QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
MYATЫ PERECHNOY LISTYa
FOLIA MENTHAE PIPERITAE
Savdo nomi: Myatы perechnoy listya.
Yasnotkadoshlar (Lamiaceae) oilasiga mansub, ko‘p yillik madaniylashtirilgan qalampir yalpiz (Mentha piperita L.) o‘simligining gullash davrida yig‘ib va quritilgan barglari.
Dori shakli: Dorivor o‘simlik xom ashyosi.
Tarkibida: Efir moyi, uning tarkibida asosan mentol va mentol efirlari, flavonoidlar, ursol va omanol kislotalari bor.
Farmakoterapevtik guruxi: Spazmolitik vositalar.
Farmakologik xususiyatlari
Ichga qabul qilinganda reflektor ta‘siri natijasida spazmolitiq, tinchlantiruvchi va safro xaydovchi ta‘sir ko‘rsatadi.
Qo‘llanilishi
Ko‘ngil aynishida, qusishda va silliq mushaklarni spazmini yuqotish uchun spazmolitik vosita sifatida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Damlama ko‘rinishida qo‘llaniladi. Damlamani tayyorlash uchun 5 g qalampir yalpiz barglarini sirlangan idishga solib, ustidan 1 stakan (200 ml) xona xaroratidagi qaynatilgan suv quyiladi, qopqoq bilan yopiladi va qaynayotgan suv xammomida 15 minut davomida qizdiriladi, keyin 45 minut davomida xona xaroratida sovutiladi, doka yordamida suzib o‘tkaziladi, qolgan xom-ashyo siqiladi. Olingan damlama xajmi qaynatilgan suv bilan 200 ml gacha yetkaziladi. Damlamani salqin joyda 2 sutkagacha saqlash mumkin.
Ichga 1 osh qoshiqdan kuniga 3-4 marta ovqatdan 15 minut oldin qabul qilinadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Preparatga yuqori sezuvchanliqda allergik reaqsiyalar bulishi mumkin.
Qullash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Preparatga shaxsiy yuqori sezuvchanlik.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
30 g, 50 g, 100 g dan karton yoki polietilen o‘ramlarda yoki 15 kg, 25 kg, 40 kg dan qoplarda, toylarda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalarda berish tartibi
Reseptsiz.