-Golt formulasi yordamida zardobdagi kreatinin darajasi bo‘yicha hisoblash mumkin):

  • buyrak funksiyasi normal bo‘lgan pasientlarda yiliga kamida bir marta;
  • kreatinin klirensining darajasi normaning quyi chegarasida bo‘lgan pasientlarda va keksa yoshdagi pasientlarda yiliga kamida ikki-to‘rt marta aniqlanadi.

Keksa yoshdagi shaxslarda buyrak funksiyasini pasayishi tez-tez kuzatiladi va simptomsiz kechadi. Buyrak funksiyasini buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlarda, masalan agar gipotenziv, diuretik vositalar bilan davolash boshlansa yoki nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYAQP) bilan davolash boshlansa, o‘ziga xos ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” ga qarang).

Tarkibida yod saqlovchi kontrast vositalarni qo‘llanishi

Rentgenologik tekshiruvni o‘tkazish maqsadida tarkibida yod saqlovchi kontrast preparatlarni qon tomir ichiga yuborish og‘ir buyrak yetishmovchiligini rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bu laktat-asidozni rivojlanish havfini oshishiga sabab bo‘luvchi metforminni to‘planishini chaqirishi mumkin. Rentgenologik tekshiruvni o‘tkazishdan oldin yoki o‘tkazish vaqtida metformin bekor qilinadi, va uni qabul qilish tekshiruvdan keyin 48 soat o‘tgach, buyrak funksiyasini takroran baholash natijalari uni izdan chiqmaganligiga dalolat bergan hollardagina boshlanadi (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qarang).

Jarrohlik aralashuvlari

Metformin preparatini umumiy, spinal yoki epidural anesteziya yordamida o‘tkaziladigan rejali jarrohlik aralashuvlarini bajarishdan 48 soat oldin bekor qilish kerak. Davolashni jarrohlik aralashuvi bajarilgandan so‘ng kamida 48 soatdan keyin yoki og‘iz orqali ovqatlanish tiklanganidan keyin va buyrak funksiyasini normallashgan tasdiqlangan sharoitlardagina boshlash mumkin.

Boshqa ehtiyotkorlik choralari

Barcha toifadagi pasientlar sutka davomida uglevodlarni qabul qilish bir tekis taqsimlangan parhezga rioya qilishni davom ettirishlari kerak. Tana vazni ortiqcha bo‘lgan pasientlar energetik qiymati cheklangan tavsiya etilgan parhezga rioya qilishni davom ettirishlari kerak.

Qandli diabetni nazorat qilish uchun standart laborator tahlillar muntazam ravishda bajariladi.

Metforminning o‘zidan o‘zi gipoglikemiyani chaqirmaydi, shunday bo‘lsa-da, u insulin yoki boshqa peroral diabetga qarshi preparatlar (masalan, sulfonilmochevina preparatlari yoki meglitinidlar) bilan majmuada qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Homiladorlik va emizish davri

Nazorat qilib bo‘lmaydigan qandli diabet homiladorlik vaqtida (gestasion yoki permanent) tug‘ma rivojlanish nuqsonlari va perinatal o‘lim havfini oshishi bilan kechadi.

Homilador yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarda qandli diabetni davolash uchun metforminni qo‘llash mumkin emas. Homilada, qonda glyukozaning patologik darajalari bilan bog‘liq bo‘lgan tug‘ma rivojlanish nuqsonlari havfini pasaytirish maqsadida, glikemiya darajasini normal darajaga yaqinlashtirishni insulin yordamida ushlab turish kerak.

Metformin odamning ko‘krak sutiga o‘tadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va emadigan bolalarda preparatning salbiy ta‘siri aniqlanmagan. Shunday bo‘lmasada, ma‘lumotlar cheklanganligi tufayli, metformin bilan davolanish vaqtida emizish tavsiya etilmaydi. Emizishni bekor qilish masalasi emizishdan kutiladigan foyda va bola uchun preparatning nojo‘ya samaralari havfini hisobga olgan holda hal qilinishi kerak.

Bolalar

Metformin bilan davolashni boshlashdan avval, qandli diabetning 2 tipi tashxisini tasdiqlash kerak. Ayniqsa prepubertat yoshida bolalarni o‘sishi va jinsiy rivojlanishiga metforminning ta‘sirini sinchiklab kuzatish tavsiya etiladi.

Preparat 10 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga buyurilganida juda ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Metformin bilan monoterapiya o‘tkazish gipoglikemiyani chaqirmaydi va demak transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi. Shunday bo‘lmasada, pasientlar metformin boshqa diabetga qarshi preparatlar (sulfonilmochevina preparatlari, insulin yoki meglitinidlar) bilan majmuada qo‘llanganida gipoglikemiyani rivojlanish havfi to‘g‘risida ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Metformin gidroxloridi 85 g gacha bo‘lgan dozalarda qo‘llanganida gipoglikemiya holatlari kuzatilmagan, ammo bunday holatda laktat-asidoz rivojlangan. Metforminning yuqori dozalari yoki yondosh havf omillari laktat-asidozni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Laktat-asidoz davolash stasionar sharoitida amlaga oshirilishi kerak bo‘ladigan shoshilinch holat hisoblanadi. Organizmdan laktat va metforminni chiqarib tashlashni eng samarali usuli gemodializ hisoblanadi.

O‘rami

PVX/alyuminiy blisterda. 60 tabletkadan qutida.

Saqlash sharoiti

30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

METFORMIN tabletkalari 500mg N60 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
METFORMIN tabletkalari 500mg N60 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
METFORMIN tabletkalari 500mg N60 dori vositasi Radiks tomonidan Polsha mamlakatida ishlab chiqarilgan.
METFORMIN tabletkalari 500mg N60 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
METFORMIN tabletkalari 500mg N60 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
INSUFOR tabletkalari 850mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Метформин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Insuphar Laboratories Ilacları Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
INSUFOR tabletkalari 500mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Метформин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Insuphar Laboratories Ilacları Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 32 500 so'mdan Batafsil
INSUFOR tabletkalari 1000mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Метформин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Insuphar Laboratories Ilacları Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 36 400 so'mdan Batafsil
METFORMIN tabletkalari 1000mg N60
Narh: 26 000 so'mdan Batafsil
METFORMIN tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Метформин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dentafill Plyus, ООО
Ishlab chiqaruvchining dorilari
METFORMIN tabletkalari 1000mg N60
Narh: 26 000 so'mdan Batafsil
EKDISTEN tabletkalari 5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9