×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MOKSIFLON inyeksiya uchun eritma 100ml 400mg/100ml

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
- SR Pharmaceutical Ind. Pvt. Ltd., Индия произведено: Aishwariya Healthcare
ATX kodi:
- J01MA14
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 6 ta dorixonasida topildi

ico 83 900 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 83 900 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

AMOKSISILLIN kapsulalar 500mg N100 Samarkand England Ecomedical, СП ООО O'zbekiston
6 000 s`om dan
URFOSIN granuli 3g N1 Drogsan Ilachlari San. ve Tidj. A.Sh. Turkiya
47 800 s`om dan
SEFOTAKSIM poroshok 1,0g N1 Nanjing Beinuo Pharmaceutical Co. Ltd, Китай произведено: CSPC Zhongnuo Pharmaceutical (Shijiazhuang) Co., Ltd Xitoy
2 700 s`om dan
MEFLOSID infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml Мефар Илач Санайи A. Ш Turkiya
58 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
MOKSIFLON inyeksiya uchun eritma 100ml 400mg/100ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MOKSIFLON®

MOXIFLON

 

Preparatning savdo nomi: Moksiflon®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): moksifloksasin gidroxloridi

Dori shakli: infuziya uchun eritma

Tarkibi:

100 ml infuziya uchun eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 400 mg moksifloksasin gidroxloridiga ekvivalent bo‘lgan moksifloksasin

yordamchi moddalar: mannitol 5% h/h, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq yashil-sarg‘ish suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: Tizimli qo‘llash uchun mikroblarga qarshi preparatlar. Xinolonlar guruhi antibakterial vositalari.

ATX kodi: J01MA14.

Farmakologik xususiyatlari

Rezistentlik

Xinolonlar orasida qarama-qarshi chidamlilik hollari kuzatilgan. Biroq, boshqa xinolonlarga chidamli bo‘lgan ayrim grammusbat va anaerob mikroorganizmlar moksifloksasinga sezgirdirlar.

In vitro sezuvchanlik yuzasidan ma‘lumotlar

Moksifloksasin – keng ta‘sir doirali ftorxinolon qatori bakterisid ta‘sirga ega mikroblarga qarshi vositadir. In vitro sharoitida moksifloksasin ko‘pchilik grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlar, anaeroblar, kislotaga chidamli bakteriyalar, shuningdek atipik bakteriyalar (masalan Mycoplasma spp., Chlamidia spp. va Legionella spp.) ga nisbatan samaralidir. Antibiotik b-laktam va makrolid preparatlarga chidamli bakteriyalarga nisbatan samarali ekanligi aniqlangan.

Moksifloksasin bunday mikroorganizmlarning ko‘pchilik shtammlariga ta‘sir qiladi:

grammusbat bakteriyalar

Streptococcus pneumoniae (shu jumladan antibiotiklarga chidamliligi, shu jumladan penisillinga ko‘psonli chidamliligi bo‘lgan shtammlari, penisillinlar guruhidan ikki va undan ortiq antibiotiklarga (minimal susaytiruvchi faolligi ≥ 2 mg/ml bo‘lganida), 2-chi avlod sefalosporinlari (sefuroksim), makrolidlar, tetrasiklinlar va trimetoprim/sulfametoksazolga chidamli shtamlari), Streptococcus pyogenes (A guruhi)*, Streptococcus milleri, Streptococcus mitior, Streptococcus agalactiae*, Streptococcus dysgalactiae, Streptococcus anginosus*, Streptococcus constellatus*, Staphylococcus aureus (shu jumladan metisillinga sezgir shtammlari)*, Staphylococcus aureus (metisillinga/ofloksasinga chidamli shtammlari) (o‘rtacha sezgirlik)**, Staphylococcus cohnii, Staphylococcus epidermidis (shu jumladan metisillinga sezgir shtammlari), Staphylococcus epidermidis (metisillinga/ofloksasinga chidamli shtammlari) (o‘rtacha sezgirlik)**, Staphylococcus haemolyticus, Staphylococcus hominis, Staphylococcus saprophyticus, Staphylococcus simulans, Corynebacterium diphtheria, Enterococcus faecalis (faqat vankomisinga va gentamisinga sezgir shtammlari) *;

grammanfiy bakteriyalar

Gardnerella vaginalis, Haemophilus influenzae (shu jumladan ß-laktamazanegativ va pozitiv shtammlari)*, Haemophilus parainfluenzae*, Moraxella catarrhalis (shu jumladan ß-laktamazanegativ va pozitiv shtammlari)*, Bordetella pertussis, Escherichia coli*, Klebsiella pneumoniae*, Klebsiella oxytoca, Enterobacter aerogenes, Enterobacter agglomerans Enterobacter cloacae*, Enterobacter intermedius, Enterobacter sakazaki, Pseudomonas aeruginosa (o‘rtacha sezgirlik), Pseudomonas fluorescens (o‘rtacha sezgirlik), Burkholderia cepacia (o‘rtacha sezgir), Stenotrophomonas maltophilia (o‘rtacha sezgirlik), Proteus mirabilis*, Proteus vulgaris, Morganella morganii, Neisseria gonorrhoea (o‘rtacha sezgirlik), Providencia rettgeri, Providencia stuartii;l

anaeroblar

Bacteroides distasonis, Bacteroides eggerthii, Bacteroides fragilis*, Bacteroides ovatus, Bacteroides thetaiotaomicron*, Bacteroides uniformis, Fusobacterium spp., Peptostreptococcus spp.*, Porphyromonas spp., Porphyromonas anaerobius, Porphyromonas asaccharolyticus, Porphyromonas magnus, Prevotella spp., Propionibacterium spp., Clostridium perfringens*, Clostridium ramosum;

atipik

Chlamydia pneumoniae*, Chlamydia trachomatis*, Mycoplasma pneumoniae*, Mycoplasma hominis, Mycoplasma genitalum, Legionella pneumophila*, Coxiella burnettii.

* Moksifloksasinga sezuvchanlik klinik tadqiqotlarning natijalari bilan tasdiqlangan.

**Moksifloksasin in vitro sharoitida, faqat MesA gen ni ekspressiya qiluvchi metisillinga chidamli stafilokokklarga nisbatan sezuvchanlik diapazoni MBK ko‘rsatkichlarida bo‘lgan faollikni namoyon qildi. Agarda bu shtammlar aniqlanmasa, moksifloksasinni qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Reproduktiv faoliyatiga zaharli ta‘siri

Kalamushlar, quyonlar va maymunlarning reproduktiv faoliyatiga moksifloksasinning ta‘siri o‘rganilganida, moksifloksasinni yo‘ldosh orqali o‘tishi isbotlangan. Kalamushlarda (moksifloksasin ichga va vena ichiga qo‘llanganida) va maymunlarda (moksifloksasin ichga qo‘llanganida) o‘tkazilgan tajribalar moksifloksasinning teratogen ta‘sirini va uning fertillikka bo‘lgan ta‘sirini aniqlamagan. Moksifloksasinni quyonlarda 20 mg/kg dozada vena ichiga qo‘llanganida skeletning malformasiyasi kuzatilgan. Moksifloksasin terapevtik dozalarda qo‘llanganida maymunlar va quyonlarda bola tashlashlarning sonini oshishi aniqlangan.

Moksifloksasin tavsiya etilgan dozadan 63 marta yuqori dozada qo‘llanganida kalamushlarda homila vaznini kamayishi, bola tashlashlar sonini ko‘payishi, homiladorlik davrining davomiyligini biroz oshishi va ikkala jins avlodining spontan faolligini oshishi kuzatilgan.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi va biokiraolishligi

Preparat 400 mg dozada bir marta 1 soat davomida infuziya qilinganidan so‘ng, preparatning maksimal konsentrasiyasiga infuziya oxirida erishiladi va taxminan 4,1 mg/l ni tashkil qiladi, bu preparatni peroral qabul qilinganidagi shu ko‘rsatkich kattaligi bilan solishtirganda, uni taxminan 26% ga oshganiga to‘g‘ri keladi. AUC (“konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon) ko‘rsatgichi bo‘yicha aniqlanadigan preparatning ekspozisiyasi 39 mg*soat/l ni tashkil qiladi va bu parametr preparatni peroral qabul qilinganidan (35 mg*soat/l) biroz yuqori bo‘ladi, mutloq biokiraolishligi muvofiq taxminan 91% ni tashkil qiladi.

Preparatni sutkada 1 marta 400 mg dozada 1 soat davomida ko‘p martalik vena ichiga infuziyalardan keyin plazmadagi maksimal va minimal konsentrasiyalari muvozanat holatda muvofiq ravishda 4,1 mg/l dan to 5,9 mg/l va 0,43 dan 0,84 mg/l gacha oraliqda bo‘lgan. Muvozanat holatida preparatning dozalash intervalidagi ekspozisiyasi birinchi dozaga qaraganda 30% ga yuqori. 4,4 mg/l teng bo‘lgan o‘rtacha barqaror konsentrasiyalariga 1-soatlik infuziyaning oxirida erishiladi.

Taqsimlanishi

Moksifloksasin tomirlaridan tashqari bo‘shliqda tez taqsimlanadi. AUC ko‘rsatkichi bilan aniqlanadigan preparatning ekspozisiyasi (AUCnorm = 6 kg*soat/l), muvozanat holatidagi bo‘lgan taqsimlanish hajmida yuqori va 2 l/kg ga teng bo‘ladi. In vitro va ex vivo sharoitidagi eksperimentlarda 0,02 dan 2 mg/l gacha diapazonda qon plazmasi oqsillari bilan (asosan albuminlar bilan) bog‘lanishi taxminan 45% ni tashkil qilishi va preparatning konsentrasiyasiga bog‘liq emasligi aniqlangan. Bu uncha katta bo‘lmagan qiymatni e‘tiborga olib, erkin moddaning yuqori cho‘qqi konsentrasiyalari
(> 10 x MPK) kuzatiladi.

Moksifloksasin to‘qimalarda, masalan o‘pkada (epitelial suyuqlikda, alveolyar makrofaglarda), bo‘shliqlarda (yuqori jag‘ va g‘alvirsimon bo‘shliqda, burun poliplarida) va yallig‘lanish o‘chog‘ida plazmada erishilgan konsentrasiyalardan yuqori umumiy yuqori konsentrasiyalarga erishiladi.

Interstisial suyuqlikda (so‘lakda, mushak ichidagi va teri ostidagi suyuqlikda) preparat erkin, oqsillar bilan bog‘lanmagan holda, yuqori konsentrasiyalarda aniqlanadi. Bundan tashqari, preparatning yuqori konsentrasiyalari abdominal to‘qimalarda va suyuqliklarda va ayollar jinsiy tizimida aniqlanadi.

Cho‘qqi konsentrasiyalari va turli to‘qima-nishonlar uchun yuborilgan joydagi konsentrasiyani plazmadagi konsentrasiyasiga nisbati, preparatni ikkala yuborish yo‘li uchun moksifloksasin 400 mg dozada bir marta qo‘llanganidan keyin bir xil bo‘lgan.

Metabolizmi

Moksifloksasin biotransformasiyaning II fazasiga duchor bo‘ladi va organizmdan buyraklar orqali, shuningdek ahlat/safro bilan o‘zgarmagan holda ham, faol bo‘lmagan sulfobirikmalari (M1) va glyukuronidlar (M2) ko‘rinishida ham chiqariladi. In vitro tadqiqotlar va klinik tadqiqotlarning I fazasi vaqtida sitoxrom R450 tizimi fermentlari ishtirokida biotransformasiyaning I fazasiga jalb qilingan boshqa preparatlar bilan metabolik farmakokinetik o‘zaro ta‘sirlari kuzatilmagan.

Yuborish usulidan qat‘iy nazar, M1 va M2 metabolitlari, o‘zgarmagan birikmaga qaraganda plazmada pastroq konsentrasiyalarda aniqlanadi. Klinika oldi tadqiqotlari bir xil tarzda ikkala metabolitni, xavfsizlik va o‘zlashtiraolinishiga potensial ta‘sirni istisno qilgan holda o‘z ichiga oladi.

Organizmdan chiqarilishi

Preparatning yarimchiqarilish davri taxminan 12 soatni tashkil qiladi. 400 mg dozada yuborilganidan keyin o‘rtacha umumiy klirensi minutiga 179 dan 246 ml gachani tashkil qiladi. Buyrak klirensi taxminan minutiga 24-53 ml ni tashkil qiladi va preparatni buyrakdan qisman naychalar reabsorbsiyasidan dalolat beradi. Ranitidin va probenesidni bir vaqtda yuborilishi preparatning buyrak klirensini o‘zgartirmaydi.

Turli guruh pasientlaridagi farmakokinetikasi

Keksa yoshli pasientlar

Pasientning yoshi moksifloksasinning farmakokinetik parametrlariga ta‘sir qilmaydi.

Jinsi

Erkak va ayol pasientlarda moksifloksasinning ayrim farmakokinetik parametrlarida (AUC, Cmax) 33% farq bor. Bu farq jinsga nisbatan ko‘proq tana vazniga taalluqlidir va klinik ahamiyatli hisoblanmaydi.

Etnik mansubligi. Turli etnik guruh vakillarida moksifloksasinning farmakokinetikasida klinik ahamiyatli farqlar aniqlanmagan.

Bolalar. Moksifloksasinning farmakokinetikasi bolalarda o‘rganilmagan.

Buyrak yetishmovchiligi. Buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan (shu jumladan kreatinin klirensi <30 ml/min/1,73 m2 bo‘lgan) va uzluksiz gemodializda va uzoq muddatli ambulator peritoneal dializda bo‘lgan pasientlarda, moksifloksasinning farmakokinetikasida ahamiyatli o‘zgarishlar aniqlanmagan.

Jigar faoliyatini buzilishi

Jigar faoliyatini yengil va o‘rtacha darajali buzilishlari (Chayld-Pyu, A va V sinfi) bo‘lgan pasientlarda moksifloksasinning plazmadagi konsentrasiyalarda, sog‘lom ko‘ngillilar yoki jigar faoliyati normada bo‘lgan pasientlar bilan solishtirganda klinik farqlar aniqlanmagan.

 

Qo‘llanilishi

Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan quyidagi bakterial infeksion kasalliklarni davolash uchun qo‘llanadi:

  • nogospital pnevmoniya, shu jumladan qo‘zg‘atuvchilari antibiotiklarga o‘ta rezistent bo‘lgan mikroorganizmlarning shtammlari chaqirgan pnevmoniya (ko‘p antibiotiklarga rezistent bo‘lgan Streptococcus pneumoniae, penisillinga rezistent shtammlarni, ikki va undan ortiq antibiotiklarga rezistent shtammlar, masalan, penisillinlar (minimal susaytiruvchi faolligi ≥ 2 mkg/ml), ikkinchi avlod sefalosporinlari (sefuroksim), makrolidlar, tetrasiklinlar va trimetoprim/sulfametoksazolni o‘z ichiga oladi);
  • teri va teri osti to‘qimalarning asoratlangan infeksion kasalliklari (shu jumladan infeksiyalangan diabetik oyoq panjasi);
  • asoratlangan intraabdominal infeksiyalar, shu jumlalan polimikrob infeksiyalar (masalan abssesslanish).

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar uchun

Moksifloksasinning tavsiya qilinadigan dozalash tartibi yuqorida qayd qilingan har qanday infeksiyalarda  400 mg sutkada 1 marta.

Tavsiya qilingan dozani oshirmaslik kerak.

Davolash davomiyligi

Davolash davomiyligi kasallikning og‘irlik darajasi, shuningdek klinik samaraga qarab belgilanadi.

Davolashning dastlabki bosqichlarida infuziya uchun Moksiflon® eritmasi, so‘ngra esa davolashni davom ettirish uchun ko‘rsatmalar bo‘lganida preparat ichga, tabletka shaklida buyurish mumkin.

Shifoxonadan tashqari pnevmoniya: bosqichma-bosqich davolashning (vena ichiga yuborish, so‘ngra ichga qabul qilish) tavsiya etilgan umumiy davomiyligi 7-14 kunni tashkil qiladi.

Teri va yumshoq to‘qimalarning asoratlangan infeksiyalari: moksifloksasin bilan bosqichma-bosqich davolashning tavsiya etilgan umumiy davomiyligi (vena ichiga yuborish, keyinchalik og‘iz orqali qabul qilish bilan) 7-21 kunni tashkil qiladi.

Asoratlangan intraabdominal infeksiyalar – bosqichma-bosqich davolashning umumiy davomiyligi (vena ichiga yuborish, keyinchalik og‘iz orqali qabul qilish bilan) 5-14 kunni tashkil qiladi. Tavsiya etilgan davolashning davomiyligini oshirish mumkin emas.

Klinik tadqiqotlarning ma‘lumotlari bo‘yicha infuziya uchun Moksiflon® eritmasi bilan davolashning davomiyligi Moksiflon® tabletkalarini ichga qabul qilish bilan birga 21 kungacha (teri va yumshoq to‘malarning asoratlanmagan infeksiyalarini davolashda) vaqtni tashkil qiladi.

Keksa yoshli pasientlar uchun

Dozani to‘g‘rilash kerak emas.

Jigar faoliyatini buzilishida

Jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda dozani to‘g‘rilash kerak emas.

Buyrak yetishmovchiligida

Buyraklar faoliyatini buzilishi (shu jumladan kreatinin klirensi <30 ml/min/1,73m2 bo‘lgan) bo‘lgan pasientlar, shuningdek uzluksiz gemodializda va uzoq muddatli ambulator peritoneal dializda bo‘lgan pasientlarda dozani to‘g‘rilash kerak emas.

Turli etnik guruh pasientlarida qo‘llanishi.

Dozani to‘g‘rilash kerak emas.

Yuborish usuli

Preparat vena ichiga infuziya ko‘rinishida kamida 60 minut davomida yuboriladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

“Tarqalgan” ustunida keltirilgan nojo‘ya reaksiyalar, ko‘ngil aynishi va qusishdan tashqari, 3% dan kam tez-tezlikda kuzatilgan.

Nojo‘ya reaksiyalar-ning ta‘rifi Tarqalgan

> 1% < 10%

Tarqalmagan

> 0,1% < 1%

Kam tarqalgan

> 0,01% < 0,1%

Juda kam tarqalgan

< 0,01%

Asoratlangan infeksiyalar
Antibiotiklar chaqirgan superinfeksiyalar Kandidozli  superinfeksiya      
Qon va limfa tizimlari tomonidan buzilishlar
Qon tahlili ko‘rsatkichlarida o‘zgarishlar   Anemiya, leykopeniya, neytropeniya,  trombositopeniya,

trombositemiya

   
Qon ivishini o‘zgarishlari   Protrombin vaqtini oshishi/ XMN (xalqaro me‘yorlashtirilgan nisbat) oshishi Tromboplastin darajasini o‘zgarishi Protrombin darajasini kamayishi/ XMN kamayi-shi; protrombin darajasini o‘zgarishi/ XMN
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
O‘tkir yuqori sezuvchanlik reaksiyalari   Allergik reaksiyalar,

qichishish,

toshma,

eshakemi,

eozinofiliya

Anafilaktik/ anafilaktoid reaksiyalar,

Angionevrotik shish, shu jumladan xiqildoqni shishi (hayotga xavf soluvchi)

Anafilaktik shok (hayotga xavf soluvchi)
Metabolizmni buzilishlari
Laboratoriya parametrlarini o‘zgarishi   Giperlipidemiya Giperglikemiya, giperurikemiya  
Ruxiy buzilishlar
Xulq-atvor buzilishlari   Xavotirlik reaksiyalari,

ruxiy faollikni oshishi/

qo‘zg‘alish

Kayfiyatni labilligi,

depressiya (juda kam hollarda xavf tug‘diruvchi xulq-atvor buzilish-lari), gallyusina-siyalar

Depersonaliza-siya, ruxiy reaksiyalar, depressiya (juda kam hollarda hayotga xavf soluvchi)
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Periferik sezuvchanlikni nospesifik o‘zgarishlari   Paresteziyalar/ dizesteziyalar Giposteziya Giperesteziya
Xid va ta‘m sezishni buzilishi   Ta‘m sezishni buzilishi (shu jumladan yakka hollarda agevziya) Hid sezishni buzilishi

(shu jumladan xid sezishni yo‘qotish)

 
Nevrologik faollikni buzilishi Bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi Ongni chalkashishi va orientasiyani yo‘qotish,

uyquni buzilishi,

tremor, vertigo

Patologik tush ko‘rishlar, koor-dinasiyani buzi-lishi (bosh ayla-nishi yoki vertigo natijasida yurishni buzili-shi, juda kam hol-larda yiqilish natijasida jaro-hatlanishga olib keladi, ayniqsa keksa pasientlar-da) turli klinik ko‘rinishli tiri-shish xurujlari (shu jumladan grand mal xurujlari)  
    Uyquchanlik Diqqatni buzilishi, nutqni buzilishi, amneziya  
Ko‘rish a‘zolari tomonidan buzilishlar
Ko‘rish a‘zolari tomonidan buzilishlar   Ko‘rishni buzilishi (ayniqsa MNT tomonidan reaksiya vaqtida)    
Eshitish a‘zolari va vestibulyar apparati tominidan buzilishlar
Eshitish a‘zolari tomonidan buzilishlar     Quloqlarda shovqin  
Yurak-tomir tizimi tomonidan buzilishlari
Qayta qutblanish oqibatidagi buzilishlar Gipokaliemiyali bemorlarda QT intervalini uzayishi QT intervalini uzayishi    
Nospesifik aritmiyalar   Yurak urishini kuchayishi,

taxikardiya

  Nospesifik aritmiyalar
Qorinchalar aritmiyalari     Qorinchalar taxiaritmiyalari “Piruet” qorin-chalar taxikar-diyasi (“torsade de pointes”)*,

Yurakni to‘xta-shi*

*(klinik aha-miyatli bradi-kardiya, mio-kardning o‘tkir ishemiyasi kabi og‘ir aritmiyaga olib keluvchi holatlari bo‘l-gan pasientlar-da)

Nospesifik simptomlar   Vazodilatasiya Xushdan ketish,

arterial gipotenziya, gipertenziya

 
Nafas tizimi tomonidan buzilishlar
Nospesifik respirator simptomlar   Hansirash (shu jumladan astmatik holatlar)    
Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan buzilishlar
Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan buzilishlar Ko‘ngil aynishi, qusish, me‘da-ichak yo‘llarida va qorin bo‘shlig‘ida og‘riq Anoreksiya,

qabziyat, dispepsiya,

meteorizm, gastroenterit (shu jumladan eroziv gastroenterit), amilaza darajasini oshishi

Disfagiya, stomatit  
Antibiotiklar chaqirgan diareya Diareya   Antibiotikni qo‘llanishi bilan asoratlagan kolit (juda kam hollarda hayotga xavf soluvchi asoratlar bilan)  
Gepatobiliar buzilishlar
Jigar tomonidan yengil va o‘rtacha darajali reaksiyalar Transaminaza-lar darajasini oshishi Jigar faoliyatini buzilishi (shu jum-ladan LDG (laktat-degidrogenazalar) oshishi), bilirubin darajasini oshishi, GGTP (gama-glutamil-transpeptidazalar) oshishi, zardobda ishqoriy fosfataza darajasini oshishi    
Jigar tomonidan og‘ir darajadagi reaksiyalar     Sariqlik, gepatit (ayniqsa xolestatik) Hayot uchun xavf-li bo‘lgan po-tensial jigar yetishmovchili-gini rivojla-nishiga olib keluvchi ful-minant gepatit
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar
Bullez teri reaksiyalari       Stivens-Djonson sindromi yoki toksik epider-mal nekroliz (hayotga poten-sial xavf tug‘-diruvchi) kabi bullez teri reaksiyalari
Tayanch-harakat tizimi tomonidan buzilishlar
Paylar bilan bog‘liq buzilishlar     Tendinit Paylarni uzilishi
Bo‘g‘imlar va mushaklar tomonidan nospesifik buzilishlar   Artralgiya,

mialgiya

Mushak tonusini oshishi, mushaklarni tirishishi Artritlar, tayanch-harakat tizimi tomoni-dan simptom-larni rivojla-nishi oqibati-dagi yurishni buzilishi
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
Buyraklar faoliyatini buzilishi   Degidratasiya (diareya yoki suyuqlikni kam iste‘mol qilish chaqirgan) Buyraklar faoliyatini buzilishi, buyrak yetishmovchiligi (degidratasiya oqibatidagi, ayniqsa buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan keksa pasientlarda)  
Umumiy buzilishlar yoki yuborish joyidagi holat
Umumiy holat   Umumiy holsizlik,

nospesifik og‘riq,

gipergidroz

   
Infuziya joyidagi reaksiyalar In‘eksiya va infuziya joyidagi reaksiyalar In‘eksiya va infuziya joyidagi flebit/trombofle-bit    
Umumiy buzilishlar     Shish  

Quyidagi nojo‘ya samaralarining rivojlanish tez-tezligi moksifloksasin bilan bosqichma-bosqich davolash qo‘llaganida (keyinchalik peroral qabul qilish bilan preparat vena ichiga yuborilganida) yuqori bo‘lgan.

Tarqalgan: gamma-glyutamil-transferaza darajasini oshishi.

Tarqalmagan: qorincha taxiaritmiyasi, arterial gipotenziya, vazodilyatasiya, antibiotikni qo‘llanishi bilan assosiasiyalangan kolit (kam hollarda hayot uchun xavfli asoratlar bilan assosiasiyalangan), turli klinik ko‘rinishlari bilan namoyon bo‘lgan tirishish xurujlari (shu jumladan «grand mal» xurujlari), gallyusinasiyalar, buyraklar faoliyatini buzilishi (bular ayrim hollarda degidratasiya natijasida, ayniqsa buyraklar faoliyatini yo‘ldosh buzilishlari bo‘lgan keksa pasientlarda buyrak yetishmovchiligini rivojlanishiga olib kelishi mumkin).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning har qanday komponentiga yoki xinolon guruhining boshqa antibiotiklariga aniqlangan o‘ta yuqori sezuvchanlik

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Moksifloksasin bilan atenolol, ranitidin, kalsiy saqlovchi qo‘shimchalar, teofillin, peroral kontraseptivlar, glibenklamid, itrakonazol, digoksin, morfin, probenisid kabi vositalarning klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘siri isbotlanmagan.

Varfarin

Varfarin bilan birga qo‘llanganida farmakokinetik parametrlari, protrombin vaqti va

qon ivishining boshqa parametrlari o‘zgarmaydi.

XMN (xalqaro me‘yorlashtirilgan nisbat) qiymatini o‘zgarishi. Antikoagulyantlarni antibiotiklar bilan, shu jumladan moksifloksasin bilan majmuasi bilan davolangan pasientlarda, antikoagulyantlik faollikni oshish hollari aniqlangan. Infeksion kasalliklar (va yo‘ldosh yallig‘lanish jarayoni), pasientning yoshi va umumiy holati xavf omillari bo‘lib hisoblanadi. Moksifloksasin va varfarin orasida o‘zaro ta‘sirlar klinik tadqiqotlar paytida aniqlanmaganligiga qaramasdan, bu preparatlar bilan majmuaviy davolash olayotgan pasientlarda XMNning monitoringini o‘tkazish va zarurati bo‘lganida, peroral antikoagulyantning dozasini to‘g‘rilash lozim.

Digoksin

Digoksinning farmakokinetikasi moksifloksasinning ta‘siri ostida biroz o‘zgaradi. Moksifloksasin ko‘p marta qo‘llanganidan keyin sog‘lom ko‘ngillilarda muvozanat holatda AUC (konsentrasiya-vaqt egri chizig‘i ostidagi maydoni) ga ta‘sirsiz ko‘rsatmay, digoksinning Smaks taxminan 30% ga oshishi kuzatilgan.

Faollashtirilgan ko‘mir

Preparat vena ichiga yuborilganidan keyin faollashtirilgan ko‘mirni qo‘llash tizimli ekspozisiyani (biokiraolishligini) biroz (taxminan 20% ga) pasaytiradi.

Nomutanosiblik

Moksifloksasinning infuzion eritmasini u bilan nomutanosib quyidagi eritmalar bilan bir vaqtda yuborish mumkin emas, ularga: 10% li natriy xloridi eritmasi, 20% li natriy xloridi eritmasi, 4,2% li natriy gidrokarbonati eritmasi, 8,4% li natriy gidrokarbonati eritmasi kiradi.

 

Alohida ehtiyotkorlik choralari

Eritmani muzlatish yoki sovutish mumkin bo‘lmaganligi tufayli, uni sovutgichda saqlash tavsiya qilinmaydi. Eritma sovutilganida unda cho‘kma hosil bo‘lishi mumkin, biroq xona haroratida cho‘kma odatda erib ketadi.

Moksiflon® infuzion eritmasi va vena ichiga yuborish uchun boshqa eritmalari majmuaviy qo‘llangan holda, ularning har biri alohida yuborilishi lozim (shuningdek “Nomutanosiblik” bo‘limiga qarang).

Moksifloksasinning faqat tiniq eritmalarini yuborishga ruxsat beriladi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Ayrim hollarda preparatni birinchi marta qo‘llashdan keyinroq o‘ta yuqori sezuvchanlik va allergik reaksiyalar rivojlanishi mumkin. Darhol shifokorga murojaat qilish kerak. Juda kam hollarda anafilaktik reaksiyalar, xatto preparat birinchi marta qo‘llanganidan keyin hayotga xavf soluvchi anafilaktik shokkacha rivojlanishi mumkin. Bunday hollarda moksifloksasinni qo‘llashni to‘xtatish va kerakli davolash choralarini (shu jumladan shokka qarshi choralarni) o‘tkazish kerak.

Moksifloksasin qo‘llanganida, ayrim pasientlarda elektrokardiogrammada QT intervalini oshishi kuzatilishi mumkin. Shuning uchun QT intervalini uzayishi bo‘lgan, gipokaliemiyasi to‘g‘rilanmagan, shuningdek IA sinfi (xinidin, prokainamid) yoki III sinfi (amidaron, sotalol) aritmiyaga qarshi preparatlarni qo‘llayotgan shaxslarda moksifloksasinni buyurishdan saqlanish kerak, chunki bu toifa pasientlarda moksifloksasinni klinik qo‘llash tajribasi yo‘q.

Moksifloksasinni QT oralig‘ini uzaytiruvchi (sizaprid, eritromisin, antipsixotik preparatlar, trisiklik antidepressantlar kabi) preparatlar bilan birga, shuningdek bradikardiya, o‘tkir miokard ishemiyasi kabi aritmiyaga moyil xolatlari bo‘lgan pasientlarga xam ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki bunda ularning additiv ta‘siri kuzatilishi mumkin.

QT oralig‘ini uzayish darajasi preparatning konsentrasiyasini oshishi bilan zo‘rayishi mumkin, shuning uchun preparatning tavsiya etilgan dozasini va infuziya tezligini (60 minut ichida 400 mg) oshirish mumkin emas. Biroq pnevmoniyasi bo‘lgan pasientlarda qon plazmasidagi moksifloksasinning konsentrasiyasi va QT intervalini uzayishi orasida korrelyasiya aniqlanmagan. QT oralig‘ini uzayishi qorincha aritmiyalarini, shu jumladan  “piruet” turidagi qorinchalar taxikardiyasini (“torsade de pointes”) rivojlanish xavfini oshishiga olib kelishi mumkin. Aritmiyalarga moyilligi bo‘lgan pasientlarda moksifloksasin qo‘llanganida qorinchalar aritmiyasini rivojlanish xavfi oshishi mumkin.

Xinolonlar bilan davolash vaqtida tirishish xurujlari yuz berishi mumkin, shuning uchun tirishish xurujlarini qo‘zg‘atishi yoki tirishish xurujlarining bo‘sag‘asini pasaytirishi mumkin bo‘lgan markaziy nerv tizimining gumon qilingan yoki mavjud kasalliklari bo‘lgan pasientlarga, moksifloksasinni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Yetarli miqdordagi klinik ma‘lumotlar bo‘lmaganligi tufayli, jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pyu bo‘yicha S bosqichi) bo‘lgan pasientlarda moksifloksasinni qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Keng ta‘sir doirasiga ega antibakterial preparatlarini, shu jumladan moksifloksasinni qo‘llash, soxtamembranoz kolitni rivojlanish xavfini oshishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu tashxisni moksifloksasin bilan davolash vaqtida og‘ir diareya kuzatilgan pasientlarda ko‘zda tutish kerak. Bunday hollarda darhol tegishli davolash choralarini buyurish kerak.

Ftorxinolonlar bilan, shu jumladan moksifloksasin bilan davolash fonida, ayniqsa moksifloksasinni glyukokortikosteroidlar bilan birga qabul qilayotgan keksa bemorlarda paylarni yallig‘lanishi yoki uzilib ketishi rivojlanishi mumkin. Shikastlangan joydagi og‘riq yoki yallig‘lanishning birinchi simptomlari paydo bo‘lganida preparatni qo‘llashni darhol to‘xtatish va shikastlangan oyoqning harakatini kamaytirish lozim.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi.

Homiladorlik va emizish davrida moksifloksasinni qo‘llash mumkin emas.

Bolalar.

Moksifloksasinni bolalarda qo‘llashning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan, shuning uchun Moksiflon® bolalarda qo‘llanmaydi.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati

Avtomobilni boshqarish yoki boshqa potensial xavfli mexanizmlar bilan ishlashdan oldin bemorlar, Moksiflon® preparati bilan davolashga shaxsiy reaksiyalarini baholashlari lozimligi to‘g‘risida ogohlantirishlari lozim.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi yuzasidan mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar cheklangan. Moksifloksasin 1200 mg gacha bo‘lgan dozada bir marta va 600 mg dan 10 kun davomida sog‘lom ko‘ngillilarda qo‘llanganida har qanday jiddiy nojo‘ya samaralari aniqlanmagan. Doza oshirib yuborilgan xollarda klinik manzaraga tayanish va simptomatik tutib turuvchi davolashni EKG–monitoringi bilan birga o‘tkazish kerak.

Preparat peroral yuborilganida dozani oshirib yuborishni davolash uchun faollashtirilgan ko‘mirni qo‘llash mumkin.

Chiqarilish shakli

100 ml dan flakonda

 

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Muzlatilmasin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MOKSIFLON inyeksiya uchun eritma 100ml 400mg/100ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MOKSIFLON inyeksiya uchun eritma 100ml 400mg/100ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MOKSIFLON inyeksiya uchun eritma 100ml 400mg/100ml dori vositasi SR Pharmaceutical Ind. Pvt. Ltd., Индия произведено: Aishwariya Healthcare tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MOKSIFLON inyeksiya uchun eritma 100ml 400mg/100ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MOKSIFLON inyeksiya uchun eritma 100ml 400mg/100ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
LEVOFLON inyeksiya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Levofloksasin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: SR Pharmaceutical Ind. Pvt. Ltd., Индия произведено: Aishwariya Healthcare
Narh: 58 000 so'mdan Batafsil
ORNIDAZ inyeksiya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: SR Pharmaceutical Ind. Pvt. Ltd., Индия произведено: Aishwariya Healthcare
Narh: 53 700 so'mdan Batafsil
FLUKAZOL inyeksiya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Flukonazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: SR Pharmaceutical Ind. Pvt. Ltd., Индия произведено: Aishwariya Healthcare
LINZONID inyeksiya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: SR Pharmaceutical Ind. Pvt. Ltd., Индия произведено: Aishwariya Healthcare
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9