QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
MEZATON
MESATONE
Preparatning savdo nomi: Mezaton
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): fenilefrin gidroxloridi
Dori shakli: ko‘z tomchilari
Tarkibi:
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 100% moddaga qayta hisoblanganda 25 mg fenilefrin gidroxloridi;
yordamchi moddalar: dekametoksin, makrogol (polietilenglikol 400), dinatriy edetati (trilon B), tozalangan suv.
Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki sarg‘ish tusli suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: alfa-adrenomimetik.
ATX kodi: S01F V01.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi.
Preparat postsinaptik alfa-adrenoreseptorlarga yaqqol rag‘batlantiruvchi ta‘sirga ega, ayni paytda yurakning beta-adrenoreseptorlariga ta‘siri deyarli namoyon bo‘lmaydi. Preparat noradrenalinning ta‘siriga o‘xshash vazokonstriktor ta‘sir namoyon etadi, ammo bunda uning yurakka xronotrop va introp ta‘siri deyarli yo‘q. Preparatning vazopressor samarasi noradrenalinga nisbatan kamroq namoyon bo‘ladi, lekin ancha uzoqroq davom etadi. Odatdagi dozalarda qo‘llanganda markaziy nerv tizimi (MNT) ga sezilarli rag‘batlantiruvchi ta‘sir namoyon etmaydi. Ko‘zga tomizilganda fenilefrin qorachiq dilatatorini qisqartiradi, shu yo‘l bilan uni kengayishini chaqiradi va kon‘nktivaning arteriolalari silliq mushaklarini qisqartiradi. Siliar mushakka ta‘siri yo‘q, shuning uchun midriaz sikloplegiyasiz yuz beradi.
Farmakokinetikasi.
Fenilefrin ko‘zning to‘qimalariga oson o‘tadi, ko‘z qorachig‘ini kengayishi bir marta tomizilgandan so‘ng 10-60 minut davomida ro‘y beradi. Midriaz 4-6 soat davomida saqlanib qoladi. Ko‘z qorachig‘ining dilatatorini sezilarli qisqarishi oqibatida instillyasiyadan keyin 30-45 minutdan so‘ng ko‘zning old kamerasi suyuqligida kamalak pardaning pigment qavatining pigment zarrachalari namoyon bo‘lishi mumkin. Bu holatni old uveit ko‘rinishlari yoki old kamera suyuqligida qonning shaklli eelementlarini borligi bilan differensiasiya qilish kerak.
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Oftalmoskopiyani o‘tkazishda 2,5% li eritmani bir martalik instillyasiyasi qo‘llaniladi. Odatda, midriazga erishish uchun preparatning 2,5% li eritmasini 1 tomchisini kon‘yunktiva bo‘shlig‘iga yuborish yetarlidir. Maksimal midriazga 15-30 minutdan keyin erishiladi va yetarli darajada 1-3 soat davomida yetarli darajada saqlanib turadi. Midriazni uzoq muddat davomida tutib turish zarurati tug‘ilgan hollarda 1 soatdan so‘ng takroran instillyasiya qilish mumkin.
Diagnostik muolajalarni o‘tkazish uchun 2,5% li eritmani bir martalik instillyasiyasi quyidagilarda qo‘llaniladi:
Maktab yoshidagi bolalarda akkomodasiya spazmini va astenopiyani kompleks davolash.
Yaqindan ko‘rishning yengil darajasida preparatning 2,5% li eritmasini 1 tomchidan, ko‘zni yuqori zo‘riqishi bo‘lgan kunlari uyqudan oldin buyuriladi;
Yaqindan ko‘rishning o‘rtacha darajasida 2,5% li eritmani 1 tomchidan xaftada 3 marta uyqudan oldin buyuriladi, emmetropiya holatlarida (miopiya yo‘qligida) – har kuni, ko‘zni zo‘riqishidan qat‘iy nazar buyuriladi.
Uzoqni yaxshi ko‘radigan, spazm yuz berishiga tendensiya kuzatiladigan pasientlarda preparatning 2,5% li eritmasini 1% li siklopentolatning 1 tomchisi bilan majmuada ko‘zni og‘ir zo‘riqishi bo‘lgan davrda uyqudan oldin, odatdagi vaqtlarda esa, xaftada 3 marta qo‘llash kerak.
Keksa yoshdagi pasientlarda qo‘llanishi. Keksa yoshdagi pasientlar uchun dozaga tuzatish kiritishga zarurat yo‘q. Takroriy instillyasiyalar kamroq namoyon bo‘lgan midriazni chaqirishi mumkin. Instillyasiyalarni o‘tkazishda sanitar-gigienik qoidalarga amal qilish, qo‘llarni sovun bilan yuvish, tomchilatgichning uchiga barmoq bilan tegib ketmaslik lozim.
Bolalar.
Pediatriya amaliyotida diagnostik muolajalarni o‘tkazish uchun (oftalmoskopiya, retinografiya) preparatni bolalarga hayotining birinchi kunidan boshlab qo‘llash mumkin. Chala tug‘ilgan chaqaloqlarga “havf-foyda” nisbati shifokor tomonidan baholangandan so‘ng ehtiyotkorlik bilan: har bir ko‘zga ko‘pi bilan 1 tomchi tomizish mumkin.
Nojo‘ya reaksiyalari
Ko‘rish a‘zolari tomonidan: ayrim hollarda achishish (qo‘llashni boshida), reaktiv giperemiya, ko‘rishni xiralashishi, ta‘sirlanish, allergik reaksiyalar, diskomfort hissi, ko‘z yoshini oqishi, o‘tkir burchakli yoki yopiq burchakli glaukomasi bo‘lgan pasientlarda ko‘z ichki bosimini oshishi, reaktiv mioz (keyingi qo‘llangandan so‘ng ertasiga; bunda takroriy instillyasiyalar ayni vaqtdagi midriazga nisbatan kamroq ifodalangan midriaz kuzatilishi mumkin; samarasi asosan keksa yoshdagi pasientlarda namoyon bo‘ladi).
Yurak-tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, yurak aritmiyalari, shu jumladan, qorinchalar aritmiyasi, arterial gipertenziya, reflektor bradikardiya, koronar arteriyalarni okklyuziyasi, o‘pka arteriyasini emboliyasi.
Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, qo‘zg‘aluvchanlik, bosh aylanishi, tremor, parasteziya, uyqusizlik.
Boshqalar: yuz terisini oqarishi, reaktiv giperemiya, holsizlik, hansirash, dispeptik ko‘rinishlar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Fenilefrinning midriatik samarasi atropinni mahalliy qo‘llaganda kuchayadi, boshqa miotik vositalarni saqlovchi ko‘zga qo‘llanadigan preparatlar mahalliy qo‘llanganida esa, susayadi. Preparat miotik vositalarning ko‘z ichki bosimini kamaytirish xususiyatini susaytirishi mumkin.
Fenilefrinning midriatik samarasi atropinni mahalliy qo‘llaganda kuchayadi.
Antigipertenziv dori vositalarini (shu jumladan beta-adrenoblokatorlar) mahalliy qo‘llanadigan fenilefrin bilan bir vaqtda ishlatish mumkin emas, chunki ko‘pgina antigipertenziv dori vositalarining o‘lim yakunlanuvchi teskari ta‘siri yuz berishi mumkin, arterial gipertenziya bo‘lishi mumkin.
MAO ingibitorlari. Fenilefrinni monoaminooksidaza ingibitorlari qo‘llanganda bir vaqtda va MAO ingibitorlari bilan davolash tugaganidan keyin 2 xafta davomida qo‘llash mumkin emas. MAO ingibitorlarini qo‘llash to‘xtatilganidan keyin 21 kun davomida, ular bilan birga preparatni bir vaqtda qo‘llashni ehtiyotkorlik bilan amalga oshirish kerak, chunki bunday hollarda tizimli adrenergik samaralar rivojlanishi mumkin.
Trisiklik antidepressantlarni fenilefrin bilan bir vaqtda ishlatish mumkin emas.
Adrenergik agentlarning vazopressor ta‘siri trisiklik antidepressantlar tomonidan (yurak aritmiyasini, shu jumladan ularni qo‘llash to‘xtatilganidan keyin bir necha kun mobaynida yuz berish xavfi mavjud), propronalol, rezerpin, guanetidin, metildopa va m-xloinoblokatorlar tomonidan potensiyalanishi mumkin.
Ingalyasion narkoz. Preparat ingalyasion narkozda yurak-qon tomir tizimi faoliyatini susayishini potensiyalashi mumkin.
Yurak glikozidlari yoki xinidin. Aritmiyalarni yuz berish xavfi oshadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Qorachiqni kengayish samarasi 1-3 soat davom etishi mumkinligi tufayli, pasientlarda yorug‘likka qaray olmaslik yuz berishi mumkin, shuning uchun ko‘rish to‘liq tiklangunicha ko‘zni yorug‘ quyosh nuridan himoya qilish, shu jumladan quyoshdan himoya qiluvchi ko‘zoynaklardan foydalanish lozim. Ko‘zni (ya‘ni ko‘rishni) zo‘riqishini (o‘qish, teleko‘rsatuvlarni ko‘rish) midriazning qoldiq holatlari yo‘qolguniga qadar istisno qilish lozim.
Keksa yoshdagi pasientlar. Reaktiv mioz yuz berishi mumkin. Reaktiv mioz keksa yoshdagi pasientlarda fenilefrin eritmasi qo‘llanganidan so‘ng bir kundan keyin kuzatilgan, preparatni takror tomizilishi qorachiqni kengayishini kamayishiga olib kelgan. Bosh miya qon tomirlari aterosklerozi, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bo‘lgan, surunkali bronxial astmasi, arterial gipertenziyasi yoki insulin bilan nazorat qilinadigan diabeti bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Kon‘yunktival giperemiyada va shox pardaning epiteliysini shikastlanishlarida preparatni so‘rilishi oshishi va noxush tizimli samaralar kuchayishi mumkin.
Preparatni qorachiqni kengayishiga yaqqol kuchli ta‘siri tufayli, keksa yoshdagi pasientlarda fenilefrin eritmasi ko‘zga instillyasiya qilinganidan keyin 30-45 minut davomida ko‘z ichki suyuqligida suzib yurgan pigment dog‘larni vaqtinchalik paydo bo‘lishi kuzatilishi mumkin.
Ko‘zning old kamerasi burchagini, glaukomani zo‘rayishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida preparatni qo‘llashdan oldin baholash lozim.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi.
O‘rganilmagan. Agar ona uchun bashorat qilingan foyda, homila yoki bola uchun xavfdan ustun bo‘lsa, qo‘llash mumkin. Preparat bilan davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.
Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir etish xususiyati
Avtomobilni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlashni boshlashdan oldin, ko‘rish o‘tkirligi to‘liq tiklangunicha kutib turish kerak.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Hatto mahalliy qo‘llanganida ham fenilefrinning tizimli ta‘siri namoyon bo‘lishi mumkin. Arterial bosimni ahamiyatli darajada oshishi, reflektor bradikardiya ko‘proq kuzatiladi.
Davolash: alfa-adrenoblokatorlarni qo‘llash mumkin. Reflektor bradikardiyada atropin (bolalarga – tana vazniga 0,01-0,02 mg/kg dozada) qo‘llash kerak.
Chiqarilish shakli
5 ml dan flakonda, 1 flakondan qopqoq-tomchilatgichi bilan komplektda o‘ramda.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Flakon ochilganidan keyin eritmani saqlash muddati 14 sutka.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.