×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MUFLEKSIN inyeksiya uchun eritma 2ml 4mg/2ml N6

Kategoriya:
- Suyak mushak tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Turkiya
Faol modda:
тиоколхикозид
Qadoqda soni:
- 6
Ishlab chiqaruvchi:
- Bilim Ilac Sanayii ve Ticaret A.S., Турция произведено: Idol Ilac Dolum Sanayi ve Ticaret
ATX kodi:
- M03BX05
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 156 ta dorixonasida topildi

ico 65 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 80 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

TERAFLEKS kapsulalar N120 Bayer Consumer Care AG Germaniya
348 000 s`om dan
REPEP 10 tabletkalari 10mg N100 Rhydburg Pharmaceuticals Ltd Hindiston
28 000 s`om dan
ALFLUTOP eritma 1ml N10 К.О.Зентива С.А./ К.О.Биотехнос С.А. Ruminiya
300 000 s`om dan
TRAUMEL S inyeksiya uchun eritma 2,2ml N100 Biologische Heilmittel Heel GmbH Germaniya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
MUFLEKSIN inyeksiya uchun eritma 2ml 4mg/2ml N6 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MUFLEKSIN

MUFLEKSIN

 

Preparatning savdo nomi: Mufleksin

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): tiokolxikozid

Dori shakli: ichga qabul qilish uchun kapsulalar, mushak ichiga in‘eksiya uchun eritma

Tarkibi:

Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 4 mg tiokolxikozid;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, magniy stearati, jelatin, natriy laurilsulfat, tozalangan suv.

Har bir ampula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 4 mg tiokolxikozid;

yordamchi moddalar: 16,8 mg natriy xloridi, 2 ml in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi:

Kapsulalar: sariq granulalar, jelatinli rangsiz kapsulalar №2

Eritma: och-sariq rangli tiniq eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: markaziy ta‘sirga ega boshqa miorelaksantlar.

ATX kodi: M03VX05

Farmakologik xususiyati

Farmakodinamikasi

Mufleksin – tabiiy glikozid kolxikozididan olinadigan yarim sintetik mushak relaksantidir. Preparat gamma-aminomoy kislotasi (GAMK) va glisinergik reseptorlariga selektiv affinlikni namoyon qiladi. Ushbu mushak relaksantini faolligini isboti orqa miya ko‘migi darajasida GAMK reseptorlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri faollashuvini natijasi deb xisoblash mumkin. Tiokolxikozidni glisinomimetik samarasini nerv tizimining turli darajalarida, ham mahalliy xarakterga ega spazmlarda, ham markaziy spastik spazmlarda preparatning ta‘siri bilan ifodalanadi.

U kuraresimon ta‘sir ko‘rsatmaydi. Mushaklar falajini chaqirmaydi va nafasni susaytirmaydi. Bundan tashqari preparat kardiovaskulyar tizimga biron-bir ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi: Mufleksin ichga qabul qilinganda qonda tez taqsimlanadi, plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyasiga 15-45 minutdan keyin erishiladi.

Plazmadagi maksimal konsentrasiyasi 61 ng/ml tashkil qiladi.

Taqsimlanishi: Oqsillar bilan bog‘lanishi 13% ni tashkil qiladi. Tiokolxikozid albumin bilan bog‘lanadi.

Metabolizm: Yarim chiqarilish vaqti 2,5-5 soat.

Chiqarilishi: Qabul qilingan dozaning taxminan 20% o‘zgarmagan metabolitlar ko‘rinishida siydik bilan, 75-81% me‘da-ichak yo‘llari orqali chiqariladi.

 

Qo‘llanilishi

Mufleksin spastik xarakterga ega bo‘lgan og‘riqlarni yengillashtirish uchun quyidagilarda ko‘rsatilgan:

  • Umurtqa pog‘onasining degenerativ kasalliklarida (qiyshayishida, umutrqa pog‘onasining statik kasalliklarida)
  • Tortikolisda
  • Dorsalgiyada
  • Travmatologik va nevrologik kasalliklarda
  • Bo‘g‘imlardagi operasiyalardan keyingi reabilitasiya vaqtida.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Mufleksin kapsulalari: o‘tkir mushak og‘riqlarida – 1 kapsuladan kuniga 2 marta ovqatdan keyin stakan suv bilan ichish kerak. Davolash kursi 5-7 kun.

Mufleksin ampulalari: 4 mg dan mushak ichiga kuniga 2 marta buyuriladi.

Tavsiya etiladigan davolash kursi 3-5 kun. Zarur bo‘lganda davolashni preparatni peroral qabul qilish bilan davom ettirish mumkin.

Fizio davolash muolajalarini o‘tkazishda Mufleksinni miorelaksasiya qiluvchi samarasini kuchaytirish uchun muolajadan 1-2 soat oldin buyuriladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Kam hollarda: teri toshmasi, shish, allergik va allergiyadan keyingi reaksiyalar (allergik vaskulit), gastralgiya, diareya, gipotenziya, ta‘sirchanlik va uyquchanlik (mushak ichiga yuborilganda) kuzatilishi mumkin.

Ogohlantirishlar/ehtiyotkorliklar

Diareya paydo bo‘lganda dozani kuniga bir kapsulagacha kamaytirish kerak.

Kutilmagan samaralar paydo bo‘lganda shifokorga murojaat qiling.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • tiokolxikozidga yoki kolxisinga yuqori sezvuvchanlik
  • mushaklar gipotoniyasi
  • engil falaj
  • homiladorlik va laktasiya davri
  • 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Dorilarning o‘zaro ta‘siri kuzatilmagan. Analogik xususiyatlarga ega preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin emas.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat buyrak yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Ma‘lumotlar yo‘q. Dozani oshirib yuborilish simptomlarida simptomatik va tutib turuvchi davolash o‘tkaziladi.

Chiqarilish shakli

Kapsulalar: 10 kapsula blisterda. 2 blister yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Eritma: 6 ampula yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

+25ºS dan past xona haroratida, original o‘ramda saqlansin.

Yaroqlilik muddati 

Kapsulalar: 48 oy.

Eritma: 60 oy.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MUFLEKSIN inyeksiya uchun eritma 2ml 4mg/2ml N6 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MUFLEKSIN inyeksiya uchun eritma 2ml 4mg/2ml N6 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MUFLEKSIN inyeksiya uchun eritma 2ml 4mg/2ml N6 dori vositasi Bilim Ilac Sanayii ve Ticaret A.S., Турция произведено: Idol Ilac Dolum Sanayi ve Ticaret tomonidan Turkiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MUFLEKSIN inyeksiya uchun eritma 2ml 4mg/2ml N6 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MUFLEKSIN inyeksiya uchun eritma 2ml 4mg/2ml N6 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
PANASH krem 30g 0,25%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: тиоколхикозид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 44 800 so'mdan Batafsil
RELAKSA 8 tabletkalari 8mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: тиоколхикозид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
Narh: 42 600 so'mdan Batafsil
MUSKOMED kapsulalar 8mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Faol modda: тиоколхикозид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ltd
MUSKOMED kapsulalar 4mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: тиоколхикозид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
MUFLEKSIN kapsulalar 4mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: тиоколхикозид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Bilim Ilac Sanayii ve Ticaret A.S.
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
MUSKOMED inyeksiya uchun eritma 2ml 4mg/2ml N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: тиоколхикозид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S., Турция произведено: Mefar Ilac Sanayi A.S.
Narh: 89 600 so'mdan Batafsil
MUSKOMED krem 30g 0,25%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: тиоколхикозид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S., Турция произведено: Zentiva Saglik Urunleri Sanayi ve Ticaret A.S.
Narh: 54 000 so'mdan Batafsil
KEPLERON inyeksiya uchun eritma 2,0ml 4,0mg/2ml N6
Narh: 54 900 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
MUFLEKSIN kapsulalar 4mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: тиоколхикозид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Bilim Ilac Sanayii ve Ticaret A.S.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9