15 000 s`om dan
Dorixonalardan izlash48 000 s`om dan + yetkazish
Buyurtma berish47 000 s`om dan
Bron qilishREOLAKTOSORB
RHEOLAKTOSORBUM
Ta‘sir qiluvchi moddalar (XPN): sorbitol, natriy laktati, natriy xloridi, kalsiy xloridi, kaliy xloridi, magniy xloridi.
Chiqarilish shakli: infuziya uchun eritma 200 ml, 250 ml, 400 ml va 500 ml dan flakonlarda.
100 ml preparatning tarkibi:
faol moddalar: Sorbitol-6,0 g, natriy laktati- 1,9 mg, natriy xloridi- 0,60 g, kalsiy xloridi geksagidrati – 0,01 g, kaliy xloridi – 0,03 g, magniy xlorid geksagidrati –0,02 g
yordamchi moddalar: in‘eksiya uchun suv.
Farmakoterapevtik guruhi: tuzli eritmalar.
Reolaktosorb reologik, shokka qarshi, dezintoksikasiyalovchi, ishqorlovchi va ichak peristaltikasini rag‘batlantiruvchi ta‘sirlarga ega. Asosiy farmakologik faol moddalari sorbitol va natriy laktatidir. Jigarda sorbitol avval fruktozaga aylanadi, keyin u glyukozaga va so‘ngra glikogenga aylanadi. Sorbitolning bir qismi shoshilinch energetik ehtiyojlar uchun ishlatiladi, boshqa qismi glikogen ko‘rinishida zahira sifatida yig‘iladi. Sorbitolning izotonik eritmasi dezagregasion ta‘sirga ega va shu boisdan, to‘qimalarning mikrosirkulyasiyasi va perfuziyasini yaxshilaydi.
Bikarbonat eritmasidan farqli ravishda, natriy laktati yordamida metobolik asidozni to‘g‘irlanishi, uning moddalar almashinuviga kirishishiga qarab, sekinroq, rN ning keskin siljishlarisiz o‘tadi. Natriy laktatining ta‘siri yuborilgandan keyin 20-30 minut o‘tgach namoyon bo‘ladi.
Natriy xloridi – regidratasiyalovchi ta‘sir ko‘rsatadi. Turli patologik holatlarda natriy va xlor ionlarining tanqisligini to‘ldiradi.
Kalsiy xloridi kalsiy ionlari tanqisligini to‘ldiradi. Kalsiy ionlari nerv impulslarini o‘tkazish jarayonini amalga oshirish, skelet va silliq mushaklarning qisqarishi, miokardning faoliyati, suyak to‘qimasining shakllanishi va qon ivishi uchun zarur. Hujayralar va qon tomir devori o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, yallig‘lanish reaksiyalarining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, organizmning infeksiyalarga chidamliligini oshiradi.
Kaliy xlorid suv-elektrolit muvozanatini tiklaydi. Manfiy xrono- va batmotrop ta‘sir ko‘rsatadi, katta dozalarda esa – manfiy ino-, dromotrop va o‘rtacha diuretik ta‘sir ko‘rsatadi. Nerv impulslarini o‘tkazish jarayonlarida ishtirok etadi. Asetilxolin miqdorini oshiradi va vegetativ nerv tizimining simpatik bo‘limini qo‘zg‘alishini chaqiradi. Mushak distrofiyasi va miasteniyada skelet mushaklarini qisqarishini yaxshilaydi.
Farmakokinetikasi.
Sorbitol umumiy metabolizmga tez kirishadi, uning 80-90% jigarda o‘zlashtiriladi va glikogen ko‘rinishida yig‘iladi, 5% miya to‘qimalarida, yurak mushaklarida va skelet mushaklarida yig‘iladi, 6-12% siydik bilan chiqariladi. Tomirlarga yuborilganida natriy laktatidan natriy, SO2 va N2O ajralib chiqadi va ular natriy bikarbonatini hosil qiladilar, bu qonning ishqoriy zahirasini oshishiga olib keladi. Yuborilgan natriy laktatining faqat yarmigina (izomer L) faol hisoblanadi, boshqa yarmi (izomer D) esa metabolizmga uchramaydi va siydik bilan chiqariladi.
Natriy xloridi aylanayotgan qon xajmini faqat vaqtincha oshirib, qon tomir havzasidan tezda chiqariladi. Diurezni kuchaytiradi.
qo‘llanilishi
Reolaktosorb kapillyar qon oqimini yaxshilash uchun travmatik, operasiyadan va kuyishdan keyingi, gemolitik va toksik shokni oldini olish va davolash maqsadida, o‘tkir qon yo‘qotishda, kuyish kasalligida; intoksikasiya bilan kechuvchi infeksion kasalliklarda, surunkali gepatitni zo‘rayishida; sepsisda; operasiyadan oldingi tayyorlash uchun va operasiyadan keyingi davrda; tromboz, tromboflebitlar, endarteritlar va Reyno kasaligini oldini olish va davolash maqsadida, arterial va venoz qon aylanishini yaxshilash uchun qo‘llanadi.
qo‘llash usuli va dozalari
Reolaktosorb kattalarga vena ichiga oqim bilan yoki tomchilab, minutiga 40-60 tomchi tezligida yuboriladi. Zarurati bo‘lganida minutiga 30 tomchi tezlikda tomchilab yuborish yo‘li bilan sinama o‘tkazilganidan keyin preparatni oqim bilan yuborishga yo‘l qo‘yiladi. 15 tomchi yuborilganidan keyin preparatni yuborish to‘xtatiladi, 3 minut o‘tgach esa, reaksiya bo‘lmaganida, Reolaktosorb oqim bilan yuboriladi.
Travmatik, kuyish, operasiyadan keyingi va gemolitik shoklarda kattalarga 600-1000 ml dan (bemorning tana vazniga 10-15 ml/kg) bir marta va 600-1000 ml (bemorning tana vazniga10-15 ml/kg) dan takroran, avval oqim bilan, so‘ngra esa tomchilab yuboriladi.
Surunkali gepatitlarda kattalarga – 400 ml (bemorning tana vazniga 6-7 ml/kg) dan tomchilab, takroran yuboriladi. O‘tkir qon yo‘qotishda kattalarga 1500 -1800 ml dan (tana vazniga 25 ml/kg dan) yuboriladi. Bunday hollarda reosorbilakt infuziyasini shifoxonagacha bo‘lgan bosqichida, ixtisoslashgan tez yordam mashinasida o‘tkazish tavsiya qilinadi. Operasiyadan oldingi davrda va turli jarroxlik aralashuvlardan so‘ng preparat 400 ml dozada (tana vazniga 6-7 ml/kg) tomchilab 3-5 kun davomida yuboriladi. Qon tomirlarining tromboobliterasiyalovchi kasalliklarida tana vazniga 8-10 ml/kg dozada tomchilab, takroran bir kundan keyin yuboriladi, davolash kursiga 10 ta infu ziyagacha buyuriladi.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar: anafilaktoid reaksiyalar, angionevrotik shish, gipertermiya.
Yurak – qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar: arterial bosimni oshishi yoki pasayishi, taxikardiya, hansirash, akrosianoz.
Nevrologik buzilishlar: tremor, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, umumiy holsizlik.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan o‘zgarishlar: teri toshmalari, eshakemi, qichishish.
qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik. Reolaktosorb alkalozda, shuningdek suyuqlikni katta hajmlarini quyish mumkin bo‘lmagan hollarda (miyaga qon quyilishi, tromboemboliya, yurak – qon tomir dekompensasiyasi, III-darajali arterial gipertenziya, terminal buyrak yetishmovchiligi), suvsizlanishda qo‘llanmaydi.
Boshqa dori vositalarni tashuvchi-erituvchi sifatida qo‘llash mumkin emas.
Preparat kislota-ishqor holati va qondagi elektrolitlarning ko‘rsatkichlari, jigarning funksional holati va arterial bosimni nazorati ostida qo‘llanadi. Kalkulyoz xolesistiti bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan yuboriladi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.
Bolalar. Bolalarda qo‘llash tajribasi bo‘yicha ma‘lumotlar yetarli emas.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Alkaloz ko‘rinishlari paydo bo‘ladi, ular preparatni yuborilishi darhol to‘xtatilishi sharoitida mustaqil tez o‘tib ketadi, ba‘zida kollaps, suvsizlanish (diurezning kuchayishi hisobiga). Yuborish tezligi oshirilganida taxikardiya, arterial bosimni oshishi, hansirash, bosh og‘rig‘i, qorinda og‘riq rivojlanishi mumkin. Ko‘rsatilgan simptomlar eritmani yuborish tezligi ancha kamaytirilganidan keyin yoki to‘xtatilganidan keyin mustaqil tez yo‘qoladi.
250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha